Hokimiyat matbuot xizmati
Insho
Boburni anglash
Reja:
Kirish. Bobur - kop qirrali faoliyat va ijod sohibi
Asosiy qism:
1. Bobur sohibdevon, sohir shoir
2. Bobur Boburiylar sulolasining asoschisi
3. Boburnoma Boburning shoh asari
Xulosa. Ozbek millati va Ozbekistonni jahonga tanitgan shoh va shoir
Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi.
Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtai nazaridan u
hamon yashayapti.Oʻzligimizni anglab,
buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak,
ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qachon
kam boʻlmaymiz.
Shavkat Mirziyoyev.
Bobur – buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, tarixchi, tilshunos, sanatshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida kop qirrali faoliyat va ijod sohibi. Bobur asarlarining gultoji bolmish birgina Boburnoma ning ozi uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Chunki Boburnoma da tilga olingan atamalarning qaysi sohaga tegishli bolishidan qatiy nazar, izohi mukammal berilgan. Bu esa asar muallifining ilmi donish kishi ekanligidan dalolat beradi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti. Oʻzligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qachon kam boʻlmaymiz",- degan so’zlari bizning fikrlarimiz isbotidir.
Bobur shuhratda daho Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz soz sanatkori, shoir va adibdir. Badiiy mahorat bobida biror ozbek shoh va shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi. Bobur ijodidagi tarjimayi hollik xususiyati kitobxonda samimiyat va faxr tuygusini uygotadi. Chunki uning deyarli barcha asarlari ozining kechinmalari zamirida bitilgan. U ona shahri, Vatani soginchini misralarida ifodalaydi. Sherlarining birida Hindiston shohi, Boburiylar sulolasining asoschisi bolsa ham, Vatani, Andijonning bir garibi ekanligiga urgu beradi: Ne yerda bolsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
Garibingga tarahhum aylagilkim, andijoniydur.
Hech bir shoir Vatandan yiroqlik fojiasini Boburchalik koptomonlama va tasirchan ifodalay olmagan bolsa kerak
Boburning oz guvoxligiga kora, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqgda boshlangan; «Ul fursatlarda biror ikki bayt aytur edim», deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular ortasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toplana boshlashi ham shu yillarga togri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur ortasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va kop vaqti jangu jadallarda otgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan choglarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanat va ijod ahlini oz atrofiga toplab, homiylik qilgan, ularni ragbatlantirgan.
Bobur gazallarining asosiy mavzusi oshiqona ehtiroslar, yolvorishlar, iztiroblar-u yonishlardan iboratdir. Gazallarining asosiy qismi ota soda, mislsiz mahorat bilan bitilgan. Shunday shoirlar bor, dunyoda to sher oti bor ekan , istedodli shoir-u adiblar uning sherlariga maftun va shaydo boladilar. Bu royxatning avvalida Navoiy tursa, undan song, shubhasiz, Bobur turadi.
Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». “ Bobur – dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan. U sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Mard, jasur, isteʼdodli lashkarboshi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga, u harakatchan, oʻz ishini davom ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor boʻlish uchun intiluvchi odam boʻlgan”, - deb fikr bildirgan hind davlat arbobi Javoharla’l Neru. Tarixiy maʼlumotlarda aytilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil-kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq vaqt hukmronlikqildi.
Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi — 1530-yil dekabr oyida, Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar. Boburning davlat ishlaridagi xizmati nimada? Avvalo, u Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, mamlakat yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga shaxsan oʻzi homiylik qildi. Hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida kengaydi, deyish mumkin. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy-ruhiy muhit vujudga kelgandi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida hind xalqining mashhur arbobi Javoharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”. Bobur Hindistonda katta hajmdagi adolatli davlat ishlari bilan bir qatorda, adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma” hisoblanadi. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yaxshi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni; ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgʻonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan-koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida maʼlumotlarni uchratish mumkin. .
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalqlariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi.
“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi. Boburning shoh asari – “Boburnoma” turli soha olimlari uchun qimatli manba boʻlish bilan birga, milliy maʼnaviyatimizning noyob durdonasi sifatida xalqimiz tafakkurining oʻziga xos jihatlari, koʻhna qadriyatlarimiz, shonli tariximizni bamisoli tiniq koʻzgu kabi aks ettirib turadi.
O’zbek millati va O’zbekistonni o’zining shoh asari “Boburnoma” bilan jahonga tanitgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur har birimizning faxrimizdir. Bobur qobiliyat va iqtidor egalarini qadrlaydigan, barcha iste’[dodli insonlarga iltifot bilan qaraydigan yuksak ehtiromga loyiq vatanparvar va bunyodkor insondir. Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. Oʻzbek xalqining dovrugʻini dunyoga taratgan ulugʻ ajdodlarimizdan biri oʻlaroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga oʻrgatadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor boʻlmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.
Insho:
Boburni anglash!
Reja:
1.Boburning hayot yo’liga bir nazar.
2.Bobur asarlari – jamiyat ko’zgusi.
3.Bobur merosi jahon olimlar nigohida.
Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko’radi.
( Javoharla’l Neru)
Bobur (arabcha, «sher») 1483-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494-yil 9-iyunda Axsi qo‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan qulab, halok bo‘ladi (39-yoshida). Boburning shajarasi quyidagicha: Umarshayx Mirzo – Abdusaid Mirzo – Sulton Muhammad Mirzo – Mironshoh – Amir Temur. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan. Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidandur» deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning uch o‘g‘li (Z.M.Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Opasi – o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar.
Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‘ng Boboquli Boboalibek, Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. U taxt uchun tinimsiz kurashib, 1497-1500-yillarda Samarqandni, 1502 – 1503 yillarda O’sh va uning atroflarini
egallab oladi, ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi. Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozib, orqasiga she’r ham bitib yuboradi. Shayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib, Hindistonga 1519 – 1525 yillar orasida 5 marta yurish qiladi, 1526-yil 21-aprelda Hind Sultoni Ibrohim Lo‘diyning qo‘shinini yengadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi.
Bobur 1530-yil 26 dekabrda Agrada vafot etadi. Uning jasadi Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismiga dafn etiladi. 1533-yilda esa hoki vasiyatiga muvofiq Qobulga, «Bog‘i Bobur» ga ko‘chiriladi. Boburiylar sulolasi 1483 –1858 yillar mobaynida hukm surgan. Bobur 16-17 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanadi, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozadi. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab 1519-yilda Qobulda («Qobul devoni»), 1528 –1529 yilda Hindistonda («Hind devoni») devonlar tuzgan. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan oshadi. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy janrlari g‘azal, ruboiy va tuyuq bo‘lib, shoir qit’a, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan.
Boburning 4 ta o‘g‘li, 3 qizi bo‘lib, shulardan Komron ismli o‘g‘li she’riy devon tuzgan. Shoir she’rlarida Vatan ishqi mavzusi yetakchilik qiladi. M. Bobur 20 yoshida «Xatti Boburiy» yozuvini kashf etgan, Xo‘ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan.
Asarlari: «Boburnoma», «Mubayyin al-zakot» («Zakot bayoni», o‘g‘li Xumoyunga bag‘ishlagan, 1521), «Muxtasar» (1523-1525 y, aruz vazni haqida), «Harb ishi» va «Musiqa ilmi» (bu ikki asar topilmagan), «Qoldimu?» radifli g‘azali (1507 yilda Hirot-Qobul yo‘lida yozilgan), «Topmadim» («Samarqandni ikki marotaba qo‘ldan berish iztirobi» yoritilgan g‘azal) va boshq.
«Boburnoma»haqida:Bu asar dastlab «Vaqoe’» («Voqealar») deb atalgan. So‘ngroq «Voqeoti Boburiy», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Boburiya» nomlarini olgan. Oxirida «Boburnoma» bo‘lib shuhrat qozongan. Asarda 1494 – 1529 yillarda Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonda ro‘y bergan voqealar aks etgan. Lekin 910 (1504-1505), 915 (1509-1510), 924 (1518-1519), 927 (1520-1521), 928 (1521-1522), 930 (1523-1524), 931 (1524-1525) yillarning voqealari berilmagan. «Boburnoma» ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bo‘lib, jahonning turli kutubxonalarida saqlanadi.
Asarni 1857 yilda Qozonda N I.Ilminskiy, 1905-yilda Londonda Beverij xonim nashr etdilar. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda «Boburnoma» dan parchalar e’lon qilgan edi. Asar 1948-1949 yillarda 2 jildda nashr etilib, 1960 va 1989 yillarda uning tuzatilgan nashri amalga oshirildi.
«Boburnoma» XVI asrdayoq turli sharq tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 1586-yilda fors tiliga o‘girilgan. Yodnoma Ovro‘poga XVIII asrning boshida kirib bordi. 1705-yilda Vitsen kitobni golland tiliga tarjima qilib, Amsterdamda chop etdi. 1526-yilda J. Leyden va V. Erksin uning inglizcha tarjimasini, 1871-yilda Pave de Kurteyl frantsuzcha tarjimasini nashr qildilar. XX asrda bu asarni Rashit Rahmati Orat turkchaga, Mixail Sale ruschaga tarjima qildilar. 1826-1985-yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826, 1905. 1921, 1922), 3 marga frantsuz (1871, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o‘girilib, nashr etildi.Boburning hayoti va faoliyatiga doir o‘nlab badiiy asarlar ham yaratildi. Bular orasida frantsiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), AQShlik Xarold Lembning «Bobur – yo‘lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) esse – romani bor. Hindistonlik Muni La’l Bobur va boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O’zbek adabiyotida P. Qodirov, B. Boyqobilov, X. Sultonov Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratganlar. «Boburnoma» da ilm-fan, san’at, adabiyot ahli xususida keng fikr yuritilgan. Kitob muallifi Alisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Shayximbek Suhayliy, Ahmad Hojibek, Behzod, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoiru san’atkorlar haqida ma’lumotlar bergan, asarlaridan namunalar keltirgan.Bu asarda 1502-yilga Axsiga yaqin Karnon degan joyda Bobur yolg‘izlanib, o‘lim bilan yuzlashganda namoz o‘qish chog‘i uyqu elitgan Boburning tushiga temuriylarning piri, islom olamining mo‘‘tabar siymolaridan Xoja Ubaydulloh Ahror kirib, yordam berajagini aytishi epizodi ham keltirilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytamanki, Bobur avvalo iymonli inson edi. "Hech narsa bo'lmaydi, lekin Xudoning irodasi bilan",der edi.Hindiston ustidan mutlaq hukmronlik qilgan qisqa davrda Boburning davlat ishlarini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yishga vaqti ham, rostdan ham imkoni yo‘q edi. Bobur o'limidan so'ng qurol kuchi bilan zo'rg'a ushlab turgan va birlashgan fuqarolik boshqaruviga ega bo'lmagan imperiya qoldirdi. Undan keyin 23 yoshli oʻgʻli Humoyun otasi tuzgan imperiyani boshqarish uchun hokimiyat tepasiga keldi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Reja :
Yosh shoh va tarixnavis.
Vatan sog’inchi ila yashagan inson.
Yurtimizda Boburga – e’tirof.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Bobur chavondozlik mashqlarini o’tkazmoqda. Chopib borayotgan ot ustida kamondan o’q otib, nishonga shunday otdiki. Nishonga kirgan o’q zarbidan, uning chuqur kirgan o’q izidan hamma hayratlandi yana boshqa satrlarida bir ot ustidan ikkinchi ot ustiga sakrab o’tib otning jilovini qo’lga olib harakatlanayotganga ot changalzor tomon uchib ketmoqda, to’satdan ot ustida ketayotdan Bobur jarohatlandiyu, sallasi yerga tushdi. Vazirlar endi nima bo’larkan deb kutib turibdi, jazo olishi muqarrar. Axir shoh o’g’li yaralandi, shunda Bobur mulozim va navkarlarga sir saqlay oladiga eng yaqin insonlaridek munosabat bildirib Eson Davlat Begimni “bilmay qo’ya qolsinlar” –deganlari.Yana Fiqh ilmini o’rganayotgan o’n ikki yoshli Bobur Kamoliddin Behzod mohirona chizgan Alisher Navoiy suratiga qarab, kitobini bir sahifasiga asrab yurib, suratga qarab –“ Ulug’ amir, nasib bo’lsa huzuringizga borsam, yo’limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday hammasini yengib o’tsam .O’shanda siz menga …she’riyat tilsimini ochuvchi kalit berurmisiz ?”-deb hayollar ummoniga cho’mgani. Yosh Boburning ulkan orzularidan biri ham shu Navoiy bilan uchrashish , g’azalxonlik qilish edi. Afsuski o’z orzusiga yetolmagan Bobur Navoiyning unga yozgan maktubini olib,sevinishi, hayolan u bilan she’rxonlik o’tkazishi, yosh shoirning go’zal qalb egasi ekanligidan darak beradi. Yoki Ahmad tanbalning Bobur shoh kezlari hali muylabi sabza urmagan necha yigitlarning kalla suyagini oyoqlari ostiga tashlab suyunganda, Bobur shunchalar yomon ahvolda qolib, begunoh to’kilgan qonlar uchun o’zini so’roqqa tutishi. Ushbu yuqoridagi jumlalarga Boburning qanchalar rahmdil va haqiqatparvar ekanligini bilib olamiz. Dunyoda qanday ezgulikka yo’g’rilgan so’z bo’lmasin barchasi bilan Boburni ta’riflashga ishlatsak bo’ladi.
Otasidan erta ayrilgan har qanday inson Boburdek katta iroda egasi bo’la olmaydi. Biz bilamizki, Bobur o’zini vatandandan yiroqda o’zga yurtni vatan qilsada, o’zi tug’ilgan ota yurtini sog’inchi bilan umrini nihoyasigacha yurti ishqida ko’plab g’azallar-u ruboiylar yozadi. Hind sari yuzlanganini “ yuz qarolig’” deb, ko’p vatanini qumsaydi, Hindistonda Boburiylar sulolasi yana necha yillar uning ezgu ishlarini davom ettiradi. O’z vataniga sig’magan shoir va shoh o’zga yurtning xalqini , madaniyatini yomonlardan asrab himoya qiladi. Biz har doim yoshlarimizga Boburning ko’tarimlik bo’lishi, vatanparvar, haqiqatparvarligini, odamgarchilik tuyg’ularini aytib, amalda ko’rsatib o’rnak bo’lishimiz vaqti kelmadimi? Darslikdagi Bobur haqidagi ma’lumot bilan cheklanmay turli adabiyotlarni o’qib, uning ma’naviyatini yoshlar ongida singdirish ,faqatgina kamolotga yetaklaydi.
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida teatr, kutubxona, milliy bogʻ bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻlgan ekan.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozim deb bilaman-ki, hozirgi o’r, o’jar, erkatoy, internet-u telefondan bosh ko’tara olmay qolgan yoshlarimiz hech bo’lmaganda bir bora “Yulduzli tunlar”ni o’qisa edi. Ota onalarimiz ham o’rnak bo’lib, bolasiga kitob bersa man ishonamanki, yoshlarimiz kelajakka qo’rqmay katta marralarni ko’zlaydi. Muhtaram Prezidentimiz ham ana shuday yosh Jaloliddin-u , yosh Boburlarni , Navoiy izdoshlarini dunyo bilsin, ko’rsin , O’zbekiston yoshlarini dunyo tanisin deb, kecha-yu kunduz uxlamay bizlarga sharoit yaratmoqda. Men shunday yoshlardan biri sifatida ayta olamanki, Boburdek o’z vatanimni sevaman va asrab avaylayman. Vatanim uchun, ravnaqi uchun o’z hissamni qo’shaman.
Uchquduq tumani 15-maktab
10-sinf o’quvchisi Jalgasova Jasmin Sauletovna
Ўзбекистонда таълим жозибадорлигини кучайтириш бўйича чора-тадбирлар белгилаб олинди.
2023 йилда Ўзбекистонда ёшларни профессионал таълим муассасаларида касбга ўқитиш кўламини кенгайтириб, таълим жозибадорлигини кучайтириш бўйича чора-тадбирлар амалга оширилади. Бу ҳақда жамоатчилик муҳокамасига қўйилган давлат дастури лойиҳасида белгилаб қўйилган.
Жумладан, профессионал таълим муассасаларига ўқувчиларни қабул қилиш тизими такомиллаштирилади.
Бунда:
- коллеж ва техникумларга ўқувчиларни қабул қилиш бир йилда икки марта ташкил этилади;
- техникумларда мутахассислик йўналишидан келиб чиқиб давлат гранти ажратишни жорий этиш орқали умумий давлат гранти улуши 50 фоизга етказилади;
- хусусий секторнинг кадрларга бўлган эҳтиёжларини аниқлаш тизимли йўлга қўйилади.
Чора-тадбирлар 2023 йил августгача амалга оширилиши режалаштирилган. Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги, Савдо-саноат палатаси, манфаатдор вазирлик ва идоралар топшириқ ижроси учун масъул этиб белгиланган.
Давлат дастури таклиф билдириш учун жамоатчилик муҳокамасига қўйилган. Унга ўзгаришлар киритилиши мумкин.
Reja:
- Bobur- dilbar shaxsh.
- Asosiy qism:
- Bobur ijodida Vatan sog ‘inchi.
- “Boburnoma”- tarixiy-memuar
- Bobur mashhurlar e’tirofida.
- Xulosa. Boburni anglash – o‘zlikni anglash.
…Bobur fe’li-sajiyasiga ko’ra
Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir.
(Eduard Xolden)
Bobur adabiyotimizning Navoiydan keying eng buyuk vakilidir. U 1483-yilning 14-fevralida Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ildi. Otasi ushbu viloyat hokimi - Umarshayx Mirzo Temurbekka evara edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, o‘n ikki avlod orqali Chizgizxonga tutashgan . Bobur uni “Chingizxonning ikkinchi o‘g ‘li Chig‘atoyxon naslidandur”, deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning Zahiriddin Muhammad Bobur, Jahongir Mirzo , Xonzodabegim , Yodgor Sultonbegim , Ruqiya Sultonbegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim ismli besh qizi bo‘lib , Bobur o‘g‘illarning eng kattasi edi. O‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar. Umarshayx Andijonning g‘arbida joylashgan Axsi shahrini poytaxt qilgan edi.
Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. 12 yoshli Bobur Shayx Mazidbek, Boboquli Boboalibek , Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni boshqaradi. U taxt uchun tinimsiz kurashib 1497-1500-1501-yillarda Samarqandni, 1502-1503-yillarda O‘sh va uning atroflarini egallab oladi, Ahmad Tanbaldan yengiladi. 1503-yilda Bobur Kobul va G‘aznani jangsiz qo‘lga kiritadi.
Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozib , orqasiga she’r ham bitib yuboradi.
Shayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib , Hindistonga 1507-yildan boshlab 5 marta yurish qiladi, 1526-yil 12-aprelda Panipant jangida 12 ming kishilik qo‘shini bilan hind sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik qo‘shinini yengadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonda boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi . Bu davlat Yevropada “Buyuk mo‘g‘ul imperiyasi” nomini olgan. Bobur Hindistonni egallagach, adolatli qonunlar chiqardi, juz’yani bekor qilgan, o‘lgan erning tirik xotinini murda bilan birga yoqishni ta’qiqlaydi.
1526-yil 21-dekabrda Bobur dushmanlari tomonidan zaharlangan va tasodif tufayli omon qolgan. Bobur 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etadi. U Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismiga dafn etiladi. 1533-yilda esa xoki uning vasiyatiga muvofiq Kobulga ko‘chirildi.
Boburiylar sulolasi 1483-1858- yillar mobaynida hukm surgan. Boburning to‘rtta o‘g‘li, uch qizi bo‘lib shulardan Komron ismli o‘g‘li she’riy devon tuzgan, qizi Gulbadanbegim “Humoyunnoma” nomli asar yozgan.
Bobur lirikasida g‘azal va ruboiylar yetakchi mavqe tutadi. Adib ushbu janrlarning ijtimoiy motivlar bilan boyitishga katta hissa qo‘shdi. Garchi Boburning ayrim she’rlarida o‘zni aysh bilan tutishga, farog‘at bilan yashashga da’vat ruhi ustun bo‘lsa-da, amalda bular Boburning orzusi bo‘lib, uning hayoti faqat mashaqqat, qiyinchilik, urush- yurishlarda, tahlika va bezovtaliklar, to‘s-to‘polon bilan o‘tgani ma’lum. Shunga qaramasdan, adib she’riyatida hayotsevarlik, ertangi kunga nisbatan komil ishonch ruhi ustuvorlik qiladi. Shoir birovga tobe va mute bo‘ishni xohlamaydi. Keskin xulosalar chiqarishda ham iymanib o‘tirmaydi.
Bobur g‘azaliyotida yurt va Vatanga muhabbat , ezgu insoniy fazilatlar tarannumi, oliyjanob tuyg‘ulari tasviri yetakchilik qiladi. Murakkab davr voqea-hodisalari batafsil bayonini “Boburnoma”da ko‘rgan bo’lsak , shoh va shoir Boburning ichki kechinmalari , qalb tug‘yonlari va orzu-armonlari uning she‘rlarida ko‘rinadi. Bobur she‘riyatida Vatan tuyg‘usi , Vatan sog‘inchi unga qaytish umidi mavj ura boshladi. Biz buni shoirning quyidagi ruboiysida ko‘rishimiz mumkin:
Tole yo‘qki jonimg‘a balolig’ bo‘ldi,
Har ishnikim, ayladim xatolig’ bo‘ldi,
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
“Boburnona” – tarixiy va badiiy asardir. Navoiy uni tarixiy, ilmiy, memuar nasri bilan yangi bosqichga ko‘tardi. “Boburnoma” adabiyotimizning mana shu tajribalarini umumlashtirib, uni jahoniy miqyoslarga olib chiqqan asardir. Muallif asarida voqealar bilangina cheklanmaydi , balki ularning ishtirokchilariga, qahramonlariga keng o‘rin beradi. Natijada biz Bobur zamonida yashagan , tariximiz hamda ma‘naviyatimizda muhim mavqega ega bo‘lgan davlat va madaniyat arboblari bilan tanishamiz . Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Dastlab o‘sha yilda yuz bergan muhim voqea bayon qilinadi . Masalan, dastlabki 1494-yil voqealarini hikoya qilganda , Bobur, avvalo, o‘zining “Tangri inoyati bilan Farg‘ona viloyatida 12 yoshda podshoh bo‘lgani “haqida xabar beradi va Farg‘ona viloyati bilan tanishtiradi.
Bobur butun umri jang-u jadallarda kechishiga qaramay , tabiatan nihoyatda ziyrak, sinchkov, g‘oyat fahmli va idrokli , hamma narsaga qiziquvchan bir zot edi. U qayerga bormasin , o‘sha yerning jug‘rofiy o‘rnidan tortib , o‘simlik va hayvonot dunyosigacha qish-u yozining ob-havosidan, elining tili-yu urf-udumigacha hamma - hammasi bilan qiziqadi va yozib qoldiradi.Bobur nima va kim haqda yozmasin , g‘oyat samimiydir. O‘zining quvonchini ham , g‘amini ham hech kimdan yashirmay ro‘y-rost aytadi. Do’sti haqida ham , dushmani haqida ham ko‘nglidagini so‘zlaydi.
Bobur O‘ zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Bobur haqida juda mashhur insonlarning fikrlari bor. Shular jumlasidan Pirimqul Qodirov:”Bobur Mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi.Shuning uchun umrining oxirida o‘g‘li Humoyunga “Boburnoma” tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi.
Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum,
Har kim bu “Vaqoyi” ni o‘qir, bilgaykim,
Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum.”
Hasanxo‘ja Nisoriy :”Chig’atoy sultonlarining eng sarasi va zo’r shijoatlisi edi “, - deganda naqadar haq edi.
Mashhur tarixchi Rumer Goden buyuk sarkarda haqida ushbu fikrlarni bayon qilgan : ”Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da,u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko’tarildi. O‘z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib,uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o‘lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi”. Monstyuart Elfinston: ”Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari,urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi.Shu jihatdan bu asar O‘rta Osiyoda yagona,chinakam tarixiy tasvir namunasidir ”, - deb e’tirof etgan.
Bobur-hamma mutafakkirlar singari olam, odam va ularning sirlari haqida ko‘p o‘ylaydigan kishi. O‘zi komillik yo‘liga tushgan bir solik sifatida o’zgalardan ham yuksak ma‘naviy sifatlarga egalik,baland odamgarchilik kutadi.Ammo hayotning o‘yinlari ham shundaki, kutilgan ezgu mo‘ljallarga kamdan kam hollardagina erishiladi. Bobur – so‘zning jilvasini, tovlanish xususiyatlarini nozik his etadigan va ijod jarayonida bundan ustalik bilan foydalana oladigan shoir. Shaxsiyatidagi o‘ktamlik, tafakkur parvozi, ruh erkinlik singari jihatlar uning g‘azaliyotida ham yaqqol bo‘y ko‘rsatib turadi.
Xulosa qilib aytganda,adolatli shoh va buyuk shoir Bobur o‘zining ma‘lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz ma‘naviy madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Shoir nomini abadiylashtirish maqsadida uning ona shahri Andijonda haykal o‘rnatilgan. Bir qancha maskan va manzillarga Bobur nomi berilgan. Har yili 14-fevral Respublika bo‘ylab Bobur tavallud topgan kun keng miqyosda nishonlanadi. Zero,Boburni anglash – o‘zligimizni anglash.
Navoiy viloyat
Uchquduq tuman
20-maktab
11-“D” sinf o‘quvchisi
Mamasoliyeva Sevinch
Қайсики мамлакат замонавий технологиялар борасидаги билимларни пухта ўзлаштиришса, ҳар жиҳатдан ривожланади, иқтисоди бақувват бўлади. Ана шу мақсадда Шимолий кон бошқармаси тасарруфидаги кадрлар тайёрлаш бўлими ва ўқув-курс комбинати томонидан корхона бўлинмалари ходимларини касбга ўқитиш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш ишлари амалга ошириб келинмоқда.
Ўқув-курс комбинатида корхона эҳтиёжидан келиб чиқиб, 2022 йил давомида жами 2698 нафар ишчи-ходим қайта тайёрлаш, малака ошириш ва аниқ мақсадли курсларда керакли касб малакаларига эга бўлишди. 27 та экскаватор машинисти, 194 та оғир юк кўтарувчи карьер автосамосвал ҳайдовчиси, 13 та бурғилаш қурилмаси машинисти, 16 та кран машинисти ва бошқа касблар шулар жумласидан.
Шунингдек, "Навоий КМК" АЖ ҳамда Навоий шаҳридаги "ИШГА МАРҲАМАТ" мономаркази ўртасида имзоланган ҳамкорлик шартномасига кўра, мономарказ тингловчиларига Шимолий кон бошқармаси бўлинмаларида ишлаб чиқариш таълими ташкил этилмоқда.
Мазкур марказда қисқа муддатли ўқишга жалб қилинган 186 нафар фуқаро махсус сертификатга эга бўлиб, ҳозирда Шимолий кон бошқармаси бўлинмаларида фаолият юритишмоқда.
Лайло КАРИМОВА
Бугун Учқудуқдаги кўп қаватли уйлар, мактаблар деворларини мурал расмлар безаб турибди. Энди эса Шимолий кон бошқармаси бўлинмаларидаги йўлаклар ва хоналарга ҳам бу санъат асари кўчмоқда. Ҳозиргача Ахборот коммуникацион технологиялар марказида ана шундай “деворий расмлар” чизилди.
“Бўш деворлар – бу жиноят”, - деган эди машҳур инглиз рассоми Бэнкиси. Албатта бундай расмлар санъат даражасида бўлмасада ишчи-ходимлар учун хушкайфият бағишлайди. Ҳар ким ундан баҳраманд бўла олади.
- Бу расмлар замонавий тилда стрит-арт дейилади. Унинг ижодкорлари ҳам машҳур рассомлар эмас балки АКТМ ходимлари бўлишди, -дейди АКТМ раҳбари Жонибек Раҳматов. –Ишчиларимизнинг бир ойлик бўш вақтлари ана шу оқланган йўлакларда ўтди. Ҳар ким ўз имконияти етадиган даражада қора бўёқда расмларни бўяди. Бу жамоавий расмлар биз биргаликда катта куч эканлигимизни ҳар кун эслатиб турибди.
Халқ тилида “Модел” деб аталувчи “Қурувчилар” кўчаси янгидан ташкил этилган “Ифтихор” маҳалласи ҳудудида. Бу ерда ҳозирда 64 та хонадонда 252 нафар аҳоли истиқомат қилади.
Учқудуқ шаҳри бунёд этилишида қурувчилар учун бошпана сифатида қурилган бу масканни аслида қўрғонча сифатида кўриш мумкин. Бир қаватли пастқамгина уйлар... оддийгина ҳаёт кечираётган одамлар...
Учқудуқ туман ҳокими Соли Хамроевнинг бу галги 2 соатлик “ташрифи” ана шу “Модел”да ўтди.
-Кўпчилик, “Модел”да яшайсизлар-ми”, -дея ғалати савол беришади. Аммо, келишса бу ердаги шароитларни кўриб ҳайрон қолишади. Ҳамма нарсалар худди шаҳарникидан кам эмас, – дейди ҳоким ва масъуллар хонадони эшигини тақиллатган 2-уй, 9-хонадонда яшовчи Дилсўз Ғафурова. Уч нафар фарзанднинг онаси болалари учун шароит бўлгани учун ҳам шу сўзларни билдирди.
Туман ҳокими улар билан бугунги муаммолари билан қизиққанида уйда 3 кундан буён сув қувурлари музлагани сабаб, ичимлик суви йўқлигини айтди. Салбий ҳолатни тезкорлик билан ҳал этиш, хонадонларни ўз вақтида ичимлик суви таъминоти билан таъминлаш мақсадида тегишли масъулларга кўрсатмалар берилиб, вазият назоратга олинди. Ишлаётган гуруҳга яна қўшимча сифатида ишчилар жалб этилиб, муаммо шу куннинг ўзида ҳал этилишига эришилди.
Йўллар яхши уйларга олиб боради, дейишади. Икки уч йил олдинги чанг, лой кўчалар энди асвальтланган. Йўл бўйидаги қурилиш материаллари, бордюрлар яна йўллар чўзилишидан дарак бериб турибди. Машиналар серқатнов бўлмаган йўлларда “Қурувчилар” нинг болалари велопойгалар ўйнаяпти. Бу ҳақда кўча аҳолиси номидан таҳририятга хат йўллаган Умар ака Болтаев ўз миннатдорчилигини изҳор этади.
...Оддийгина ҳаёт аммо қайсидир маънода виқорлардан, манманликлардан меҳрни устун қўяётган, бировни алдамай биров ҳам уларни алдашига ишонмай яшаётган аҳолини назаримда шу ерда топдик.
Бахитжан Утегенов билан туман ҳокимининг суҳбати давомида у оиласи ва ота-онаси билан яшаётган 1 уй 10 - хонадонинг кадастр ҳужжатлари йўқолганлиги сабабли ҳоким қарори чиққан бўлсада ҳали ҳам хусусийлаштирилмагани аниқланди. Туман раҳбари телефон орқали шу соҳа масъулларига ишни тезлаштиришни илтимос қилди.
Шу куни Учқудуққа бир ёш мутахассис шифокор сифатида жўнатилган ва бугун шу халқнинг хизматида бўлган Нурали Жўраевнинг ҳам муаммоси ҳал бўлди. Бир хоналик уйига қўшимча бино сифатида қурилган яна бир хоналик уйи кадастр қилинадиган бўлди. Яқиндагина фарзандлари 3 нафарга етадиган Нурали учун бу энг яхши хушхабар бўлди.
Учқудуқлик Зуҳра ва Хатирчилик Наврўзнинг тақдири. Улар Учқудуқда топишган. Туман ҳокимлиги томонидан бу икки ёшнинг никоҳ тўйлари ўтказиб берилганидан сўнг уларнинг яшаш манзиллари бўлмагани учун ёш келин –куёв “Қурувчилар” кўчасидаги бўш турган уйлардан бирига жойлаштирилди. Яшаш учун бошпана бўлган бир хонали уйда уларнинг ширин қизалоқлари дунёга келди. Аммо оила бошининг муқим жойда ишламай гоҳ арава суриб, гоҳ ғишт қуйиб юриб, пул топиши қишнинг изғиринли палласида панд берди. Бу масала ҳам ҳоким эътиборидан четда қолмади. Наврўз туман ободонлаштириш бошқармасига доимий ишчи сифатида ишга олинадиган бўлди. Оиланинг совуқ кунларда қийналмаслиги учун ҳомийлик асосида озиқ - овқат маҳсулотлари ажратилди.
“Қурувчилар” кўчасида яшовчи Жанар Ахметова ота-онаси вафотидан сўнг ўзи ёлғиз яшайди. Муаммоларни ўрганган ҳоким туфайли у ҳам ўзига мос иш топа олди.
... Бу туман ҳокимининг “Қурувчилар” кўчасида яшовчи аҳоли билан ўтказган икки соатлик мулоқотидан кейинги ечимлар.
Халқ билан ҳамнафаслик, одамлар орасига кириш, аҳоли билан яқиндан мулоқот ўрнатиш бугун ҳар бир раҳбар, ҳар бир мутасадди зиммасидаги энг муҳим, энг долзарб, энг устувор вазифадир. Зотан, ўзини эл-юрт равнақи ва тақдирига дахлдор билган мутасадди учун халқ дарди, ташвиши билан яшашдан ортиқ мезон йўқ.
Райҳон ҚОДИРОВА,
махсус мухбиримиз.
Навоий нафақат шоир, таржимон, тилшунос олим, балки давлат арбоби сифатида ҳам тарихда катта из қолдирган. Ана шунинг учун ҳам унинг кўп рубоийлари, достонлари халқни қай йўсинда бахтли - саодатли қилмоқ мумкин, саволига жавоб тариқасида ёзилгандир.
Навоий ҳаёти ва фаолиятини ўрганиш миқёси ХХ - асрда янада кенгайди 1941 йили қамал қилинган ва бомбалар ёғилиб турган Санк-Петербург шаҳрида шоир ижодига бағишланган анжуманнинг ўтказилиши илм йўлидаги фидойиликнинг ёрқин намунаси бўлган эди. Кейинги ярим аср давомида Навоий асарлари жаҳоннинг турли мамлакатларида қайта-қайта чоп этилди. Жаҳон тинчлик кенгаши 1968 йили Навоий юбилейи муносабати билан йўллаган табригида: "Жаҳон маданиятининг энг яхши дурдоналарига мансуб бўлган Алишер Навоийнинг қудратли ҳаётбахш шеърияти бутун тараққийпарвар инсониятнинг бойлиги бўлиб қолади", дея эътироф этган эди.
Навоий ижоди ўзининг ҳақиқий қадр-қимматини мустақил Ўзбекистонда топди, дея оламиз. 1991 йил - Алишер Навоий йили деб аталган эди. Мамлакатимиз бу улуғ зот номи билан мустақиллик даврига қадам қўйди. Бунда ўзига хос рамзий маъно бор. Зеро, Навоий ўзининг ҳаёти ва фаолиятини юрт мустақиллиги ва тинчлиги, ўзбек тилининг нашъу намоси учун бахшида этган эди.
Бугун Алишер Навоий ҳақли суратда жаҳон маданиятининг мумтоз вакиллари сафидан ўрин олди. Унинг асарлари жаҳондаги юзлаб тилларга таржима қилинди. Дунё аҳли унинг мероси билан қизиқмоқда, асарларида тараннум этилган олижаноб ғоялар ва фалсафий мушоҳадалардан завқ олмоқда. Шоир ҳайкаллари Япониянинг Сока университети ҳовлисида, Москва ва Боку шаҳарларида қад кўтарди.
Буюк шоир ва мутафаккир, атоқли давлат ва жамоат арбоби Алишер Навоий таваллудининг 582 йиллиги муносабати билан Шимолий кон бошқармаси “Шарқий” очиқ усулда қазиб олиш конида ҳам ишчи-ходимлар иштирокида маърифий тадбирлар бўлиб ўтмоқда. Шеърият ва адабиёт кечасида шоир ижодидан намуналар ёд айтилиб, саҳна кўринишлари намойиш этилмоқда.
Нилуфар РЎЗИЕВА,
"Шарқий очиқ усулда қазиб олиш кони
маънавий-маърифий ишлар бўйича инспектори.
Навоий ижоди шундай уммонки, унда сузган ғаввос истаган дуру хазинасини териб олади. Чунки, ҳазрат Навоий асарларида барча замонларда ҳам бирдек долзарб мавзулар қаламга олинган. Ватанга муҳаббат, меҳнатга садоқат, ахлоқий юксакликка интилиш, гўзаллик ва муҳаббат, меҳр ва мурувват, ижтимоий адолат учун кураш ғоялари билан йўғрилганлигидир.
Шу боис ёш авлодни аждодларимиз меросидан баҳраманд қилиш, уларда миллий фахр ва ғурур ҳиссини шакллантириш муҳим аҳамият касб этади. Ана шу мақсадда туманимиздаги барча мактабгача таълим муассасаларида Алишер Навоий таваллудининг 582 йиллигига бағишлаб адабий-бадиий кечалар, тарбияланувчилар иштирокида эрталиклар бўлиб ўтмоқда.
Шундай тадбирлардан бири 13-сонли ДМТТнинг “Эркатой” мактабга тайёрлов гуруҳи тарбияланувчилари иштирокида “Навоий издошлари” мавзусида ўтказилди. Тадбирда кичкинтойлар ҳазрат Навоий қаламига мансуб ғазал, рубоий ва туюқларидан намуналар айтишди. Ҳаёт йўллари акс этган саҳна кўринишлари болажонлар талқинида маромига етказиб ижро этилди.
Ҳа, Навоий каби буюк аждодларимиз қолдирган бой ва улкан адабий мерос бугунги глобаллашув даврида ҳам инсонларни эзгуликка, аҳиллик ва бирдамликка чорлаб турувчи мақё вазифасини ўтайди.
Дилфуза КУЛДАШЕВА,
13-сонли ДМТТ тарбиячиси.