Uchquduq tumani xalq ta’limi faoliyati
Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limi 1979 yil tashkil topgan. Manzili "Xalqlar Do‘stligi" ko‘chasi 41-uy. Bugungi kunda Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20 ta muassasa faoliyat yurtib kelmoqda. Shundan 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari va 1ta "Barkamol avlod bolalar markazi" ni tashkil qiladi.
19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4 tasida ta’lim o‘zbek tilida, bular 7,10,18,20 –maktablari, 1 ta 3- maktabda ta’lim rus tilida, 3 ta muassasada, ya’ni 4,5,13 – maktablarda ta’lim o‘zbek va qozoq tillarida, 11 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim qazoq tilida olib boriladi. Bular, 1,2,6,8,9,11,12,14,15,16,19 – maktablaridir.
Umumta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yili sentabr oyidan boshlab 7631 nafar o‘quvchi ta’lim – tarbiya olmoqda O‘quvchilarning 3650 nafarini qiz bolalar tashkil qiladi.
Umumta’lim maktablarida 820 nafar malakali pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 13 nafari oliy toifali, 163 nafari birinchi toifali, 227 nafari ikkinchi toifali, 417 nafari mutaxassis o‘qituvchilarni tashkil qiladi.