LOTIN-КИРИЛЛ


   O`zbekistonda mahkumlarning jazo muddatini kitob o`qish orqali qisqartirishni ko`zda tutuvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan mazkur tashabbus xorijiy tajribaga asoslangan. Unga ko`ra, mahkumlar tasdiqlangan ro`yxatdagi kitoblarni o`qish va imtihon topshirish orqali jazo muddatini qisqartirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

     Loyihaga ko`ra:
— 1 ta kitob o`qib, imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi.
— Mahkumlar yiliga ko`pi bilan 10 ta kitob o`qishi mumkin.
— Kitoblarning ro`yxati va mazmuni Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.

     Tashabbusning asosiy maqsadi – mahkumlarning bilim va madaniyatini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashishga tayyorlash va jazo o`tash jarayonida ruhiy hamda axloqiy rivojlanishga yordam berish. 
“Kitob o`qish mahkumlar uchun nafaqat yangi bilim olish, balki o`zini qayta tarbiyalash va jamiyatga moslashish uchun motivasiya yaratadi,” deydi loyiha tarafdorlari.

     Tashabbusga ko`ra, mahkumlar faqat kitob o`qibgina qolmasdan, uning mazmunini tushunganligini ham isbotlashi lozim. Buni tekshirish maqsadida belgilangan tartibda imtihonlar o`tkaziladi. Ma`lumot uchun, mahkumlar uchun adabiyotlar ro`yxati, shuningdek, ular o`qishi lozim bo`lgan kitoblar va imtihonlar o`zgarib, yangilanib boradi.

 

Ijtimoiy karta aholining muayyan toifalariga bepul tarqatilib, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy mablag‘lar (nafaqalar, yordam pullari, pensiyalar) shu kartaga tushiriladi. Karta talabalik, nogironlik va pensiya guvohnomasi kabi hujjatlarning o‘rnini bosadi; avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olishda qo‘l keladi.

Ijtimoiy karta nima?

Bundan keyin ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va yordam olish uchun tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatlarni ko‘tarib yurish shart emas.

Ularning o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilib, tajriba sifatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida odamlarga berila boshladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, ayni paytda quyidagi 9 turdagi to‘lovlar ushbu karta orqali berilyapti:

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi;

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;

yoshga doir nafaqa;

nogironlik nafaqasi;

yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam;

nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari;

nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqa;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher;

boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.

2025 yilning 1 aprelidan bular qatoriga yana 2 turdagi ijtimoiy to‘lovlar — homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan to‘lanadigan bir martalik moddiy yordamlar qo‘shiladi.

Ijtimoiy karta funksiyalari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi. Keyinchalik karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish ham mumkin bo‘ladi.

Nega ijtimoiy karta joriy etilyapti?

Ijtimoiy karta nafaqat ijtimoiy yordam olish va imtiyozlardan foydalanishni osonlashtiradi, balki davlat uchun ham xarajatlar arzonlashadi, byurokratiya kamayadi.

Katta axborotlarn jamlash, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyati kengayadi. Bu esa o‘z navbatida imtiyozlarni yetkazishdagi korrupsion zanjirlar va holatlarni keskin qisqartiradi. Xizmat ko‘rsatish tezlashadi.

Ijtimoiy kartani qayerdan olish mumkin?

Sinov bosqichida ijtimoiy karta ochish uchun elektron arizalar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Keyinchalik Yagona portal, kartaning mobil ilovasi hamda tegishli banklar bo‘linmalari orqali ham murojaat qilish mumkin bo‘ladi.

Ijtimoiy karta bo‘yicha moliyaviy agentlar “Xalq banki” va “Aloqabank” hisoblanadi. Belgilangan toifaga kiruvchi fuqarolarga kartalar bepul beriladi.

Ularni ariza berilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida olish mumkin. O‘zgalar parvarishiga muhtoj ayrim shaxslarga “Inson” markazlari tomonidan 15 kun ichida ijtimoiy kartalar ularning yashash joyiga yetkazib beriladi.

Ijtimoiy kartalar joriy yilning 1 iyulidan boshlab bosqichma-bosqich mamlakatning barcha hududlarida joriy etilishi rejalashtirilgan.

Visa platformasidan foydalaniladi

Ijtimoiy kartalar uchun sinov davrida Visa platformasi tanlangan. O‘zbekistonda Visa karta orqali pul o‘tkazilganda, naqd pul yechilganda va boshqa tranzaksiyalar amalga oshirilgandagi komissiyalar milliy to‘lov tizimlari – Humo va Uzcard’ga nisbatan qimmat. Shuningdek, Visa kartani odatda faqatgina shu kartani chiqargan bank ilovasigagina ulash mumkin. Bu esa iste’molchi uchun qo‘shimcha noqulayliklar yaratadi. Kun.uz maskur holatlarga aniqlik kiritish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yubordi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, ijtimoiy karta loyihasi hamkor operatori sifatida BAAning Abu Dabi shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Oxinus holding limited kompaniyasi tanlangan.

    Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish aholini roʻyxatga olishning maqsadi hisoblanadi.

     Quyidagilar aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

✅ aholi tarkibidagi global oʻzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sogʻliqini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
✅ aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;

✅ milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazish;

✅ aholini roʻyxatga olish davrlari oraligʻida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;

✅ ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Uchquduq tuman statistika boʻlimi

Учқудуқ туман ҳокими Елмуратов Учқун Файзуллаевичнинг Қуролли кучларимиз ташкил топганининг 33 йиллиги ҳамда 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Ассалому алайкум, ҳурматли тумандошлар,  ҳарбий офицерлар!

Қуролли Кучларимиз фахрийлари!

Аввало, Сиз азизларни, сизлар орқали бутун туманимизнинг  ўз ҳаётини Ватанни ҳимоя қилишдек энг улуғ ва олижаноб ишга бағишлаганмард, жасур посбонларини Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг  33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни билан чин қалбимдан самимий муборакбод этаман!

Ушбу қутлуғ айёмда барчамиз аввало ўз жанговар постида доимо ҳушёр ва сергак туриб, юртимиз сарҳадларини кўз қорачиғидек асраб келаётган мард ва жасур, содиқ ўғлонларимиз шаънига энг эзгу тилакларимизни изҳор этамиз.

Ана шундай ботир ва жонкуяр фарзандларни тарбиялаб вояга етказган ҳурматли ота-оналарга, ҳарбий хизматчиларимизга ўз муқаддас бурчини адо этишда ҳамиша тоғдек таянч бўлиб келаётган уларнинг оила аъзоларига чуқур миннатдорчилик билдирамиз.

Дарҳақиқат, армиямизнинг куч-қудрати ҳарбий хизматчилар билан бутун жамиятимизнинг бирлиги ва ҳамжиҳатлигида десак, тўғри бўлади.

Яқин тарихга назар соладиган бўлсак,  1992 йил январда мамлакатимиз ҳудудида жойлашган барча ҳарбий тузилмалар Ўзбекистон Республика-сининг ҳуқуқий тасарруфига ўтказилди. 1993 йил 29 декабрда 14 январни Ўзбекистонда Ватан ҳимоячилари куни, деб эълон қилиш ҳақидаги Ўзбекистон Республикасининг қонуни қабул қилинди.

2017 йил 18 декабрда “Ўзбекистон Республикаси Мудофаа доктринаси тўғрисида”ги қонун қабул қилинди. Шундан буён ҳарйили 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни умумхалқ байрами сифатида кенг нишонланиб келинмоқда.

Ватанимиз мустақиллиги, халқимизнинг тинч, эркин ва фаровон ҳаётининг мустаҳкам кафолати бўлган Ўзбекистон Қуролли Кучлари ўтган 33 йилда ғоят мураккаб ва айни пайтда шонли шаклланиш йўлини босиб ўтди.

Айниқса, кейинги йилларда олиб борилаётган туб ислоҳотлар натижасида миллий армиямиз ҳар қандай хавф-хатарга муносиб зарба бера оладиган қудратли, тезкор ва самарали кучга айланиб бормоқда. Юртимиз хавфсизлиги, сарҳадларимиз дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилишга, аҳолининг тинч ва осуда ҳаётига қаратилган ҳар қандай ғаразли қарашларнинг олдини олишга қодир бўлган, ихчам, тезкор, ташкилий жиҳатдан мукаммал, замонавий қурол-яроғ ва ҳарбий техника билан таъминланган миллий армиямиз шакллантирилди.

Бугун ота-оналар ўз фарзандларини армияга кўзда ёш, юракда хавотир билан эмас, балки менинг ўғлим ҳақиқий Ватан ҳимоячиси бўлади, деб, юксак ишонч ва фахр туйғуси билан кузатмоқда.

Фурсатдан фойдаланиб, мамлакатимизнинг турли гўшаларидан келиб Учқудуқ туманидаги № 99818 – сонли ҳарбий қисмда  ўз йигитлик бурчини ўтаётган қўрқмас ва ҳақиқий ватанпарвар  84 нафар аскарларни  ва офицерларни  байрам билан яна бир бор муборакбод этиб, уларнинг  ота-оналарига, яқинларига улкан миннатдорчилик билдираман.

Зеро, буюк мутаффаккир бобомиз Алишер Навоий қайд этганидек, “Бу дунёда эр йигитнинг энг буюк, эзгу ва муқаддас вазифаси, аввало, ўз оиласи, Ватани ва халқини муносиб ҳимоя қилишдан иборатдир”.

Ҳурматли тадбир иштирокчилари!

Дунёнинг турли минтақаларида давом этаётган урушлар, ҳарбий қарама-қаршилик ва можоралар, турли терроризм хуружлари халқаро хавфсизликка жиддий таҳдид қилаётганини ҳеч қачон унутмаслигимиз лозим.

Ҳурматли Президентимиз, Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг «Асосий мақсадимиз – халқ билан армия бирдамлиги. Ҳарбий қисмлар эшиклари эл учун очиқ бўлиши керак. Миллий армиямизнинг нури, маънавияти ҳаммага етиб бориши зарур. Ёшларни бу ерга олиб келиб кўрсатиш, ўргатиш керак. Бу уларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, мамлакатимиз тарихи ва қудрати ҳақида билимларини бойитишга хизмат қилади. Бундан ота-оналар ҳам хурсанд бўлади», деган сўзлари фаолиятимизда дастуриламал бўлиб хизмат қилмоқда.

Туманимизда ўтказилаётган "Янги Узбекистон армияси - мамлакат таянчи, халкимиз фахри" , деган  ғоя ва амалий ҳаракат -  Ватан ҳимояси чиндан ҳам барчамизнинг нафақат вазифамиз, балки шарафли бурчимиз эканлигидан далолат беради. 

Ҳеч шубҳасиз, ўтказилаётган бу каби маърифий тарғибот тадбирлари  ёшларимизда миллий армиямиз билан фахрланиш туйғусини, Ватан ҳимоячисидек шарафли касбга ҳурмат-эҳтиром ҳиссини уйғотмоқда.

Қадрли юртдошлар, мард ва жасур Ватан ҳимоячилари!

Сизларни ота-онангиз, оилангиз ва  бутун мамлакатимиз аҳолиси  билан биргаликда кенг нишонлаётган бугунги шону-шараф айёми – Ватан ҳимоячилари куни билан яна бир бор табриклар эканман, барчангизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий бахт ва саодат, шарафли ва масъулиятли фаолиятингизда улкан зафарлар тилайман!

Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин!

Эътиборингиз учун рахмат!

 

Unga ko‘ra:

1️⃣ Yanvar oyida 2024-2025-o‘quv yili uchun "Mening maktabim" loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13-17 yanvar kunlari o‘tkaziladi (https://t.me/minecofinuz/10897).

Loyihaning 2025-2026-o‘quv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-10-oktyabrda, ovoz berish esa 21-30-oktyabr kunlari bo‘ladi. 

2️⃣ "Tashabbusli byudjet"ning 1-mavsumi fevral-mart oylariga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-20-fevralda, ovoz berish esa 11-20-mart oralig‘ida bo‘ladi.

Loyihaning 2-mavsumi iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Loyihalarni kiritish 15-iyuldan 3-avgustgacha, ovoz berish 22-avgustdan 31-avgustgacha etib belgilangan.

3️⃣ "Mening bog‘im" loyihasi aprel oyida o‘tkaziladi. 1-10-aprelda loyihalarni kiritish, 21-30-aprelda esa ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

4️⃣ "Mening bog‘cham" loyihasi iyun oyida o‘tkaziladi. Loyihalar uchun ovoz berish jarayoni 1-10-iyun kunlariga belgilangan.

 

     Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga kelgusida tayinlanadigan pensiyaga avvalroq tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ma’lum qilmoqda.

    Pensiya hisoblashda fuqaroning rasmiy ishlagan davri va soliq to‘langan ish haqi (daromadi) inobatga olinadi. Fuqaro rasmiy ishlab, daromad olgani sari yilma yil pensiya huquqi shakllanib boradi. Demak, har bir fuqaro ish faoliyati va daromadini rasmiylashtirish orqali pensiyaga tayyorgarlik ko‘rib boradi.

     Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun esa quyidagilarda e’tiborli bo‘lish kerak:

– Mehnat faoliyati rasmiy shaklda ketayotgani, ishlanayotgan tashkilotda ish staji yozib borilayotganiga ishonch hosil qilish (Buni xodim o‘zi mustaqil ravishda my.gov.uz portali orqali tekshirib olsa bo‘ladi);

– Ish beruvchidan ish stajlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlashtirilishni talab qilish;

– Xodim tashkilot tomonidan rasmiy shaklda ish haqi to‘lanayotganligiga e’tibor berishi lozim. Bunda, xodim hisoblangan ish haqi, haqiqatan qo‘liga oladigan ish haqi, ushlab qolinayotgan daromad soliqlari, jamg‘arib borilayotgan pensiya uchun o‘tkazilayotgan mablag‘lar va boshqalarni doimiy ravishda tekshirib borishi lozim;

– Agar xodim norasmiy shaklda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda ijtimoiy soliqni to‘lab borishi va bu orqali ish stajini ko‘paytirib borishi mumkin;

– Pensiya qonunchiligiga oid yangiliklar, ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib borish, kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan xabardor bo‘lib turish;

– Agar fuqarolar hozirda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmayotgan bo‘lsalar, u holda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchasidagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishlari lozim.

      Mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozir raqamlashtirib qo‘yilsa, pensiyaga chiqish vaqti kelganda ortiqcha ovoragarchilikning oldi olinadi.

       Yuqoridagi tavsiyalar asosida mehnat faoliyatini olib borish bilan kelgusida fuqarolarning pensiya ta’minoti kafolatlanadi.

       Qo‘shimcha ma’lumotlar, pensiyaga oid har qanday masala bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining 1271 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, javob olish mumkin.

     Bundan tashqari, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, tibbiy sug‘urta joriy etilayotgan hududlarda elektron retseptlarga o‘tish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilmoqda.

     O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama to‘lash rejalashtirilmoqda. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.

Bu haqda avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qilgandi. U malakali o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimi yaratilgani, shunday tizim tibbiyotda ham joriy etilishi, lekin hukumatda hali aniq yechimlar yo‘qligini aytgandi. “Asosiy masala – kimga va nima uchun yuqori oylik to‘lash”, degandi Qo‘chqorov.

      Dekabr oyida davlat rahbari huzuridagi yig‘ilishda 2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshirilishi ham ma’lum qilingandi. Bu muhokamaga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasida aks etmagan.

       Loyihada tibbiyot sohasi haqida yana nimalar deyilgan?

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.

2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept tizimi asosida tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

      Viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etiladi.

      Учкудук туман мактабгача ва  мактаб таълим бўлимига қарашли ДМТТ тарбияланувчиларига 2025 йил январь ойи учун Озиқ- овқат, нон, гўшт маҳсулотлари сотиб олиш учун эълон бермоқда.

2025 yil 1 iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olina boshlanadi. Bu hukumatning «Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikasiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aniqlik kiritishicha, endilikda my.gov.uz dagi shaxsni tasdiqlovchi, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarning raqamli (elektron) shakllari rasman tan olinadi.

Bunda my.gov.uz da ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular O`zbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi. Ro`yxatga quyidagi hujjatlar kiritilgan:

O`zbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
O`zbekiston fuqarosining identifikasiyalovchi ID-kartasi;
Haydovchilik guvohnomasi;
Tug`ilganlik haqida guvohnoma;
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
Transport vositasining ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
Fuqaroligi bo`lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi);
Nogironlik to`g`risida ma`lumotnoma;
Transport vositasining majburiy sug`urta (fuqarolik javobgarligi) bo`yicha sug`urta polisi;
Oliy, o`rta maxsus, kasb-hunar va professional ta`lim olganlik to`g`risida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
Talabalik guvohnomasi;
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risida guvohnoma;
O`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tganligi to`g`risida ma`lumotnoma;
Turar joy ob`ektlarining kadastr pasporti;
Jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.

Ushbu hujjatlarning qog`oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro`yxatdan o`tkazishda va O`zbekiston hududidan o`tuvchi poezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko`rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko`rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi, ya`ni portaldagi elektron shakllari ham tan olinadi.

        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi                PQ-5040-sonli qarori, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishi 50-sonli bayoni ijrosi hamda “O'zbekiston-2030” strategiyasi va “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 12 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

        Jumladan, Uchquduq tuman Ma'naviyat va ma'rifat kengashining 2024-yilda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish hamda targ'ibot-tashviqotini tashkil qilishga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqildi va viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan kelishilgan holda tasdiqlab, ijroga yo'naltirildi.

        Tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 37 ta korxona, tashkilot va mahallalar bilan dasturlar kelishilib,  “Yo'l xaritasi”  va “Ma'rifat soatlari” rejasi tasdiqlab olindi.

        Yo'l xaritalari asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tuman bo'linmasi tomonidan monotoring qilib borildi.

Uchquduq tumanida 2024 yil davomida belgilangan reja asosida 4 marotaba tuman Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi va tumandagi korxona, tashkilot va ta'lim muassasalirida ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga

2024-yilning 12 oyi davomida barcha korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda muhim sanalar munosabati bilan hamda turli mavzularda 600 dan ortiq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va davra suhbatlari, korxona, tashkilot va idoralarda “Ma'rifat soatlari” o'tkazildi. O'tkazilgan tadbirlarda 20 ming nafardan ortiq aholining turli qatlamlari qamrab olindi.

2024 yil davomida 12 oyi davomida tuman Kengashi tomonidan qo'yidagi loyihalar va tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2023-yilning 22-dekabr kuni Davlatimiz rahbari tomonidan “Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi”ning opshiriqlar asosida “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida viloyatda 3 bosqichli “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri, “Olamni mahliyo aylagan diyor!”, “O'zbekiston umumiy uyimiz!”, “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz!”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Radikalizm, ekstrimizm va terrorizm-barqaror taraqqiyot kushandasi”, “Jaholatga qarshi ma'rifat”, “Inson qadri uchun”, “Qatag'on qurbonlari – vatan fidoyilari”, “Yosh kitobxon”, “Kitob – ma'naviyat ko'zgusi”, “Qadriyat va burch”, “Zakovat”, “Oila- ma'naviyat va tarbiya maskani", “Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman”, “Ma'rifat ulashib”, “Kinokarvon” kabi mavzularida 657 ta ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Shundan, 385  tasi ma'naviy-ma'rifiy tadbir, 3 tasi festival,     17 marta ijodiy kecha, 11 marta kitobxonlik aktsiyalari va yarmarkalari, 41 marta sahovat va muruvvat tadbirlari, 29 marta aholi o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish bo'yicha profilaktik suhbatlar,                28 marta oilaviy ajrimlar, erta turmush va yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh munosabatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, 37 marta aholini buzg'unchi g'oyalar, diniy ekstremizm va axborot xurujlari ta'siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlari, 96 marta ma'rifat soatlari, 13 ta ko'rik-tanlovlarni tashkil etadi.

Tadbirlarning 7 tasi mahalliy hokimliklarda, 2 tasi prokuratura organlarida, 9 tasi ichki ishlar organlarida, 3 tasi soliq idoralarida, 79 tasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida,  65 tasi umumta'lim maktablarida, 131 tasi mahallalarda, 78  tasi kutubxonalarda, 24 tasi hiyobon, madaniyat markazlari va istirohat bog'larida, 26  tasi harbiy qismlarda, 42 tasi korxona, tashkilot va jamoat tashkilotlarida hamkorlik asosida o'tkazildi.

O'tkazilgan tadbirlarda jami 17141 nafar aholining turli qatlamlari qamrab olindi.

Shundan, 5600 nafari korxona va tashkilot xodimlari, 150 nafari san'at va madaniyat xodimlari, 20 nafari “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, 7800 nafari yoshlar va talabalar, 3360 nafari xotin-qizlar, 103 nafari nuroniylar, 43 nafari “Temir daftar”, 28 nafari “Ayollar daftari” hamda 37 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni tashkil etadi. 

Bundan tashqari Uchquduq tumanidagi mahalla hamda maktabgacha va maktab ta'limi muassasalarida 2024 yil davomida “Kinokarvon” loyihasi doirasida 500 martadan ortiq milliy kinofilmlar namoyish etildi. Kino namoyishlarida jami 8 000 mingga yaqin aholi va yoshlar qamrab olindi.

  1. Media mahsulotlar orqali ma'naviy-ma'rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish maqsadida 2024 yil davomida tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tashabbusi bilan “Yangi hayot uchun, yangi O'zbeksiton uchun”, “Bir bo'lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz”, “Millat bayrog'i”, “Jadidlar izidan”, “Ona tilim faxrim g'ururim” kabi turkum mavzularda 12 ta media mahsulotlar tayyorlandi.

Shundan, 4 ta ijtimoiy rolik, 2 ta slayd hamda 6  ta ma'ruza materiallarini tashkil etadi.

  1. 2024 yil davomida tumanda ma'naviy-ma'rifiy sohada erishilgan yutuqlar.
  2. 2024 yil 20-oktyabrь kuni umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Zakovat” intelektual o'yinining Respublika bosqichida ishtirok etib faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
  3. MMTBga qarashli 18-sonli umumta'lim maktabining 10-sinf o'quvchisi Laziza Kamolova Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda “Oyna.uz” portali hamkorligida o'tkazilgan “Kitoblararo 80 kun” marafonida faol ishtirok etib, faxrli

6-o'rinni egallab, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari O.Hasanov tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

  1. MMTBga qarashli 7-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Ibrohimova Halima Vahobjonovnaning “Qalbimdagi satrlar” she'riy to'plami “Aziz kitobxon” nashriyoti tomonidan

50 nusxada chop etildi.

  1. MMTBga qarashli 10-sonli umumta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Azimova Gulruh Akmalovna “Yil ayoli” tanlovida Ma'naviyat yo'nalishi bo'yicha ishtirok etib, viloyat bosqichida faol ishtirok etib sertifikatni qo'lga kiritdi.

III. 2025 yil davomidagi istiqbolli rejalar va tashabbuslar.

1.Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Men ham ham harbiy bo'laman” mavzusida rasmlar hamda insholar tanlovini o'tkazish.

  1. Ta'lim muassasalari, harbiy qismlar va barcha mehnat jamoalarida “Ma'rifat soat”lari, “Zakovat” intellektual o'yinlarini o'tkazish.
  2. “Ma'naviyatdan ziyo ulashib”, “Ma'rifat ulashib” va “Kitob karvoni” loyihalari hamda “Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman” aksiyalari tashkil etish.
  3. “Yosh kitobxon oila”, “Yoshlar Vatanni madh etadi”, “Ranglarda aks etgan ona Vatan” mavzularida tanlovlar tashkil etish

J.Bulekbayeva RMMM Uchquduq tuman

bo'linmasi rahbari 

Page 1 of 219

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: