LOTIN-КИРИЛЛ

Ер участкаларини ноқонуний савдоси билан шуғулланманг

222222222222222222222

Plastik kartochkani raqamlarini va parollarini hech kimga bermang va aytmang. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan shubhali dasturlarni ochmang

 

111111111

      ShKB OYXTTEB P va NB isnpektorlari va 6-YQQism boshlig’ining o’rinbosari hamda harbiy xizmatchilari tomonidan Uchquduq tumanidan 70 km uzoqlikda joylashgan Mingbuloq OFY 4-DMTT va 11-sonli maktabda  15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong’in xavfsiligi oyligi” tadbiri davomida profilaktik suhbat hamda qutqaruv aslaha-anjomlari ko’rgazmali namoyishi tashkil qilindi. Ushbu tadbirda OFY raisi va fuqarolar hamda o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etdilar. Is gazi, yong’in xavfsizligi qoidalari haqida tushuntirilib eslatma materiallari tarqatildi.

                                                                                                      ShKB OYXTTEB 6-YQQism

                                                                                                      boshlig’ining o’rinbosari

                                                                                                      katta leytenant O.E.Hikmatov

 

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yildagi tegishli rezolyusiyasiga binoan “25 noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish  kuni” sifatida keng nishonlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 26-moddasida, “Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, o‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas”ligi belgilangan.

2023-yil 11-aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan Jinoyat kodeksi 126-1-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 59-2-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan to‘ldirildi.

Dunyoda ayollarga nisbatan ishlatiladigan zo'ravonliklarning 35 foizi jismoniy va jinsiy sheriklari tomonidan sodir etilgan. 2024-yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan 15 427 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 9 210 nafariga jarima jazosi, 6 217 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan esa 399 kishi sudlanib, ularning 126 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 18 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

2023-yilda (amalga kiritilgan kundan boshlab) Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan 203 nafar shaxs sudlanib, ularning 59 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 144 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan esa 8 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 5 229 nafariga jarima jazosi, 3 699 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Dunyo bo‘ylab har kuni 140 nafar xotin-qiz, ya’ni har 10 daqiqada bir nafardan ayol oiladagi zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi.

Bu o'z navbatida, nozik jins vakillarini maishiy zo'ravonlik jinoyatlardan himoya qilish davr talabi ekanini ko'rsatib turibdi.

O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi O'RQ–561-son Qonunining 15-moddasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo'yishning umumiy chora-tadbirlari belgilab berilgan.

Jumladan:

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

tazyiq va zo'ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo'lgan omillarni tahlil qilish, o'rganish va baholash;

aholi o'rtasida huquqiy targ'ibot olib borish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;

fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o'z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to'g'risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta'minlash maqsadida axborot-ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

tazyiq va zo'ravonlik sodir etish xavfi bo'lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;

tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga nisbatan ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llash;

aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.

Zo'ravonlik va tazyiqlarning maxsus oldini olish choralari ham o'ziga xos xususiyat va ahamiyatga egadir.

Zo'ravonlik va tazyiqlarni oldini olishning yakka tartibdagi profilaktikasida muayyan shaxs tomonidan zo'ravonlik va tazyiq sodir etilishini va undan jabrlanishning oldini olish, uni zararsizlantirishga qaratilgan faoliyat tashkil etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo'llash uchun quyidagilar asos bo'ladi:

tazyiq va zo'ravonlik qurbonining murojaati;

jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;

tazyiq yoki zo'ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.

Xulosa qiladigan bo'lsak, zo'ravonlik va tazyiqning oldini olish bo'yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

fuqarolarga zo'ravonlik faktlari haqida yoki o'ziga nisbatan tahdid va tajovuzlar sodir etish holatlari yuzaga kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

nizoli holatlar hamda fuqarolarning g'ayriijtimoiy xulq-atvori va xatti-harakatlariga nisbatan loqayd bo'lmaslik;

sog'liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish va birinchi tibbiy yordam olishni ta'minlash;

zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarni vaqtincha xavfsiz joyda (reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida yoki ota-ona yoxud boshqa qarindosh-urug'lar oldida) bo'lishlari uchun ularga qisqa raqamli “1146“-ishonch telefoniga murojaat etish mumkinligi va mavjud muammoga tegishli yechim olishi haqida tushuntirish;

Zero, Zo`ravonlik-bu e’tiborsiz qoldirib bo`lmaydigan og`riq. Butunlay yo`q qilinishi kerak bo`lgan qo`rquv va biz ortiqcha yo`l qo`ya olmaydigan sukunat.

 

Uchquduq tuman

 Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig’i

 Rustamova Dildora Botirovna

   Бугун ижтимоий тармоқларнинг бирида "Учқудуқ туманида янги йил байрами бошланган кўринади" мавзусида танқидий материал тарқатилди. Ушбу масалани кўриб чиқиш ва муаммони бартараф этиш юзасидан туман ҳокимлиги ҳузурида тузилган ишчи гуруҳи томонидан ўрганишлар олиб борилди.

IMG 20241202 214223 763

Ҳудудда тозалаш ишлари олиб борилди ва мурожаат қисқа муддатда ижобий ҳал этилди. 

 

 

Учқудуқ туман ҳокимлиги ахборот хизмати

    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 8-июндаги “Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6243-сон Фармони билан бошланган ер муносабатлари соҳасидаги ислоҳотларни изчил давом эттириш мақсадида:

2024 йил 6 сентябр куни “Тадбиркорлик ва шаҳарсозлик фаолиятини амалга оширишда ер ресурсларининг инвестициявий имкониятларидан самарали фойдаланиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-135-сонли Фармони қабул қилинди ва унда қуйидагилар белгиланди.

а) қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини мулк ҳуқуқи ёки ижара ҳуқуқи асосида, қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкаларини ижара ҳуқуқи асосида сотиб олиш қийматини қуйидаги шартларда ҳар ойда тенг улушларда, қолдиқ суммага Марказий банкнинг асосий ставкасида фоиз ҳисоблаган ҳолда бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилди, бунда:

- Тошкент, Нукус шаҳарлари ва вилоятлар марказларида3 йил давомида камида 35 фоиз миқдорида дастлабки тўловни ўн беш иш кунида амалга ошириш шарти билан;

- бошқа аҳоли пунктларида5 йил давомида камида 15 фоиз миқдорида дастлабки тўловни ўн беш иш кунида амалга ошириш шарти билан;

- 4- ва 5-тоифалардаги туманларда эса 10 йил давомида камида 15 фоиз миқдорида дастлабки тўловни ўн беш иш кунида амалга ошириш шарти билан бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилади.

б) барча турдаги ер участкаларининг қиймати ўн беш иш кунида тўлиқ тўланган тақдирда, жами суммага нисбатан 20 фоиз чегирма берилиши белгиланди. (бундан бошланғич нархи 50 фоиздан ортиққа пасайтирилган ер участкалари мустасно).

Жойлардаги ҳокимликларга саноат зоналари, аҳоли пунктлари ҳудудларининг қисмлари, хусусан, янги барпо этиладиган кўп квартирали ва якка тартибдаги уй-жой массивлари, савдо ва хизмат кўрсатиш мажмуалари ҳудудларини шаҳарсозлик жиҳатидан режалаштириш ишларига белгиланган шартларга мувофиқ лойиҳа ташкилотларини энг яхши таклифларни танлаш асосида жалб қилиш ҳуқуқи берилади.

Шунингдек Фармонга кўра, хусусий инвесторлар ташаббуси билан янги массивларни барпо этишда ер участкаларига бўлган ҳуқуқлар белгиланган асосий шартларга мувофиқ расмийлаштирилади.

Бунда, хусусий инвесторга тегишли ер участкалари ҳамда улар оралиғида жойлашган кўп квартирали уйларга туташ ерлар ва умумий фойдаланишдаги ерлар Кўчмас мулкни бирлаштириш ва унинг янги чегараларини белгилаш далолатномаси асосида ягона ер участкасига бирлаштирилади.

Белгиланган ҳолларда янги массивлар, қоида тариқасида, бўш турган ер участкалари ўрнида ташкил этилади, бунда лойиҳа янги массив ҳудудидаги ер участкаларини давлат мулки сифатида давлат рўйхатидан ўтказиладиган ягона ер участкасига бирлаштириш орқали амалга оширилади.

Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини мулк ҳуқуқи, ижара ҳуқуқи ва доимий фойдаланиш ҳуқуқи билан янгидан ажратишда белгиланган асосий шартлар асосида мазкур ер участкасида бино ва иншоотларни лойиҳалаш, қурилишни бошлаш ва якунлаш ҳамда объектни фойдаланишга топшириш муддатлари мажбурий равишда кўрсатилади.

Янги реализация қилинган ер участкаларига нисбатан объектни фойдаланишга топшириш даврига тенг бўлган, бироқ 3 йилдан кўп бўлмаган муддатда ер солиғи ставкаси 50 фоиз миқдорида қўлланади.

 

“Электрон онлайн аукционларни ташкил этишАЖ Навоий вилояти вакили  Агзамов Акмал

    Ҳурматли Юртбошимиз раҳнамолигида сўнгги йилларда мамлакатимизда ёшларни қўллаб-қувватлаш ва уларни келажагимизнинг муносиб ворислари этиб тарбиялаш йўлида мисли кўрилмаган ислоҳотлар амалга оширилмоқда.
     Бу эътибор ва рағбатга жавобан бугун ёшларнинг етакчи куч бўлиб ҳаётга кириб келаётгани, ўз билим ва салоҳиятини юртимиз тараққиётини мустаҳкамлашда таянч ва суянч бўлаётганлиги ҳамиша бизга ғурур ва ифтихор бағишламоқда. Хусусан, ёшлар масалаларига оид 40 дан ортиқ қонун ва қонуности ҳужжатлари қабул қилинди. Ўсиб келаётган келажагимиз эгаларининг интилишларини муносиб рағбатлантириш мақсадида «Мард ўғлон» давлат мукофоти, “Ўзбекистон Ёшлар Иттифоқи» мукофоти, «Ўзбекистон белгиси» кўкрак нишони таъсис этилгани уларга янгидан-янги қирраларни очмоқда.
     Шунингдек, эртамиз эгалари бўлган ёшлар билан ишлашнинг мутлақо янги тизими – “Ёшлар дафтари”, “Ёшлар дастурлари” ҳаётга кенг тадбиқ этилмоқда. Айниқса, ҳаётда эндигина ўз йўлини излаётган, ҳар имкониятга умид билан қараётган ёшлар учун муваффақиятга эришган инсонлар билан учрашиш, мулоқот қилиш уларга жуда катта мотивация беради, албатта.
Ана шундай тадбирлардан бири бугун Учқудуқ туманида жойлашган ҳарбий қисмда туман ҳокими, 1-сектор раҳбари Учқун Елмуратов, туман прокурори, 2-сектор раҳбари Мақсуд Ортиқов, туман ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари Анвар Раджапов, туман давлат солиқ инспекцияси бошлиғи, 4-сектор раҳбари Анвар Усманов ва қўшилма командири подполковник Аъзамжон Мирахмедов иштирокида "Янги Ўзбекистон ёшлари бирлашайлик" шиори остида бўлиб ўтди.
     Оталиққа олинган ёшлар ҳамда умумтаълим мактаби ўқувчилари иштирокида ўтказилган "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви самимий ўзаро очиқ мулоқот тарзида ўтказилди. Унда сўзга чиққанлар мамлакатимизда маънан етук, жисмонан соғлом, Ватанга содиқ фарзандларни тарбиялаб, камолга етказиш юзасидан кўрсатилаётган ғамхўрликлар ҳақида атрофлича маълумот бердилар.
    Шундан сўнг, ёш авлодни ҳарбий қисмлар ва замонавий техника, қурол-аслаҳалар билан болаликдан таништиришнинг мазмун-моҳияти, Ватан ҳимоячиси бўлишдек шарафли касбни танлаётган ёшлар учун яратилаётган имкониятлар тўғрисида фикр-мулоҳазалар билдирилди. Кўпчилик ёшларни қизиқтирган олий ҳарбий таълим муассасаларига ўқишга кириш, муддатли ҳарбий хизматни ўташ тартиб-таомиллари ҳақида батафсил маълумотлар берилди. Раҳбарлар ёшларни қизиқтирган саволларга жавоблар беришди.
      Тадбир давомида ўқувчилар учун Қуролли Кучларимизда мавжуд қурол-аслаҳалар ҳамда ҳарбий техникалар кўргазмаси ҳам ташкил этилди. Унда малакали мутахассислар томонидан барчага ушбу қуроллар тўғрисида маълумотлар берилди ва ёшлар ҳарбий қисм бўйлаб сайр қилишди. Ёшлар кутубхона, ошхона, спорт зали, Амир Темур синфи, спорт тренажёр залларидаги шароитлар билан танишди. Жараёнларда "Учқудуқ" ва "Қизилқум" маданият уйи ходимлари ўзларининг мусиқий чиқишлари билан иштирок этдилар. 
-Ҳарбий қисмда ўтказилган очиқ мулоқот тадбирида иштирок этаётганимдан мамнунман. Кўргазмадан ўрин олган қҚурол-аслаҳалар тасаввуримни янада бойитди, - деди туманимиздаги 3-мактаб ўқувчиси Муслима Вохидова.
    Раҳбарлар билан ўтказлиган очиқ мулоқотда фаол қатнашган ёшларга ташкилотчиларнинг эсдалик совғалари топширилди.


УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ 

    Учқудуқ туман ҳокимлиги катта мажлислар залида Халқ депутатлари туман кенгашининг навбатдаги етмиш биринчи сессияси бўлиб ўтди. Унда депутатлар, ҳуқуқ-тартибот идоралари раҳбарлари ҳамда кун тартибида муҳокама қилинган масалаларга алоқадор бўлган корхона ва ташкилотлар раҳбарлари, шунингдек ОАВ вакиллари иштирок этди.
Сессия ишини туман ҳокими, халқ депутатлари туман кенгаши раиси У.Елмуратов бошқариб борди.
     Депутатлар мажлис кун тартибида халқ депутатлари Учқудуқ тумани кенгашида иш юритиш бўйича йўриқномани, доимий комиссияларини тузиш ва шахсий таркибини, котибият Низомини тасдиқлаш тўғрисидаги масалаларни муҳокама қилдилар.
    Шунингдек, Ўзбекистон Республикасининг 2024-йил 5-августдаги “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги ЎРҚ-937-сонли қонуни ижроси, туман “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази томонидан Ўзбекистон Республикаси ВМнинг 2024 йил 31-майдаги “Темир дафтар” орқали ижтимоий хизмат ва ёрдам кўрсатиш ҳамда “Саховат ва кўмак” жамғармаси маблағларини шакллантириш ва улардан фойдаланиш тартибини такомиллаштириш тўғрисида”ги 313-сонли қарори асосида кўрсатиладиган хизматлар ҳақида масалалар ҳам муҳокамалар майдонида бўлди.
Бундан ташқари, маҳаллий бюджетнинг учинчи чорак даромадлари режасидан ошириб бажарилган қисми ҳисобидан маблағлар ажратиш ва туман маҳаллий бюджетига ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни сотишдан тушган тушумлар ҳисобидан маблағ ажратиш тўғрисидаги масалалар кўрилди.
     Халқ депутатлари туман кенгашининг 2024 йил 5 августдаги ВИ-89-85-5-76-К/24-сонли қарорига ўзгартириш киритиш тўғрисида мутасаддиларнинг ахбороти тингланди.
Сессия кун тартибида муҳокама қилинган масалалар юзасидан туман молия бўлими мудири Ж.Бобомуродов, “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази туман раҳбари У.Худойқулов ва бошқалар сўзга чиқдилар.
      Сессия кун тартибида муҳокама қилинган масалалар юзасидан тегишли қарорлар қабул қилинди ва ижрога қаратилди.

УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

Page 1 of 215

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: