LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

14 Feb 2023

IMG 2152
Жаҳон тарихида ўчмас из қолдирган бетакрор сиймолардан бири Заҳириддин Муҳаммад Бобур буюк шоир, қомусий олим, давлат арбоби ва моҳир саркарда сифатида бутун дунёда маълум ва машҳурдир.
Унинг беқиёс илмий-ижодий мероси нафақат миллий маданиятимиз ва халқимиз адабий-эстетик тафаккурининг шаклланишида, балки жаҳон адабиёти, илм-фани ва давлатчилиги тарихида алоҳида ўринга эга.
Жорий йилнинг 23 январида Ўзбекистон Президентининг «Буюк шоир ва олим, машҳур давлат арбоби Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 540 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида»ги қарори қабул қилиниб, хусусан, шоир туғилган кун – 14 февраль санаси мамлакатимиз бўйлаб адабиёт ва илм-маърифат байрами сифатида нишонланмоқда.
Жумладан Учқудуқ туманида ҳам сана муносабати билан ўқув муассасаларида корхона ва ташкилотларда маънавий-маърифий тадбирлар бўлиб ўтмоқда.
Ана шундай тадбирлардан бир “КЕЛАЖАК” ёшлар марказида “Ватан соғинчи ила яшаган сиймо” мавзусида ўтказилди. Унда корхона-ташкилотлар мутасаддилари, кенг жамоатчилик вакиллари ҳамда ўқув муассасалари ўқувчилари иштирок этишди.
Тадбирда туман ҳокими Н.Муратов сўзга чиқиб, Бобур шахсиятининг ўзига хос қирралари, шоир асарларида улуғланган ғоялар, улуғ ватандошимизнинг давлат арбоби сифатидаги серқирра фаолияти, айниқса миллий адабиётимиз ривожига қўшган бетакрор ҳиссаси ҳақида қимматли фикрлар билдирди.
Учқудуқ туман ҳокимлиги томонидан “Бобурни англаш” мавзусида иншолар танлови эълон қилиниб, туман тадбирида ғолиб ва совриндорлар рағбатлантирилди. Танловда олий ўринни 20-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Зайниддинова Рушана, 1-ўринни Учқудуқ туман 10-мактаб 9-синф ўқувчиси Сирожиддинова Моҳинур, 2-ўринни 18-мактаб ўқувчиси Ўринбоева Гулсевар, 3-ўринни 18- умумий ўрта таълим мактаби 10- синф ўқувчиси Садирова Лазизалар эгалладилар.
Танлов совриндорлари туман ҳокимининг ташаккурномаси, “Учқудуқ кеча ва бугун” китоб – альбоми ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Шунингдек, 10-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби ҳамда “Қизилқум” маданият уйи қошида фаолият юритаётган “Ёш актёрлар” тўгарагининг иқтидорли ўқувчилари томонидан “Бобурнинг тахтга ўтириши” деб номланган саҳна кўриниши маромига етказиб ижро этилди. “Қизилқум" маданият уйи хонандаси Рахматилло Курбонназаров ижросидаги "Ўзбекистон Ватаним маним" қўшиғи тадбир иштирокчиларига бирдек манзур бўлди.
Бундан ташқари, 20-умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари томонидан шох ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур қаламига мансуб ғазалларидан намуналар ифодали ёд айтилди.
Мухтасар айтганда, буюк давлат арбоби, шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур жаҳон тамаддунида муносиб из қолдирган аждодларимиздан бири саналади. Ўрта асрлар Шарқ Ренессанси ривожига улкан ҳисса қўшган бобокалонимиз илмий-адабий мероси миллий маънавиятимизнинг бебаҳо гавҳарига айланган. Унинг бебаҳо адабий-бадий хазинаси ёшларни комил инсон этиб тарбиялаш, уларнинг адабий-эстетик тафаккурини юксалтиришда муҳим аҳамият касб этмоқда.

УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ.

13 Feb 2023

Mavzu: Boburni anglash.

                                                      Reja.

1. Boburning siyosiy faoliyati.

2. "Boburnoma" memuar asar.

3. Bobur ijodi va uning o'rganilishi. 

  Jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk siymo, ham shoh ham shoir ham qomusiy olim sifatida nom qoldirgan Zahiriddin Muhammad Boburning siyosiy faoliyati juda erta boshlanadi. Zahiriddin Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda dunyoga keladi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Temuriylar naslidan bo'lib Farg'ona viloyatining hokimi edi. Onasi Qutlug' Nigor xonim Chingizlar naslidan edi. Bobur ikki buyuk sulolaning naslidan edi. Bobur ota-onasining, ustozlarining ko'magida ko'plab bilimlarni egallayotgan bir davrda otasi bevaqt vafot etadi va 12 yoshli Bobur taxtga o'tiradi. Bu davrdagi taxt talashishlar, Amir Temur tuzgan davlatning parakonda bo'layotgani kabi siyosiy vaziyatlar Boburni o'z komiga tortdi. Otasining vafotidan so'ng bir tarafdan Andijon taxtiga ukasi Jahongir Mirzoning davogar bo'lib chiqishi, ikkinchi tarafdan amakisi Sulton Mirzo va tog'asi Sulton Mahmud Mirzolarning isyoni Boburni o'z jigarlariga qilich ko'tarishiga majbur qiladi. Ukasi bilan sulh tuzib Farg'ona viloyatini ikki qismga bo'lib bir qismini ukasiga beradi. Bu davrda Samarqandda ham tinchlik hukmron emas edi. Bobur Samarqandda bir necha yil davomida Shayboniyxon bilan urushadi. Ammo bu janglarda ko'p qo'shinga ega bo'lgan Shayboniyxonning qo'li baland kelib Bobur Samarqand butunlay tashlab ketishga majbur bo'ladi. Shundan so'ng Shayboniyxon Andijonni ham egallaydi. Bobur esa yurtini tashlab ketishga majbur bo'ladi. Bobur avval Kobulda o'z hokimyatini o'rnatadi. Undan so'ng esa bir necha o'rinishlardan so'ng 1526-yilda Lo'diylar sulolasini mag'lub etib Hindistonni egallaydi va Boburiylar sulolasiga asos soladi. Qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy, ruhiy muhit vujudga keldi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Boburning avlodlari Hindistonda 300 yildan ortiqroq hukmronli qildi va Yevropa tarixchiligida "Buyuk mo'g'ullar" nomi bilan mashhur bo'ldi.

      Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma”si– adabiy va tarixiy ahamiyatga molik memuar asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri ya'ni 1494-yildan 1529-yilgacha bo'lgan voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. Bu asarni o'qib ekansiz go'yoki Bobur bilan birga o'sha davrda yashayotganday bo'lasiz. Bu asar orqali Boburning siymosini uni qanday mohir sarkarda, adolatli shoh, iste’dodli shoir, hamda qomusiy olim bo'lganligini ko'ramiz. "Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Bobur voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi. Bobur koʻplab hukmdorlar, mamlakat boshliqlari haqidagi tarixiy faktlarni muhrlab qoldirgan. Amir Temur, Umarshayx, Mirzo Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar mirzo singari davlat boshliqlarining siyosiy-ijtimoiy faoliyatlariga baho berilgan. Bundan tashqari asarda oʻsimliklar va hayvonot olami haqidagi nodir maʼlumotlar ham jamlangan, jumladan, adib Afgʻonistondagi Dashti Shayxda oʻttiz uch xildagi bir-birini takrorlamaydigan lola turlari haqida gapiradi. Boburnomada turli shaxslarga yozilgan xatlar ham keltirib o'tilgan. Ba'zi g'azal ruboiylarining ham qanday yozilganlig tarixi keltirib o'tilgan. "Boburnoma”da adibning shaxsi, uning tarjimayi holi, xarakteri, qiziqishlari, kishilarga munosabati borasidagi qarashlari tegishli tarzda oʻz aksini topgan. Biz asar sahifalaridan Bobur shaxsiyatidagi rostgoʻylik, mardlik, adolatparvarlik, mehribonlik, qattiqqoʻllik, hassoslikning namoyon boʻlish holatlari bilan tanishamiz. Asarda Boburning ajdodlari, oilasi, avlodlari haqida ham birlamchi materiallar berilgan. Asarda 1508–1520,1525,1530-yillardagi voqealar aks etmay qolgan.

          Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek mumtoz adabiyoti, jug'rofiya, tarix voqeligini muhrlashda katta mavqega erishdi. Ulug' bobomizning sertashvish hayoti va jo'shqin faoliyati siyosiy jihatdan inqirozga uchragan Temuriylar davlatining so'nggi davriga to'g'ri keldi. Bobur Mirzo chekiga inqirozning barcha azob -uqubatlarini boshdan kechirish tushgandi. Uning ruboiy va g'azallarida akslantirilgan holatlarda ham ana shu ruh yaqqol bayon etilgan.

Ishqingda ko 'ngil xarobdur men ne qilay ?

Hajrinda ko 'nglim parobdur men ne qilay ?

Jismim aro pech-u tobdur men ne qilay ?

Jonimda ko 'p iztirobdur men ne qilay ? 

Boburning har bir ruboiylarida, g'azallarida uning ichki kechinmalari aks etgan, sog'inch hissi sezilib turganini his qilishiniz mumkin: 

Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, 

Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim,

Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Boburning ko‘p g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan. Ularda adibning shaxsiy hayotiga oid bo‘lgan kechinmalar juda yorqin va ta’sirchan tarzda ifodalangan.Bobur g‘azaliyotida yurt va Vatanga muhabbat, ezgu insoniy fazilatlar tarannumi, oliyjanob tuyg‘ular tasviri yetakchilik qiladi.Bobur hayotda nihoyatda jur’atli, mardona, yangiliklarga o‘ch bo‘lgan. Bu xislatlar uning ijodi uchun ham xosdir. Bobur lirikasida ruboiy va qit’alar ham katta mavqe tutadi. Ularda mumtoz adabiyotimizdagi yetakchi obrazlar tizimi sifatida o‘ziga xos tarzda mujassamlashgan. Shu bilan birga, adib she’riyatning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga ham katta hissa qo‘shdi. Bobur ruboiylarida ona Vatanga intilish, g‘urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog‘inchiga to‘la qalbining aks sadosi, o‘ziga xos oynasidir. 

Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qdur,

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur.

Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,

Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdur.

Birinchi misradayoq yor va diyor sog‘inchi juda oshkor va samimiy ifodalanmoqda. Unda muddatning davomiyligi e’tiborni tortadi. Bunga ko‘pdin berikim ifodasi orqali erishilgan. Keyingi misrada ana shu hodisa-sababning oqibati ko‘rsatilmoqda Keyingi ikki misrada ham mantiqiy ziddiyat aks etgan. Bu ruboiy ham boshqalari kabi ifodalarning tabiiy va quymaligi, turkona so‘zlarning o‘z o‘rnida, jonli holda qo‘llangani bilan ajralib turadi. Bobur g'azallarida turli she'riy san'atlar bilan uning hayotida bo'lib o'tgan voqealarni ko'rishimiz mumkin. 

Bobur ijodini oʻrganish 1958-yil yoʻlga qoilgan. Bu yili Toshkentda katta ilmiy anjuman tashkil qilingan. Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun alohida eʼtibor qilgan. Bobur asarlari nashr qilingan[6] va Hamid Sulaymonov Bobur miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan.Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur xayoti va tarixi toʻgrisida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiy nashr qilgan. Bobur nafaqat buyuk sarkarda,shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida oʻzbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ʻʻYulduzli tunlarʼ’asarini yozgan.Bu asar aynan Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealirini oʻz ichiga qamrab oladi.Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Bobur ijodini o'rganish hozirgacha ham o'rganilmoqda. Shu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligining keng nishonlashini ham bundan dalolat berib turmoqda.

      

                                                   Navoiy viloyati Uchquduq tumani XTB ga         

                                                   qarashli 12-sonli umumta'lim maktabining

                                                    10-sinf o'quvchisi Aldabayeva Gulbanu

 

 

13 Feb 2023

Поэзия Бабура

(1483-1530)

   Захириддин Мухаммад Бабур -старший сын владетеля Ферганского удела Омар шейха Мирзы-родился 14 февраля 1483 года в Андижане.

   В 12 лет объявлен государем Ферганы. Он стремится создать в Мавераннахре крупное централизованное государство, но планам не удалось свершиться. Неоднократные попытки Бабура вернуть «наследственные владения » оканчиваются полной неудачей, и он обращает внимание на Индию и в 1526 году он становится правителем Северной Индии, основав там Империю Бабуридов.

Бабур автор замечательного произведения «Бабур -намэ», который занял видное место среди выдающихся деятелей науки и культуры средневекового Востока,

Каких страданий не терпел и тяжких бед Бабур?

Каких не знал измен, обид, каких клевет Бабур?

Но кто прочтёт «Бабур-намэ», увидит, сколько мук

И сколько горя перенёс царь и поэт Бабур!

  Талантливый писатель, ценитель искусства, литературы и науки, оригинальный мемуарист З.М.Бабур оставил значительный след во многих областях жизни народов Средней Азии, Афганистана, Индии.

  Но известен З.М.Бабур не только как автор «Бабур-намэ», но и как лирический поэт, который продолжил творческие традиции Низами, Хосрова Дехлеви, Лутфи, Навои.

 Бабур создал небольшой сборник стихотворений, поэтические произведения.

В поэзии Бабур еще более усовершентсвовал жанр газели и рубаи. Он сумел выразить все тонкости движений человеческих чувств. Его лирика-это гимн красоте и земной человеческой любви. Лирика Бабура включает в себя такие жанры, как газель, рубаи, кытъа, масневи, фард и муамма.

   Большое место в поэзии Бабура занимают мотивы любви к родной стране, тоски по родине.

Ты на чужбине- и забыт, конечно человек!

Жалеет только только сам себя сердечно человек,

В своих скитаньях ни на час и радости не знал!

По милой Родине скорбит извечно человек.

Разлука-это край, где я воздвиг жилище,

Пустынный край-не рай, мое жилище нище.

А я еще живу, клянусь, лишь потому,

Что образ твой- мой свет, моё питьё и пища!

 Тяжелые душевные переживания, порожденные разлукой с любимой родиной, выражаются в ряде - писем Бабура.

    Следуя традициям Алишера Навои, Бабур в творчестве ставит на первый план воспевание настоящего человека, возвеличивает его. Он призывает высоко ценить достоинство человека.

Страною правя, чти людей труда,

От них не отделяйся никогда,

Забудь свои пристрастья и обиды,

Внимай их бедам, а не то –беда.

   Чтобы по праву носить имя человека, необходимо быть достойным его высшего назначения. Быть правдивым, справедливым- это главный признак высокой нравственности

Желанной цели должен ты добиться человек,

Иль ничего пускай тебе не сниться, человек

А если этих двух задач не сможешь ты решить-

Уйди куда-нибудь, живи, как птица, человек!

   Когда мы знакомимся с поэтическим наследием Великого поэта и писателя, Бабур предстает перед нами во всем величии своего облика, как мастер художественного слова, внесший большой вклад в развитие не только узбекской , но и мировой литературы

Не говорите, что Бабур

Не завершил пути:

Остановился я на миг,-

Мне снова в путь пора…

 

 

13 Feb 2023

Захириддин Мухаммад Бабур

В узбекском литературоведении личность З.М. Бабура описывается в качестве “правителя” с достойными качествами. Среди этих качествпреобладали смелость и гуманность. Никому, кроме Бабура после Алишера Навои не удалось создать тюрские стихи.

 Умар шайх Мирзо углы Захириддин Мухаммад Бабур является одним изх последних представителей династии Темуридов, котрый внёс огромный вклад в науку и литературу и оставил своей плодотворной деятельностью неизгладимый след в истории человечества.

Бабур – литератор, деятель культуры, полководец, благочестивый правитель и правдивый литературовед, в качестве отца представитель судьбы, со сложными противоречиями. Бабур воспитывался и обучался при дворе правителей. С детства был увлечён науками и поэзией. Имя его означает “тигр”.

   Мирзо Бабур, как поэт, литератор, стихотворец- литературовед, мудрец, богослов, лингвист, правовед, общественный деятель, осведомленный логистикой и и общественными науками, оставил после себя бесценное, духовное наследие.

  Интересовался наукой и искусством., всеми сферами жизни.

 Усердие, инициативность и талант превратили З.М.Бабура в великий образ развитого феодального периода. Здравомыслящий Мирза Бабур в свои 9 лет обучился грамоте. Выучил Коран, Начал писать и истолковывать стихи. До последненго вздоха высоко держал знамя благодеяний.Всепрощаемость была одной из редких ценностей, дарованной Мирзе Бабуру.

  З.М.Бабур в 12 лет, как представитель высокого таланта, после смерти отца занял трон правителя Ферганы. Бабур до последних дней своей жизни в историко- географической книге “Бабур-намэ” излагал боевые сражения, свидетелем которых был сам,скитания в чужой стране.тоску по Родине,отношения к детям, семье,родственникам.

  Захириддин Мухаммад Бабур прошёл сложный жизненный путь, создал бесценные произведения в литературе,искусстве, истории и различных отраслях науки, несмотря на то, что был вынужден провести основную часть жизни в боевых сражениях и жить вне Родины. Как говорится в “Бабур-намэ”, Бабур всегда заботился о воспитании и образовании своих детей,призывал к чтению и исследованию.

  Он прощал грехи людей,предавших его,но честно признавших свою порочность,

 Мирза Бабур иногда доверял им высокие посты.

  Великий полководец, перживший мучения и страдания, занявшись творчеством в своем саду, хотел провести оставшуюся жизнь в Агре.

Не говорите, что Бабур

Не завершил пути:

Остановился я на миг,-

Мне снова в путь пора..

 

 

13 Feb 2023

    Мавсумий кучли ёмғиргарчилик ва (ёки) қорнинг тез суратлар билан эриши натижасида ҳосил бўладиган сел-сув тошқин ҳодисаларининг олдини олиш ва содир бўлганда хавфсиз бошқариш мақсадида Тошқинга қарши туман штаби ташкил этилган.

Мурожаат учун телефонлар (79) 593-29-19, (79) 593-21-41

Учқудуқ тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими

12 Feb 2023

Boburni anglash

                                  Reja:

Bobur-Temuriy shahzodalar ichida eng qo‘rqmasi va shijoatlisi.

Darveshvash, miskinlar homiysi, tadbirkor, bog‘bon podsho e’tiroflariga sazovor bo‘lgan betakror shaxs.

Adabiyotdagi yangi bosqich asoschisi.

Hayot va adabiyotning mard-u maydoni.

Bobur- har bir zamonning eng barkamol timsoli.

     Bobur dilbar shaxs, uyg‘onish davrining tipik hukumdori , mard va tadbirkor odam bo‘lgan , u san’atni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi.

                                                (Javoharla’l Neru)

 Dunyoda har bir millatning eng gullagan davri va eng mashhur shaxslari bo‘lganidek o‘zbek xalqining ham o‘tgan tarixi davomidagi eng taraqqiy topgan davr bu Temur va Temuriylar davri bo‘lsa, mana shu oiladan chiqqan buyuk shaxslar : Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobolarimiz shu yurtga daxldor har bir farzandning faxri va g‘ururiga aylandi. 

 Mashhur tarixchi Xondamir shunday yozadi: “ Bobur Mirzo Temuriy shahzodalar ichida eng qo‘rqmas, va shijoatlisi edi.Ularning birortasi ham Bobur Mirzo boshdan kechirgan sarguzashtlarning mazasini totib ko‘rmagan edi”. 

Haqiqatdan ham biz shoh va shoirning “Boburnoma” asarini yoki she’riy janrdagi yozgan nazm javohirlarini o‘qiydigan bo‘lsak, yoki mashhur o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning Bobur va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi sevib mutolaa qilgan asarlarim: “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” kabilar , yana bir tanishib chiqqan asarim Xorald Lampning “Bobur- yo‘lbars” kabi asarlarning mutolaasidan biz bobomizni ancha chuqur anglaymiz va mehr qo‘yamiz va yana shuni ham tushunamizki, biz o‘qiyotgan barcha voqea-hodisalarning deyarli hammasi haqiqatda yuz bergan , hech bir yolg‘on aralashmagan tarixiy voqe’likdir. Mazkur asarlar orqali men buyuk bobokalonimizga oid juda ko‘p ma’lumotlarni o‘zimga kashf qilganman. Sizga ham tushungan va anglaganlarimni bayon qilaman.

Xorald Lampga o‘xshagan olimlar uni ko‘chmanchi bir mamlakat ichidagi eng madaniyatlashgan oila vakili deb e‘tirof etadi. Aslida esa, Temuriylar davridagi uyg‘onish davrini Yevropa hali his etib ko‘rmagan bir zamon vakili ekanini uning o‘zi tan olmaydi.

 Bobur Amir Temur bobomizning uchinchi o‘g‘li Mironshoh naslidan bo‘lib, otasi Umarshayx Mirzo o‘ta halol, insonparvar shaxs bo‘ladi, Boburning o‘zi otasini davlat siyosatida biroz oqsoq, hukumdorlarga xos strategiya va hodisalarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati bo‘lmaganini aytsa-da, bir safar Axsi tarafdan o‘tgan karvon yo‘lini qattiq qor bosib qoladi, ikki kishigina omon qoladi. Mana shu karvonda tashilayotgan barcha mol-mulklarni otasi ikki yil ko‘z qorachig‘iday asraydi va o‘z egalarini toptirib yetkazadi. Bu birgina misol Umarshayx Mirzoning iymonli va insofli halol hukumdor ekanligini isbot etadi.

Bobur yoshligidan Temurga havas bilan , u qurdirgan binolar, bezaklar, suratlar, inson yaratgan bebaho merosga qiziqish bilan ulg‘ayadi, Eng katta orzusi: Samarqand taxtiga o‘tirish , bobosi an’analarini davom ettirish edi. 

Bu hislarni diliga tukkan yigitning hali aqli ko‘p narsalarga yetmasdanoq boshiga saltanat tashvishi tushdi. 12 yoshli valiahd otasining bevaqt fojiasidan keyin imkonsiz tarzda hokimiyat ishlariga tortiladi. Bunda unga onasi Qutlug‘ Nigorxonimning onasi Eson Davlatbegim va bir qator vafodor beklar yordam beradi. Bir hind tarixchisi uning bu paytdagi holatini suvdan chiqqan baliqqa o‘xshatadi. Hasan Yoqub ismli unga harbiy san’atdan tarbiya bergan ustozlari, Ahmad Tanbal kabi ko‘plab beklardan, hatto o‘z ukalari, tog‘alari, amakilaridan , xolalari, do‘stlaridan vafo va sadoqat ko‘rmagan Bobur hamma narsaga ko‘z yumib , hayotini boshqatdan boshlay oladi, yangi marralarni, oldigilaridan ham yuksak g‘oya va rejalarni amalga oshirishda o‘ziga kuch va shijoat topadi. Ularni kechira oladi, oldingidan ham yaxshi muomala qiladi. Yaxshilik qilishdan to‘xtamaydi.

Samarqandni ikki bor egallasa ham yoshligi, yaqinlarining xiyonati, tajribasizligi tufayli Shayboniyxondan yengiladi, yurtimiz yana o‘zga bir xalqning qo‘liga o‘tadi. Noiloj qolgan juda kam askar bilan qolgan Bobur bir necha oylar davomida uysiz , joysiz, kiyim-kechaksiz, oziq –ovqatsiz tog‘-u toshlarda sarson-sargardonliklardan so‘ng afg‘on yerlarini va uzoq harakatlardan keyin , 5 bor yurishdan keyin hind yerlarini hukumdori bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi. Mana shu poyonsiz va nihoyatda ko‘p boyliklarni sohibi bo‘lishiga qaramay u hech qachon mol-mulkka mukkasidan ketmaydi. Janglarda topilgan boyliklarning katta qismini askarlariga taqsimlab beradi, beva –bechoralarga doim g‘amxo‘r hukumdor bo‘lgani uchun unga “Miskinlar homiysi”,” Darveshvash podshoh” laqablari beriladi. 

Bobur o‘zi zabt etgan mamlakatlardagi xalqning turmush tarzini puxta o‘rganadi. Yerlarning hosildorligi, sug‘orish tizimiga katta e’tibor qaratadi. Afg‘on yerlari past-baland bo‘lgani uchun chig‘iriqdan, charxpalakdan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa oziq- ovqat tanqisligining oldini oladi. Hind yerlariga borganda u yerning hech bir yaxshi tomonini ko‘rmaydi, uning yagona boyligi oltin va javohirlari ekanini aytadi. Shoh mamlakatda ulkan qurilishlar qiladi, yangi unumdor bog‘-rog‘lar yaratadi, yangi –yangi meva-sabzavot navlarini keltirtirib ektiradi, o‘sha mashhur Andijon qovunlaridan boshqa hamma ekinlar hosil beradi. 

Mashhur bir hind arbobi aytganidek: “ Qamish kapalarda kun ko‘rayotgan hindlarga yaxshi va mustahkam imoratlar qurishni, yaxshi yashash uchun dehqonchilik va bog‘dorchilik orqali farovonliklarini ta’minlashni aynan Bobur va shu sulola vakillari o‘rgata oldi “. 

Bir necha yillar davomida Angiliya mustahkamlakasi ta’sirida bo‘lgan bu sehrli diyorga baribir Boburiylar davridagidek yangiliklar va gullab-yashnash nasib etmadi, aniqrog‘i, inglizlar buni eplay olishmadi.  

Mamlakatda chin o‘zbekona bunyodkorliklar, bog‘lar yaratgani uchun Bobur xalqda “Bog‘bon podsho” nomlari bilan ham ataladi.

Bobur o‘ziga xos harbiy qobiliyatga ega edi. Kam sonli qo‘shini bilan ham bir necha marta kuchli va ko‘p sonli qo‘shinni ham yenga olgan : Ibrohim Lo‘di bilan bo‘lgan Panipat jangida xuddi shunday voqea yuz beradi. U birinchilardan bo‘lib poroxli , o‘qotar qurollardan foydalanadi , bu ham o‘z zamonasining ixtirosi edi.  

Hozirgi kunda dunyo xalqlari eng ko‘p o‘rgangan hukmdorlardan biri sifatida e’tirof etiladi. “Boburnoma” va “Hind devoni” , “Muxtasar” , “Harb ishi” kabi asarlari “Volidiya” nomli tarjimalari Boburni faqat shoh emas, shoir, olim, tarixchi, geograf, etnograf , musiqashunos, yozuvchi sifatida ham dunyoga tanitdi. Shunchalar suronli umr kechirgan bu shaxsning naqadar go‘zal qalb egasi ekanini guvohi bo‘lamiz. Ushbu qalbning barcha o‘y-fikrlarini , hislarini tushuna boshlaymiz. Dardlarini , armonlarini bilib olamiz. 

Qo‘rquv qahatchilikdan omonlik topdim, 

Yangi jon-u , yangi jahonlik topdim.

Bugun yovni mahv et, qo‘lingdan kelsa, 

Olov kuchaydimi, kuyadi jahon, 

Dushmanga o‘qingni ayovsiz otgin,

Kamon o‘qlashiga bermagin imkon. 

Bu Boburning Shayboniyxon bilan qilgan janglari davrida yozilgan bo‘lib, yigirmaga ham yetmagan yigitning ruhidagi yoshlarga xos g‘ayrat va shiddatkorlikni ko‘rishimiz mumkin. 

Qolmadi hurmat ahli olamda,

Olam-u olam ahlidan yuv ilik.

Boburo, ikki podshohlig‘din

Yaxshiroq bu zamonda beklik. 

Deb yozgan qit’asida esa biz shohlikning naqadar mashaqqatli ekanini , uning ustiga o‘zining sodiq kishilarining sotqinligi yana ham dilini ezganini his etamiz.  

 Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qdur, 

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur,

Keldim bu sori o‘z ixtiyorim bir-la,

Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdur. 

Ruboiysida esa biz shohning ko‘ngil olamiga kirib borgandek, tuyg‘ularini boshdan kechirgandek bo‘lamiz . 

Bobur ulkan imperiyaga asos soldi, farzandalari va nabiralarini to‘g‘ri tarbiyalashga harakat qildi. Malika Bayda tomonidan zaharlangandan so‘ng va hind yerlaridagi quruq va issiq jazirama uni holdan toydirib, jussasini kichraytirib borar, uyqusizlik, isitma, yangi mamlakatning hali to‘liq o‘rnatilmagan chegaralaridagi tinimsiz hujumlar uni nihoyatda charchatdi , holdan toydirdi. Bu tashvishlar ichida eng dilini kuydurgan cho‘g‘ vatan sog‘inchi bo‘ldi. U yurtidan ikki metr joy so‘rab maktub yozdi, ammo bu xalqning qo‘zg‘alishiga, mavjud hukumronlikka putur yetkazadi deb rozi bo‘lishmadi. 

  Bobur 1530 - yil vafot . Uning vafoti bir necha kun sir tutildi. Tarixda ilk bor Humoyun taxtga qonunan o‘tqazildi. Bundan avval esa hamma vaqt , albatta, janglar bilan egallangan ekan. 

 Shoh va shoir adabiyotdagi yangilik bu har bir narsani boricha tasvirlash edi. Uning xotira asari shunisi bilan ahamiyatliki, unda yozuvchi o‘z xato va kamchiliklarini ro‘y-rost ayta oladi, xatolarini tan oladi. Bu esa podshohga xos bo‘lmagan samimiylik edi. 

 Har bir jangga kirishdan oldin askarlariga qasamyod qildiradigan sarkardaning asarlari, har bir to‘rtligi, ruboiysi adabiyotning ham ulkan merosiga aylandi. Jangda qanday mardona bo‘lsa, adabiyot maydonida ham shunday betakrorlik va oddiylik ,asarlari tilining ravonligi mumtoz adabiyotimizdagi topilmalardan bo‘ldi. Adabiyotning mard-u maydoniga aylandi. 

 Insoniy tuyg‘ulari, millatimizga xos kechirimlilik va mehnatsevarligi Boburni nafaqat o‘zbek balki hind va afg‘on millatiga ham sevimli qildi. Ammo uning sifatlari , podshoh sifatidagi siyosati bugun boshqa millatlarga ham o‘rnak qilib ko‘rsatishga arziydi. Agar har bir kamol topayotgan yigit Boburdek mard va maqsadlaridan qaytmas bo‘lsa, har bir davlat rahbari va tizimida xizmat qilayotgan rahbarning bosh maqsadi: xalqni farovon yashashini taminlash , tinchligini kafolatlash bo‘lsa, ishonamanki, butun dunyodagi xalqlar baxtiyor yashaydi. 

Men bobomiz haqidagi kitoblarni o‘qib shunday insonning avlodi bo‘lganimdan juda xursand bo‘ldim. Bu ajdodlarga munosib bo‘lishga , yangi bilimlarini egallashga , kelajakda ota-bobolarimiz kabi mag‘rur, salohiyatli, kamtarin, zakovatli shaxs bo‘lib yetishishga harakat qilaman. 

 

 

12 Feb 2023

Boburni anglash.

Reja:

Kirish. Boburshunoslik tarixiga bir nazar.

Asosiy qism:

Bobur hayoti va ilmiy- adabiy merosi.

“Boburnoma” asari o’tmishning asl sadosi.

Bobur she’riyatining mavzularining xila –xilligi va badiiyati.

Xulosa.

              Bobur hayoti men uchun ibrat maktabi.

                “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. 

                               Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqatayi nazaridan u          

                                       hamon yashayapti. Bu maskanni yanada obod qilib,   

                                   tarbiya o’chog’iga aylantirish zarur. O’zligimizni 

                                      anglash, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-   

                                    ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo’lmaymiz”.

                                            (Shavkat Mirziyoyev)

Zahiriddin  Muhammad  Bobur   shoir,  adib,  she’rshunos,   adabiyotshunos,  donishmand  faqih  (islom  qonunshunosi),  tilshunos, elshunos, mantiq va riyoziyot  ilmlaridan puxta xabardor jamoat arbobi sifatida o‘zidan bebaho ma’naviy meros  qoldirdi.  Boshqa odamlamikidan deyarii farq  qilmaydigan mo'jazgina ko‘ksida 

sherning yuragiva jur’atini ko'tarib o'tgan bu mukarram  zot  aql  bovar  qilmaydi-gan  kashfiyotlar  bilan  yuzmayuz  yashab  o'tdi, o‘zidan sara ma’naviy xazina va nom qoldirish uchun kuiashdi.Zahiriddin Muhammad Bobuming hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi  eng  noyob  ishonchli  manba,  shubhasizki, uning «Bobumo-ma»sidir.  Shuningdek,  bu  ulug‘  shoir  va  sarkardaning  qizi  Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»,  Muhammad Haydaming «Tarixi Rashidiy» asarlari ham «Bobumoma»  maqomiga  yaqin  turuvchi  asarlar sirasiga  mansub.  Buning  boisi  shuki, 

 Gulbadanbegim  va  Muhammad Haydar  Bobur  Mirzo  bilan  yaqindan  muloqotda  bo'lishgani   bois  o'z asarlarida buyuk hukmdoming faoliyati,  shaxsiyatiga aloqador qimmatli ma’lumotlami keltirishgan.  Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkir  ul-ahbob» (1566)  tazkirasida  ham  Bobur  Mirzo  bilan  aloqador  ishonchli  qaydlar

 o‘z ifodasini topgan. Xuddi shunday fikmi Hindistonni idora qilgan boburiy hukm-

dorlar  Akbarshoh,  Jahongirshoh,  Shoh  Jahon  zamonida  vujudga kelgan  tarixiy  

asarlar  borasida  ham  aytish  mumkin.

Hindiston inglizlar tomonidan fath etilgandan so'ng,  aniqrog'i,  XVIII asrdan boshlab  Bobuming  hayoti,  faoliyati,  ijodi  kabi  masalalar  Ovrupo sharqshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etdi. Vitsen, Jon Leyden, U.Erskin, RM .Kalenot,  Pave  de  Kurteyl,  Denison  Ross,  A.Beverijd  xonim,  Len Pul,  E.Holden, V.H.M oreland va boshqa

 tadqiqotchilar Bobuming hayoti va faoliyatini o'iganish, asarlarini nashr va tarjima

 qilish bilan shug'ullandilar. Bu  olimlar  orasida  ingliz  tarixchisi  Uilyam   Erskin-ning  olib  borgan izlanishlari  mutaxassislar  tomonidan  juda  ko'p e’tirof  etilmoqda. 

Bobur shoh va shoir uning bizgacha yetib kelgan ulkan merosi mavjud. Shoirning sheʼriy merosi koʻpqirrali. U nasrda ham salmoqli ijod qilgan. Boburning barcha nazmiy asarlari “Qobul devoni” soʻngra “Hind devoni”ga jamlangan. U 1521 yili falsafiy-diniy asari “Mubayyin”ni yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek “Mubayyinu-l-zakot” soliq chiqimi kitobini yozgan. “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” kabi ilmiy asarlar yozgani maʼlum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,

Tiyra boʻldi roʻzgʻorim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashgʻa koʻngul berdim, vale,

Xonumonim nogahon buzulmagʻay boshdin yana…

Bobur sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi gʻazal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan. Uning “Aruz haqida risola” ilmiy asari Sharq tilshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urgʻuli va urgʻusiz, uzun va qisqa boʻgʻinlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. Oʻz qarashlarini arab, fors tojik va turk sheʼriyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy anʼanalarini munosib davom ettiradi. Xalq sheʼriyatiga eʼtibor beradi. Baʼzi asarlarida xalq qoʻshiq sanʼati haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.

Oʻlum uyqusigʻa borib jahondin boʻldum osuda,

Meni istasangiz, ey doʻstlar, koʻrgaysiz uyquda.

Shoh va shoir, shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shugʻullangan. Yirik soʻfiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” yaʼni “Ota onalar risolasi”ni sheʼriy koʻrinishga tarjima qilgan. Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qurʼoni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.

  Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar xayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o’zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy – tarixiy, ilmiy – tabiiy va adabiy- lingvistik ma’lumotlar xazinasidir. Unda 1494-yildan 1530-yilgacha O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni Shunchaki qayd etish , jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qilad, manzara chizadi, tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy – tarixiy ahamiyati bilaan emas, balki o’zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidur. Shoir o’z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon etadi. O’nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she’riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko’rinishini, fe’l atvorini, odatlari, o’tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta’rif etiladi.

Asardagi markaziy obraz Boburning o’zi, albatta. Uning his tuyg’ulariga boy qalbi ko’z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O’z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko’zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan “ Boburnoma “ O’rta O’siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Bobur O’rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to’g’risida boy ma’lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san’at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so’zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O’zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g’oyat qadrlanadi.” Degani bejis emas edi. Davrning juda ko’p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o’zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi.

U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag’lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug’vor nasgidalarini surishni ko’p marotaba o’z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug’ himmatli va oily maqsadli shaxs bo’lganligidan Farg’ona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intilti. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Qobulga keldi va keyin Hindistondek bepayon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug’ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish , bog’- rog’lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi.

Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla’l Neru o’zining “ Hindistonning ochilishi “ va “ Jahon tarixiga bir nazar “ asarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to’liq ushbu fikrlarni izhor etgan: “ Bobur – dilbar shaxs. Uyg’onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo’lgan. Bobur o’ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’at va ayniqsa, adabiyotni sevardi.”

Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “asari tarixiy adabiy manba sifatida yana shunisi bilan e’tiborliki, asarda ko’plab tarixiy shaxslar, adabiyot va san’at ahllari, din peshvolari, shox va shaxzodalar, beklar, amiru umarolar haqida ma’lumotlar uchraydi. “ Boburnoma “ da bir necha yuz tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shoxlar, viloyat hokimlari, amir-amaldorlar, askar boshliqlar, din va namoyondalari, askarlar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahillari, dehqonlar, hunarmandlar, qullar va boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir.

Bobur bularning tasvirlanayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi , ikkinchi birlaari haqida qisqa ma’lumot beradi, boshqa birlarini biron munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. U voqealarning rivojida muhimroq o’rin tutgan Umarshayx Mirzo , Husayn Bayqoro, Sulton Ahmad Mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl-shamoili, nasl-nasabi, ma’naviy qiyofasi, hislati, xulq - atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarni ham tasvirlaydi. “Boburnoma “ da ilm-fan, san’at va adabiyot ahillariga katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn, Muammoniy, Shayxim Suhayli, Yusuf Badeyniy, Ahmad Xojibek, Behzod , Sulton Ali, Hoji Abdulla Marvoriy, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Uddiy kabi bir qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni maqtaydi, asarlaridan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati yoki shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli fikrlar so’zlaydi. “ Boburnoma “ bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda ularning madaniy hayotidagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, ma’naviyatimizda muhim voqeaga ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan ham tanishamiz.

Andijon, Samarqand va boshqa shaharlar tasviri bunga yorqin misoldir. Bobur 1494-yil voqealarini otasining halokati va uning o’rniga o’zining taxtga o’tirishi, amakisi Sulton Ahmad Mirzo va tog’asi Mahmudjonning ( qaynata kuyovning ) Bobur ustiga qo’shin tortishi biroq yosh hukmdordan shikoyat yeb sulx tuzushga majbur bo’lishlarini hikoya qilishdan oldin Farg’ona bekligi va uning yetti shahrini tasvirlaydi. Viloyatning eng katta shahri va poytaxti Andijon tasviri g’oyat jonli va badiiy tasvir vositalariga boydir. Tasvirda Andijonning jug’rofiy o’rni, chegaralari, g’allasi mo’l, mevalarga boyligi, ayniqsa qovuni va uzumi yaxshi bo’lishi, qovun pishig’ida poliz boshida qovun sotish raim emasligi, shahar darvozalari, shaharga to’qqiz ariqdan suv kirib, biron yordam chiqib ketmasligi, qalaning atrofi butkul mahallalar bilan o’ralganligi, qalani muhofaza etuvchi suv to’ldirilgan aylana handak bilan mahallalar orasida keng tosh yo’l tushganligi, ov qushlari ko’p va semiz bo’lishi va hokozalar haqida juda sodda mazmunli hikoya qilinadi. Shahar xalqi turkligi, shahar va bozorda turkiy tilni bilmaydigan kishi yo’qligi, aholi lahchasining adabiy tilga o’rinligi Mir Alisher Navoiy asarlarning Hirotda shuhrat qozonganligining sababi ham ularning turk tilida yozilganligi xususida Bobur o’zgacha bir iftixor bilan so’zlaydi.

Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.

Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,

Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi,

Oʻz yerin qoʻyib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.

Insonga xos qanaqa tabiiy fazilat va sof tuyg`ular bo`lsa, Bobur hayotda ham, ijodda ham asosan ana shularga suyangan. U o`z davlati va saltanati manfaati yuzasidan she`riyatiga bir siyosiy rang, targ`ibot ohanglarini olib kirsa bo`lardi. Yo`q Bobur she`riyatida topolmaysiz bunday ohanglarni.

Mohiyatan toju taxt, hukmronlikka borib tarqaladigan murod-maqsadlarini ham u nihoyatda oddiylashtirib, oddiy odamlarning yuragiga uyg`unlashib ketadigan mazmunda aks ettiradi:

Ko`ngli tilagan murodig`a yetsa kishi

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,

Bu ikki ish muyassar o`lmasa olamda,

Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi.

Bu fikrlar aynan shoh va shoir Boburga tegishli ekanini bilamiz, ammo ko`ngli bir murodga intilib, yetolmagan, “bu ikki ish muyassar” bo`lmasa-da, boshini olib qayonlargadir ketishning ham uddasidan chiqolmagan har bir kishiga daxldorligini ham inkor etolmaymiz. Shuning uchun Boburning ma`naviy-ruhiy dunyosi shohu gadoni o`ziga jalb etaveradi. Ko`ngilni sehrlash, ruhni qanoatlantirishdan to`xtamaydi.

Tuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,

Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor

Uz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.

Endi ruboiyning mazmunini oʻzim tushungan shaklda taqdim etaman.

Ey Zahiri dini Muhammad Bobur, faryod koʻtar, ohingdan dasturxon tuz, u dasturxonga yuzta ohni qoʻy, shu bois, yana bir oh koʻtarda, ayshishratga, oʻtkinchi quvonchlarga izn bermaslik uchun koʻnglingni aysh chilviridan uzib yasha! Nima uchun shunday?

Bu savolga javobni keyinroqqa qoʻyaylikda, hozir Bobur ruboiysining shakliy goʻzalligi xususida fikr yuritaylik. Bu asarda ham Navoiy ruboiysi kabi qofiyani bir boʻgʻinli soʻz tashkil etadi, hatto kelishik qoʻshimchasi yoʻq, faqat soʻzning oʻzi: “tuz”, “yuz”, “uz”. Shunday qilib, ruboiydagi yigirma ikkita soʻzdan yettitasi asosiy soʻzlar, oʻn beshtasi radif.

Navoiy olti oʻzak soʻz va bir kelishik qoʻshimchasidan ruboiy yaratgan boʻlsa, Bobur yetti oʻzak soʻzdan iborat xuddi shunday goʻzal ruboiyni bizga taqdim etadi.

Bunday qaraganda, Bobur ruboiysida Navoiyga taqlid bordek koʻrinadi. Biroq bu aldamchi taassurot. Jiddiy eʼtibor qilinsa, har ikki ruboiy faqat shaklan oʻxshashlikka egaligini, lekin mazmunda keskin farq borligini ilgʻab olish mumkin; pirovard natijada ular bizga ikki qutbdagi holat tasvirlari sifatida namoyon boʻladi. Navoiyning ruboiysi Vatanda emin-erkin yashagan, saltanatda va raiyatda juda katta obroʻga ega, umrini asosan oʻzi tanlagan yagona yoʻlga – ijodga bagʻishlagan baxtli ijodkor insonning oʻz koʻngil mahbubasiga dil izhori, oshiqona satrlar. Boburning ruboiysi esa, oʻzi sevgan ijod yoʻlini yagona maqsad darajasiga koʻtara olmagan, taqdir ikkiga ajratgan bir umr bilan goh ijod yoʻlidan, goh saltanat yoʻlidan yurishga majbur boʻlgan, bir qoʻli qilichdan boʻshamagan, asarlarini goho jangovar ot ustida oʻylagan va yodaki yozgan “tolei yoʻq” ijodkorning faryodi.

Endi yuqorida asosiy tahlilimiz sababchisi boʻlgan Bobur ruboiysining soʻnggi ikki satriga eʼtibor qiling:

Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor

Uz, oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.

Vatan sogʻinchi, huzur-halovat nimaligini bilmagan, umri jahongir-jahongashtalik, jangu jadal, sarson-sargardonlikda oʻtayotgan shoirning hayotiy xulosasi bu! 

 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bobur hayoti har bir inson uchun ibrat maktabi hisoblanadi. “Boburnoma” asari orqali biz Boburni buyuk shoh va sarkarda, qomusiy olim deb bilsak, uning she’riyati orqali biz Boburni oddiy unson ekanligini bilamiz. Vatan sog’inchi, Vatanga bo’lgan mehr va sadoqat Boburda vafotiga qadar davom etdi. Hali men tenggi bo’lishiga qaramasdan shoh bo’ldi, boshiga ne azob va xiyonatkorliklar tushmadi. Shunda ham u matonat va sabr bilan eliga kuch berdi. Gohida oddiy mag’lubiyatga uchraganimda yoki kichik to’siqlarga duch kelganimda Bobur shijoati menga kuch va qanot bo’ladi. Balki, siz yoki boshqa Bobur singari butun bir sulolaga asos sola olmasmiz, kata davlat qura olmasmiz, lekin kelajagi buyuk yurtga xizmat qilish, uni gullab yashnashiga o’z hissamizni qo’sha olishimiz mumkin. Bilim va kuchimizni o’zga yurt ravnaqi uchun emas, o’zbek xalqi yuksalishi uchun sarflaylik. Zero, bu Vatan bizga ajdodlardan meros . Bu merosni ko’z qorachig’idek asrash avlodlarga farz va burchdir.

Uchquduq tuman 18- umumiy o’rta ta’lim maktabi 10- “A” sinf o’quvchisi 

Sadirova Laziza

 

 

11 Feb 2023

Boburni anglash

Reja:

1. Bobur – shoh va shoir.

2.,, Boburnoma ‘’ – tarixiy - memuar asar.

3. Bobur satrlarida aks etgan Vatan sog‘inchi.

4. Bobur ijodi qalblarda mangu yashaydi.

                                                                  ,, Bobur Mirzo so’z bilan jonli tasvir 

     yaratish mahoratini mukammal egallagan 

                                              adib edi ‘’. (Pirimqul Qodirov)

Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movarounnahr nomlar bilan shuhrat topgan bu mamlakatning o’tmishi g’oyat qiziqarli va ibratlidir . Mana shunday tariximizda o’chmas iz qoldirgan buyuk shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil Andijon shahrida tug’iladi. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tdi. Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyda o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egalladi. Otasi 1494 yil vafot etgandan keyin , hokimyat 12 yoshli o’g’li Bobur Mirzo qo’liga o’tadi. Bobur yosh bo’lgani uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan biri Hojiqozi va o’qimishli , oqila onasi Qutlug’ Nigorxonim yordamida boshqaradi. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og’irligiga to’g’ri keldi. Uning orzusi ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining davlatini qayta barpo etish edi. Keyinchalik Bobur Hindistonga boradi va o’sha yerda 1526-yil Boburiylar sulolasiga asos soladi. Tarixiy malumotlarda aytilishi bo’yicha , Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo’lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo’llab quvvatlagan va Sikri jangidagi bu g’alaba Boburga Hindistonda o’z hukmronligini uzil-kesil o’rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.Bobur bu g’alabadan keyin uzoq yashamadi. 1530-yil dekabrda oyida , Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga ko’ra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar.

Bobur turkiy she’riyatda Alisher Navoiydan keying o’rinda edi. U sof va nafosatli turkiy devon tartib etadi. U nazm yo’lida,,Mubayyin’’ atalmish asarni yaratib , shu bilan ko’pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta’limotning muallifi bo’ldi , shuningdek turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi va ,,Risolayi volidiya ‘’ ni tarjima qildi. Uning bequsurlikda yagona va jo’n uslubda yozilgan ,,Vaqoye’’ yoki ,,Tarixi turkiy’’ asari ham bor. U musiqa va o’zga san’atlarni g’oyatda nozik idrok etadi. 

Bobur ijodida g’azal va ruboiylar yetakchi mavqe tutadi. Adib ushbu janrlarning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga katta hissa qo’shdi. Bobur g’azallarining katta qismi 5 va 6 baytdan tashkil topgan.Boshqa jihatlarni gapirmaganda ham, go’zal qofiyalarning fe’llardan tashkil topishi uni og’zaki nutqqa yaqinlashtirganini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. 

Bobur ruboiylari hayotning turli qirralari haqida bahs yuritadi. Bobur ruboiylari ham g’azallari kabi habsi hol xarakteriga ega: ularda adib o’z ko’rgan-kechirgan tuyg’ularini ifodalashga ko’proq e’tibor beradi:

Necha bu falak solg’usi g’urbatda meni,

Har lahza tugangusiz mashaqqatda meni.

Ne chora qilay, netayki, Tengri go’yo 

Mehnatni menga yaratdi, mehnatqa-meni.

,,Boburnoma’’ - adabiy va tarixiy ahamiyatga molk asar. Unda o’z davridagi ko’plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko’plab tog’lari , daryolari, o’rmon va cho’llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy, ahvoli haqida ma’lumotlar jamlangan.

       ,, Boburnoma ‘’ – o’zbek nasrining go’zal namunasi. Ungacha Yusuf Xos Hojibning ,, Qutadg’u bilig ‘’asari muqaddimasida , Rabg’uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog’onaga olib chiqdi. Biroq ,, Boburnoma ‘’ bu borada o’zbek nasrining o’ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko’rsatdi . Asarda tarixning Bobur yashab o’tgan davri voqealari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xo’jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo’lgan qamrovga ega. Ya’ni unda O’rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo’lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. Asarda adabiyot va san’at ahli, ilm-ma’rifat kishilariga ham munosib o’rin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Hasan Ali Tufayli, Sayfiy Buxoriy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Ahliy,Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa so’z ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud. 

      Bobur g’azalyotida yurt va Vatanga muhabbat, ezgu insoniy fazilatlar tarannumi oilyjanob tuyg’ular tasviri yetakchilik qiladi. Bobur hayotda nihoyatda jur’atli, mardona, yangiliklarga o’ch bo’lgan. Bu xislatlar uning ijodi uchun ham xosdir. Bobur lirikasida ruboiy va qit’alar ham katta mavqe tutadi. Ularda mumtoz adabiyotimizdagi yetakchi obrazlar tizimi o’ziga xos tarzda mujassamlashgan. Shu bilan birga, adib she’riyatni ijtimoiy motivlar bilan boyitishga katta hissa qo’shdi. Bobur o’zbek tilidagi so’zlardan juda o’rinli hamda unumli foydalanadi. Ularning kuchi va qudratini, ichki imkoniyatlarini, tarovatini chuqur his qiladi. Bobur asarlari o’zbek she’riyatining, o’zbek nasrining, o’zbek adabiyotining Navoiydan keyingi eng go’zal, eng nurli sahifalarini tashkil etadi. Ularning barchasi nihoyatda go’zal va ta’sirchan, takrorlanmas bir shaklda namoyon bo’lgan. Ular o’zbek tilining kuch-qudrati, ichki imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga ko’ra ham bebahodir. Bobur ruboiylarining tili sodda, ulardagi tuyg’ular samimiy, ifodalar yengil, shuning uchun adib tasvirlagan tuyg’ular kitobxonga tez ,, yuqadi ’’, uning qalbida ham o’ziga xos aks-sado beradi. Bobur ruboiyni dubaytiy va tarona degan nomlar bilan ham yuritilishini, ruboiy vazni hazaj ekanini ko’rsatadi.Bobur o’zbek tilining tarovat va nozokatini juda teran anglagan, nozik tushungan. Adib o’zbekcha so’zlarning ma’no tovushlaridan zavq tuygan. 

       Bobur hayoti o’zi tug’ilib o’sgan yurtlardan yiroqda kechganini barchamizga ma’lum. Shu bois Bobur ruboiylarida ona Vatanga intilish, g’urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog’inchiga to’la qalbning aks - sadosi, o’ziga xos oynasidir. 

Ko’pdin berikim, yor-u diyorim yo’qdur,

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qdur.

Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, 

Lekin borurimda ixtiyorim yo’qdur.

       Birinchi misradayoq yor va diyor sog’inchi juda oshkor va samimiy ifodalamoqda. Unda muddatning davomiyligi e’tiborni tortadi. Bunga ,, ko’pdin berikim’’ ifodasi orqali erishilgan. Keyingi misrada ana shu hodisa sababning oqibati ko’rsatilmoqda: bu o’rinda ham muddat, vaqt, fursat tushunchasiga tayanilmoqda.

        O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng vatandoshlarimiz xotiralari tiklandi, ularni Vatanimiz tarixida tutgan o’rnini yoshlarga o’rnak qilib ko’rsatish, xotiralarini abadiylashtirish maqsadida haykallari bunyod etildi, ko’chalarga ularning nomlari berildi. Zahiriddin Muhammad Boburning ham xotirasini abadiylashtirish maqsadida Andijonda unga atab haykal bunyod etildi. Asarlari kitob qilib chop etildi va kitobxonlar tomonidan sevib qarshi olindi.

       Xulosa shuki, adolatli shoh va buyuk shoir Bobur o’zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o’z hissasini qo’shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. Biz o’quvchi-yoshlar buyuk vatandoshimizdan jasurlik, fidoyilik, yurtparvarlik va oilasiga, avlodlariga oqibatlilik, jonfidolikni o’rganib boramiz.Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. 

Navoiy viloyat

Uchquduq tuman

20- maktabning 11-“D” o’quvchisi

Zayniddinova Rushana

 

 

11 Feb 2023

Boburni anglash

      Reja:

I. Kirish. Bobur hayotiga bir nazar.

II. Asosiy qism:

1. Bobur - buyuk podshoh.

2. Bobur asarlari - o‘zbek nasrining go‘zal namunasi.

3. Bobur she’rlari shaydosiman.

III. Xulosa. Bobur haqida buyuklar fikri.

Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r

                                                            shijoatlisi edi.

                                                                                      ( Hasanxo‘ja Nisoriy )

 O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur 1483-yil 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bobur siymosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan iste’dodli shoir, adolatli hukmdor, islom dinining Hindiston hududida keng tarqalishi, bu yerdagi tabaqaviy diskriminatsiya va xurofotga barham berishida muhim ro‘l o‘ynagan shaxs sifatida e’zozlanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi Uyg‘onish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biri. Boburning otasi - Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi – Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurushlarida unga hamrohlik qilgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. 

 Bobur – buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyatchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nobotot olamining bilimdoni sifatida ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Bobur birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi edi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‘ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi. Muxtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. 

 Bobur juda ham adolatli shoh bo‘lgan. Movarounnahr taxti uchun kurash avjiga chiqqan turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga bo‘ysinishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi. O‘z amakisi va tog‘asi bo‘lmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki ikkinchi-uchinchi yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan o‘zaro munosabatini yaxshilash, qo‘shinni tartibga keltirish kabi muhim ishlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi - Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movorounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi.

 Pirimqul Qodirov: “Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o‘g‘li Humoyunga “Boburnoma” ni tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi:

  Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,

  Olam eliding turfa sitamlar ko‘rdum,

  Har kim bu “Vaqoyi’ ” ni o‘qir, bilgaykim,

  Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum.


 

  “ Vaqoyi’ ” – “Boburnoma” ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonasida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi: “ Vaqoyi’ ” ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar. “Boburnoma” ham “Temur tuzuklari” kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi”, - deb tasvirlaydi. “Boburnoma” – o‘zbek nasrining go‘zal namunasi. Ungacha Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari muqaddimasida Rabg‘uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog‘onaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada o‘zbek nasrining o‘ziga xos kashfiyotlari sifatida yuz ko‘rsatdi. Asarda tarixning Bobur yashab o‘tgan davri voqealari ifodalangan. “Boburnoma” dagi voqealar bayoni aniq, ixcham, lo‘nda va ta’sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e’tiborlidir. Mashhur “Boburnoma” – buyuk temuriylar tarixi, buyuk hokimyat yaratilishidan so‘zlaydi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Boburnoma” ning o‘ndan ziyod qo‘lyozma nusxalari saqlanadi. 

 Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. Asar she’riyatning she’riy asoslarini ehtiyotkorona va erishgan yutuqlarining tanqidiy o‘zlashtirish natijasidadir. 

 1521-yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan. Nasriy asarlari “Qobul devoni” ga va “Hind devoni” ga jamlangan. U sharqiy, nasriy janrlarda o‘ndan ziyod she’rlar yozgan. Soliq chiqimi haqida “Mubayyin ul-zakot” kitobini yozgan. Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy” ni tuzgan. Bu asar turkiy fonetikaga oid hisoblanadi. Ushbu xat asosida Qur’on hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.  

  She’rlarida uning shaxsiy hayoti, atrof-muhiti va tarixiy hodisalar aks etgan. Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Shoir san’ati o‘ziga xos adabiy uslub va mahorat, turkiy tilning ifodaliroq vositalari orqali tasvirlanadi. Uning she’rlarida o‘z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan muhabbat, din, davr an’analari va axloqlari voqelik ila aks etgan. Boburning she’rlari shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi. Bobur she’riyatning asosini ishqiy-nasriy she’rlar tashkil etadi. Ijodining asosiy qirralaridan biri, chinakam insoniy, dunyoviy, haqiqiy sevgini kuylaganligidir. Shoir lirikasi Alisher Navoiy ruboiylarida u sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilish kabi insoniy muammolarni ko‘targan. 

 Shoir o‘zining mukammal g‘azallarida go‘zal oshiq timsolini yaratib, unga tengsiz go‘zal tashqi ko‘rinish, boy ichki dunyo, ma’naviy mukammallik in’om etadi. Shu bilan birga u noyob badiiy vositalarni ham mohirona qo‘llaydi. Bobur she’riyatida ona Vatan mavzusi alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlarida, ayniqsa, to‘rtliklari vataniga bo‘lgan sog‘inch va cheksiz muhabbati ta’sirchan ifidalangan. 

 Zahiriddin Muhammad Bobur vatanimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umarshayx Mirzoning kutilmaganda vafot etishi bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda edi. 

 Bobur haqida Javoharla’l Neru shunday yozadi: “Bobur dilbar shaxs. Uyg‘onish davrining buyuk hukmdori, mard va tadbirkor shaxs bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan”. 

     Monstyuart Elfinston ham Boburga shunday ta’rif bergan edi: “Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan “Boburnoma” asari Osiyoda yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir”.

 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘zbek adabiyoti ko‘p yillik tarixga ega. Millat adabiyot tarixini har zamonda yangilab, uning badiiy imkoniyatlarini butun dunyoga namoyon etib turuvchi aziz insonlari, ijodkorlari bo‘ladi. Bulardan biri Temuriylar saltanatida xizmat qilib, amiri muqarrab unvoniga ega bo‘lgan g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi bevosita temuriyzoda, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburdir. 

 Biz yosh avlod o‘tmishimiz va tariximizni chuqur o‘rganib, ularga ergashib, buyuk ishlar qilmog‘imiz, chin inson bo‘lmog‘imiz kerak bo‘ladi. 

  

 

11 Feb 2023

BOBURNI ANGLASH.

REJA.

Bobur hayoti yo’li - ibrat maskani.

Odil podshoh, mehribon ota, yurt sog’inchi ila yashagan inson.

Boburni yod etib…

Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi….

                                                                               (Z.M.Bobur.)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan vaqtda dunyoga keldi. Shunga qaramay, adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Bobur deb nom oldi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Yoshlikning , beg’ubor bolalalik isini tuyib, zavq olib yashash o’rniga, barcha rahnamolar singari, yurtini va xalqini himoya qilishga kirishdi. 

Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi.

Biroq qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy, ruhiy muhit vujudga keldi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida javaharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”.

“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalklariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. “Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi maʼlumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas ekan. Muallif “Boburnoma”da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va boshqa allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi. Buyuk siymo Alisher Navoiy ijodidan ilhom olib g’azallar bitgan, ammo uchrashish nasib etmagan shoh Bobur – go’zal qalb sohibi va kamtarin insondir. Vatan sog’inchi ila yashagan Boburda men o’ylaymanki, go’zal qalb egasi va mehribon ota edi. Uning davomchilaridan Komronda shoirlik meros qolgan bo’lsa, mardlik, jasorat, ko’tarimlik, kamtarinlik katta o’g’li Humoyunmirzoda yaqqol namoyon bo’ladi. 

Xulosa o’rnida aytishim mumkinki, Bobur biz bilan yashamoqda. Uning o’lmas asarlarini, biz yoshlar o’qib , ma’rifat olmoqdamiz. Uni yod etib turli kinofilmlar, teleko’rsatuvlar tayyorlanmoqda, haykallari, bog’lari go’zal shaharlarimizni bezamoqda. Asarlari turli tillarga tarjima qilingan va yana qilinib kelinmoqda. 

Bizning mo’jazgina maktabimizda ham Boburdek kamtar, jasur , toza qalb egasi bo’lib maktabda a’lo baholarga o’qib elayotgan yoshlar ham anchagina. 

Zero, ajdodlarimizga munosib voris bo’laylik deya ahd qilganmiz.

Uchquduq tumani 15-maktab 

10-sinf o’quvchisi

Pernibayeva Gulnaz.

 

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: