Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyatlardagi vakant lavozim bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov ishtirokchilari uchun
SAVOLLAR
- “Yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash markazlari” faoliyati qaysi tashkilotning, qaysi bo‘g‘ini huzurida tashkil etilgan hamda markazlarda qanday yo‘nalishlarda o‘qitiladi?
- “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni kimlarga beriladi?
- “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining maxmun-mohiyatini gapirib bering.
- 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi haqida xabardormisiz?
- Genderga oid audit nima? Genderga oid auditning asosiy vazifalarini sanab bering?
- Jins bo‘yicha bevosita kamsitish deganda nimani tushunasiz?
- Zo‘rovanlikni turlarini aytib bering?
- Ijtimoiy yordam tizimini modernizatsiya qilishga nimalar kiradi?
- Ijtimoiy himoya turlarini bilasizmi? Gapirib bering.
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarni oliy ta’limga qamrovini ko‘paytirish maqsadida qanday huquqiy asoslarni bilasiz?
- Qanday oilalar kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi?
- Nikoh yoshi necha yosh deb belgilangan?
- Nikoh tuzishga mone’lik qiladigan holatlarni sanab bering.
- Nikohlanuvchi shaxslar qaysi kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi?
- Notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish hamda mazkur oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarga barham berish maqsadida mahallalarda va Oila va xotin-qizlar qo‘mitalari hamda uning quyi tuzilmalari qoshida qanday jamoatchilik tuzilmalari tashkil etilgan?
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalarining vakolatlari Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi vakolatlarini sanab bering.
- Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik deganda nimani tushunasiz?
- Oilada nizo keltirib chiqaruvchi ilmiy asoslangan sabablarning ayrimlarini bilasizmi?
- Oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun qancha muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish belgilangan?
- Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish deganda nimani tushunasiz?
- Tazyiq so‘ziga tarif bering?
- Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish qaysi normativ xukukiy hujjat bilan tartibga solingan?
- Ta’qib etish so‘ziga tarif bering?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi!» degan fikri aynan qaysi harakatni tashkil etish tashabbusi ilgari surilganda aytilgan?
- O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoyaga qaratilgan qanday daftarlar joriy etilgan?
- O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qachon tasdiqlangan va uning mazmun-mohiyatida nima aks etgan?
- O‘zbekistonda oila-nikoh munosabatlari sohasida ilmiy o‘rganishlar olib borish, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish borasida qaysi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yuritadi?
- O‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi komissiya tomonidan qanday ko‘krak nishon beriladi?
- Uy-joyga muhtoj og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi qanday? Qanday huquqiy-me’yoriy xujjatlarga asoslaniladi?
- Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi kaysi normativ xujjat bilan yanada takomillashtirildi?
- Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
- Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xonadon gigiyenasi madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qanday tibbiy tuzilm alar mavjud va xonadonlarda sog‘lom turmush tarziga rioya etilishi bo‘yicha qanday platforma yaratilgan?
- Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lash tartibi qanday?
- Erta nikohlarni diniy marosimlarini amalga oshirganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?
- Yosh oila tushunchasiga ta’rif bering.
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining vazifa va funksiyalarini sanab bering.
- “Ayollar daftari” to‘g‘risida gapirib bering.
- Mahalladagi xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
- “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan qaysi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi?
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turur joy ijara kompensatsiyasi qanday talabnomalar asosida to‘lab beriladi?
- “Zulfiya” davlat mukofoti to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga ko‘maklashish borasida qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi?
- Keys menejment qo‘llagan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash deganda nimani tushunasiz?
- Reproduktiv salomatlik nima?
- Xotin-qizlarning kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga ko‘maklashish, tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy chora-tadbirlarini aytib bering.
- Iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimi to‘g‘risida gapirib bering.
- Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalarini sanab bering.
- «Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari»ning asosiy vazifalarini aytib bering.
- «Olima ayollar» jamiyatining asosiy vazifalarini aytib bering.
- 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan qanday vazifalar belgilangan?
- Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshiriladi?
- 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ayollar orasidagi ishsizlik darajasini necha baravar kamaytirish nazarda tutilgan?
- 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida qancha ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish belgilangan?
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘rin olgan xotin-qizlarning teng huquqligiga oid normalarni sharhlab bering.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘rin olgan oila va bolalar huquqlariga oid normalarni aytib bering.
- «O‘zbekiston-2030» strategiyasida onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash bo‘yicha qanday vazifalar belgilangan?
- «O‘zbekiston-2030» strategiyasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlashga oid qanday vazifalar belgilangan?
- «Ayollar daftari» bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish qay tartibda amalga oshiriladi?
- Notinch va nizoli oilalardagi psixologik muhitni yaxshilash maqsadida qanday amaliy chora-tadbirlar qo‘llaniladi?
- Oilaviy, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni mustahkamlash deganda nimani tushunasiz?
- Iqtisodiy zo‘ravonlik nima?
- Ruhiy zo‘ravonlik zo‘ravonlik nima?
- Himoya orderi kimlarga beriladi?
- Nima himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi?
- Himoya orderining amal qilish muddati va tugatish tartibini tushuntirib bering.
- Oilaviy nizo turlarini aytib bering.
- Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida gapirib bering.
- Ajrimlarning eng ko‘p bo‘ladigan sabablari bo‘yicha fikr bildiring. Ularni oldini olish bo‘yicha taklif bering.
- Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini
tizimli tashkil etish qay tartibda amalga oshiriladi?
- Namunali oilalar bilan manzilli ishlar qanday yo‘lga qo‘yiladi?
Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatlardagi vakant lavozim bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov ishtirokchilari uchun
SAVOLLAR
- Hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tarkibiga nimalar kiradi?
- Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga izoh bering?
- Fiskal strategiya nima?
- Tuman (shahar) mahalliy byudjetlarida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish to‘g‘risida batafsil gapirib bering.
- Moliya yili deganda qaysi davr tushiniladi?
- Tashabbusli byudjet (Open Budget) to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Byudjet taqchilligi bilan byudjet profisiti nima?
- Subsidiya, subvensiya, dotatsiya tushunchalariga ta’rif bering hamda ular o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
- Dasturiy byudjetlashtirish deganda nimani tushunasiz?
- Davlat transfertlari deganda nimani tushunasiz? Misol keltiring.
- Korxona va tashkilotlarning debitorlik va kreditorlik qarzi nima?
- Hududda ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish deganda nimani tushunasiz?
- Aholining real daromadlarini barqaror oshirish nimani o‘z ichiga oladi?
- Iqtisodiy rivojlanish dasturlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibiga nimalar kiradi?
- Mahalliy byudjetlar xarajatlari tarkibiga nimalar kiradi?
- Mahalliy soliqlar va yig‘imlarning tarkibiga nimalar kiradi?
- Real sektor korxonalari deganda nimani tushunasiz? Misol keltiring.
- Hududdagi bozor va savdo komplekslarida qonunchilikka rioya etilishi qanday tartibda olib boriladi?
- Mahalliy mahsulotlar eksportini diversifikatsiyalash deganda nimani tushunasiz?
- Mahalliy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash qanday tartibda olib boriladi?
- Qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot nima va uning ulushini hududda oshirish yo‘llari qanday?
- Moliya va iqtisodiyot tushunchalariga ta’rif bering, ular o‘rtasidagi farqli jihat nimalardan iborat?
- «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturi to‘g‘risida gapirib bering.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-93-son farmon mazmun-mohiyatini gapirib bering.
- Kambag‘allikni qisqartirishda Ijtimoiy himoya agentligining o‘rni haqida gapirib bering.
- 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha qanday maqsadlar qo‘yilgan?
- Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi farqni tushuntirib bering.
- Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni oshirish deganda nimani tushunasiz? Misol keltiring.
- Hududda kambag‘allikni qisqartirish omillari nimalardan iborat?
- Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida gapirib bering.
- Hududlarda «mahallabay» ishlash tizimini to‘g‘risida tushuncha bering.
- Hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari nimalardan iborat?
- Hududda «xufyona iqtisodiyot»ni kamaytirish choralariga nimalar kiradi?
- Hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlardan samarali foydalanish tartibini tushuntiring.
- Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini o‘rganish va tahlil qilish deganda nimani tushunasiz?
- Mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash tartibini tushuntiring.
- Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘siq bo‘layotgan muammolar nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?
- Hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash qanday tartibda erishiladi?
- Investisiya dasturi nima va nimalarni o‘z ichiga oladi?
- Mahalliy iqtisodiyotda xizmatlar sohasining ahamiyati to‘g‘risida gapirib bering.
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat, xususiy korxona hamda oilaviy korxona o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
- Hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari har yilgi prognoz parametrlari qanday shakllantiriladi?
- “Yashil iqtisodiyot” to‘g‘risida tushuncha bering.
- Yirik, kichik korxona va mikrofirmalar to‘g‘risida tushuncha bering.
- Davlat xaridlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini tushuntirib bering.
- Hududlarning ivestision muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni sanab bering.
Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining investisiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyatlardagi vakant lavozim bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov ishtirokchilari uchun
SAVOLLAR
- Investisiya atamasiga ta’rif bering.
- Qulay investision muhit deganda nimani tushunasiz?
- Investisiya dasturi nima?
- Investisiya dasturini shakllantirish tartibini tushuntirib bering.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya nima?
- Investisiya faoliyati nima?
- Investor tushunchasiga ta’rif bering.
- Investisiya faoliyati ishtirokchilarini aytib bering.
- Reinvestisiyalar nima?
- Mo‘ljallangan ob’yektiga ko‘ra investisiyalarning turlarini sanab bering.
- Kapital investisiyalar jumlasiga qanday investisiyalar kiradi?
- Innovatsiya investisiyalari jumlasiga qanday investisiyalar kiradi?
- Ijtimoiy investisiyalar jumlasiga qanday investisiyalar kiradi?
- Investisiya resurslariga nimalar kiradi?
- Investorning majburiyatlariga nimalar kiradi?
- Investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qanday tarzda amalga oshiriladi?
- Markazlashtirilgan investisiyalarga qanday investisiyalar kiradi?
- Investisiyalarni himoya qilish to‘g‘risida gapirib bering.
- Investisiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Investisiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish tartibini tushuntiring.
- «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida investisiyalar yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan kamida necha foiz bo‘lishini ta’minlash choralari ko‘rilishi qayd etilgan?
- Investisiya loyihasi nima?
- Maxsus iqtisodiy zonaga ta’rif bering.
- Maxsus iqtisodiy zonalar qanday turda tashkil etilishi mumkin?
- Erkin iqtisodiy zona nima?
- Maxsus ilmiy-texnologik zona nima?
- Turistik-rekreasion zona nima?
- Erkin savdo zonalari nima?
- Maxsus sanoat zonasi nima?
- Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida tushuncha bering.
- Xorijiy investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Davlat investisiya faoliyatini qanday yo‘llar bilan rag‘batlantiradi?
- Chet el investisiyalari bo‘yicha davlat majburiyatlari nimalardan iborat?
- Ochiq eshiklar siyosati deganda nimani tushunasiz?
- Sof investisiyalar tushunchasiga ta’rif bering.
- Hududning investisiya salohiyatini baholab bering.
- Inson kapitaliga investisiya deganda nimani tushunasiz?
- Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasiga ta’rif bering.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini sanab bering.
- Eksport va import tushunchalariga ta’rif bering.
- Erkin savdo nima?
- Reeksport nima?
- Tashqi savdo aylanmasi nima?
- Antidemping bojlari nima?
- O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishning ahamiyati to‘g‘risida gapirib bering.
- Hududda investisya faoliyatini rivojlantirishning qanday imkoniyatlari mavjud?
- Investisiya portfeli nima?
- Investisiya loyihasining samarasini baholash bosqichlari to‘g‘risida gapirib bering.
- Loyiha va investisiya loyihasi o‘rtasidagi tafovutni tushuntirib bering.
- Davlatning investisiya faoliyati to‘g‘risida gapirib bering.
Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyatlardagi vakant lavozim bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov ishtirokchilari uchun
SAVOLLAR
- Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlarini ayting.
- Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashning vazifalari va funksiyalari nimalardan iborat?
- Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar haqida gapirib bering.
- O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining maqsad va vazifalarini ayting.
- O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirishdan kutilgan natijalar nimalardan iborat? Shular to‘g‘risida gapirib bering.
- Yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari nimalardan iborat?
- Mamlakatimizda iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qanday tartibda amalga oshirilmoqda?
- Mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qanday tartibda amalga oshirilmoqda?
- Inson kapitali deganda nimani tushunasiz?
- “Yoshlar daftari”ga kimlar kiritiladi?
- “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imtiyoz va yengilliklar haqida gapirib bering.
- “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga qanday yordamlar beriladi?
- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir qanday vazifalar belgilangan?
- Yoshlar qanday hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi?
- Mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
- Yoshlar yetakchilari o‘ziga biriktirilgan mahallada faoliyatini qaysi yo‘nalishlarda amalga oshiradi?
- Yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarida yaratilgan imtiyozlar tizimi haqida gapirib bering.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 apreldagi “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlari aholisi turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2925-son qarorida yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga kirishi bilan bog‘liq qanday imtiyozlar belgilangan?
- Globallashuv sharoitining salbiy tomonlarini sanab bering.
- O‘zbekiston ijtimoiy davlat tushunchasining mohiyatini tushuntirib bering.
- Ijtimoiy adolat va ijtimoiy tenglik deganda nimani tushunasiz?
- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir qanday vazifalar belgilangan?
- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini ayting.
- “O‘zbekiston-2030” strategiyasi ijrosini 2024 yilda Navoiy viloyatida tashkil etish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari haqida ayting. Unda qanday maqsadlar ko‘zlangan?
- Mahallalardagi “ijtimoiy xodim”ning asosiy vazifalarini ayting.
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlarni ayting.
- Ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlarni ayting.
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning alohida roziligini talab qilmasdan shoshilinch ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladigan holatlarni aytib bering.
- Navoiy viloyatining qaysi tuman va shaharlari ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan olis va chekka hududlar hisoblanadi?
- Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
- Olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibini tushuntirib bering.
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan ishlash tartibini tushuntirib bering.
- Ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga nimalar kiradi shular to‘g‘risida gapirib bering.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlarini ayting.
- Davlat sog‘liqni saqlash tizimi haqida gapirib bering.
- “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
- “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmining maqsadini tushuntirib bering.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlarini ayting.
- Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ayting.
- “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning maqsad va vazifalarini ayting.
- “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarni oila va uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirish bosqichlari haqida gapirib bering.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlarini ayting.
- “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” g‘oyasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
- O‘quvchilar bilimini baholashning xalqaro ta’lim dasturlari va ularning mazmuni to‘g‘risida gapirib bering.
- Inson kapitali indeksining tarkibi nimalardan iborat? Tushuntirib bering.
- Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalarini aytib bering.
- Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlarini sanab bering.
- Fuqarolarning ijtimoiy huquq va erkinliklariga nimalar kiradi?
- “Inson manfaati har narsadan ulug‘” g‘oyasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
- Mafkuraviy immunitet nima? U qanday shakllantiriladi?
- Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi qanday? Uni o‘z fikringiz bilan tasvirlab bering.
- Milliy o‘zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?
- Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlarni ayting.
- Ma’naviy tahdid nima? Ularga misollar keltiring.
- Ma’naviyat va jamiyatning yangilanishi deganda nimani tushunasiz?
- Islohotlar va ularning ma’naviy mezonlari deganda nimani tushunasiz?
- Globallashuv deganda nimani tushunasiz?
- Xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatlarni sanab bering.
- “Yuksak ma’anaviyat – yengilmas kuch” g‘oyasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
“Крим – Конго геморрагик иситмаси” тананинг деярли барча қисмида қон қуйилишлар ҳамда юқори харорат билан, оғир кечувчи, даволаш муолажалари ўз вақтида бошланмаса ўлим билан якунланувчи юқумли касаллик ҳисобланади.
Касаллик қўзғатувчилари табиатда одамлар фаолиятига боғлиқ бўлмаган ҳолда узоқ йиллар сақланиши – касалликнинг табиий ўчоғи деб аталади. Табиий ўчоқда ушбу ҳудудда яшовчи ёввойи ҳайвонлар – чўл сичқонлари, типратиконлар, юмронқозиқлар, қуён, бўри, тулки, чиябўри кабилар каналарнинг йил давомида яшаб кўпайишига имкон яратади, каналар эса ўз навбатида танасида касаллик қўзғатувчиси бўлган вирусларни сақлайди.
Табиий ўчоқлар мавжуд бўлган худудларга чорва молларни боқиш, озиқа жамғариш, дам олиш учун ёки экспедицияларга келган одамлар кана чақиши натижасида касалликга чалиниши, каналарни ўзлари билан бирга олиб кетиши мумкун. Шунингдек каналар ушбу ҳудудларда боқилган чорва ҳайвонлари билан бирга ҳам олиб кетилади. Уй ҳайвонларини парваришлаш, озуқа бериш, соғиш, жунини қирқиш жараёнида каналар ҳайвонлар танасидан одамларга ўтиб касалликни юқтириш ҳолатлари рўй бериши, ёки ҳайвонлар танасидаги каналарни юлиш, кесиш йўли билан олиб ташлаганда қон сачраши натижасида одамлар касалликни юқтириб олишлари мумкин.
Касаллик мавсумий бўлиб, бу касалликнинг асосий ташувчилари бўлган каналар кунлик ҳарорат 10 даража ва ундан юқори кўтарилганда фаоллашиб озуқа манбааси- иссиқ қонли ҳайвонлар ёки одамларга ҳамла қилиши билан боғлиқ ва асосан бахор – ёз мавсумларида қайд этилади.
Касалликнинг яширин даври ўртача 4-6 кунни ташкил этади. Касаллик тана хароратиниг кескин кўтарилиши (39-40 даражага), бош оғриғи, мушакларда, қорин ва бел соҳасида оғриқлар пайдо бўлиши билан бошланади. Беморнинг иштаҳаси йўқолади, дармони қурийди, кўнгли айниб қусади, ичи суюқ ўтади, юзи ва шиллиқ пардаларнинг қизариши кузатилади.
Озроқ вақт (бир неча соат ёки кун) ўтгандан сўнг тана ҳарорати тушади ва одам худди соғайгандек туюлади, лекин сал ўтмасдан касалликнинг иккинчи –геморрагик даври бошланади. Бунда буриндан қон кетиши, терида нуқтасимон қуйилишлар, укол қилинган жойларда қон қуйилишлар кузатилади. Қон қуйилиши ички аъзолардат (ошқозон–ичак, бачодон) рўй бериши мумкин. Касал одам ажратмаларида (қон, қусиш моддалари, сийдиги, ва бошқалар) кўплаб касаллик вируслари бўлиб, атрофагиларга катта ҳавф туғдиради. Кўп қон йўқотиш натижасида беморнинг аҳволи оғирлашиб, юрак-қон томир етишмовчилиги ва бошқа органлар фаолияти чуқур бузилиши рўй беради, ўз вақтида тиббиёт муассасасига мурожаат қилмаса бемор ҳалок бўлиши мумкин. Беморни уйида даволаш мумкин эмас, даволаш фақат махсус стационарларда ўтказилади, касалликни уйда даволаш бемор ҳаётига ва атрофдагиларга катта хавф туғдиради. Касаллик барвақт аниқланса ва тегишли даво чоралари ўз вақтида ўтказилса беморлар тўлиқ соғайиб кетади.
Касалликни юқтирмаслик учун қуйидаги қоидаларга қатъий амал қилиш лозим:
-биринчи навбатда канадан ҳимояланиш чораларини кўриш, чўл ҳудудларга чиққанда вақти-вақти ўзингизнинг, ҳамрохингизнинг устини кўздан кечириб кана бор йўқлигини аниклаб туриш, кана кирмаслиги учун имкон даражасида оёққа этик кейиш, шимнинг пойчасини пайпоқ ичига тиқиб йуриш;
-дорихоналарда мавжуд бўлган, каналарни яқинлаштирмайдиган махсус припаратлардан фойдаланиш;
-чорва ва уй ҳайвонларига кана ёпишганлигини аниқланган ҳолларда уни қўл билан олиб ташлашга ёки қайчи билан кесишга ҳаракат қилмасдан дархол ветеринария мутахассисига мурожаат қилиш ва унинг маслаҳат ва кўрсатмаларини бажариш;
-кана дарҳол чақмайди, одам танасига ўтиб олгандан кейин ўзига қулай иссиқ ва пана жой (қўлтиқ ости, чатан ва бошқа) қидиради, бу вақтда уни пайқаб қолсангиз дарҳол тиббиёт ҳодимларига мурожаат қилинг, яқин жойда тиббиёт маскани бўлмаса имкони борича канани пенсит ёрдамида, резина қўлқоп билан олиб ташлаш керак, агар кана танага ёпишган бўлса уни юлиб олмасдан, кананинг устига камфора ёғи, агар у йўқ бўлса оддий ўсимлик ёғини томиссангиз кана ўзи сўрғичини танадан чиқаради, кейин уни осонгина пенсит ёки резина қўлқоп билан олиб ташлаш мумкин;
махсус воситалар ёрдамида каналарга қарши ишлов берилмаган қишлоқ ҳўжалик ҳайвонларни жунини қирқмаслик;
чорвачилик фермер хўжаликлари қирқимга жалб қилинган ишчиларни тўлиқ махсус кийим (этик, камбензон, қўлқоп) билан таъминлаши, ишчилар шахсий гигиена қоидаларига қатьий риоя қилишлари;
ветеринария ҳодимлари томонидан кўрикдан ўтказилиб, соғломлиги ҳақида хулоса берилмаган хайвонларни сўймаслик;
мавжуд ва сотиб олинган чорва ва уй ҳайвонларини ўз вақтида яқин ветеринария муассасаларида рўйхатга қўйиш, уларни мунтаззам равишда ветеринария кўригидан ўтказиб, каналарга қарши ишлов берилишини таъминлаш;
сичқонлар ва бошқа кемирувчилар кўпайишига, ахлат ва гўнг йиғилиб қолишига йўл қўймаслик, каналарга қарши дезенфикция тадбирларини ўтказиб бориш.
Ҳурматли ҳамюртлар! Ўз соғлигингизга бефарқ бўлманг! Юқоридаги қайд этилган қоидаларга қатъий амал қилинг, ўзингизнинг ва атрофингиздаги кишиларнинг соғлигини ўта ҳавфли Крим-Конго геморрагик иситмаси касаллигидан муҳофаза қилишга ўз ҳиссангизни қўшинг!
Бўлим бошлиғи Р.Ризақулов
Бугун Учқудуқ туман ҳокимлигида "2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПҚ-1-сонли қарор ва "Обод ва хавфсиз маҳалла" тамойили асосида маҳаллаларда ижтимоий профилактика тизими самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги 801-сонли қарор ижроси юзасидан маҳалла еттилиги иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.
Учқудуқ туман ҳокими Учқун Елмуратов, туман ИИБ бошлиғи Анвар Раджапов ва туман прокурори ўринбосари раҳбарлигида ташкил этилган матбуот анжуманида ижтимоий профилактика тадбирларини амалга оширишда маҳалла раиси, профилактика инспектори, ҳоким ёрдамчиси, ёшлар етакчиси, хотин-қизлар фаоли, ижтимоий ходим ва солиқ инспектори, шунингдек, бошқа давлат ташкилотлари ўртасидаги ўзаро ҳамкорлик механизмларини самарали йўлга қўйиш масалалари муҳокама қилинди.
Туманда “маҳалла еттилиги” ва ижтимоий профилактикага кўмаклашувчи давлат ташкилотларига “E-ijtimoiy profilaktika” ахборот тизимидан фойдаланиш ва базада фуқароларни киритиб борилиш ҳолати таҳлил қилинди.
Матбуот анжумани давомида тизимни юритишда йўл қўйилган камчиликлар муҳокама қилиниб, амалдаги муаммолар аниқ кўрсатиб ўтилди. Шунингдек, “E-ijtimoiy profilaktika” ахборот тизимидан тўғри фойдаланиш юзасидан масъуллар иштирокида амалий тушунчалар берилди.
Завод марказий лабораторияси – бу 3-сонли гидрометаллургия заводининг юраги, унинг кўзи, энг нозик ва муҳим жараёнларни илғаб, таҳлил қилиб борувчи марказидир. Агар заводни тирик бир жон деб тасаввур қилсак, лаборатория унинг кузатувчи кўзлари, синовдан ўтказувчи ақли, текшириб таҳлил қилувчи юраги десак, муболаға бўлмайди. Чунки айнан шу ерда завод фаолиятининг асоси – маъдан ва металлнинг сифати аниқланади. Пировардида технологик барқарорлик таъминланади.
Бу жараёнлар фазали - назорат, намуна - таҳлил ва технологик тадқиқотлар гуруҳида босқичма-босқич амалга оширилади.
Лаборатория таркибидаги ҳар бир гуруҳ ўзига хос, такрорланмас вазифаларни бажарар экан, заводнинг узлуксиз ишлашини таъминловчи муҳим бўғинларга айланади.
ФАЗАЛИ-НАЗОРАТ ГУРУҲИ
Улар орасида худди заводнинг сергак нигоҳи, бехато тарозиси каби фаолият юритади. Бу бўлим заводга кирувчи технологик сувларнинг сифатини “эҳтиёткор кузатувчи” каби доимий назорат қилади.
Бу ерда 50 дан ортиқ синов турлари ўтказилади. Ўз номига муносиб равишда тинимсиз таҳлиллар олиб бориб, ҳар бир таркибий қисмни қатъий мезонлар асосида синовдан ўтказади. Худди тажрибали заргар олтинни ҳар бир заррачасигача текширганидек, фазали - назорат гуруҳи ҳам ҳар бир кимёвий элементнинг меъёрга мослигини ўрганади. Энг майда тафсилотларгача назардан қочирмай, заводнинг ишончли ишлашига кафолат беради.
Бу гуруҳнинг ҳар бир синови кейинги босқичларнинг барқарор ва хавфсиз ишлашигни таъминлайди. Чунки кимёвий жараёнлар, худди нозик мувозанатда турган тарозидек, биргина хатоликдан издан чиқиши мумкин. Шу боис фазали - назорат гуруҳи доимо ҳушёр, доимо изланишда. Хуллас, заводнинг сифат кафолати бўлиб хизмат қилаётир.
НАМУНА-ТАҲЛИЛ ГУРУҲИ
Заводнинг ички тартиб-интизомини асровчи қатъий назоратчи, аниқ мезонлар асосида ишловчи “адолатли ҳакам”, дея таъриф бериш мумкин. Унинг зиммасига заводнинг юрагидан ўтадиган ҳар бир жараённи қатъий текшириш, технологик интизомни сақлаш ва хомашё таркибини аниқлик билан белгилаш каби улкан масъулият юкланган.
Бу бўлимда ходимлари намунани синчковлик билан таҳлил қилади. Маъдан таркибидаги ҳар бир заррачани, бойитиш жараёнидан сўнг қолган чиқиндилардаги қимматбаҳо металл миқдорини ҳам аниқ белгилайди. Бу эса завод учун фойдали қазилмаларни максимал даражада самарали ўзлаштириш ва ҳар бир килограмм рудадан энг юқори натижа олиш имконини беради.
ТЕХНОЛОГИК-ТАДҚИҚОТЛАР ГУРУҲИ
Бўлимни олтин корхонанинг келажагини белгиловчи муҳим бўғин, дейиш мумкин. Бу гуруҳ нафақат мавжуд жараёнларни назорат қилади, балки илғор технологияларни тадбиқ этиш ҳамда инновацион ёндашувларни жорий этиш устида доимий изланишда бўлади.
Ҳа, бўлимни билимли ва фидоий ходимларининг самарали меҳнати туфайли завод фақат бугунги кунга эмас, балки келажакка ҳам қадам қўяди. Ушбу бўлимнинг ўзига хослиги шундаки, бу ерда нақ бутун бир улкан заводнинг ихчам нусхасини кўриш мумкин.
Инсон ақл заковати ва маҳорати билан яратилган бу митти технологик жараёнда йирик майдалаш цехидан бошланган барча ишлаб чиқариш жараёнлари кичрайтирилган шаклда аммо асл технологиясидан ҳеч қандай фарқсиз амалга оширилади.
Технологик-тадқиқотлар гуруҳида 32 нафар тажрибали мутахассис меҳнат қилади.
Улар йирик ишлаб чиқариш жараёнларини бевосита кузатиш, таҳлил қилиш ва чуқур ўрганиш имкониятига эгалиги боис, ҳар бир ходим заводнинг исталган бўлимида ишлашга тайёр мутахассис кадр бўлиб етишади. Худди кичик дарёлар улкан денгизларга туташгани каби, бу ерда олинган билим ва тажрибалар ишлаб чиқаришнинг исталган жабҳасида қўл келади.
МАРКАЗИЙ ЛАБОРАТОРИЯ
Завод марказий лабораторияси – бу нафақат заводнинг илмий ва технологик маркази балки сифат ва аниқлик кафолатига эга бўлган юқори малакали таҳлил маскани. Ҳар икки йилда “Ўз ДСт 3410-2019” стандарти бўйича таҳлил ўтказиш ҳуқуқини тасдиқловчи “Ўзбекистон аккредитация маркази” ДУК гувоҳномасига эга бўлиб, ишлаб чиқариш жараёнининг ишончлилигини таъминлайди.
Эътиборлиси, Германияда ишлаб чиқарилган янги Icе-3000 спектрофотометри янгидан олиб келиниши суюқ фазада қимматбаҳо металлни кўриш ва аниқлаш имконини оширди.
Завод марказий лабораториясида 100 дан ортиқ малакали мутахассислар, 10 нафар муҳандис-техник ходимлар кечаю-кундуз меҳнат қилиб, ватанимиз олтин захирасини бойитишга муносиб ҳиссасини қўшмоқда. Уларнинг ҳар бири ўз касбининг моҳир устаси бўлиб, лаборатория фаолиятининг узлуксиз ва мукаммал ишлашини таъминлайди.
Марказий лабораториянинг ўсиш суръатлари ҳам ҳайратланарли!. 3-ГМЗ иш бошлаган кундан бугунги кунга қадар уч баравар кенгайган. Бажарилаётган таҳлиллар сони эса етти баравар ошган. Бу эса лабораториянинг нафақат миқдор балки сифат жиҳатдан ҳам юксак поғоналарга кўтарилганини кўриш мумкин.
Мухтасар айтганда, инновацион ёндашув, юқори аниқлик ва тинимсиз изланиш лаборатория ходимларининг устувор тамойилига айланган. Айнан шу жиҳатлар туфайли завод марказий лабораторияси сифат ва ишончлилик тимсоли, юксак технологик тараққиёт намунаси бўлиб қолмоқда.
Айни кунларда мамлакатимизда жорий йилнинг май-июнь ойларида ўтказиладиган фуқаролар йиғинлари раислари (оқсоқоллари) сайловини ташкил этиш ва ўтказишга доир ишлар бошланди. Маълумки, маҳалла институти ўзини ўзи бошқариш органи сифатида маълум бир ҳудуддаги ижтимоий-сиёсий, маданий, диний ва бошқа масалаларда мустақил иш олиб борувчи ижтимоий тузилмадир.
Ўзбекистон Республикасининг “Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) сайлови тўғрисида”ги Қонунига мувофиқ, ҳар бир фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари — маҳалла ва овул фуқаролар йиғинларида фуқаролар йиғини раиси сайланади. Мазкур Қонунга мувофиқ, фуқаролар йиғини раисини (оқсоқолини) сайлаш ҳуқуқига сайлов куни ўн саккиз ёшга тўлган ҳамда ҳудудда доимий яшовчи фуқаролар эга бўлади.
Маҳалла раислигига кимлар сайланиши мумкин?
Қонунчиликка кўра фуқаролар йиғини раиси лавозимига номзодлар:
Ўзбекистон фуқароси бўлиши;
қоида тариқасида, олий маълумотга эга бўлиши;
бевосита сайловга қадар камида 5 йил тегишли ҳудудда доимий яшаётган бўлиши;
етакчилик ва ташкилотчилик қобилиятига, давлат органларида ёки нодавлат нотижорат ташкилотларида ёхуд тадбиркорлик ва бошқа хўжалик фаолияти соҳасида иш тажрибасига, шунингдек ҳаётий тажрибага ва аҳоли ўртасида обрў-эътиборга эга бўлиши керак,
Қуйидагилар номзод этиб кўрсатилиши мумкин эмас:
суд томонидан муомалага лаёқатсиз деб топилган шахслар;
оғир ёхуд ўта оғир жиноятларни содир этганлик учун судланганлик ҳолати тугалланмаган ёки судланганлиги олиб ташланмаган шахслар;
суднинг ҳукми билан озодликдан маҳрум этиш жойларида сақланаётган шахслар;
ҳақиқий ҳарбий хизматдаги шахслар;
диний ташкилотларнинг профессионал хизматчилари.
Тегишли қонунларга фуқаролар йиғини раиси ваколатлари муддатини узайтиришга доир ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга кўра, эндиликда маҳалла раислари ваколатлари муддати 3 йилдан 5 йилга узайтирилади. Шунингдек, бўшаб қолган ўринларга ҳам фуқаролар йиғинлари раислари 5 йил муддатга сайланади.
Дарвоқе, Учқудуқ туманида 14 та маҳалла ва овул фуқаролар йиғини фаолият олиб боради. Май ойида бўлиб ўтадиган маҳалла ва овул фуқаролар йиғини раиси ва оқсоқоли сайловида ўзини маҳалла, овул ва туман ҳаётига дахлдор деб, билган ҳар бир учқудуқликни фаол иштирок этишга чақираман!.
Улуғбек ТЎРАЕВ,
туман адлия бўлими бошлиғи.
Шимолий кон бошқармасининг "Шарқий" очиқ усулда қазиб олиш кони мустақил Ўзбекистон тарихидаги дастлабки конлардан бири ҳисобланади. 1991-2008 йиллар оралиғида “Кокпатас” конларидаги мавжуд 67 та карьерда асосан оксидланган олтин маъдани қазиб олинган.
Учқудуқ кон заҳираларининг 15-20 фоизи оксидли, 80-85 фоизи эса сульфидли маъданлардан ташкил топганлиги сабаб, 2008 йилдан 3-ГМЗда оксидлаш технологияси жорий этилди. Заводнинг сульфидли маъданни қайта ишлашга ўтиши муносабати билан корхона конларида сульфидли маъдан қазиб олиш ишлари бошланди.
Ҳозирги кунда "Шарқий" конида тоғ-кон ишлари ““Кокпатас” ва “Даугизтау” конларидан олтинли сульфидли маъдан қазиб олиш каръерларининг 3-босқичи” ишчи лойиҳаси доирасида амалга оширилмоқда. Босқичма-босқич 27 та сульфидли карьерларда тоғ-кон ишлари олиб борилади.
Ана шундай ишларни амалга ошириш учун эса кон техникаларига бўлган талаб ошади. “НКМК” АЖда эса бу борада тизимли ва режали ишлар амалга оширилмоқда. Дунё саноатида кон техникалари ишлаб чиқарувчилар билан йўлга қўйилган алоқалар энг замонавий кон техникаларини сотиб олиш имконини бермоқда.
2025 йилнинг биринчи чорагида 2 дона гидравлик PowerROCD60 бурғилаш ускунаси, 1 дона гидравлик Liebherr R9100 B экскаватор, 1 дона WK 10C электр энергиясида ишлайдиган экскаватор олиб келинди. 10 га яқин юк кўтариш қобилияти 91 тн. бўлган KomatsuHD785 автоағдаргичлари ишга туширилди.
Эътиборлиси, бу йил кон масофалари кенгайди. ШКБ раҳбарияти буйруғи билан 2025 йил 1 февралдан бошлаб, “Торбай” оксидли маъдан кони “Шарқий” кони таркибига киритилди. Натижада техникалар сони 50 фоиздан ошиб, экскаваторлар сони 34 донага, бурғилаш ускуналари сони 36 донага етказилди.
Ана шундай қудратли техникалар билан “Шарқий” кони жамоаси бу йилги маррани улкан олмоқда. Яъни, 3-ГМЗ га сульфидли маъданларни юклаш режаси 5,3 млн. тоннага 5-ГМЗ га оксидли маъданларни юклаш вазифаси эса 4,0 млн. тоннага ошириш мақсад қилинган.
Рақамлардан кўриниб турибди-ки, НКМК сингари гигант корхона тасарруфидаги заводлар кечаю кундуз ишлайди ва мамлакат иқтисодиётининг юксалишига улкан улуш қўшади, албатта!.
Лайло КАРИМОВА
Баъзан тақдир инсонни кутилмаган йўлларга етаклайди. Юракка яқин бўлган касб бошқаси билан алмашади, орзулар эса ўзгача шаклда рўёбга чиқади. Аммо муҳими – инсон ўз йўлини топиши, унга меҳр қўйиши. Мақоламиз қаҳрамони Дилшода Холмурадованинг ҳаёт йўлларига назар соларканмиз, тақдир чизиқлари тўғри бошлангани бу эса бугунги натижаларга пойдевор бўлганини англаш мумкин.
1984 йилда Пастдарғом туманида шифокорлар оиласида туғилган Дилшоданинг юрагида болалигидан тиббиётга меҳр ўзгача эди. Онаси ҳамшира, отаси шифокор. Табиийки, у ҳам оилавий касбни давом эттиришни хоҳларди. Мактабда кимё ва биология фанларидан энг юқори натижаларни қайд этиб борган қаҳрамонимиз муҳим танлов қаршисида иккиланиб қолди. Отаси Дилшоданинг шифокорлик машаққатларидан йироқ бўлишини истарди. У эса отасининг истагига қарши бормади ҳужжатларини педагогика институтининг кимё йўналишига топширди.
2005 йилда олийгоҳни тугатгач, ҳарбий йигит Бегали Аллаёров билан оила қурди. Турмуш йўллари уни узоқ Учқудуқ томонларга етаклади. 2005-2008 йилларда 18-мактабда кимё фани ўқитувчиси бўлиб ишлади. 2012 йилда ўзини билимини синаб кўриш қарорини қабул қилган Дилшода 3-сонли гидрометаллургия заводи марказий лабораториясига ҳужжат топширди.
Лабораторияга ишга кирган илк кунларидаёқ у кимёни фақат китоб ёки формулалардан эмас, амалда севиб ўрганиш кераклигини англаб етди. Ойгул Даминова, Қундуз Ражабова, Марита Ментурова ва марҳума Дилфуза Шарафиддинова каби устозлардан сабоқ олди. Назарий билимларини амалиёт билан мустаҳкамлади. Соҳани пухта ўзлаштирди. Аввалига оддий лаборант бўлиб ишлаган қаҳрамонимиз изланишлари ортидан бугун муҳандис-кимёгар даражасига эришди.
-Ишлаб чиқаришнинг мураккаб лабораториялик жараёнларида мен ҳали ҳам ўзимни педагогман, деб ҳисоблайман. Чунки, Дилдора Эшназарова, Роза Нахалбоева ва Ирода Зиятова сингари ёшларни тарбияладим. Бугун шогирдларим билан бир мақсад йўлида бир сафда елкама-елка бўлиб ишлаяпман, деди марказий лаборатория муҳандис-кимёгари Дилшода Холмурадова.
Турмуш ўртоғи Шарқий конида ишлайди. Оилада бир қиз икки ўғил камолга етмоқда. Қизи Шаббона пианино чалишга меҳр қўйиб, санъат йўналишида ўқишни давом эттирмоқчи. Ўғли Дамир эса онасининг ушалмаган орзуларини рўёбга чиқаришни истайди – у бобоси ва тоғасидек шифокор бўлишни ният қилган. Дониёрбек эса 6 ёшда.
Дилшода Муҳиддиновна бугун тақдир измидан бориб, ўз йўлини топганидан мамнун. Баъзан инсон орзулари ўзгача йўллар билан амалга ошади, лекин энг асосийси – ўз ишини севиш ва унга садоқат билан ёндашиш. Бунга қаҳрамонимиз ҳаётидаги тақдир чизиқлари мисол бўла олади.
More...
Кўп ҳолларда инсон туғилган жойидан йироқда ҳаёт йўлини топади, аммо вақт ўтиб шу юрт унинг ҳақиқий ватанига айланади. Алишер Абдиев учун ҳам Учқудуқ оддий манзил бўлибгина қолмай, ҳаётининг ажралмас қисмига айланди.
1974 йилда Самарқанд шаҳрида туғилган. Ички ишлар тизимида ишлайдиган отасининг хизмат фаолияти туфайли 1973 йилдан буён бу оила Учқудуқда яшаб келмоқда. Онаси ҳам узоқ йиллар Зарафшон қурилиш бошқармасида ишлаган.
Тақдири Учқудуқ билан боғлиқ бўлган қаҳрамонимиз Самарқандда туғилиб, Учқудуқда улғайди. Келажагини шу жой билан боғлади. 4 ва 9- мактабларда рус тилида таълим олди. Техник билимларга бўлган қизиқиши уни саноатга ихтисослашган билим юртига ўқишга етаклади. Техникумда аппаратчи-гидрометаллург мутахассислиги бўйича таълим олди.
Иш фаолиятини 1993 йилда 3-сонги гидрометаллургия заводида бошлади. Сорбция, регенарация ва тайёр маҳсулотлар цехида иш бошлаган қаҳрамонимиз кўз ўнгида бутун бир корхона қад ростлади. Завод пойдеворидан то қурилишнинг биринчи босқичи якунланиб, фойдаланишга топширишгача бўлган тарихий жараёнларга гувоҳ бўлди.
-Дунё саноатида анологи кўпам учрайвермайдиган заводга тамал тоши қўйилишида ва ривожланиш босқичларида иштирок этганимдан фахрланаман, - дейди биз билан суҳбатда Алишер Абдиев.
Учқудуқдаги йиллар, меҳнат ва фидойилик уни янги билим ва тажрибаларни эгаллашга рағбатлантирди. 1998 йилда марказий лаборатория бошлиғи Клара Сулайманова ва намуна таҳлил - гуруҳи бошлиғи Елена Зеленина унинг салоҳиятини илғаб, сафларига ишга таклиф қилишди. Муҳандис-кимёгар бўлиб ишлади. Ҳозирда намуна - таҳлил гуруҳида эритувчи.
Турмуш ўртоғи Сайёҳат Раҳмонова билан ўғли Умиджонни тарбиялаб, элга қўшган. Мақола аввалида таъкидланганидек, Абдиев Алишер Очилович учун Учқудуқ оддий яшаш жойи эмас – бу ҳаётининг ўзаги, тақдир туҳфаси, ватан ичра кичкина ватани унинг!.
Инсон тақдири олов ичида тобланган пўлат мисоли мустаҳкам бўлади. Ҳаётнинг синовлари, меҳнатнинг шижоати ва сабрнинг кучи уни ҳақиқий устозлар қўлида чархланган маҳоратли мутахассисга айлантиради. Шундай йўлни босиб ўтаёган умидли ёшлардан бири Маъруфжон Ҳайдаров.
1997 йилда Нурота туманида туғилган Маъруфжон оддий деҳқон оиласида камтарона ҳаёт кечирди. Отаси чорвачилик билан шуғулланган, онаси эса уй бекаси эди. У болалигидан меҳнатни севди, ҳаётнинг оддий ҳақиқатларини эрта англаб етди. Нуротада касб-ҳунар коллежини тамомлагач, тақдир уни Навоий давлат кончилик ва технологиялар университети томон етаклади. Олийгоҳни 2021 йилда тугатди. ГМЗ-3 марказий лабораториясида оксидлаш аппаратчиси бўлиб иш бошлади.
Дастлаб, иш жараёнлари унга бироз мураккабдек туюлди. Аммо, устозлари Сундет Усмонов ва Ҳасан Каримов унга амалий тажриба сирларини ўргатишган бўлса, Ўктам Қобилов ва Ойбек Раҳматов каби устозлари назарий билимларини мустаҳкамлашига кўмаклашди. Ўз устида тинимсиз ишлаган Маъруфжон 2023 йилда муҳандис-технолог лавозимига тайинланди.
-Қўлимда йўлланма билан келганимда барчаси нотаниш эди. Нотаниш шаҳар, нотаниш одамлар... Ота-онамни соғиниб, аввалига ҳар ой уйга боришни истардим, кейин эса уч ойда бир марта бориб келардим. Ишдан кетмоқчи бўлган пайтларим ҳам бўлди. Лекин ота-онамнинг устозларимнинг сабрли бўл, деган насиҳатлари мени тоблади, – дейди Маъруфжон Ҳайдаров.
Металл қандай оловда пишса, инсон ҳам ҳаёт синовларида чиниқади. Энг муҳими – сабр ва фидойилик билан ҳаракат қилиш!. Маъруфжон Ҳайдаров ҳам ўзининг фидоий меҳнати билан тинимсиз изланишда бўлаётган кўплаб ёш мутахассислардан бири.
Rangtasvir
Rangtasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Unga asosan bo’yoqlar - moyli bo’yoq, akvarel, guash, tempera shuningdek, rangli qalamlar, ko’mir, qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarakterlidir.
Rangtasvir asarlari qog’oz, mato, karton, devor, oyna, yog’och kabi tekis yuzalarga ishlanadi. Rangtasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qandy rangtasvir ishda avval uni rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, yorug’soya, rang asosiy o’rinni egallaydi. Rangtasvir asarlari bajarilishi texnikasi jihatdan turli-tuman bo’ladi. Ular moybo’yoq, tempera, freska, mozayka, vitraj, akvarel, guash, pastel hisoblanadilar. Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud: 1. Dastgohli rangtasvir. 2. Monumental rangtasvir. 3. Miniatyura rangtasviri. 4. Dekorativ rangtasvir. 5. Teatrdekorativ rangtasviri.
Dastgohli rangtasvir deganda rassomlarning maxsus asbob-dastgoh (molbert) yordamida ishlaydigan suvratlari tushuniladi. Dastgohli rangtasvir asarlari uncha katta bo’lmagan o’lchovda yuqorida qayd qilib o’tilganidek mato, karton, oyna, faner kabi tekis yuzali materiallarga moybo’yoq, akvarel, guash, tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi. Bunda ko’pincha moybo’yoq qo’llaniladi.
Monumental rangtasvir atamasi monumental (maxobatli), ya’ni katta o’lchovdagi, rangtasvir ma’nosini anglatadi va u ko’pincha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi.
Monumental rangtasvir asarlarining freska, mozaika, vitraj, panno kabi turlari mavjud.
Freskalar asosan bino devorlariga, pannolar esa matolarga bo’yoqlar bilan ishlanadi.
Mozaika- turli tabiiy va tashlandiq materiallar-rangli oyna parchalari, toshlar, sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi.
Vitraj esa binolarning derazalari, eshiklari, oynalari ustiga bo’yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ko’rinadi.
Miniatyura (mo’’jaz) rangtasviri deganda bejirim, juda kichik, jaji, nozik san’at asarlari tushuniladi. Miniatyura rangtasviri o’rta asrlarda kitob bezagi bilan bog’liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bezak, zarxal xarf, illyustratsiyalardan iborat bo’lgan. Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movaraunnahrda katta shuhrat qozondi. Hozirda u mustaqil san’at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki quticha, nosqovoq kabilarni bezatishda ham qo’llanilmoqda. Shuningdek, u katta bo’lmagan o’lchovda mustaqil san’at asari sifatida ham tayyorlanmoqda.
Dekorativ rangtasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyat kasb etib, u binolarni ichki va tashqi devorlarni bezatishda qo’llaniladi. Ular panno shaklida shuningdek, quticha, padnis, sandiq, shkaflarni bezatishda qo’l keladi. Bino ichini bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar, namoyon kabi mayda elementlar ham dekorativ rangtasvirga kiradi.
Teatr bezagi o’z ichiga spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, butaforlar bilan bog’liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib, spektakl mazmunini tomoshabin tomonidan keng va chuqurroq anglab etishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnadagi yorug’lantirish va ranglarni xisobga olib tasvirilaydilar. Spektakl bezaklari voqea sodir bo’layotgan joy, davr, muxit yuzasidan tomoshabin tasavvurlarini kuchaytiradi, uni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi.
Tasviriy san’at nazariyasi va amaliyotida akademik rangtasvir iborasi ham ishlatiladi. Akademik rangtasvir asosan o’quv jarayonida foydalanalidigan ko’rgazmali rangtasvir ishlarini nazarda tutadi.
Haykaltaroshlik
Xaykaltaroshlik rangtasvir kabi hayotiy voqea va xodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi va materiallar yordamida ifodalaydi. Xaykaltaroshlikda tosh, metal, gips, yog’och, vosk (mo’m), sim kabi materiallar keng qo’llaniladi. Xaykaltaroshlik asarlari kesish, yopishtirish, ulash va o’yish, quyish orqali bajariladi.
Xaykalarni ikki turi mavjud bo’lib, birinchisi to’liq yumaloq haykallar ikkinchisi relefli haykallardir. Yumaloq haykallarni har tomondan ko’rishi mumkin bo’lsa, relefni faqat bir tomondan, ya’ni oldindan ko’riladi. Releflar tekislik ustiga ishlanib, qisman bo’rtib chiqqan bo’ladi
Relefni ikki xili bo’ladi: 1. Barelefda tasvirning qalinligi yarmidan kam bo’rtib chiqqan bo’ladi. 2. Gorelefda esa tasvir uning qalinligining yarmidan ko’prog’i bo’rtib chiqqan bo’ladi.
Xaykaltaroshlikda ma’lum miqdorda rang ham qo’llaniladi. So’nggi yillarda mo’m (vosk) haykallar ishlay boshlandi. Bunda rangli mo’mlardan to’liq foydalanilmoqda. Xaykallar shakl va mazmun jihatdan realistik, dekorativ va abstrakt yo’nalishlarda bo’ladi.
Realistik haykallarda odam, xayvon va boshqalar haqiqiy ko’rinishda tasvirlansa, dekorativ haykallarda ular stilizatsiyalashgan, ya’ni shakl, o’lchov, proportsiya va boshqa jihatdan ma’lum miqdorda o’zgartirilib ifodalanadi. Abstrakt haykallarda tasirlanuvchilar shakl, mazmun, o’lchov va boshqa jihatlardan movxumlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Xaykaltaroshlar o’z faoliyatlarida quyidagi asboblardan foydalanadilar: maxsus dastgoh, bolg’a, stek, bolta, tsirkul, iskana v.b. Iskanalarning to’g’ri burchakli, uchburchakli, trapetsiya burchakli, yoysimon chuqur shakl beruvchi turlari bo’ladi. Shuningdek, haykal loyi ustidagi ortitsia qismini tortib olish uchun qattiq simdan tayyorlangan doira, ellips, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya shaklidagi sidirg’ichlar qo’llanilaadi. Shuni ham qayd qilish lozimki, iskanalar turli o’lchovda, tuzilishda va shaklda bo’ladilar
Xaykaltaroshlikning dastgohli, monumental, yodgorlik (me’morial), dekorativ va monumental-dekorativ turlari mavjud.
Dastgohli haykaltaroshlik iborasi haykallarni maxsus asbob (dastgoh)ga o’rnatib ishlanganligidan kelib chiqqan. Bunday haykallar mustaqil amaliy ahamiyat kasb, ular jamoat binolari va uy-joylarning ichki qismi, shuningdek, istiroxat bog’lari, muzey va ko’rgazma zallari uchun mo’ljallab yaratiladi.
Dastgohli haykallarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri, ularni tasvirlanayotgan narsalarni haqiqiy o’lchovida yoki undan kichik bo’lishligidadir.
Dastgohli haykaltaroshlik asarlari yaqindan ko’rishga mo’ljallangan bo’lib, unda portret asosiy o’rnini egallaydi. Kishilar obrazni kalla qismini o’zi tasvirlanganda uni byust deyiladi. Agarda uni bo’yi-basti bilan tasvirlansa uni figurali portret deb yuritiladi. Shuningdek, yarim figurali portretlar ham bo’ladi.
Monumental haykaltaroshlik iborasi monumental, ya’ni yirik, maxobatli haykal ma’nosini anglatadi. Ular maydon va ko’chalarga keng xalq ommasi uchun mo’ljallab o’rnatiladi. Bunday haykallar tarixiy voqealar yoki alohida mashxur shaxslarni nomlarini abadiiylashtirish maqsadida o’rnatiladi. Monumental haykallar uzoqdan ko’rishga mo’ljallangan bo’lib umumlashtirilgan tarzda atrof-muhit bilan bog’liq holda yaratiladi. Monumental haykaltaroshlikning ko’rinishlaridan biri monumental-dekorativ haykaltaroshlikdir. Ular monumental haykaltaroshlik asarlari kabi keng halq ommasi uchun mo’ljallangan bo’lib ko’proq bezak vazifasini bajaradi.
Monumental-dekorativ haykallar ko’cha va maydonlarni, bino va istirohat bog’larini, fontanlarni bezatishda ishlatiladi.
Ular odam, xayvon, baliq, qush tasvirida aks ettiriladi. Bunday xaykallar yirik o’lchovda bo’lganligi sababli, ularni uzoqdan ko’rishga mo’ljallab yaratiladi. Bunday haykallarni umumiy o’lchovi va xajmi uning proportsiyalari aniq va ifodali qilib tevarak-atrof, tabiat va binolarga moslab va bog’lab ishlanadi.
Monumental-dekorativ haykallar mahobatli bo’lsada ular ham to’liq xajmli va relefli qilib ishlanishi mumkin.
Plastik haykaltaroshlik-haykaltaroshlikning bir turi sifatida monumental haykallarda, yodgorlik haykallarda, shuningdek binolarning ichki va tashqi bezak ishlarida ishlatiladi. Ular o’lchov jihatdan mayda bo’lib, mustaqil amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Maxsus loydan ishlanadigan kichik o’lchovdagi o’yinchoq haykalchalar ham plastik dekorativ haykallar hisoblanadi.
Sanoyeva Sarvinoz Ne'matullayevna
Uchquduq tuman 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi
chizmachilik va tasviriy san'at fani
oliy toifali o'qituvchisi,
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablariga yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda maktablarda mavjud yog‘och materiallarning yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy tarkib bilan ishlov berish xizmati uchun 72,0 mln so‘m mablag‘ evaziga yuqorida keltirilgan xizmatlarni amalga oshirish bo'yicha tanlov e'lon qilinadi.