Учкудук туман мактабгача ва мактаб таълим бўлимига қарашли ДМТТ тарбияланувчиларига 2024-2025 йиллар учун куз-киш мавсумида картошка, пиёз,сабзи, гуруч, маҳсулотлари сотиб олиш учун эълон берилмоқда
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-sentabr 176-son buyrugʻi bilan Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. . Budjet tashkilotlarida moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil etish;
- Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi respublikadagi budjet tashkilotlarida (tibbiyot muassasalari, barcha turdagi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalaridan tashqari) mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi. “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlarinining Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi miqdori mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida tashkil etiladi. Mazkur banddagi Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi boʻyicha belgilangan foiz miqdorlari alohida normativ-huquqiy hujjatlarda koʻrsatilgan budjet tashkilotlari uchun tatbiq etilmaydi.
- Mehnat haqi fondiga bazaviy tarif stavkasi, lavozim maoshi, mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti, alohida mehnat sharoitlari uchun toʻlov, uzoq yil xizmat qilgani uchun toʻlov, maxsus unvonlar uchun toʻlanadigan ustama, tuman koeffitsiyentlari uchun toʻlanadigan ustama, budjetdan ajratiladigan ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mukofot, bir oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam, shuningdek ijtimoiy soliq hisoblanadigan boshqa toʻlovlar kiradi.
- Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi budjet mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari, muassasaning xarajatlar smetasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining 41 11 100 “Asosiy ish haqi” moddasiga (toifa, modda, kichik modda va element) kiritish bilan shtatlar jadvalining “Xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi” alohida satrida ajratib koʻrsatilgan holda nazarda tutiladi.
- Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va oʻrnatilgan stavkalarda ijtimoiy soliq hisoblanadi. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan amalga oshirilgan toʻlovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanadi, shuningdek qonunchilikka muvofiq tegishli ushlanmalar ushlab qolinadi
Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan foydalanish;
- Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari budjet tashkilotlari xodimlari ish haqiga ustamalar belgilash va xodimlarni mukofotlashga yoʻnaltiriladi hamda rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida sarflanadi. Budjet tashkilotlarida shtat birliklari toʻldirilmaganligi hisobiga shakllangan moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondining mablagʻlari boʻshab qolgan mablagʻlar hisoblanmaydi. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan ustamalar belgilash yoki mukofotlash budjet tashkilotlari xodimlarining tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) nisbatan amalga oshiriladi.
- Budjet tashkilotlarida xizmat vazifalarini tashabbuskorlik va vijdonan bajargan yuqori malakali xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda ishda erishgan yutuqlari uchun tarif stavkasi yoki lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) 50 foizidan oshmagan miqdorlarda shaxsiy ustamalar belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining boshqaruv xodimlari uchun ushbu ustamalarning eng yuqori miqdorlari chegaralanmaydi. Mazkur ustamalar rahbarga yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, boshqa xodimlarga muassasa yoki tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Budjet tashkilotining markaziy apparat xodimlariga ustamalar ushbu organning rahbari tomonidan belgilanadi. Budjet tashkilotlari rahbarini ustamasi yuqori turuvchi organ ruxsati bilan belgilanadi. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda, ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
- Xodimlarga mukofotlar toʻlash hisobot davri yakuni boʻyicha hamda yubiley va bayramlarda amalga oshiriladi. Mukofotlarning miqdori ishning umumiy natijalariga xodimning shaxsiy ulushiga qarab belgilanadi va mukofotning yuqori miqdorlari chegaralanmaydi. 8. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar barcha hollarda (taʼtil uchun toʻlov, pensiyani tayinlashda, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi va boshqalar) oʻrtacha ish haqini hisoblashda hisobga olinadi.
Hisob-kitob va hisobdorlik;
- Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi boʻyicha qilingan xarajatlar budjet tashkilotlarining alohida buxgalteriya hisobi registrlarida yuritiladi. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobotda Moddiy ragʻbatlantirish fondi hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifi boʻyicha asosiy ish haqi xarajatlari tarkibida aks ettiriladi.
- Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish budjet tashkilotlari rahbarlariga yuklatiladi.
- Mazkur nizomning qabul qilinishi bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.(ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr). 2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 19-martdagi 44-sonli buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-1, 2002-yil 26-mart 3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 20-yanvardagi 22- buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-2, 2004-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 6-son, 77-modda). 4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 30-apreldagi 45-sonli buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-3, 2007-yil 17-maydagi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2007-yil 19-20-son, 209-modda). 5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 20-dekabrdagi 109-sonli buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-4, 2008-yil 11-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 1-2-son, 9-modda) 6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 7-iyuldagi 64-sonli “i buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-5, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2015-yil 27-son, 363-modda). 7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 22-apreldagi 35- buyrugʻi (ro‘yxat raqami 6-16/1-5260/6, 2014-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2014-yil 18-son).
Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Shodiyeva Nafisa Minboy qizi
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
– O‘z xohishiga binoan;
– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
– Vafot etganligi sababli.
Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Uchquduq tumanidagi 7-sonli matematika fanidan chuqurlashtirib o`tiladigan umumiy o`rta ta`lim maktabida KUZ-QISH mavsumida yong`in xavfsizligini ta`minlash maqsadida, yuqori sinf o`quvchilari ishtirokida ShKB OYXTTEB inspektorlari hamda 6-YQQism shaxsiy tarkibi tomonidan “Chorshanba – Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong`inlar profilaktikasi kuni” tadbiri o`tkazildi.
Tadbirda profilaktika xodimlari o`quvchilarga favqulodda vaziyatlarni va yong`inlarning kelib chiqish sabablari, favqulodda vaziyat kelib chiqqanda harakatlanish tartibi, yong`inni o`chirishning birlamchi vositalari haqida to`liq ma`lumot berildi.
Shuningdek tadbirda yong`in o`cherish avtomobili va yong`inni o`chirishda foydalaniladigan jihozlarning taktik-texnik xususiyatlari batafsil ko`rgazmali namoish etildi. Tadbir yakunida o`quvchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
ShKBOYXTTEBo’limi P va NB katta inspektori kapitan
S.A.Baxodirov va kichik inspektori oddiy askar I.F.Qilichev
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalarko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala Sektorlar va tumandagi tashkilotlar rahbarlarining aholi muammolari hamda murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tuman Xalq qabulxonasi mudiri axboroti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi mudiri B.Axmedov Axborot berdi.
Ikkinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tuman Xalq qabulxonasi mudiri axboroti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi mudiri B.Axmedov Axborot berdi.
Uchinchi masala bo‘yicha Tumanda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularnining profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 2024-yil o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Tuman IIB boshlig‘i A.Radjapov hisobot berdi
Navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari N.Muratov hisobot berdi.
Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi hamda tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanadi.
Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy- ma’rifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlari, atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlari amalga oshiriladi.
Farmonda joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida:, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi. Bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkaziladi.
Keyingi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va roli keng yoritiladi.
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilgani ochib beriladi.
Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati keng targ‘ib qilinadi.
Konstitutsiya oyligi doirasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslari o‘tkaziladi.
Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: Shodiyeva Nafisa Minboy qizi
Xalqaro tavsiyalarga koʻra, aholini roʻyxatga olish quyidagi muhim tamoyillarga asoslanadi:
- Markazlashtirish.Aholini roʻyxatga olishni boshqarishning qatʻiy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli oʻtkazishning asosiy shartlaridan biridir.
- Aholini roʻyxatga olishning muntazamligi.BMT tavsiyalariga koʻra, aholini roʻyxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba oʻtkazilishi belgilangan.
- Aholini roʻyxatga olish maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan oʻtkazilishi.Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun koʻp miqdorda maxsus xodimlar yollanadi, ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.
- Aholini roʻyxatga olishni aniq bir muddatda oʻtkazish.Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini roʻyxatga olish bir necha kun davomida oʻtkazilsa ham, maʻlumotlar aniq bir vaqtda – koʻpincha aholini roʻyxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati boʻyicha qayd etiladi. Bu aholini roʻyxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.
Masalan, chaqaloq aholini roʻyxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tugʻilgan boʻlsa, u aholi roʻyxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot boʻlib, shundan keyin, yaʻni aholini roʻyxatga olish davrida vafot etsa, u aholi roʻyxatiga kiritiladi.
- Aholini roʻyxatga olishning belgilab qoʻyilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qatʻiy rioya qilgan holda oʻtkazish.Aholini roʻyxatga olish dasturi – roʻyxatga olishda muayyan talablarni hisobga olgan holda, aholiga murojaat qilinadigan savollar roʻyxatini, maʻlumotlarni qayd etish, toʻplash, qayta ishlash, yakuniy maʻlumotlarni eʻlon qilish tartiblarini oʻz ichiga oladi.
- Aholining toʻliq qamrab olinishi.Aholini roʻyxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta roʻyxatga olinishi hollari uchrasa ham, mavjud aholining roʻyxatdan joy olinishini taʻminlash asosiy vazifa hisoblanadi.
- Maʻlumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi.Aholini roʻyxatga olishda individual asosda har bir shaxs toʻgʻrisidagi yakka maʻlumotlar toʻplanadi. Shu bilan birga, respondentlardan olingan maʻlumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini roʻyxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
- Ixtiyoriylik.Shaxs toʻgʻrisidagi maʻlumotlar soʻralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qoʻyilgan.
Masalan, Buyuk Britaniyada 1920-yilda Qoʻshma Qirollikda aholini roʻyxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini roʻyxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xoʻjaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari roʻyxatga olinishi, aholini roʻyxatga olishni kim oʻtkazishi, soʻrov varaqalari qanday boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, aholini roʻyxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini roʻyxatga olish qoidalari koʻrsatilgan.
Buyuk Britaniyada har galgi aholini roʻyxatga olishdan taxminan bir yil avval bunga doir alohida qonun hujjati qabul qilinadi (bunda albatta 1920-yilgi qonun hujjatiga havola qilinadi). Bu qonunda aholini roʻyxatga olish uslubiga aniqlik kiritiladi, aholini roʻyxatga olish muddati va buning uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori belgilanadi. Buyuk Britaniyada aholini roʻyxatga olish har oʻn yilda, odatda, aprel oyida oʻtkaziladi. Bu sananing tanlanishi mamlakatda aholi oʻrtasida ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishi uchun ob-havo qulay boʻlishi bilan izohlanadi.
Firibgarlar tomonidan Telegram orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilot rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.
Firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan Telegram’da soxta akkaunt ochib, qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Bir ozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi.
Firibgarning, ya’ni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi.
Xabarga ko‘ra, buning oqibatida ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi mablag‘laridan ayrilib qolmoqda.
“Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib xabarni qayta tekshirib ko‘ring! Hurmatli fuqarolar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Т/Р | Ҳудудлар номи | Тушган маблағ | Жами кўрсатилган ёрдамлар миқдори (млн.сўм) |
Шундан | |||||||
Эҳтиёжманд оилалар | Темир дафтари | Аёллар дафтари | Ёшлар дафтари | ||||||||
оила сони | ажратилган маблағ (млн.сўм) | оила сони | ажратилган маблағ (млн.сўм) | аёл сони | ажратилган маблағ (млн.сўм) | ёшлар сони | ажратилган маблағ (млн.сўм) | ||||
Жами: | 156,0 | 36,7 | 28 | 36,7 | 0 | 0,0 | 0 | 0,0 | 0 | 0,0 | |
1 | Учқудуқ тумани | 156,0 | 36,7 | 28 | 36,7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
More...
Sotuvchi do‘konga kirgan xaridorlarga sermulozamat bo‘lsada, o‘rtadagi oynavand peshtaxta ichida turgan qimmatbaho qo‘l telefonni yarim soatdan buyon tomosha qilayotgan qizchadan ko‘zini uzmasdi. U goh burnini peshtaxta oynasiga tirab xo‘rsinsa, goh nimalarnidir pichirlar, gohida jilmayib, chappak chalib qo‘yardi.
“Birorta mijozning qizi bo‘lsa kerak” xayolidan o‘tdi uning. Ammo bu taxmini noto‘g‘ri ekan. Xaridorlarning hammasi do‘konni tark etganida ham, qizcha joyida turardi. Demak shunchaki daydib kirgan..
Bu yoshdagi bolalar ko‘chaga yolg‘iz chiqishmaydi. Ishqilib adashib qolmaganmikin? Balki uydan qochgandir.
Sotuvchi peshtaxtalarni aylanib o‘tishga erinib, uni oldiga chaqirdi.
- Qani, bu yoqqa kelchi.
Iymanibgina yaqinlashgan qizchaning ko‘zi hamon o‘sha telefonda edi.
-Yoshing nechchida?
- Oltida.
- Bir o‘zing nima qilib yuribsan?
Uning munchoq ko‘zlari javdiradi. Ammo darxol o‘zini qo‘lga olib dadil javob qaytardi.
- Men...Menga sovg‘a kerak. Shu telefonni sotib olmoqchiman.
Sotuvchi kulib yubordi. Qizcha tushmagur telefonning narxini ko‘rmagan shekilli.
- O‘x-xo‘! Buni qancha turishini bilasanmi?
Sotuvchi eng so‘nggi rusumdagi o‘sha telefonni peshtaxtadan olib, obdon maqtar ekan, qizchaning sabri chidamadi.
- Iltimos, shuni menga soting... Sota qoling iltimos! Yetmaganini keyin olib kelib beraman. Ishoning, aldab ketmayman.
Qizcha terlab ketgan kaftini ochdi. Unda bir nechta g‘ijimlangan ming so‘mlik va maydaroq pullar bor edi.
Sotuvchi xoxolab kuldi.
-Bu pulingga o‘yinchoq telefon ham bermaydiku!
Qizchaning mijjasida yosh qalqidi. Xafa bo‘lib, endi eshik tomon yo‘nalgan ham edi, xafsalasini pir qilgan sotuvchi amakining ovozi uni to‘xtatdi.
- Shoshma! Telefonni nima qilasan? A, tushundim! Senga yoqib qolgan. Yoki bugun kimningdir tavallud ayyomi, topdimmi?
-Yo‘q!-dedi qizcha, boshini ekkancha xo‘rsinib.
- Unda kimga sovg‘a qilmoqchisan?
-Akamga. Akam-chi, oyimga yordam berish uchun o‘qishdan keyin ishlaydi. Bu yil institutga kirdi. Shuning uchun sovg‘aga pul to‘plagandim. Hayitga berilgan pullarni ozginasigagina muzqaymoq olganman, yana qurut, pista... Qolgani shu. Sizga bitta gapni aytaymi?
-Ayt!
- Akamchi mening tug‘ilgan kunimga eng chiroyli qo‘g‘irchoqlarni olib beradi. Yana tort ham olib keladi. Hechkimga, hech qachon xafa qildirib qo‘ymagan. Oyligidanchi, chiroyli kiyimlar ham olib beradi. U, dunyodagi eng yaxshi aka!
Sotuvchi bidirlab turgan qizchani to‘xtatgisi kelmasdi, shunday bo‘lsada bo‘g‘zida turgan savol qanday chiqib ketganini bilmay qoldi:
-Dadang qayerda bolam? Dadang bormi?
Kulib turgan qizchaning kayfiyati buzildi. Yonog‘iga tushgan bir tomchi yoshni titroq kafti bilan sidirar ekan, yig‘lamsirab javob qaytardi:
-Dadam o‘lib qolganlar. Chaqaloqligimda....
-O‘lib qolganlar? Kechirasan qizim! Demak, akang senga ota mehrini ham berar ekanda.
- Ha. Bilasizmi, oyim ko‘p kasal bo‘ladilar. Hamma dorilarini ham akam olib beradi.
Sotuvchining ko‘zlariga yosh to‘ldi. Qizchaning qo‘lidagi pulini olib sanab olgach, boshini silab jilmaydi. So‘ng o‘sha qimmatbaho telefonni chiroyli yelim xaltaga solib qizchaga uzatdi.
-Mana qizim, sovg‘ani ol. Akangni mening nomimdan ham tabriklab qo‘y! Yaxshi o‘qisin xo‘pmi?
Qizcha bir sotuvchining kaftidagi g‘ijimlangan pullar, bir xozirgina o‘ziga tutqazilgan telefonga qarab olgach sekin pichirladi:
- Uni qimmat dedingizku!
-Adashdim. Shu pullaring yetar ekan.
-Rostdanmi?!
Jajji xaridor sakrab yubordi. U quloqlariga ham, ko‘zlariga ham ishonmasdi. Bir muddatdan so‘ng qayta - qayta rahmat aytgach, do‘kondan chopib chiqib ketdi.
Jilmaygancha kuzatib qolgan sotuvchining esa ko‘z o‘ngida o‘z bolaligi namoyon bo‘ldi. Ota-onasi bir kunda avtohalokat qurboni bo‘lishganida u shu qizchaning yoshida edi. Ikki singlisi, o‘zi va o‘n besh yoshdagi opasi izzillab qolishgani yodida. O‘shanda qarindosh-urug‘ bolalarni mehribonlik uyiga topshirishmoqchi bo‘lishgandi. Ammo opasi shu maqsadda uylariga kirib kelgan oqibatsiz qarindoshlarni ko‘chaga haydab soldi. Ukalariga o‘zi bosh-qosh bo‘lishini aytib, mushtdek boshi bilan ularni oq yuvib, oq tarab katta qildi. Afsus, umri qisqa ekan o‘ttizga kirmay buyrak xastaligi tufayli vafot etdi. Agar hayot bo‘lganidami...
Bir soatdan so‘ng peshtaxta yonida yana o‘sha qizcha turardi. Faqat yonida boyagi chiroyli yelim xaltani ushlagan ozg‘ingina, rangpar yigit ham bor edi. "Dunyodagi eng zo‘r aka shu ekanda!" Xayolidan o‘tdi uning.
U sovg‘ani sotuvchiga uzatdi.
-Kechirasiz, mana buni qaytarib oling va singlimni kechiring. U o‘g‘irlik qilmasdi.
Sotuvchi yigitchaga razm soldi. Yoshiga nisbatan ulg‘ayib qolgan akaning nigohida, ota mehri bilan birga , uning ma’suliyati ham jo bo‘lgandi.
- Singling o‘g‘ri emas!
Yigitcha javdirab turgan singlisiga qarab qo‘ygach, sotuvchiga yuzlandi:
- Telefonni sotib oldim deyapti, ammo uning narxini yaxshi bilaman. Iltimos, uni ayblamang. Bir gap bo‘lsa onam ko‘tara olmaydi.
Sotuvchi uni gapirtirgani qo‘ymay, o‘ziga uzatilgan qimmatbaho sovg‘ani egasiga qaytardi.
-Nimaga unday qilyapsiz? Pulini to‘lay olmaymanku!
Sotuvchi uning yelkasiga qoqib, kulimsiradi:
- Telefonni pulini o‘zing allaqachon to‘lab qo‘yibsanku bolam. Singling yetmaganini qo‘shdi xolos.
- Tushunmadim?!
- Sen berayotgan mehr bu arzimas matohdan ancha qimmat turadi. Muborak bo‘lsin! Mazza qilib ishlat!
Sotuvchi jovdirab turgan yigitchani o‘qishga kirgani munosabati bilan tabriklar, do‘konga kirib kelgan xaridorlarga esa e’tibor ham bermasdi. Shu lahzalarda ko‘z o‘ngida yana bolaligi namoyon bo‘ldi. Jamalak sochlariga piliklari yarashgan o‘n besh yoshli mushtipari unga jilmayib turardi...
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlarga o‘tkaziladigan saylovlar ham mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim siyosiy jarayonlardan biri bo‘lib, ushbu saylovlar xalqimizning o‘z xohish irodasini ifodalash imkonini beradigan, ularning fuqaro sifatidagi burchlarini qay darajada anglab yetishlarini, o‘z mamlakatlari hayotiga nechog‘li daxldor ekanliklarini belgilaydigan, o‘z konstitusion huquqlaridan qanday foydalanishlarini ko‘rsatib beradigan siyosiy tadbir sifatida alohida ahamiyatga ega.
Bu yilgi saylov o‘zida amaldagi mojaritar va proporsional saylov tizimlarining eng ilg‘or tamoyillarini mujassam etgan holda bir-birini to‘ldiradi. Endilikda saylovchi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovda ikkita byulleten orqali ovoz beradi. Bunda fuqaro birinchisida aniq bir nomzodga ovoz bersa, ikkinchisida o‘zi ishongan partiyani belgilashi zarur bo‘ladi. Shuningdek, ilgari deputatlikka nomzodlar orasida ayollar kamida 30 foiz bo‘lishi kerak degan gender kvotasi, endilikda 40 foizgacha ko‘tarilganligi, siyosiy partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda esa kamida beshta nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozimligi kabi talablar yangi saylov tizimidagi o‘zgarishlarda o‘z aksini topgan.
Har bir fuqaroning saylovlarga kelib o‘z tanlovini amalga oshirishi ularning davlat va jamiyat rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari uchun berilgan eng yaxshi imkoniyatdir. Shu munosabat bilan Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 1 ta okrug saylov komissiyasi tomonidan 26 ta saylov uchastkasi tuzilib, uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Saylov uchastkalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi, ovoz berishni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ovoz berish kabinalari, stasionar va ko‘chma saylov qutilari, deputatlikka nomzodlarning targ‘ibot plakatlari va boshqa vositalar har bir saylov uchaskasiga yetkazib berilgan.
Uchquduqliklarning 24895 nafari saylov jarayonlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 204 nafarini ilk bor saylov jarayonida ishtirok etadigan yoshlarni tashkil etmoqda.
27 oktyabrda «Mening tanlovim – obod Vatanim» shiori ostida o‘tkazilidan saylovlarda faol ishtirok etishga chaqiraman!.
Bekzod QODIROV,
Uchquduq tuman saylov komissiyasi raisi.
Salomatlik — boylikning boshi. Shuning uchun ham mamlakatimizda xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaralmoqda.
Jumladan, Uchquduq tumanida ham tibbiyot tizimini rivojlantirishga oid amaliy ishlar odamlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta – oilaviy shifokorlik punkti va 1 ta oilaviy poliklinika tomonidan 37 495 nafar aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. «Tashabbusli byudjet» loyihasining joriy yil birinchi mavsumi g‘oliblari safida bo‘lgan loyihalaridan biri, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi moddiy texnik ba’zasini yaxshilash taklifi edi. Taklif uchquduqliklar tomonidan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanib, loyiha doirasida ajratilgan 745 mln. so‘m mablag‘ hisobidan bipolyar uchlik va pinsetli elektrokoagulyator to‘plami, katta jarrohlik to‘plami, jarrohlik stoli, amaliyotxona yoritgich reflektorlari, kardiomonitorlar hamda respublikamiz shifoxonalarida sanoqli hisoblangan laparoskop apparati xarid qilindi. Qulquduq va Mingbuloq ovul shifokorlik punktlariga quyosh panellari o‘rnatildi.
Ushbu tibbiy jihozlarning yo‘qligi bois har yili 150-200 nafarga yaqin bemor shifo istab viloyat respublika markazlariga borishiga to‘g‘ri kelardi. Endilikda viloyatning olis hududi bo‘lmish Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida ham yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini amalga oshirish imkoni yaratildi.
Hozirda viloyatda malaka oshirib qaytgan jarrohlar tibbiyot xodimlari mazkur yo‘nalishdagi jarrohlik amaliyotini mustaqil ravishda o‘tkazmoqdalar. Ya’ni, bemorlarda o‘t qopi va tuxumdon kistasini olish, appendisit, jigar, qorin bo‘shlig‘i a’zolarida o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari, ixtiyoriy jarrohlik kontrasepsiya amaliyotlarini kosmetik jihatdan tanada iz qoldirmasdan ortiqcha qon yo‘qotishlarni oldini olgan holda o‘tkazish mumkin. E’tiborlisi, operatsiyadan bir kun o‘tib bemorda sog‘lom harakatlanish ko‘nikmasi ham shakllanadi.
“Tashabbusli byudjet” ning ikkinchi mavsumida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qaydxonasini kengaytirish ko‘zda tutilgan loyiha eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘ldi. Endilikda 500 mln. so‘m mablag‘ sarflanib, amalga oshiriladigan ushbu loyiha uchquduqliklar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz!
Yana bir muhim jihat, muassasada dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi yildan-yilga ortib borayotgani bo‘lib, joriy yil 9 oyi davomida 120 turdagi dori-darmon, stomatologik ashyolar va tibbiy vositalar 703 618 000 so‘mnga xarid qilingan. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati moddiy - texnik bazasini takomillashtirishga qaratilgan izchil ishlar davom ettirib, ovullardagi 7 ta oilaviy shifokorlik punktiga 7 ta monablok berilgan. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kompyuterlar jamlamasi bilan ta’minlangan.
Darvoqe, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir, bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan inson uning sog‘lig‘i va turmush darajasiga berilayotgan e’tibor va shu yo‘ldagi sa’y-harakatlarni barchamiz ko‘rib-bilib, o‘z hayotimizda his qilib turibmiz. Zero, xalq salomatligi, onalar va bolalar sog‘ligini mustahkamligi davlatimizning katta boyligi sanaladi.
Rayhon QODIROVA, maxsus muxbirimiz.
Qaynona kim, u qanday bo‘lishi kerak?! U oliy, o‘rta maxsus yoki o‘rta ma’lumotlarga ajratiladimi keling azizlar bugun shular haqida hayotiy voqealar misolida o‘rtoqlashamiz.
Qaynona farzandlar uchun munis va moʻtabar, mehribon, shirinso‘z, qalbi daryo, cheksiz muhabbat sohibi bo‘lgan onajonimizdir. Farzandlarimizni jufti haloli bo‘lgan kelinlar va kuyovlarimiz uchun esa sevimli oyijonlarmiz.
Qaynona - farzandlarini baxtli hayot qurishlari va ularni chiroyli yashashlari uchun o‘qituvchi sanaladi. Qaynona ona sifatida kelinini yangi ro‘zg‘orga o‘rganib, shu xonadonga moslashishiga ko‘maklashishi kerak. Uyida onasidan o‘rganganlari ayrim qaynonalarni qoniqtirmasa darrov janjal ko‘tarish kerak emas, kelin ham birovning ko‘zini oqu-qorasi. Qaynonajonlar kelinni qizingizday qabul qiling, shunda o‘g‘lingiz bilan baxtli hayot kechiradi. Agar biz qaynonalar kelinni har tomonlama qiyin vaziyatga qo‘ysak o‘g‘llarimizni qiynab qo‘yamiz. Keliningiz ishlasa oylik ish haqini so‘ramang. Kelinni oylik ish haqini na qaynona na qayinota so‘rashga haqqi yo‘q. Agar kelin oylik ish haqini o‘zi beminnat olib kelib bersa boshqa gap. Tarbiyali kelinlar buni bilishadi.
Aziz onajonlar kelin olgach o‘zingizdan qattiqqo‘l, badjahl qaynona yasab olmang. Qaynonalar uchun maxsus diplom yoki sertifikat berilmagan. Shunday qaynona bo‘lingki kelinlar va quda - andalar siz haqingizda faqat va faqat eng yaxshi maqtovlarni aytib yursin. Mol-mulk, kiyim kechaklar, deb bir - biringizni dilingizni og‘ritmang. Ularni hammasi o‘tkinchi buyum. Undan ko‘ra insonga beriladigan bir martalik umrdan oqilana foydalanib, farzandlar, nabiralar qurshovida mazza qilib yashashga nima yetsin.
Aziz onajonlar o‘g‘lingiz yoki qizingiz turmush qurishda birortasini yoqtirib qolgan bo‘lsa ularni yaxshilab eshitib, ko‘ngliga quloq solib ko‘ring. Yoqtirganini boy yoki kambag‘al, chiroyli yoki xunuk, deb toifalarga ajratmang. Agar shunday qilsangiz farzandingizni dilini, qalbini o‘z qo‘lingiz bilan sindirib qo‘ygan bo‘lasiz. O‘g‘lingizni kelindan hech qachon qizg‘anmang, agar o‘g‘lingiz tarbiyali bo‘lsa xotinini ham onasini ham hafa qilmaydi. "O‘g‘il tug‘sang uylanguncha o‘g‘il, qiz tug‘sang o‘lganingdan keyin ham qiz" degan hikmatli maqolni unutmaylik.
Aziz qaynona va qaynotalar kelin sizga yoqishi shart emas, avvalo o‘g‘lingizga yoqish kerak. Agar siz o‘g‘ingizni majburlab yoqtirmaganiga uylantirsangiz albatta muammo kelib chiqishi mumkin. Olgan kelin oilaga ko‘nikishi mumkin, lekin kuyov bo‘lmish o‘g‘lingizga qiyin.
Kelinjonlar sizlarga aytadiganlarimiz har kuni ertaroq turing. Yosh bolangiz bo‘lsa asosiy ishlarni kechki payt yoki bolangiz uxlaganda qiling. Xona va hovlini ayniqsa oshxona hojatxonani toza tuting. Oila a’zolaringizni shirin taomlar bilan siylang. Hech qachon isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymang. Telefonda kamroq gaplashing begonalarga turmush o‘rtog‘ingiz va oila a’zolaringiz haqida oila sirlarini aytmang. Labbay, hozir, kechirasiz kabi so‘zlarni yodingizdan chiqarmang. Turmush o‘rtog‘ingizni hech qachon opa-singillaridan qizg‘anmang, chunki ular aka-ukalari uchun jannat eshiklarini ochuvchilardir.
Agar yozganlarimga amal qilinsa qaynona va kelin munosabatlari, oilaviy janjallar ajrimlar soni kamayarmidi.
Ozoda ERGASHOVA,
"Uchquduq" HB oila va xotin-qizlarni qo‘llab - quvvatlash kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, “Oqila ayollar” harakati faoli.