LOTIN-КИРИЛЛ

Sifatli Kaolin MChJ томонидан лаборатория йўналишини тамомлаган мутахассисларни ишга қабул қилиш учун ҳужжатлар руйхати шакиллантирилмоқда Мазкур хужжатлар туман Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиши бўлими томонидан умумлаштирилмоқда. Маълумот учун туман КҚва БКБ ходимининг телефон рақами +99894-657-00-26 Эргашев Элбек

 

            Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi (QKGI) kanalar orqali transmissiv yo‘l bilan yuqadigan, tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallikni virus qo‘zg‘atadi. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda uchraydigan iksod kanalari ushbu kasallik virusining saqlovchisi va tashuvchilari hisoblanadi. Bu tashuvchilar esa cho‘l hududlarida ko‘plab uchraydi. 

Kasallik asosan, faoliyati cho‘l hududlari, ya’ni tabiiy o‘choqlar bilan bog‘liq bo‘lgan kasb egalari (cho‘pon, ularning oila a’zolari, mol boquvchilar, ovchilar, qo‘ylar junini qirqimiga vaqtinchalik ishga jalb etilganlar)da uchraydi. Gemorragik isitma mavsumiylik xususiyatiga ega bo‘lib, asosan yilning bahor va yoz fasllarida qayd etiladi. Kasallikdagi bunday mavsumiylik kanalarning faolligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Kasallik asosan (80% dan ko‘prog‘i) 20 – 60 yoshdagi erkaklarda uchraydi.

Ushbu kasallik tabiiy sharoitda o‘zida gemorragik isitma virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi va chorva mollaridan ularni olib, qo‘llar bilan kanalarni ezish natijasida terining kana qoni bilan ifloslanishi orqali odamlarga yuqadi.

Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 2 – 3 kun davom etadi. Ba’zida bu davr bir necha soatlargacha qisqaradi yoki 14 kungacha cho‘ziladi.

Kasallik o‘tkir boshlanib, tana haroratining ko‘tarilishi (39 – 40 ºS), yuz, bo‘yin, ko‘krak qismi terilarining qizarishi, badanning sovuq qotib qaltirashi, mushaklarning og‘rishi, toshma toshishi, milk, burun, oshqozon-ichaklardan qon ketishi, in’yeksiya joylarida qon quyilishlar kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zida kasallik og‘ir kechib, o‘lim holatlari ham qayd etiladi.

Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligidan saqlanish uchun quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi:

Badanga kana yopishganligi aniqlansa, yaqin joylashgan tibbiyot muassasasiga murojaat qilinadi. Kana ko‘pincha oyoqlar orqali kirishini inobatga olib, shimni pochalari mahkam bog‘lanishi kerak. Kanalarni qo‘l bilan ezib va qaychi bilan kesib o‘ldirmaslik, qirqim mavsumiga yosh bolalarni, o‘smirlarni va homilador ayollarni jalb etmaslik, sut sog‘ish jarayonida sigirlardan kanani qo‘l bilan yulib olmaslik, shuningdek, qirqim vaqtida faqat maxsus himoya kiyimlar (qo‘lqop, yeng va poychalari mustahkam berkiladigan shim, kamzul, rezina etik) dan  foydalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga puxta amal qilish kasallikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kana chaqishidan ehtiyot bo‘lish – bu Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligini oldini olishning garovi ekanligini unutmasligimiz kerak.

IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda faqat qizlar uchun mo‘ljallangan "IT Star" tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. 40 ta nominatsiyada o‘tadigan loyihada IT sohasi bilan bog‘liq har qanday yo‘nalishda faoliyat yuritadiganlar ishtirok etishi mumkin.

IT ta’lim uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun mo‘ljallangan "IT Star" tanlovi boshlanmoqda.

Unda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo bepul ishtirok etishi mumkin. Iqtidorli loyiha menejerlari, marketolog, dasturchi, grafik dizayner, IT rekruter hamda IT sohasi bilan bog‘liq har qanday yo‘nalishda faoliyat yuritadiganlar (jurnalistlar, yurist, talaba, o‘quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) taqdirlanishi belgilangan.

 

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 1 maydan boshlanadi. G‘oliblar 40 ta nominatsiyada 11 may kuni taqdirlanadi.

Qatnashmoqchi bo‘lganlar anketalarni to‘ldirishi talab etiladi.

Savol; Mening ukamni ma’lum harakatlari uchun javobgarlikka tortishdi, mening savolim quyidagidan iborat, Qanday harakat mayda bezorilik xisoblanadi ?

Javob;Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga ko‘ra,
mayda bezorilik deganda jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik nazarda tutiladi va bunday qilmish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Uchquduq tuman adliya bo‘limi.

Savol; Men yakka tartibdagi tadbirkorkorlik bilan shug‘ullanaman. Hozirda tadbirkorlik faoliyatimni vaqtincha to‘xtatib turmoqchiman. Birinchi savolim: YATT faoliyatini qancha vaqtgacha vaqtinchalik to‘xtatib turishim mumkin?
Ikkinchi savolim: boshqa bir YATT (mchj, firma) mening YATTimni bankdan olingan kreditini to‘lab berishi mumkinmi, bunga qonunlarimizda ruxsat berilganmi?

Javob; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’yektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.
Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
Shuningdek, qonunchiligimizda (Fuqarolik kodeksi 322-moddasida) qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan amaliyot bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir to‘lovga layoqatli fuqaroga (yangi qarzdorga, yoki siz aytgan boshqa odamga) o‘tkazish mumkin.”

Uchquduq tuman adliya bo‘limi.

 

        Yangi qonun loyihasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqishni tugatish belgilanmoqda.

       Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

       Qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqishni tugatish belgilanmoqda.

        Bundan tashqari, loyihada kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari hamda individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped haydovchi, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi) boshqarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

        Shuningdek, MJtKning 171-moddasiga tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish belgilanmoqda.

         Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

Kasallikni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Ushbu mikroorganizmlar iliq-issiq sharoitlarda tez koʻpayishi sababli  kasalliklar asosan  kech bahor, yoz va kuz mavsumlarida koʻproq uchraydi.

Kasallikning yuqish yoʻllari va keltirib. chiqaruvchi omillari:

- havo harorati yuqori boʻlgan vaqtlarda insonlarning qaynatilmagan suvni ichish;

- yaxshi saqlanmagan va uzoq muddat turib qolgan ovqatlarni isteʼmol qilish;

-hoʻl mevalar va qovun-tarvuzlarni yuvmasdan isteʼmol qilish;

- ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemor bilan muloqotda boʻlganda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik;

- belgilanmagan ochiq suv havzalarida (ariqlar, favvoralar, kanallar, daryolar va h.k.) choʻmilgan paytlarda suv bilan mikroblarning organizmga tushishi;

-bolalarga beriladigan qoʻshimcha ovqatlarni tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiena qoidalari hamda saqlash sharoitlariga rioya qilmaslik;

- kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tashuvchi pashshalarning koʻpayishi.

Kasallik alomatlari:

•  umumiy holsizlik,  •  qayt qilish,•  qorin sohasida ogʻriq boʻlishi,  •  ich ketishi,•  ishtaxasizlik,  •  tananing suvsizlanishi,•  koʻngil aynishi,  •  talvasalanish.

Koʻriladigan choralar:

kasallikning ilk belgilari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Profilaktik tadbirlar:  

suvni qaynatilgan holda ichish;   ozodalikka rioya qilish, ayniqsa qoʻllarni ovqatdan oldin va hojatdan keyin sovunlab yuvish;  

uyda va jamoat joylarda shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish;  

barcha turdagi hoʻl mevalar va poliz mahsulotlarini yuvib isteʼmol qilish;    yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar hamda har xil turdagi  salatlarni isteʼmol qilmaslik;  

suv havzalarida choʻmilganda suvlarni tozaligiga va choʻmilish jarayonida suv yutmaslikka eʼtibor berish;   sovutgichlarni toza tutish, undagi mahsulatlarni oʻz vaqtida isteʼmol qilinishi va yangilab turilishiga eʼtiborli boʻlish;  

hoʻl mevalar hamda poliz mahsulotlarini isteʼmol qilinganidan soʻng qaynatilmagan suv ichmaslik, yogʻli ovqatlar bilan birga isteʼmol qilmaslik;  

 

Ismoilova Durdona Iqbol qizi

        Joriy yilning 19 aprel  kuni  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova hamda O‘zLiDeP viloyat  Kengashi hududiy partiya tashkiloti raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Muhammad Eshniyozov Uchquduq tuman hokimligida bo‘lib, tashkilot rahbarlariga qonunchilikdagi yangiliklar, qonunga kiritilayotgan yangi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berib, tumandagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdi.
         Shuningdek, mehmonlar tumandagi 18 umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar va aholi bilan qonunchilikdagi yangiliklar hamda fuqarolar muammolari yuzasilan uchrashuv olib bordilar
Shundan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova hamda O‘zLiDeP viloyat Kengashi hududiy partiya tashkiloti raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Muhammad Eshniyozov tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.
         Jumladan, Tog‘aynazarova Ra’no Aslonovnaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Suhbat davomida Tog‘aynazarova Ra’no Aslonovna bir necha yillardan buyon yotoqda qolganligini “Ayollar daftariga” kiritilib 20 700 000 (yigirma million yetti yuzming)so‘m mablag‘ Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli poliklenikasiga ko‘chirib berilgan va oyog‘ida Operatsiya amaliyoti olib borilgandan so‘ng yura boshlaganligini, qo‘llari doimo duoda ekanligini aytib, Prezidentimizning olib borayotgan islohotlaridan minnatdor ekanligini bildirdi.
Jumladan, fuqaro Yorqulova Dilnavoz Baxtiyorovna xonadonida bo‘lib, “Ayollar daftariga” kiritilgan va Ayollar daftari jamg‘armasi orqali 13 700 000 (o‘n uch million yetti yuzming)so‘m mablag‘ to‘lab berilgan, bir yil davomida yotoqda bo‘lib qolgan 1-guruh nogironi bo‘lgan farzandi Ibodullayeva Moxinur Erkinovnaning boshida Operatsiya amaliyoti olib borilganligi to‘g‘risida fuqaro aytib o‘tdi hamda ko‘ziga quvonch yoshlari keldi.
       M.Ibodullayeva 1-guruh nogironligidan sog‘ayib 2-guruhga o‘tkazilganligini va sportning paurlifting turi bilan shug‘ullanib, Xalqaro miqyosda yuksak o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotganligini ta’kidlab, Prezidentimizning olib borayotgan islohotlaridan minnatdorligini izhor etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Foto: Vazirlar Mahkamasi

Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib beradi.

 

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.

Учқудуқ тумани марказидаги “Нуронийлар” масканида ўтказилаётган навбатдаги сайёр қабулида туман ҳокими Хамроев Соли Фармонович, корхона-ташкилотлар раҳбарлари ва кадрлар бўлими мутасаддилари иштирок этмоқда.

Сайёр қабулда асосан ёшлар бандлик, касбга ўқитиш масалаларида келишган. Шунингдек, аҳолининг кундалик турмуши, соғлиги билан боғлиқ ўнлаб мурожаатлари тингланиб, уларда кўтарилган масалаларни ҳал этиш юзасидан тегишли чора тадбирлар белгиланди.

Жумладан, Файзулло Мамажонов, Равшан Ғиёсов, Беҳруз Наврўзов, Умрзоқ Сайдуллаевлар иш сўраб мурожаат қилишган. Уларнинг бандлигини таъминлаш юзасидан тегишли корхона-ташкилотлар кадрлар бўлими раҳбарлари билан маслаҳатлашган ҳолда, касбга қайта ўқитиш, мавсумий ишга жойлаштириш, мутахассислиги бўйича иккинчи чоракда очиладиган бўш иш ўринларига квота асосида ишга жойлаштириладиган бўлди.

Айни дақиқаларда сайёр қабул давом этмоқда.

УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

Page 5 of 191

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: