LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

06 Sep 2024

      Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Tumanimizda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan sayyor qabullar ham xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.
      Jumladan, bugun Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratovning “Nuroniylar maskani”da tuman aholisi bilan o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabuli ham fuqarolar uchun manfaatli bo‘ldi.
Qabulda fuqarolarning kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid muammoli masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarining ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
      Aholi bandligini ta’minlash va kommunal sohada qilingan murojaatlar tuman rahbari, korxona-tashkilot mutasaddilari hamda sektor rahbarlari tomonidan doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.


UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

06 Sep 2024

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman markazidagi Kelajak yoshlar markazi binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.F.Yelmuratov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov, tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Usmonov, mahalla faollari, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida "Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, seminar davomida quyosh panellaridan foydalanish afzalliklari, moliyaviy ustun tomonlari bu mahsulotlarning qulayliklari, narx-navosi, kafolatli xizmati haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.
     Sohaga doir ko‘rgazmali vositalar qo‘yilib, asbob-uskuna va jihozlarning ekspluatatsiyasi, ishlash prinsiplari mutasaddilar tomonidan batafsil tushuntirildi. Seminar ishida so‘zga chiqqan tadbirkor Qodirjon Qurbonov bugungi kunda o‘z uyiga o‘rnatgan quyosh paneli orqasidan daromad ko‘rilayotganligi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra “Uchquduq GOLD 888” MCHJ nomidan 20 kvt li tarmoqqa ulangan quyosh panelini va 10 kvt gibrid quyosh paneli hisobiga chiqadigan energiyani aholiga sotish orqali oyiga 15 mln. so‘mdan 20 mln. so‘mgacha sof daromad topayotganligi bundan tashqari, qishloq hududida ham 7 kvt. li quyosh panelidan iste’moldan ortganini sotish hisobiga 400 ming so‘mgacha sof foyda ko‘rayotganligi aytib o‘tdi. Tadbirkor tomonidan quyosh panelini o‘rnatish olib kelish xarajatlari va panellarning arzon va sifatli turlari haqida ham seminar ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berdi.
     "Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti har tomonlama foydali bo‘ldi, deyish mumkin.

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

06 Sep 2024

    Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq:

    2025 yil 1 yanvardan boshlab, Malaka oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’limi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kursida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi etiladi.

    2025 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

   2025 yil 1 yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni o‘qitish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

 

05 Sep 2024

    Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Kamolova Mubina Baxshullayevna tomonidan tumandagi Dòstlik mahalla fuqarolar yiĝini hududida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bòlimiga qarashli 18-maktab atrofidagi yòlga asfalt yotqizish ishlari deputat tomonidan nazoratga olinib kelinmoqda.
    Asfalt yotqizish ishlari òz nihoyasiga yetkazilish arafasida.

photo 2024 08 30 09 09 16

05 Sep 2024

Naim AMONOV,
Shimoliy kon boshqarmasi direktori.

     Bugun biz har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun ahamiyati beqiyos bo‘lgan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligini kutib olmoqdamiz. Dunyodagi iqtisodiy inqiroz sababli kelib chiqqan keskinlashgan raqobat, turli qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklarga qaramasdan yangi O‘zbekistonni bunyod etishda biz zalvorli natijalarga erishmoqdamiz.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishiga Navoiy kon-metallurgiya kombinatining boshqa bo‘linmalari qatorida Shimoliy kon boshqarmasi ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Korxonaning ahil mehnat jamoasi o‘z tajriba, bilim va kasbiy mahoratini investisiya dasturlarini amalga oshirish yuzasidan yuklatilgan vazifalarni bajarishga qazib olish va uni qayta ishlash hajmini oshirishga yo‘naltirmoqda.
      Yil boshidan buyon Shimoliy kon boshqarmasi tomonidan yalpi mahsulot ishlab chiqarish 4 trl. 69 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,4 foiz o‘sish sur’atini ta’minlash barobarida korxonaning 4,1mlrd. so‘m foyda bilan chiqishini ta’minladi. Boshqarmamizda joriy davrda 15,6 mlrd. so‘m rejaga nisbatan 114,1% miqdorida tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nibatan 118,6 % ni tashkil etib, o‘sish sur’ati ta’minlandi.
Shimoliy kon boshqarmasida 2024 yil 7 oyda 82 - banddan iborat 155,3 mlrd. so‘m miqdorida mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, amalda yoqilg‘i moylash mahsulotlari, elektr energiyasi, dizel yoqilg‘isining rasionallashtirilishi va ishlab chiqarish hajmining oshirilishi hisobiga 162,1 mlrd. so‘mlik natijaga erishildi. “Sharqiy” va “Daugistau” konlaridan tog‘ jinsini qazib olish hajmi kon ishlarini rivojlantirish rejasiga nisbatan 108,2 foizga bajarildi.
      Yetti oy davomida mahalliylashtirish dasturi doirasida 5 mlrd. 182,7 mln so‘m miqdoridagi 26 turdagi 398 dona, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan 24 loyiha bo‘yicha 1mlrd. 445,1 mln. so‘m miqdoridagi 24 turdagi 371 dona mahsulot ishlab chiqarildi. Bu kabi ko‘rsatkichlar zamirida korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning zahmatli mehnati bo‘lsa yana bir muvafaqqiyat kaliti ishlab chiqarish dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida yil boshidan qator tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘ldi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Kon ishlarini tezkor boshqarishda "Sharqiy" va "Daugistau" konlarida dispetcherlik xonalarida zamon talabiga mos ravishda yangi zamonaviy kompyuterlar va interaktiv displeylar ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Yangi istiqbolli kar’yerlardan biri - “Adjibugut” konida sanoat maydoni infratuzilmasi, xodimlar uchun dam olish xonalari va 5 sonli AYOQSH ishga tushirildi.
“Sharqiy va Daugistau” konlarini texnik va texnologik qayta jixozlash” ishchi loyihasi doirasida kovshin hajmi 7 m3 bo‘lgan zamonaviy 2 dona LIEBHERRR 9100 gidravlik ekskavatori sotib olindi. Konlarni kengaytirish ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtda “Kokpatas”, “Daugistau” va “Djasaul” konlarini qazib olish loyihasining 3-navbati bo‘yicha “Daugistau” konida 17,9 mln. tonna “Kokpatas” konida 39,6 mln. tonna va “Djasaul” konida 26,2 mln. tonna jami 83,7 mln. tonna oltin tarkibli ma’dan zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi Davlat zaxiralar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi 459 - sonli va 2024 yil 22 maydagi 185-sonli qarorlari asosida Kokpatas va Daugistau konlarida ma’dan qazib olish ishlarining uchinchi navbati investisiya loyihasi ustida ish olib borildi. Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida umumiy qiymati 319 mln. 835 ming AQSH dollariga baholangan “Kokpatas va Daugistau oltin ma’dan qazib olish III navbati” investisiya loyihasining texnik – iqtisodiy asoslanishi doirasida boshqarmada intensiv ishlar olib borilmoqda. 3-GMZda 7 - tegirmon ishga tushirilishi barobarida yaqin kunlarda 8 - tegirmonda ham ishlar yakunlanadi. Natijada 3 - gidrometallurgiya zavodining ma’danni qayta ishlash quvvati yilliga 8 mln.
tonnadan 10 mln. tonnaga ya’ni 125 foizga va kon ishlarida tog‘jinsini qazib olish hajmi 70 mln. m3dan istiqbolda 100 mln.m3 ya’ni 142,8 foizga oshirilishi kutilmoqda.
Har bir sohada ana shunday investision loyihalar ahamiyati yaqqol sezilmoqda. Buning natijasida ishlab chiqarish ko‘lami kengayish barobarida yangi ob’yektlarni qurish va ishga tushirish jaddalashmoqda.
      2024 yildagi kombinat rivojiga qaratilgan istiqbolli loyiha sabab Kokpatas va Daugistau konlari karyerlarini kengaytirish bo‘yicha kapital kon ishlari boshlandi. 3-GMZ da 7 va 8-sonli bloklarini ishga tushirilishi zavodning flotatsiya, biooksidlanish, sorbsiya, regeneratsiya va tayyor mahsulotlarni filtrlash, quritish va kuydirish syexlarini kengaytirilishiga sabab bo‘ldi. Elektr ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida “Feruza” podstansiyasida 220/10/10 kV va 10/04 kV kuchlanishli 4 ta podstansiyalarni qurish, suv ta’minotini qayta ishlash ishlari jadallashtirildi.
Muhimi ishchi-xodimlarning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish kombinat rahbariyatining doimiy e’tiborida. Bugun korxona rivojlanishi bilan bir vaqtda Qizilqum sahrosi ham taraqqiy etib, yangi ish o‘rinlari tashkil tashkil etilmoqda. Hudud aholisi korxona ishchi-xodimlari uchun yanada qulay yashash sharoitlari yaratilmoqda.
Eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami oldidan “Sharqiy” koni sanoat maydonida yarim chuqurlashtirilgan ko‘lami 15 tonnagacha portlovchi moddalarni saqlash quvvatiga ega doimiy chiqim ombori ishga tushiriladi. Yaqin kunlarda 3-GMZ hududida markaziy fizika kimyo va biologik laborotoriyasining yangi binosiga foydalanishga topshirildi.
    Quvonarlisi shundaki, “NKMK” AJ da “2023-2025 yillarga mo‘ljallangan operasion samaradorlik dasturi”ga muvofiq 3-GMZ bazasida biolaboratoriya tashkil etish qarori qabul qilindi. Ushbu laboratoriya nafaqat bakteriyalarning kontsentratsiyasi va populyasiyasini o‘rganish, balki bakteriyalarning faolligini oshirish ozuqa moddalarining sarfini optimallashtirish hamda oksidlash jarayonining ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlarni tizimli olib borilishiga yordam beradi. Biolaboratoriya zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
    “To‘yga to‘yona bilan”, deganlaridek “Sharqiy” konida 250 o‘rinli oshxona, “Daugistau” konida zamonaviy ishlab chiqarish o‘quv markazining foydalanishga topshirilayotgani korxonada mehnat qilayotgan minglab ishchi-xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratibgina qo‘ymay yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotning zalvorli ishlarga hamohang ezgu amallardandir.
Albatta, bunday salmoqli natijalarga haqiqiy professionallar tajribali muhandis va malakali mutaxassislar chin ma’noda o‘z kasbining ustalari erishadi. Fidoyilardan tashkil topgan jamoamiz kombinatni tubdan rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan ulkan vazifalarni uddalashiga ishonamiz!
Bu yilgi bayram tantanalari «Bir bo‘lsak - xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!» ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan shior ostida nishonlanmoqda. Albatta bosh shiorimizga shimollik har bir konchi muhandisu metallurg, “labbay” deb javob beradi va elu yurt ravnaqi vatan taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilish yo‘lida birlashadilar.
Ushbu bayram bilan vatanimiz istiqboli yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilayotgan barcha hamkasblarni kombinatimiz jamoasini Shimoliy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari nomidan chin dildan tabriklayman!

05 Sep 2024

     Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan ro‘dapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jur’atsizgina kirib keldilar.
     Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan, deya ensasini qotirdi.
— Biz rektor bilan ko‘rishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
— U kun bo‘yi band bo‘ladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
— Mayli, biz kutamiz, — javob qildi ayol.
Kotiba ularni to‘rt soatcha yolg‘iz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq bo‘lib qaytib ketishlarini istardi. Yo‘q, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
— Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan ko‘rishsangiz, balki qaytib ketishar, — dedi u rektorga.
     Rektor chuqur xo‘rsindi va rozi bo‘lganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qo‘ydi. Muhim shaxs bo‘lganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining ko‘rkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirg‘andi.
Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
— Bizning Garvardda birinchi kursda o‘qiydigan o‘g‘limiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u olamdan o‘tdi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, - dedi ayol.
- Madam, - dedi rektor qo‘rs ohangda, - Biz Garvardda o‘qib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qo‘ya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga o‘xshab qolgan bo‘lar edi.
- Oh, yo‘q, - dedi ayol va tezda tushuntirdi, - Biz haykal qo‘ymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana o‘sha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
- Bino?! Bilasizmi, o‘zi bino qurish uchun qancha pul kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
      Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular. Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
- Universitet qurish uchun bor yo‘g‘i shuncha pul kifoyami? Unda nega o‘z universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
      Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister (temiryo‘l magnati) hamda Missis Jeyn Stenford o‘rinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va o‘sha yerda Garvard qadriga yetmagan o‘g‘illari uchun yodgorlik o‘laroq yangi ilm dargohi - Stenford universitetiga asos soldilar. O‘shanda Leland xotiniga: "Kaliforniyaning bolalari bizning farzandlarimiz bo‘ladi", - degan edi. 15 yoshida bevaqt vafot etgan kichik Leland Stenford nomiga atalgan ushbu ilm maskani bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biriga aylangan. Uning bitiruvchilari Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Microsystems, Nvidia, Yahoo, Cisco Systems, Silicon Graphics, TSMC va Google kabi yirik kompaniyalar asoschisi.

05 Sep 2024

     Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan ro‘dapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jur’atsizgina kirib keldilar.
     Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan, deya ensasini qotirdi.
— Biz rektor bilan ko‘rishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
— U kun bo‘yi band bo‘ladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
— Mayli, biz kutamiz, — javob qildi ayol.
Kotiba ularni to‘rt soatcha yolg‘iz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq bo‘lib qaytib ketishlarini istardi. Yo‘q, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
— Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan ko‘rishsangiz, balki qaytib ketishar, — dedi u rektorga.
     Rektor chuqur xo‘rsindi va rozi bo‘lganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qo‘ydi. Muhim shaxs bo‘lganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining ko‘rkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirg‘andi.
Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
— Bizning Garvardda birinchi kursda o‘qiydigan o‘g‘limiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u olamdan o‘tdi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, - dedi ayol.
- Madam, - dedi rektor qo‘rs ohangda, - Biz Garvardda o‘qib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qo‘ya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga o‘xshab qolgan bo‘lar edi.
- Oh, yo‘q, - dedi ayol va tezda tushuntirdi, - Biz haykal qo‘ymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana o‘sha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
- Bino?! Bilasizmi, o‘zi bino qurish uchun qancha pul kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
      Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular. Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
- Universitet qurish uchun bor yo‘g‘i shuncha pul kifoyami? Unda nega o‘z universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
      Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister (temiryo‘l magnati) hamda Missis Jeyn Stenford o‘rinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va o‘sha yerda Garvard qadriga yetmagan o‘g‘illari uchun yodgorlik o‘laroq yangi ilm dargohi - Stenford universitetiga asos soldilar. O‘shanda Leland xotiniga: "Kaliforniyaning bolalari bizning farzandlarimiz bo‘ladi", - degan edi. 15 yoshida bevaqt vafot etgan kichik Leland Stenford nomiga atalgan ushbu ilm maskani bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biriga aylangan. Uning bitiruvchilari Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Microsystems, Nvidia, Yahoo, Cisco Systems, Silicon Graphics, TSMC va Google kabi yirik kompaniyalar asoschisi.

05 Sep 2024

     Uchquduq respublikaning eng chekka hududi bo‘lsa ham bu yerga  har kuni o‘nlab odamlar turli viloyatlardan tashrif buyurishadi. Birovi ish yuzasidan, yana boshqasi shu yerda ishlab yashayotgan yaqinlarini ko‘rish maqsadida. Shu uchun ko‘pincha  begonalarning kimligi, nima uchun kelganinga unchalik e’tibor qaratmaymiz.

    Toshkent shahrida uchrashib  "do‘stlashgan" farg‘onalik Shamshira, qashqadaryolik  Usmon va Gʻaybulla (barcha ismlar o‘zgartirildi)lar bu gal Uchquduqqa na mehmonga, na ish axtarib kelishdi. Balki g‘arazli rejalarini amalga oshirish uchun qadam qo‘yishdi. O‘zlari bilan 50 dona gugurt qutiga solingan marixuna giyohvandlik vositasini sotishni ko‘zlab kelgan bu og‘ufurushlarning shum niyati amalga oshmadi.
     Uchquduq tumani “Do‘stlik” mahallasi hududidagi “Lochin” sport majmuasi yonida shu kuni amalga oshirilgan tezkor-tadbirda
14 mln so‘m miqdoridagi pullar evaziga 50 dona gugurt qutisiga solingan Navoiy viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra ko‘p miqdorni tashkil qiluvchi sof og‘irligi 221,38 grammga teng “marixuana” giyohvandlik vositasi ular tomonidan "Xaridor"ga sotilayotgan paytda huquq tartibod idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

    Giyohvandlik vositasini olib kelishga boshchilik qilgan Shamshiraga O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 7 (yetti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sheriklardan biri og‘ufurush Usmonga 8 (sakkiz) yil, Gʻaybullga esa 10 (o‘n) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

      Ming afsuski bu yigit-qizlarning 20-22 yoshlarda. Ular uchun mamlakatimizda o‘qishlari, mehnat qilib ishlashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan edi. Ammo ular o‘zlari uchun shu yo‘lni tanlashdi. Shukrki ularning g‘arazli niyatlari qaysidir uchquduqlik ota-onaning hayotini zaharlashgacha yetib bormadi.

 

Akmal Qurbonov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi

05 Sep 2024
 

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:

     ? boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:

- farzandlari davlat bogʻchalariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;

- 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.

   ? toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bogʻchalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;

   ? kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida bogʻcha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.

04 Sep 2024

Учқудуқ туман ҳокими У.Ф.Елмуратовнинг янги 2024/2025-ўқув йили ҳамда "Билимлар куни" муносабати билан йўллаган табриги. 

 

Ассалому-алайкум! Ҳурматли устозлар, азиз ўқувчилар!

Қадрли ота-оналар!

     Мен сўзимнинг аввалида барчангизни куни - кеча кенг нишонланган ва бутун ватанимиз бўйлаб шукуҳи кезаётган энг улуғ ва энг азиз байрам – Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг  33 йиллиги билан самимий муборакбод этаман!

Мустақиллик йилларида юртимизда ёшлар келажаги, уларнинг ҳар томонлама баркамол инсонлар бўлиб вояга етишларини таъминлаш масаласи давлат аҳамиятига молик устувор вазифа сифатида қаралиб, бу борада улкан ислоҳотлар амалга оширилмоқда.

Хусусан таълим соҳасига қаратилаётган эътибор, айтиш мумкинки ёшларимизнинг тақдири ҳал бўладиган  умумий ўрта таълим тизимини янада ривожлантириш, ўқувчиларга замонавий талаблар асосида таълим-тарбия бериш, ўқитувчиларнинг жамиятдаги обрўси ва нуфузини ошириш борасидаги амалга оширилаётган ишлар барчамизни қувонтиради, албатта!.

Ҳурматли Юртбошимиз Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг қуйидаги сўзлари халқимизнинг  сизларга бўлган юксак ҳурмат-эҳтиром ва эзгу тилакларини ифодалайди: “Сизлар дунёдаги энг бебаҳо бойлик ва боқий меросни яратиш, уни халқимизга, униб-ўсиб келаётган ёш авлодимизга безавол етказиш йўлида чинакам фидойилик кўрсатиб меҳнат қилаётган улуғ инсонларсиз.  Бу улкан бойлик – ақл-заковат ва илм, бу ўлмас мерос – яхши тарбиядир”.

Азиз ўқувчи-ёшлар!

Мароқли ёзги таътилдан сўнг янги ўқув йили бошланиб, қўлларида гул, қалбларда ҳаяжон билан севимли мактаблари томон ошиқаётган  ўқувчи-ёшларнинг  севинчлари чексиз.

Бугун мамлакатимизнинг барча ўқув муассасаларида бўлгани каби  Учқудуқ туманидаги 19 та мактабда ҳам биринчи қўнғироқ тадбирлари бўлиб ўтмоқда. “Билимлар куни” муносабати билан ўтказилаётган байрам тадбирлари Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!”  шиори остида ташкил  этилмоқда.

Туманимизда 2024-2025 ўқув йилида 867 нафар болажонлар 1 - синфларга қабул қилиниб, уларга “Президент совға”лари тантанали топширилмоқда.

Таъкидлаш жоизки, Учқудуқ туманида ҳам эътибор самараси сифатида тизимдаги педагог ходимларнинг фидокорона меҳнатлари эвазига эътирофли натижалар қайд этилмоқда. Хусусан, сўнгги марта эълон қилинган ҳудудлар ва мактаблар рейтингида Учқудуқ тумани республикада  8 – ўринни, вилоятда эса 3-ўринни эгаллаб турибди.

2023-2024 ўқув йилида туманимиздаги 19 та мактабни 392 нафар йигит-қизларимиз битириб, мустақил ҳаётга йўл олди. Битирувчиларнинг олий таълимга кириш кўрсаткич  80 % ни  ташкил этмоқда.

Таълим тизимига қаратилаётган улкан эътибор натижаси ўлароқ Учқудуқ туманида ҳам ўқувчиларнинг сифатли таълим-тарбия олишлари учун янада қулай шарт-шароитлар яратилмоқда. Мактаблар замонавий кўринишга келтирилиб, моддий техник базаси мустаҳкамланмоқда. Жумладан, тумандаги 20 - умумий ўрта таълим мактабида қувватига нисбатан ўқувчилар сонининг ортиши муносабати билан 210  ўринли қўшимча бино капитал таъмирдан чиқарилмоқда.  Қарийб, 1,5 млрд. сўм маблағ эвазига барпо этилаётган ушбу ўқув биноси 7 та янги замонавий синф-хоналарда ўқувчи-ёшларни бағрига олади.

Шунингдек, Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисидаги  Президент қарорига асосан, айни кунларда 3 ва 9 сонли мактабда қурилиш ва таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда. 14 млрд. сўм маблағ сарфланиб, капитал таъмирдан чиқарилаётган мазкур муассасаларда эртамиз эгаларининг баркамол, комил инсонлар бўлиб вояга етишлари учун барча шарт-шароитлар яратилмоқда.

Бундан ташқари,  7,18 – сонли  мактабларда сунъий қопламали спорт майдонининг  қурилиш ишлари жадаллик билан олиб борилмоқда.

Азиз ўқувчи ёшлар !

    Мен яна бир бор Сизларни бугунги байрам тадбирлари ва янги ўқув йилининг бошланиши билан чин дилдан қутлайман!.

Ҳурматли Президентимиз, устозларингиз ва  ота-оналарингиз ишончини оқлаб, келажакда яхши билим кўникмаларини эгаллашингизга ишонаман!.

Сизларга узоқ-умр, сиҳат-саломатлик, ўқишларингизда улкан зафарлар ҳамиша ҳамроҳ бўлишини тилаб қоламан!.

Эътиборларингиз учун рахмат!

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: