LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

10 Jul 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

10 Jul 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

10 Jul 2024

        Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun oziq -ovqat mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

09 Jul 2024

Test kunida abituriyent quyidagi narsalarni olib kirishi mumkin:

▪️ shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasport);

▪️ abituriyent ruxsatnomasi;

▪️ bosh kiyimi (jumladan, kepka yoki panama);

▪️ oddiy qoʻl soati (elektron aqlli-soat (smart-watch) bundan mustasno);

▪️ optik koʻzoynak (boshqa turdagi koʻzoynaklar bundan mustasno);

▪️ pul;

▪️ dastroʻmol;

▪️ kalit.

Quyidagilar narsalarni testga olib kirish mumkin emas:

◻️ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;

◻️ yordamchi qoralamalar (shpargalka) kalkulyator va h.k.;

◻️ ruchka (u ichkarida beriladi);

◻️ suv (u ichkarida beriladi);

◻️ qoralama uchun qogʻoz (u ichkarida beriladi);

◻️ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ular ichkarida beriladi);

◻️ tibbiy niqob (u kirish joyida yangi beriladi);

◻️ mashina pulti (u kirish postida qoldiriladi).

09 Jul 2024


      Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish aholining ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tashkil etilayotgan sport musobaqalari orqali esa yoshlarda o‘z irodasi kuchi va imkoniyatlarini to‘la namoyon etish o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
      Bu kabi amaliy ishlar ortidan mamlakatimiz vakillari yosh sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotganliklari tahsinga sazovordir. Aslida Uchquduq bepoyon vatanimizning eng chekka hududi bo‘lishiga qaramay, sportchi yoshlarimiz qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlari bilan moʻjazgina shahar nomini ko‘plab yurtlarga tarannum etmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
       Ana shunday umidli yoshlardan biri Nozima Normurodova. U 2011 yilda Uchquduq tumanida tug‘ilgan. Sportning milliy kurash, erkin kurash, sambo, dzyudo va jiu-jisu turlari bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Nozima bor-yo‘g‘i 13 yoshda. Sportga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, bugun O‘zbekiston va jahon chempioni maqomini qo‘lga kiritishga ulgurdi. Undagi shijoat mitti jussasidagi katta jasorat Nozimani g‘alabalar sari ildam odimlashga undamoqda.
      Haqiqatdan ham yoshlikdan sport bilan shug‘ullanish bolani kuchli, epchil qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Ham jismonan ham ruhiy jihatdan chiniqtiradi. Nozima ham endigina 6-sinfda o‘qishiga qaramay o‘zining iqtidorini namoyish etib, bir necha bor Osiyo va O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga ega bo‘ldi. U o‘tgan yilda jahon chempionatida faol ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, joriy yilda ham uning yutuqlari bardavom bo‘ldi.
Kuni-kecha Rossiyaning Yakuti shahrida o‘tkazilgan VIII - Osiyo bolalari musobaqasida sportning erkin kurash turidan 39 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, yurtimiz madhiyasini Osiyo arenalarida jaranglashiga sabab bo‘lganligini alohida faxr bilan ta’kidlash o‘rinli, albatta.
      Nozima erishayotgan g‘alabalari ortida Uchquduq tuman sport maktabi jamoasi va murabbiyi Sardor Sattorovning mehnatlari beqiyosligi shubhasiz.
Yuragida Vatanga muhabbat va sadoqatni jo qilgan Nozima singari sportchi qizlarimizning ko‘zidagi shijoat uchqunlari aslo so‘nmasin, deymiz. Zero, har gal kurash uchun maydoga chiqayotgan Nozima singari qizlarning ortida xalqimizning ularga bo‘lgan ishonchi suyanch bo‘lib g‘alabalar sari yetaklayversin.

Lola SULAYMONOVA,
Uchquduq tuman sport maktabi metodisti.

09 Jul 2024

     Respublikamizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning hisobi, adadi yo‘q. Katta avlod vakillari bu borada yosh avlodga havas va kelajak bunyodkorlari amalga oshirayotgan ishlarga hayrat bilan boqishmoqda. Biroq, o‘ziga berilgan imkoniyatlarni ko‘rmay, to‘g‘rirog‘i, ne’matga shukur qilmay, to‘g‘ri yo‘l qolib egrisiga ergashadigan yoshlar ham afsuski yo‘q emas!
     2024 yilning 27 aprel kuni Navoiy viloyati IIB “NKMK” IIB Uchquduq maydoni TQX xodimlari “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi kon jihozlarini ta’mirlash syexi kislorod ishlab chiqarish uchastkasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Cho‘l guli” ko‘chasida yashovchi J.Ch korxona mulki hisoblangan umumiy miqdori 5,5 kg bo‘lgan mis parchalarini hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan yashirin ravishda o‘z manfaatlari yo‘lida olib chiqqan. Davlat mulkini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘ygan. Uning bu xatti-harakatlari qonunga xilof hisoblanib, korxona ichki mehnat tartib-qoidalariga hamda “NKMK” AJ odob-axloq kodeksiga ham mutlaqo zid hisoblanadi.
Mazkur holat yuzasidan J. Chga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 61-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun jinoiy ishlar bo‘yicha Tomdi tumani sudi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Undan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 5,5 kg mis rangli metall davlat foydasiga undirilgan.
      Shimoliy kon boshqarmasida ishlash tumandagi juda ko‘pchilik yoshlarning orzusi bo‘lgan bir paytda, barqaror ish haqi mehnat muhofazasi yana bir talay qulayliklari bo‘lgan tashkilotda halollik va shijoat bilan mehnat qilishga nima yetsin?!

Umidjon HAZRATOV,
Navoiy viloyati IIB “NKMK” IIB TQX tezkor vakili, kapitan.

08 Jul 2024

Ketma-ket chalingan ogohlantiruvchi va jangovar signallardan so‘ng karyerda gumburlagan ovoz eshitiladi hamda osmonga chang-to‘zon ko‘tariladi. Yer ostidagi rudani oltinga aylantirish bir nechta bosqichlardan iborat va bunda minglab mutaxassislar mehnat qiladi.
Geologlar ma’dan joyini aniqlaydi, hududga burg‘ulash nuqtalari belgilanadi, chuqurlar kavlangach portlatuvchilar portlatish ishlarini bajaradi. Ma’dan ulkan texnikalarda kondan tashib chiqilib, 3-gidrometallurgiya zavodiga jo‘natiladi. Bu yerda bir necha syexdan o‘tib, tayyor mahsulot ko‘rinishiga keltiriladi.
Yerjan Janaxmetov Shimoliy kon boshqarmasi konchilik bo‘limida muhandis bo‘lib ishlaydi. Uning har kunlik “hujjat yo‘qlamalari”da portlatish uchun ketgan vaqt soatidan tortib sarf-xarajatlarigacha bo‘lgan ma’lumotlar qayd etiladi. Yerjan o‘z ishini puxta o‘zlashtirgan yetuk mutaxassis shu bilan birga sohada izlanishlar olib borgan yangilikka yaratuvchanlikka intiluvchi yoshlardan biridir.
U foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oluvchi karyerlarda ommaviy portlatish ishlarida qo‘llaniluvchi portlovchi modda igdanit tarkibini o‘rgandi. Izlanishlari natijasida igdanit tarkibini o‘zgartirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligini isbotladi.
-Eng oddiy portlovchi modda igdanit karyerlarimizda quruq kuduqlarni zaryadlashda va portlatish ishlarini olib borishga mo‘ljallangan, - deydi Yerjan Janaxmetov. -Mening rasionalizatorlik taklifim Shimoliy kon boshqarmasi konlarida portlatish ishlarini olib borishda portlovchi moddalar tarkibidagi komponentlarning texnik xususiyatlarini o‘zgartirmay turib, miqdorini almashtirish orqali samaradorlikka erishishni maqsad qilgan.
Portlovchi modda tarkibida mavjud ammiakli selitra Navoiyazot AJ sharoitida ishlab chiqariladi va mahalliylashtirilgan mahsulot hisoblanadi. 1 kg uchun o‘rtacha narx 1 900 so‘m, dizel yoqilg‘isi import qilingan mahsulot hisoblanadi va 1 kg uchun o‘rtacha narx 11 500 so‘mni tashkil etadi. Bu ammiakli selitra narxidan 6 baravar yuqori demakdir. Shimoliy kon boshqarmasi konlarida portlatish ishlarini olib borishda dizel yoqilg‘isi sarfini tejash maqsadida, eng oddiy portlovchi modda igdanit 94% (ammiak selitra) + 6% (dizel yoqilg‘isi) tarkibini 95% (ammiak selitra) + 5% (dizel yoqilg‘isiga) o‘zgartirish hisobiga (yillik dasturga muvofiq) dizel yoqilg‘isi sarfini 118, 881 tonnaga tejash mumkin.
Agarda korxona Yerjan Janaxmetovning rasionalizatorlik taklifidan foydalanadigan bo‘lsa, bir yilda 221,5 tonna dizel yoqilg‘isi iqtisod qilinadi. Bu esa yilliga 2,1 mlrd so‘mdan ortiq iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Ha, Shimoliy kon boshqarmasida yangilik yaratishga ishtiqyomand Yerjan Janaxmetov singari ilmli yoshlar ko‘plab topiladi. Ular haqida hikoya qilish ular faoliyatidan uchquduqliklarni boxabar qilish maqsadida biz ham izlanishdan to‘xtamaymiz, albatta. Negaki, ilmlik yoshlar yurt istiqboli, yurt tayanchi!.

Laylo KARIMOVA,
SHKB axborot xizmati rahbari.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: