LOTIN-КИРИЛЛ

  Aholini roʻyxatga olish — shunchaki statistika emas,
u umumdavlat miqyosidagi keng koʻlamli tadbir, aholi toʻgʻrisidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Buning natijasida nafaqat aholi soni, balki, uning yoshi, jinsi, milliy tarkibi, yashash sharoiti, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, taʼlim darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi, ishsizligi va boshqa ijtimoiy-demografik masalalar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar yigʻiladi.

Ushbu maʼlumotlar aholining istiqboldagi hisob-kitoblari va yaqin yillarda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, bu maʼlumotlar avvalgi aholini roʻyxatga olishdan keyin oʻtgan vaqt davomida ushbu koʻrsatkichlarning oʻzgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi.

Aholini roʻyxatga olish jarayonida yigʻiladigan maʼlumotlar, oʻz navbatida, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, oilalarga yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, taʼlim boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi.

Ayni chogʻda ular aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda ham nihoyatda qoʻl keladi. Masalan, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ish topish yoki boshqa maqsadlarda koʻchib yurishlari, ularning bandliklari va kasblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar butun mamlakat yoki uning muayyan bir hududida ishlab chiqarish va xizmat qoʻrsatish sohasini rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.

Aholini roʻyxatga olish natijalarini umumlashgan, yaʼni shaxssizlantirilgan koʻrinishda turli xil jadvallarda aks ettiriladi va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlar boʻyicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.

 

Uchquduq tuman statistika bo'limi 

Март ойида Ўзбекистоннинг еттита ҳудудида 3 ёшдан 18 ёшгача бўлган ногиронлиги бўлган болаларни кундузги парваришлаш хизмати синов тариқасида ишга туширилади.

Бу ҳақда "Имконияти чекланган болаларга ижтимоий хизмат кўрсатиш ва ёрдам бериш тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги президент фармонига таяниб, Адлия вазирлиги матбуот хизмати хабар берди.

Ҳужжатга кўра, жорий йил 1 мартдан бошлаб Қорақалпоғистон Республикаси, Андижон, Қашқадарё, Самарқанд, Сурхондарё ва Тошкент вилоятлари ҳамда Тошкент шаҳрида тажриба тариқасида 3 ёшдан 18 ёшгача бўлган ногиронлиги бўлган болаларни кундузги қабул қилиш хизмати ташкил этилади. 1 октябрга қадар республиканинг бошқа ҳудудларида ҳам давлат-хусусий шериклик асосида шундай хизмат йўлга қўйилади.

Ушбу ташаббус доирасида ногиронлиги бўлган болалар кундузги муассасаларга ота-оналар ва "Инсон" ижтимоий хизматлар марказлари ўртасида тузилган ижтимоий шартнома асосида қабул қилинади. Шартномалар психологик-тиббий-педагогик комиссия хулосаси асосида тузилади.

Бундан ташқари, жорий йил 1 мартдан бошлаб болаларни парваришлаш хизматлари соҳасида фаолият юритаётган тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш тартиби жорий этилади.

Унга кўра, 3 ёшдан 7 ёшгача бўлган болага кундузги парвариш хизматидан фойдаланилган ҳар бир кун учун базавий ҳисоблаш миқдорининг 25 фоизи, 7 ёшдан 18 ёшгача бўлган болага эса 27 фоизи миқдорида субсидия ажратилади.

Вилоят марказлари, Тошкент ва Нукус шаҳарлари учун субсидия миқдорига келсак, у 1,1 оширувчи коэффициентни қўллаш орқали аниқланади.

Шунингдек, кам таъминланган оилалар реестрига киритилган оилаларнинг ногиронлиги бўлган ҳар бир фарзанди учун юқорида кўрсатилган субсидия умумий суммасининг 30 фоизи миқдорида қўшимча тўлов амалга оширилади.

    Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” prinsipi asosida yangi bosqichga ko‘tarishga, sud organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

   Keng ko‘lamli islohotlar natijasida sud-tergov amaliyotida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan samarali mexanizmlar ishlab chiqildi.

   Xususan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud tomonidan ishonchli ta’minlash maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etildi.

Prezident tomonidan 28.01.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaхsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1022-son Qonun imzolandi.

JPKga tergov sudyasini vakolatlarini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga:

qamoqqa olish yoki uy kamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

ushlab turish muddatini qirk sakkiz soatgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

pasportning (harakatlanish хujjatining) amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;

prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqish;

tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan aхborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish;

mol-mulkni хatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish kiradi.

Shuningdek, tergov sudyasining vakolat doirasiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi belgilanmoqda. Xususan, tintuv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni oʻtkazish asoslarini bayon qiladi.

Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Mazkur sudning sudyasi yoʻqligida yoхud uning iltimosnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishini istisno etadigan holatlar mavjud boʻlganda - Qoraqalpogʻiston sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.

 Uchquduq tuman Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshlig`i D.B.Rustamova

Konchilik ishlarini bajarishda tog‘ jinslarini konveyer liniyalari orqali tashish eng qulay, samarali va tejamkor vosita hisoblanadi.

Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Dovg‘iztov” konida uzunligi 1 900 metr, eni 2 metr bo‘lgan davriy oqim texnologiyasi majmuasi ishga tushirildi. Shimoliy kon boshqarmasida birinchi bor qurilgan bu kabi majmuani barpo etishda 5 ming tonna og‘irlikdagi metallkonstruksiyalardan foydalanildi.

Ushbu majmuaning ishga tushirilishi “Daugiztau” konida konchilik texnikalari orqali tog‘ jinslarini tashish masofasini qisqartirish, yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

“Daugiztau” koni boshlig‘i Abbos Yoqubov taʼkidlaganidek:

“2024-yilda konda 38,1 mln. kubmetr tog‘ jinslari qazib olinib, yillik reja 115,5 foizga bajarildi. Joriy yilda 41,1 mln. kubmetr tog‘ jinslarini qazib olish rejalashtirilgan. Konning ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich oshirilishi natijasida keyingi yillarda tog‘ jinslarini qazib olish hajmi 2,5 barobarga ortdi. Bugun ishga tushirilgan konveyer liniyasi konda tog‘ jinslarini tashishni yanada oshirish imkonini beradi.”

Davriy oqim texnologiyasi majmuasini qurish ishlarida Navoiy mashinasozlik zavodi, Zarafshon qurilish boshqarmasi, Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini taʼmirlash hamda taʼmirlash-mexanika sexlari jamoalari faol ishtirok etishdi.

Majmuani ishga tushirish munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda “NKMK” AJ bosh muhandisi A.Ravshanov, Shimoliy kon boshqarmasi rahbariyatiya va “Dovg‘iztov” koni ishchi-xodimlari qatnashdi.

“NKMK” AJ Matbuot xizmati.

    O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi       17-moddasiga ko’ra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida BEPUL ASOSDA tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatilgan alohida hollar mavjud bo‘lganda tibbiy ko‘rikdan o‘z roziligi bilan o‘tkaziladi.

    Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qaroriga 1-ilova “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

    Nizomning 6-bandiga ko’ra, nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy ko‘rik jarayonida genetik tekshiruvlarga zarurat bo‘lganda, ularning o‘zaro kelishuvi asosida ushbu tekshiruvlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.04.2022 yildagi PQ-217-son “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko’ra, 2023-yil 1-iyuldan boshlab nikohlanuvchi shaxslar o‘z hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlariga tashrif buyurish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan o‘tkaziladi.

Qarorning 4-bandiga ko’ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar nikohlanuvchi shaxslarni molekulyar-genetik testdan hamda homilador ayollardan molekulyar-genetik diagnostika uchun olingan biomaterialni laborator tekshiruvdan o‘tkazish tartibini tasdiqlash belgilangan.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 10-oktabrdagi “Spinal mushak atrofiyasi kasalligi bo’yicha nikohlanuvchi shaxslar hamda homilador ayollarni  molekulyar-genetik diagnostika tekshiruvidan o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №280-sonli buyrug’iga ko’ra, nikohlanuvchi shaxslarni molekulyar-genetik testdan o’tkazish ULARNING ROZILIGI BILAN IXTIYORIY RAVISHDA O’Z HISOBIDAN AMALGA OSHIRILADI.

    Xavf guruhidagi homilador ayollardan olingan biomaterialni molekulyar-genetik laborator tekshiruvdan o’tkazish bepul davlat hisobidan amalga oshiriladi.

    Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, Siz molekulyar-genetik testdan o’tishga majbur emassiz. Ushbu testdan o’tish, nikohlanuvchi shaxslarni roziligi bilan IXTIYORIY RAVISHDA O’Z HISOBIDAN AMALGA OSHIRILADI.

 

 Shodiyeva Nafisa Minboy qizi
Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat
ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti   

     Учкудук туман ҳокимлигида 2024 йил давомида коррупцияга қарши курашишга оид қонунчилик ва ички идоравий талаблар, ташкилот ходимлари томонидан бузилмаганлиги маълум қилинади.

 

2025 йил 1 январ ҳолатига

Т/р

Интизомий жазо қўлланилган ходим Ф.И.О

Лавозими

Талаблари бузилган ҳужжат

Талаблари бузилган қоиданинг мазмуни

такрорийлиги

Қўлланилган интизомий жазо ва тегишли буйруқ реквизитлари

1.

Хамаев Ғанишер

Туман ҳокимлиги бош мутахассиси

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 30 декабрдаги “Республикада кўкаламзорлаштиириш ишларини жадаллаштириш, дарахтлар муҳофазасини янада самарали ташкил этиш тўғрисида”ги ПҚ-46 сонли қарори

“Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида “Навоийуран” давлат корхонаси томонидан 34700 туп кўчат екинлари екилмаган бўлишига қарамасдан электрон базага мазкур кўчатлар екилган тарзда киритилиб, қўишб ёзиш ҳолатига йўл қўйилгана

Биринчи марта

Ташкилот раҳбарининг 2024 йил 6 июндаги 54-5-76-F/24-сон буйруғи билан ҳайфсан интизомий жазоси қўлланилди

2.

Абдуллаев Фарход

Туман ҳокимлиги бош мутахассиси

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 9 январдаги “2024 йилда янги иш ўринларини ташкил этиш ва аҳоли бандлигига  дастури тўғрисида”ги ПҚ-7 сонли қарори

https://yangi ish.mehnat.uz/web сайтига 19 та янги иш ўринлари яратилмаган бўлсада, базага киритиб қўшиб ёзиш ҳолатига йўл қўйилган

Биринчи марта

Ташкилот раҳбарининг 2024 йил 6 июндаги 54-5-76-F/24-сон буйруғи билан ҳайфсан интизомий жазоси қўлланилди

 

 

 

          

 

Т/р

Ходимнинг Ф.И.О

Лавозими

Ўқитиш тури (шакли)

Ўқитиш муддати

2024 йил  давомида умумий ўқитишдан (барча ходимлар учун) ўтган ходимлар

1.

Муратов Севдиёр Шавкатжонович

Учқудуқ тумани ҳокимининг қурилиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология ва кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича ўринбосари

Маърифат соати

2024 йил давомида

2.

Расулов
 Эркин Джaлилович

Учқудуқ туман ҳокими ўринбосари – инвестициялар ва ташқи савдо бўлими бошлиғи вазифасини бажарувчи в.в.б

Маърифат соати

2024 йил давомида

3.

Астанов Дўстмурод Ўралбоевич

Учқудуқ тумани ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари

Маърифат соати

2024 йил давомида

4.

Муратов Нурладин Мустафаевич

Учқудуқ тумани ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари

Маърифат соати

2024 йил давомида

5.

Гадоев Лазиз

Камолович

Учқудуқ туман ҳокимлиги Ташкилий-кадрлар гуруҳи раҳбари

Онлай-ўқув курс,

Маърифат соати

2024 йил давомида

6.

Ғаффоров Анвар Абдуқодирович

Учқудуқ туман ҳокими ёрдамчиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

7.

Хикматов Олим Акмалович

Учқудуқ туман ҳокимининг чегара масалалари бўйича ёрдамчиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

8.

Кодирова Райҳон

Уразовна

Учқудуқ туман ҳокимлиги Ахборот хизмат раҳбари - матбуот котиби

Маърифат соати

2024 йил давомида

9.

Жонпўлатова Нилуфар

Актам қизи

Учқудуқ туман ҳокимининг маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш, давлат тили тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилишини таъминлаш масалалари бўйича маслаҳатчиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

10.

Қодиров Акмал Рашидович

Учқудуқ туман ҳокимлиги
бош ҳисобчиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

11.

Назарова Лазиза Фахриддиновна

Учқудуқ туман ҳокимлиги девонхона мудири

Маърифат соати

2024 йил давомида

12.

Халилов Достонбек Рустам ўғли

Учқудуқ туман ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича бош мутахассиси

Онлай-ўқув курс,

Маърифат соати

2024 йил давомида

13.

Хамраев Ғанишер

Райим ўғли

Учқудуқ туман ҳокимлиги қурилиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология ва кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича бош мутахассис

Маърифат соати

2024 йил давомида

14.

Тишканбаев Нурлибай Дуйсенбаевич

Учқудуқ туман ҳокимлиги кишлоқ ва сув хўжалик масалалари бўича бош мутахассиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

15.

Жўрақулов Охунжон Одил ўғли

Учқудуқ туман ҳокимлиги ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича бош мутахассиси

Онлай-ўқув курс,

Маърифат соати

2024 йил давомида

16.

Холмаматова Муножот Облоқуловна

Учқудуқ туман ҳокимлиги ижро интизоми назорати бўйича бош мутахассис

Маърифат соати

2024 йил давомида

17.

Харипов Нурилло Урал ўғли

Учқудуқ туман ҳокимлиги Девонхона етакчи мутахассиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

18.

Сафарова Ўғилой Комиловна

Учқудуқ туман ҳокимлиги оилавий, маънавий-ахлоқий қадриятларни мустаҳкамлаш ва ижтимоий реабилитация қилиш ишларини мувофиқлаштириш бўйича етакчи мутахассиси

Маърифат соати

2024 йил давомида

19.

Тангирбергенов Даврон Шароф ўғли

Учқудуқ туман ҳокимлиги Рақамли иқтисодиётни жорий этиш бўйича лойиҳалар менежери

Онлай-ўқув курс,

Маърифат соати

2024 йил давомида

Жами

19 та

   

Ўтган йилнинг

шу даврида

15 та

 

Page 7 of 227

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: