LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

07 Jul 2024

❗️DIQQAT

▪️ YO‘LLARGA O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN SUN’IY NOTEKISLIK O‘RNATGANLAR JAVOBGARLIKKA TORTILADI

? Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasiga ko‘ra, 

➖ yo‘llarga temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan, shu jumladan yo‘l qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi deb belgilangan.

✏️ Kim xohlasa uyini oldiga yoki do‘konini ro‘parasiga sun’iy notekislik o‘rnatib olishi mumkin emas va bunday harakat yuqoridagi miqdorda javobgarlikka sabab bo‘ladi

04 Jul 2024

?Jazirama issiq – havo haroratining bir necha kun davomida 10 va undan ortiq gradusga keskin ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi.

Issiqlik olishning kritik holati jazirama issiqda uzoq muddat bo‘lish natijasida oftob urishi yoki yurak faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

❌Tananing qizarib ketishi, kuchli chanqash, qaqrab ketish issiqlik urishining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Keyinchalik yurak faoliyatining to‘xtab qolishi,  hushdan ketish holatlari ham   kuzatiladi.

❓Jazirama issiq paytida qanday harakat qilish kerak?

1. Harorat ko‘tarilganda issiqdan panaga o‘ting. Havo o‘tadigan och rangdagi kiyim (paxta matosidan tayyorlangan) kiyish tavsiya etiladi. Bosh kiyimni ham kiyishni unutmaslik kerak.

2. Ko‘p suv ichish – suv ichish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. Issiq paytida har kuni suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Oddiy ichimlik suvi iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Pivo va boshqa alkogol ichimliklar organizmni yomonlashishiga olib keladi.  Jazirama issiq paytida soat 12.00 dan 16.00 ga qadar ko‘chaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama issiq vaqtini uyda yoki ishxonada o‘tkazish darkor.

3. Tez-tez dush qabul qiling.  Tez-tez dush qabul qilish tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Suvni kuchli sovutish oqibatida haroratning keskin o‘zgarishi zotiljam kasalligiga yo‘l ochib beradi.

4. Jazirama issiq urganda zudlik bilan soya joyga, shamol bor joyga o‘ting yoki dush qabul qiling. Tanani sovutishga xarakat qiling.

5. Ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga xarakat qiling. Jazirama issiq paytida sovuq ovqatlar, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ovqat albatta tuzli bo‘lishi darkor, chunki havo harorati yuqori bo‘lganda odam organizmidan ko‘p miqdorda natriy chiqib ketadi.

6. Sintetik materialdan kiyim kiyishdan saqlaning. Tabiiy mahsulotlar- paxta, ipak tolalaridan tayyorlangan kiyimlar issiq havoda qulaydir. Kepka, panama yoki shapka kiyishdan uyalmang. Issiq urishi asosan boshning isib ketishidan bo‘ladi.

7. Bunday issiqda kondisionersiz qiyin. Kondisioner bor xonada bo‘lganingizda uning ro‘parasiga o‘tirmang. Kondisionerning ishlashi jarayonida qanchadan –qancha bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmoniyani qo‘zg‘atadi.

8. Tana haroratinig sovushi qo‘l va oyoq mushaklarini tortilishiga olib keladi.  Issiq urishi alomatlaridan (umumiy charchash, bosh og‘rig‘i, hushni yo‘qotish, yuz terisini qizarib yoki oqarib ketishi, puls me’yori buzilishi) terlash natijasida inson organizmida suvga ehtiyoj ko‘payadi, shu sababli 80-100 ml.miqdorida suv ichish va og‘iz bo‘shlig‘ida bir oz ushlab turish, badanni sovutib, soyaga o‘tib,  badanning hamma yeriga suv quyish zarur.

 

Uchquduq tuman SEO va JS boʻlimi

04 Jul 2024

?Jazirama issiq – havo haroratining bir necha kun davomida 10 va undan ortiq gradusga keskin ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi.

Issiqlik olishning kritik holati jazirama issiqda uzoq muddat bo‘lish natijasida oftob urishi yoki yurak faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

❌Tananing qizarib ketishi, kuchli chanqash, qaqrab ketish issiqlik urishining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Keyinchalik yurak faoliyatining to‘xtab qolishi,  hushdan ketish holatlari ham   kuzatiladi.

❓Jazirama issiq paytida qanday harakat qilish kerak?

1. Harorat ko‘tarilganda issiqdan panaga o‘ting. Havo o‘tadigan och rangdagi kiyim (paxta matosidan tayyorlangan) kiyish tavsiya etiladi. Bosh kiyimni ham kiyishni unutmaslik kerak.

2. Ko‘p suv ichish – suv ichish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. Issiq paytida har kuni suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Oddiy ichimlik suvi iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Pivo va boshqa alkogol ichimliklar organizmni yomonlashishiga olib keladi.  Jazirama issiq paytida soat 12.00 dan 16.00 ga qadar ko‘chaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama issiq vaqtini uyda yoki ishxonada o‘tkazish darkor.

3. Tez-tez dush qabul qiling.  Tez-tez dush qabul qilish tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Suvni kuchli sovutish oqibatida haroratning keskin o‘zgarishi zotiljam kasalligiga yo‘l ochib beradi.

4. Jazirama issiq urganda zudlik bilan soya joyga, shamol bor joyga o‘ting yoki dush qabul qiling. Tanani sovutishga xarakat qiling.

5. Ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga xarakat qiling. Jazirama issiq paytida sovuq ovqatlar, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ovqat albatta tuzli bo‘lishi darkor, chunki havo harorati yuqori bo‘lganda odam organizmidan ko‘p miqdorda natriy chiqib ketadi.

6. Sintetik materialdan kiyim kiyishdan saqlaning. Tabiiy mahsulotlar- paxta, ipak tolalaridan tayyorlangan kiyimlar issiq havoda qulaydir. Kepka, panama yoki shapka kiyishdan uyalmang. Issiq urishi asosan boshning isib ketishidan bo‘ladi.

7. Bunday issiqda kondisionersiz qiyin. Kondisioner bor xonada bo‘lganingizda uning ro‘parasiga o‘tirmang. Kondisionerning ishlashi jarayonida qanchadan –qancha bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmoniyani qo‘zg‘atadi.

8. Tana haroratinig sovushi qo‘l va oyoq mushaklarini tortilishiga olib keladi.  Issiq urishi alomatlaridan (umumiy charchash, bosh og‘rig‘i, hushni yo‘qotish, yuz terisini qizarib yoki oqarib ketishi, puls me’yori buzilishi) terlash natijasida inson organizmida suvga ehtiyoj ko‘payadi, shu sababli 80-100 ml.miqdorida suv ichish va og‘iz bo‘shlig‘ida bir oz ushlab turish, badanni sovutib, soyaga o‘tib,  badanning hamma yeriga suv quyish zarur.

 

Uchquduq tuman SEO va JS boʻlimi

03 Jul 2024

     “Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

      Qarorga koʻra, 2024 yil 1 sentabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obʼektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obʼektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi;
  • ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YaIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda koʻrsatiladi;
  • ruxsatnoma yoʻl obʼektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;
  • ruxsatnomada yoʻl obʼektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yoʻl obʼektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish koʻrsatiladi;
  • yoʻl obʼektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun koʻrinadigan joyga ilib qoʻyilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga koʻra taqdim etilishi shart hisoblanadi;
  • ruxsatnoma olmasdan turib yoʻl obʼektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va taʼmirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qoʻymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini koʻrmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng yoʻl obʼektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
03 Jul 2024

    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi
baynalminal jangchilarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga;
pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).

Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: Shodiyeva Nafisa Minboy qizi

03 Jul 2024

            Oshqozon ichak kasalligi ko‘proq yilning issiq paytlarida uchraydi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar ta’sirida rivojlanadi. Mikroblar og‘iz orqali tushib, ichak yo‘lida ko‘payadi va devorini yallig‘lantiradi. Shuning uchun najasda shilliq modda va qon bo‘lishi mumkin ba’zi mikroblar o‘zidan toksin ya’ni zaxar ajratish xususiyatiga ega. Ushbu toksin qonga so‘rilib, butun tanani zaxarlaydi.

Kasallikning yuqish yo‘llari.

       Kasallik asosan bemordan yuqadi. Mikroblar bemorning najasi, so‘lagi, siydigi, qusug‘i bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi. Yuqumli oshqozon ichaklarining tarqalishida pashsha, suvarak va shu kabi boshqa hashoratlaning ham o‘rni katta. Ular iflos joylarda tuxum qo‘yib, ko‘payib kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni o‘ziga ilashtirib oladi hamda oziq-ovqat maxsulotlari, suv va idish-tovoqqa qo‘nib, ularga mikroblarni tarqatadi.      

Yuqumli oshqozon ichak kasalligi quyidagicha namoyon bo‘ladi

    Ichning odatdagidan ko‘ra tez-tez va suyuq ketishi, ba’zi hollarda najasda qon bo‘lishi, ko‘ngil aynish, qusish, darmon qurishi.

 Shifokor kelgunga qadar uy sharoitida bemorga qanday yordam berish kerak

           Bemorga odatdagidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichirishga harakat qiling. Bemorga shifokor bilan maslaxatlashmasdan turib, turli xil dori vositalari, jumladan antibiotik berish mumkin emas. Ko‘proq qaynatilgan suv ichish tavsiya etiladi. Xo‘l mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish zarur. Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlarni yoki salatlarni iste’mol qilishdan cheklaning. Sovutgichlarni toza tutish, undagi maxsulotlarni o‘z vaqtida iste’mol qilish, tez-tez yangilap turmoq darkor. Idish-tovoqlarni yuvgandan so‘ng qaynagan suvga botirish yoki chayish kerak. Kasalxonaga borganda bemor yaqin kishingiz bo‘lsada masofa saqlang.

        Chaqaloqlarni ovqatlantirishda sun’iy ovqatlarni bolaga yetarli qilib tayyorlab bering hamda uzoq salamaslikka e’tibor qarating.

        Atrof-muhit, xonadonlar va aholi umumiy foydalanadigan joylarni doimo ozoda bo‘lishini ta’minlash kerak. Har birimizning sog‘ligimiz yuqorida aytilgan qoidalarni qanday bajarishimizga bog‘liq.

         Agarda yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarga amal qilsangiz, o‘tkir yuqumli oshqozon ichak kasalliklari va uning og‘ir asoratlaridan yiroq bo‘lasiz. Asosiysi esa oilangiz a’zolarning salomatligini mustahkamlashda o‘z hissangizni qo‘shasiz.    

       

Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limi

03 Jul 2024

       Sud huquq islohotlarining davomi sifatida 10 iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tezkor qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-89-sonli farmoni bilan 2025 yilning 1 yanvaridan Tergov sudyasi lavozimi joriy etilishi belgilandi.
      Farmonga ko‘ra tergov sudyasi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi JPKda ko‘rsatilgan ishni sudga qadar yuritish jarayonida sudning qarori (ajrimi) talab qilinadigan prosessual harakatlar bo‘yicha sud vakolatlarining barchasi o‘tkazilishi, shuningdek tergov sudyalari ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqishi belgilanmoqda.
        Farmonga muvofiq, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:
-Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;
-Qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma;
-Pasportning (harakatlanish hujjatning) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
-murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
-pochta telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
-tintuv o‘tkazish haqidagiiltimosnoma;
-telefonlar va boshqa telekomunikatsiya qurilmalari orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma
-mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
Bundan tashqari bir nechta majburlov choralari bilan bog‘liq iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi.
“Tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo‘ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ar qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” – deyiladi farmonda.
Ularni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi, tashkiliy faoliyatlariga Qoraqalpog‘iston sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari rahbarlik qiladi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha
Uchquduq tuman sudi raisi Kurbonov Akmal Abdishukurovich

02 Jul 2024
 

    Endilikda avtomototransport vositasini tasarruf etish ishonchnomasini shahodatlash uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi.

Notarial idoraga bormagan holda amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda fuqarolar: 

 

— er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini;

— avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini;

— hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirishlari mumkin.

02 Jul 2024

      Kibermadaniyatni yuksaltirish maqsadida «Targ‘ibot oyligi» start oldi

     UCHQUDUQ TUMAN IIB OGOHLANTIRADI

      QO‘SHNILAR ORASINI BUZGAN FIRIBGAR

        Nazima opa ertalab doimiy odati telegrammga kirsa qo‘shni kelin Nigoradan xabar keladi
- Opa pulingiz bo‘lsa biroz yordam qilib turing, bolamning mazzasi bo‘lmadi.Shunga kerak bo‘ldi.Obedda xo‘jayinim kelishi bilan yetkazaman. Hozir karta raqam jo‘nataman.
Ikki qo‘shni orasida doimiy oldi-berdi bo‘lgani uchun Nazima opa hech ham gumon shubhaga bormadi. Va Nigora so‘ragan 1 millionni va u jo‘ntagan Muxammadbobur nomidagi plastik kartaga tashlaymi deb so‘radi. “Ha shunga tashlang”degan javob olib pulni ko‘rasatilgan raqamlarni terib jo‘natdi.
-Obedda olib kirib beraman –degan javob yozdi “Nigora”.
Bozorga chiqish zaruriyati bilan uyida qolgan eriga Nazima opa:-Nigora pul olib keladi olib qoling dedi ishonch bilan. Kech kirdi. Puldan emas qo‘shnisidan xavotir olib Nigoraga telefon qildi.
- Nigoraxon bolangiz yaxshimi?
- Bolam yaxshi nimaga so‘rayapsiz dedi xavotir bilan Nigora.
-Tong saharlab pul so‘raganingizga biror kor –hol bo‘ldimikan dedim. Yana telefon qilish noqulay bo‘ldi. Obedda chiqsangiz so‘rarman deb kutdim. ..
Shundan keyin Nigora o‘zining profilini o‘zlashtirib olgan firibgarlar yon qo‘shnisi Nazima opani ham chuv tushurganini sezdi.

        ‼️BU VOQEA TO‘QIMA EMAS! Shu kunlarda Uchquduq tumanida sodir bo‘ldi. Firibgarlar telegrram profilni buzib kirib unga yaqin tanishlariga go‘yoki pul zaril bo‘lib qolganini aytib turli bahonalar bilan yozishadi. Ishonganlar u tashlagan plastik kartaga pulni osongina tashlab berishadi. Yuqorida nomi o‘zgartirilgan Nigora ismli shaxsning ham profilini buzib kirgan firibgarlar uning 10 lab tanishiga shunday xabarlar jo‘natib qaryib 6 milliondan oshiq pulni yechib olishgan.

       HURMATLI YURTDOSHLAR! HAR QANDAY XABARLARGA ISHONMANG! AYNIQSA KIMDIR SIZDAN XABAR ORQALI PUL SO‘RASA ULAR BILAN TELEFON ORQALI BOGʻLANING, SHUNCHAKI FIRIBGARLAR QURBONIGA AYLANMANG!

 

01 Jul 2024

        Uchquduq tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman hokimligi axborot xizmati bo‘limi bilan hamkorlikda "Uchquduq tumanida ijtimoiy himoga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ayniqsa ayollarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
         O‘tkazilgan matbuot anjumanida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, reproduktiv yoshdagi ayollarni kontrasepsiya vositalari bilan qamrab olish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish va istalmagan homiladorliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ayniqsa xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikka keng jalb etish, ayollarni onkoskrining nazoratidan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash, bu borada doimiy ravishda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish kabi mavzularda so‘z borib, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda ishlarni tizimli amalga oshirish rejalashtirib olindi.

photo 2024 07 01 18 14 45

       Tumanda 2024 yilda 5-bosqich "Ayollar daftari" shakllantirilib, 3-toifa boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga 161 nafar, 4-toifa ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga 100 nafar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga 72 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda ularga "Ayollar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir matalik moddiy yordam, sog‘ligini tiklash uchun dori-darmonlar, davolanish va jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ ajratilib kelinmoqda.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: