Hokimiyat matbuot xizmati
O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.
E’tibor bering 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga bolnichniy puli 100% to’lanadi. Dekret pulini 75% yoki 100% to’lash bolalar soniga bog’liq emas, balki xodimning ishga qabul qilingan kundan keyingi stajiga ibog’liq!
Nizomning 35-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;
ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.
Diqqat etibor bering, umumiy ish staj haqida emas, aynan ishga qabul qilingan kundan keyingi staj haqida gap ketmoqda. Ya’ni aytaylik, 10 yillik ish stajiga ega ayol, boshqa yangi ishga qabul qilindi va oradan 6 oy o’tgach dekretga chiqdi, dekret puli 75 % to’lanadi.
Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: Shodiyeva Nafisa Minboy qizi
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-maktabda qurilish ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli eski deraza-romlar, quvurlar va bir qator ikkilamchi mahsulotlar sotuvga qo'yilganligi ma'lum qilinadi.
Mahsulotlar narxi, soni holati bo'yicha 9-maktab ma'muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
Auksion 12.07.2024 kuni 09:00 da bo'lib o'tadi
Bolalarni bog‘chaga joylashtirish yanada soddalashdi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:
✅ Elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi;
✅ Qurilishi tugallanmagan ob’yektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi;
✅ Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.
- Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinadi.
- Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi.
- Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.
✅ Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi.
✅ Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi.
✅ Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi.
✅Fuqarolarga Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatiga lisenziya olish jarayonida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanish imkoniyati yaratildi.
Avvalo aytib o‘tish joizki, pensiya miqdori ish stajiga ham ish haqiga ham bog‘liq hisoblanadi.
Pensiyaga chiqish uchun ish staji yetarli bo‘lsa, lekin ish haqi kam bo‘lgan bo‘lgan taqdirda ham pensiya miqdori yuqori chiqmasligi mumkin. Aksincha ish haqi yuqori bo‘lib, lekin ish staji kam bo‘lsa, bu ham pensiya miqdori kam chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, pensiyani hisoblashda fuqaroning oxirgi 10 yillik mehnat faoliyatidan istalgan ketma-ket 5 yillik davrning ish haqi inobatga olinadi.
Shuning uchun, fuqarolarimizdan ham ish stajiga, ham ish haqlariga e’tiborliroq bo‘lishlarini maslahat beramiz.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-maktabda qurilish ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli eski deraza-romlar, quvurlar va bir qator ikkilamchi mahsulotlar sotuvga qo'yilganligi ma'lum qilinadi.
Mahsulotlar narxi, soni holati bo'yicha 3-maktab ma'muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
Auksion 11.07.2024 kuni 15:00 da bo'lib o'tadi.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun oziq -ovqat mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.
Test kunida abituriyent quyidagi narsalarni olib kirishi mumkin:
▪️ shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasport);
▪️ abituriyent ruxsatnomasi;
▪️ bosh kiyimi (jumladan, kepka yoki panama);
▪️ oddiy qoʻl soati (elektron aqlli-soat (smart-watch) bundan mustasno);
▪️ optik koʻzoynak (boshqa turdagi koʻzoynaklar bundan mustasno);
▪️ pul;
▪️ dastroʻmol;
▪️ kalit.
Quyidagilar narsalarni testga olib kirish mumkin emas:
◻️ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
◻️ yordamchi qoralamalar (shpargalka) kalkulyator va h.k.;
◻️ ruchka (u ichkarida beriladi);
◻️ suv (u ichkarida beriladi);
◻️ qoralama uchun qogʻoz (u ichkarida beriladi);
◻️ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ular ichkarida beriladi);
◻️ tibbiy niqob (u kirish joyida yangi beriladi);
◻️ mashina pulti (u kirish postida qoldiriladi).
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish aholining ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tashkil etilayotgan sport musobaqalari orqali esa yoshlarda o‘z irodasi kuchi va imkoniyatlarini to‘la namoyon etish o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
Bu kabi amaliy ishlar ortidan mamlakatimiz vakillari yosh sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotganliklari tahsinga sazovordir. Aslida Uchquduq bepoyon vatanimizning eng chekka hududi bo‘lishiga qaramay, sportchi yoshlarimiz qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlari bilan moʻjazgina shahar nomini ko‘plab yurtlarga tarannum etmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Ana shunday umidli yoshlardan biri Nozima Normurodova. U 2011 yilda Uchquduq tumanida tug‘ilgan. Sportning milliy kurash, erkin kurash, sambo, dzyudo va jiu-jisu turlari bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Nozima bor-yo‘g‘i 13 yoshda. Sportga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, bugun O‘zbekiston va jahon chempioni maqomini qo‘lga kiritishga ulgurdi. Undagi shijoat mitti jussasidagi katta jasorat Nozimani g‘alabalar sari ildam odimlashga undamoqda.
Haqiqatdan ham yoshlikdan sport bilan shug‘ullanish bolani kuchli, epchil qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Ham jismonan ham ruhiy jihatdan chiniqtiradi. Nozima ham endigina 6-sinfda o‘qishiga qaramay o‘zining iqtidorini namoyish etib, bir necha bor Osiyo va O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga ega bo‘ldi. U o‘tgan yilda jahon chempionatida faol ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, joriy yilda ham uning yutuqlari bardavom bo‘ldi.
Kuni-kecha Rossiyaning Yakuti shahrida o‘tkazilgan VIII - Osiyo bolalari musobaqasida sportning erkin kurash turidan 39 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, yurtimiz madhiyasini Osiyo arenalarida jaranglashiga sabab bo‘lganligini alohida faxr bilan ta’kidlash o‘rinli, albatta.
Nozima erishayotgan g‘alabalari ortida Uchquduq tuman sport maktabi jamoasi va murabbiyi Sardor Sattorovning mehnatlari beqiyosligi shubhasiz.
Yuragida Vatanga muhabbat va sadoqatni jo qilgan Nozima singari sportchi qizlarimizning ko‘zidagi shijoat uchqunlari aslo so‘nmasin, deymiz. Zero, har gal kurash uchun maydoga chiqayotgan Nozima singari qizlarning ortida xalqimizning ularga bo‘lgan ishonchi suyanch bo‘lib g‘alabalar sari yetaklayversin.
Lola SULAYMONOVA,
Uchquduq tuman sport maktabi metodisti.