Hokimiyat matbuot xizmati
Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan 3 ta shtat birligidan iborat shu’ba tashkil etiladi:
- nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
- VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
- oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko‘rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish.
Zarpechak, chirmovuq (Cuscuta L)— chirmovdoshlar (Cuscutaceae)ra mansub tekinxoʻr oʻsimlik turkumi. Moʻʼtadil mintaqalargacha 170 turi uchraydi. Bargsiz va ildizsiz bir yillik oʻt, qatʼiy karantin obʼyekti. Poyasi chirmashib oʻsadi, ipsimon, sershox, tanasi sariq, yashilsargʻish yoki toʻq sariq. Gullari mayda oq yoki och pushti. Mevasi qattiq qobiqli bir qancha urugʻli dumaloq koʻsakcha, urugʻida oʻralgan murtagi bor. Murtakning tuklar bilan qoplangan kalin uchi tuproqqa oʻsadi, ikkinchi uchi urugʻ poʻstidan ajralib xoʻjayin oʻsimlikka chirmashadi va oʻralib, oʻsimlik toʻqimalariga chuqur kirib shirasini soʻradi va quritadi. urugʻi va poyasidan koʻpayadi. Z.ning bir oʻsimligi 10—50 minggacha urugʻ beradi. Z.ning Oʻrta Osiyoda uchraydigan turlari: dala, asosan, beda, kanop, gʻoʻza, sabzavotpoliz va b.ni zararlaydi; beda, asosan, bedani, shuningdek, noʻxat, qashqarbeda va yantoqni zararlaydi; xitoy kanop, jut, gʻoʻza, lavlagi, qovun, beda, qisman kartoshka pomidorni zararlaydi; yevro pa Z. kanop, kartoshka, tamaki, qulmoq, beda, qashqarbeda, siren va b. buta hamda daraxtlarni zararlaydi; Kurash choralari: karantin, tushgan bedapoyaga birinchi oʻrimdan keyin nitrafen yoki DNOK eritmasi, haydalgan bedapoya, uvat, yoʻl yoqalari, ekin ekilmagan yerlarga esa nitrafen eritmasi purkaladi.
Jumaqulov Jasur
Navoiy viloyati uchquduq tumani agronom inspektori
Qonunchilik palatasi tomonida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
✅ Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga (ya’ni huquqbuzarga emas) 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi;
✅ Skuter va boshqa individual harakatlanish vositalarini boshqaruvchilar ham velosiped hamda mopedlar haydovchilariga tenglashtirilib, ularni boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima to‘lanadi;
✅ tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi foto va video radarlarda qayd etilgan bo‘lsa, ulardan o‘sha paytda xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.
Ma’lumki Navoiy viloyati Respublikamizning nufuzli, sanoati rivojlangan viloyatlardan biridir. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so'ng barcha shahar va tumanlarida yurtboshimiz tashabbusi bilan bosqichma-bosqich keng qamrovli qurilish ishlari olib borilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Yong‘in xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi va quyi tizmlari tomonidan muxofaza qilinayotgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati sanoat maydonlarida ham bir qancha yangi qurilishlar va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan: NKMK O`ta muhim davlat axamiyatiga moil 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida ham qurulishlar davom etmoqda unda maydalash sexida yangi 7-sonli tigirmon texnalogiyasi ishga tushirildi bunda 150 ga yaqin muhandis texnik xodimlarning kechayu kundiz tinmasdan mexnat qilishlari zavodning hamda yurtimizning rivojiga katta hissa qushish desak adashmagan bo`lamiz va ularning o`lkan mehnatlarini inobatga olgan holda ularning har birlariga ko`kirak nishoni va pull mukofatlari bilan taqdirlandi.
ShKB OYoXTTEBo'limi inspektorlari
Husniddin Yaxyayev va Ismoil Qilichevlar
Ижтимоий тармоқда "Уйимизни олдидаги ахлатларни олишингизни сўраб қоламан уйларимизга умуман ўтириб бўлмаяпти экоалогия жуда ҳам бузилган" Учқудуқ тумани мавзусида танқидий пост эълон қилинган.
Мазкур хабарда эълон қилинган чиқиндихонадаги тўпланиб қолган чиқиндилар тегишлича ташиб кетилди ва атроф тозаланди.
УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ.
Boquvchisi chet elga ishlashga ketgan oilalarga BHM 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.
"Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2024 yil 1 oktabrdan boshlab Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
a) Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:
— boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam;
— mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam;
— mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma;
b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berishni yoʻlga qoʻyadi.
Belgilanishicha, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda:
— yordam pullari va yoʻllanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar Xorijda ish dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa beriladi;
— yordam pullari va yoʻllanmalarni olish uchun talabgorlar Xorijda ish dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
— talabgorlardan elektron murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni ichida ularning nazarda tutilgan talablarga javob berishini qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olmagan holda idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi hamda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan yozma tavsiyanoma oladi;
— nazarda tutilgan talablarga javob beradigan talabgorlarning roʻyxatini shakllantiradi va har oyning 25-sanasigacha jamgʻarmaga taqdim etib boradi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar Gʻaybullayevning сўзларига кўра, mamlakatda bitta xonadonda to‘rttagacha istiqomat qilayotgan oilalar ham mavjud.
«O‘zbekistonda bitta kadastrga, ya’ni bir xonadonga bitta hisobraqam beriladi. Bugungi kunda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor. Bunday xonadonda istiqomat qiladigan oilalar bir oyda hech qanaqasiga 200 kWh elektr energiyasi ishlata olmaydi, kamida 800 kWh elektr ishlatadi. Biz bu [masala] bo‘yicha ham o‘z takliflarimizni berganmiz, buning ham yechimini topishimiz kerak, hal qilinmasa bo‘lmaydi», — dedi Alvar Gʻaybullayev.
2024 yilning yakuniga qadar elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda
Alvar Gʻaybullayevning сўзларига кўра, bugungi kunda mamlakatda elektromobillar ko‘payishi hisobiga odamlar o‘z elektromobilini quvvatlash uskunalari uchun alohida hisobraqam ochishni so‘ramoqda.
«Chunki fuqarolar yashashi uchun alohida, elektromobili uchun alohida elektr energiyasi ishlatishni xohlayapti. Biz hisob ochishda Toshkent va Samarqand shaharlarida muammoga uchrayapmiz. O‘rnatilgan bitta hisoblagich bir nafar iste’molchida (fider) bitta transformatordan elektr energiyasini oladi. Shunday joylar bo‘layaptiki, ayrimlar elektr energiyasi yo‘qligi uchun ikki, uch tomonlama ulab olmoqda. Lekin uning hisobi bizdan (HETdan) chiqib ketadi. Chunki bitta hisoblagich, bitta transformatordagi ma’lumot yig‘uvchi konsentratorga bog‘langan. Mana shu kabi holatlarning oldini olish uchun tegishli mutasaddilarga barcha takliflarimizni kiritganmiz», — dedi Alvar Gʻaybullayev.
Kiberjinoyatchilik - bu kompyuterlar, tarmoqlar va ma'lumotlar tizimlarini noqonuniy ravishda foydalanish, buzilish yoki boshqarish orqali sodir etiladigan jinoyatlardir. U har xil shakllarda bo'lishi mumkin, masalan:
* Ma'lumotlarni o'g'irlash: Shaxsiy ma'lumotlar, bank ma'lumotlari va boshqa nozik ma'lumotlarni o'g'irlash.
* Firibgarlik: Onlayn firibgarlik, kredit kartalarini firibgarlik va boshqa moliyaviy jinoyatlar.
* Zararli dasturlar: Kompyuterlarga zarar yetkazadigan yoki ularni boshqarishni nazorat qilish uchun ishlatiladigan dasturlar.
Kiberjinoyatchilikning oldini olish uchun quyidagi choralarni ko'rish mumkin:
* Kuchli parol yaratish:
* Antivirus dasturlarini o'rnatish:
* Dasturlarni muntazam yangilash:
* Shubhali havolalarga kirmaslik:
* Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish:
* Kiberxavfsizlik bo'yicha o'qitish:
Agar siz kiberjinoyatchilik qurboniga aylanishingizdan shubha qilsangiz, darhol tegishli organlarga murojaat qiling.
Aholining turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar, ijtimoiy xizmatlar, ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojiga doir O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni aholi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar asosidagina aniqlash mumkin.
Dunyodagi har bir davlat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ma’lum bir belgilangan davrlarda aholisini ro‘yxatga olib boradi. Ko‘pchilik davlatlarda aholini ro‘yxatga olish har besh yoki o‘n yilda amalga oshiriladi.
Aholini ro‘yxatga olish — shunchaki statistika emas, u umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Buning natijasida nafaqat aholi soni, balki, uning yoshi, jinsi, milliy tarkibi, yashash sharoiti, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, ta’lim darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi, ishsizligi va boshqa ijtimoiy-demografik masalalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar yig‘iladi.
Ushbu ma’lumotlar aholining istiqboldagi hisob-kitoblari va yaqin yillarda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu ma’lumotlar avvalgi aholini ro‘yxatga olishdan keyin o‘tgan vaqt davomida ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘iladigan ma’lumotlar, o‘z navbatida, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi.
Ayni chog‘da ular aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda ham nihoyatda qo‘l keladi. Masalan, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ish topish yoki boshqa maqsadlarda ko‘chib yurishlari, ularning bandliklari va kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar butun mamlakat yoki uning muayyan bir hududida ishlab chiqarish va xizmat qo‘rsatish sohasini rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish natijalari aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Bu kabi ma’lumotlarning umumlashtirilishi natijasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yuzaga keladi.
Aholini ro‘yxatga olish natijalarini umumlashgan, ya’ni shaxssizlantirilgan ko‘rinishda turli xil jadvallarda aks ettiriladi va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlar bo‘yicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.
Qonunchiligimizda koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish, saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar, yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan faoliyat turlari, shuningdek, yertoʻladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari bor.
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu haqda batafsil tushuntirish berdi.
– Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrdagi «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi qonunning 13-moddasi birinchi qismiga asosan umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi belgilangan.
Ushbu moddaning oltinchi qismida esa umumiy mol-mulkning ayrim qismlari umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxsga berilishi mumkinligi belgilangan.
Demak, uyda yashovchi barcha mulkdorlarning roziligini olgan taqdirdagina podvalni oʻz nomingizga oʻtkazishingiz mumkin boʻladi. Aks holda u yerni egallashingiz noqonuniy hisoblanadi.
Yana shuni taʼkidlash lozim, ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismiga binoan: umumiy mol-mulk, agar uning boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun oʻtkazilishi boshqa mulkdorlarning oʻz mulk huquqlarini amalga oshirishini cheklaydigan boʻlsa, boshqa shaxsga berilishi yoxud bir yoki bir nechta mulkdorga yoki boshqa shaxslarga foydalanish uchun oʻtkazilishi mumkin emas.
Tayanch va toʻsiq konstruksiyalarni, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻrama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari hamda qurilmalari va boshqa uskuna hamda qurilmalarni boshqa shaxsga berish taqiqlangan.