Hokimiyat matbuot xizmati
Uchquduq tumani “Do‘stlik” MFY hududidan Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 0.22 ga yer maydoni ajratish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Koronavirus pandimiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub‘ektlarini qullab-quvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4691-sonli qaroriga asosan, Uchquduq tuman SEO va JS bo’liming 2021-yil 29-yanvardagi 01-06/88-sonli murojaatini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Uchquduq tumani “Do‘stlik” MFY hududidan Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 0.22 ga yer maydoni ajratilsin. (Yer maydonlarining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
- Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun quyidagilar tavsiya etilsin:
topotasvir ishlarini bajarish uchun “O‘zGASHKLITI” Navoiy viloyat filialiga buyurtma berish (1:500 miqyosda);
tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari korxonalari tomonidan texnik shartlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari (ART-1, ART-2)ni ishlab chiqilishini ta‘minlashini so‘rash;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqish;
Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilsin.
- Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosi tasdiqlangan loyiha asosida qurilishini nazorat qilib borish topshirilsin.
- Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin
S.Xamroyev,
Tuman hokimi
2021-yil 29 –yanvar
18-Q- son Uchquduq tuman
Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY
hududidan “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risida
“Obod qishloq” davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2021-yil 27-yanvardagi 01-07/185-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risidagi tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
- Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rnatish ishlari amalga oshirilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
- Tuman qurilish bo‘limi I.Baxromzodaga ushbu “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha asosida o‘rnatish ishlarini nazorat qilib borish topshirilsin.
- Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi A.Qilichovga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.
S.Xamroyev,
Tuman hokimi
2021-yil 29 –yanvar
21-Q- son Uchquduq tuman
Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY hududi Buzaubay ovulidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish to‘g‘risida
“Obod qishloq” davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2021-yil 27-yanvardagi 01-07/185-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY hududi Buzaubay ovulidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini qurish to‘g‘risidagi tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
- Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY hududi Buzaubay ovulidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rnatish ishlari amalga oshirilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
- Tuman qurilish bo‘limi I.Baxromzodaga “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini tasdiqlangan loyiha asosida o‘rnatish ishlarini nazorat qilib borish topshirilsin.
- Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi A.Qilichovga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.
S.Xamroyev,
Tuman hokimi
2021-yil 29 –yanvar
19-Q- son Uchquduq tuman
Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish to‘g‘risida
“Obod qishloq” davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2021-yil 27-yanvardagi 01-07/185-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini qurish to‘g‘risidagi tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
- Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rnatish ishlari amalga oshirilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
- Tuman qurilish bo‘limi I.Baxromzodaga “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini tasdiqlangan loyiha asosida o‘rnatish ishlarini nazorat qilib borish topshirilsin.
- Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi A.Qilichovga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin
S.Xamroyev,
Tuman hokimi
2021-yil 29 –yanvar
20-Q- son Uchquduq tuman
Шу кунларда мамлакатимизнинг барча ҳудудларида бўлгани каби Учқудуқ туманида ҳам Низомиддин Мир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган маънавий-маърифий тадбирлар, адабий-бадиий анжуманлар бўлиб ўтмоқда.
Дарҳақиқат, Алишер Навоий умумбашарият маданий хазинасидан муносиб ўрин олган дурдона асарларини айнан она тилимизда яратган улуғ мутафаккирдир.
Сана муносабати билан “Учқудуқ” маданият уйида “Алишер Навоий – 580 ёшда” мавзусида маънавий-маърифий тадбир ўтказилди.
Тадбир аввалида 2020/2021 ўқув йилида умумтаълим фанлари бўйича ўтказилган олимпиаданинг учинчи вилоят босқичида юқори натижаларни қайд этган 9-10 синф ўқувчилари туман ҳокимининг ташаккурномаси билан тақдирланди. Олимпиаданинг республика босқичига йўлланмани қўлга киритган 6 нафар 11-синф ўқувчилари уларнинг ота-оналари ва ўқитувчилар туман ҳокимининг ташаккурномаси ва эсдалик совғалари билан рағбатлантирилди.
Шунингдек, буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллиги муносабати билан туман ҳокимлиги томонидан "Алишер Навоий ижоди шайдосиман" видеороликлар танлови ўтказилган. Тадбирда ушбу совридорлар ёш Навоий издошлари ҳам туман ҳокимининг ташаккурномаси ва қимматбаҳо совғалари билан тақдирланди.
“Алишер Навоий – 580 ёшда” мавзусида ўтказилган маънавий-маърифий тадбирда 7, 20 – умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари томонидан шоир қаламига мансуб ғазал, рубоий ва достонлардан намуналар ифодали ёд айтилди.
Туманимиздаги 10-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби театр синфи ўқувчилари ижросида намойиш этилган “Навоий ва султон Ҳусайн Байқаро”, “Навоий ва Гули” саҳна кўринишларини тадбир иштирокчилари катта қизиқиш билан қарши олдилар.
Бундан ташқари, “Учқудуқ” ва “Қизилқум” маданият уйи, 10-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби бадиий жамоалари томонидан ижро этилган куй-қўшиқлар барчага бердек манзур бўлди.
Айниқса, Д.Сафаров ижросидаги “Эй, сабо”, С.Эшмаматова ижро этган “Ишқ сели”, Ҳ.Чўлиев ижросидаги “Гулзорим”, З.Халилова томонидан куйланган “Мустаҳзод” қўшиқлари дилларга қувонч улашди.
Учқудуқ туман ҳокимлиги ахборот хизмати.
Навоий ҳазратлари эр кишининг биринчи галдаги вазифаси -юрт ободлиги тинчлигини асраши даркорлигини ҳар бир асарларида такрорлаганлар. Бугун Алишер Навоий орзу қилган авлод вояга етмоқда.
Шимолий кон бошқармасига қарашли Идоравий ҳарбийлаштиртлган қўриқлаш отрядида Мир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган маънавий маърифий тадбирда ана шулар ҳақида фикр юритилди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида”ги қарори асосида
Шимолий кон бошқармасига қарашли Марказий моддий таъминот базасида Мир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган маънавий маърифий тадбир ўтказилди.
Шимолий кон бошқармасига қарашли 3-сонли Гидрометаллургия заводида Алишер Навоий ва Захриддин Мухаммад Бобур таваллуд кунига бағишланган маънавий-маърифий тадбир ўтказилди. Тадбирда икки буюк сиймонинг ҳаёт ва ижоди сўзлаб ўтилиб, кўтаринки руҳда бахру-байт уюштирилди ва ажойиб саҳна кўринишлари ҳам намойиш этилди.
9 феврал куни Ўзбек тилининг асосчиси, буюк Алишер Навоий туғилган кунга 580 йил тўлди.
Ушбу сана муносабати билан Шимолий кон бошқармасида ҳам кончилар улуғ бобокалонимиз тўйи сабаб турли тадбирлар уюштиришди.
“Шарқий ” кони ишчилари орасида ноанъанавий тадбир бўлиб ўтди. Чилангар, кон ишчисидан тортиб , экскаватор машинисти иштирокида танлов ўтказилди. Унда қўйилган талаб 90 дақиқа ичида мўйқалам билан Навоий ҳазратлари сиймосини яратиш бўлди. Асл касби рассомчилик бўлмасада ишчи-ходимлар ҳазрат сувратини мусаввирлардек чиздилар. Ғолиблар эсдалик совғалар билан тақдирланишди.
Навоий ижоди ана шундай, одамзодни ҳар гал янгилик сари ундайди.
2021/22 ўқув йилида тиббиёт олийгоҳлари бўлмаган Қарши давлат университети, Жиззах давлат педагогика институти, Навоий давлат педагогика институти ва Гулистон давлат университетларида тиббиёт йўналишидаги факультетлар ташкил этилади.
Бу ҳақда Ҳаракатлар стратегиясининг 4 йиллик фаолиятига бағишланган халқаро форумда Соғлиқни сақлаш вазирлиги вакили Ўктам Исмоилов маълум қилди.
Исмаиловнинг сўзларига кўра, коронавирус пандемияси даврида Ўзбекистон бўйлаб қарийб 30 минг ўринли даволаш масканлари ташкил этилган.
«Ушбу масканлар 85 млн долларлик 3 та МСКТ, 56 та рентген, 2 303 та функционал кроват, 2 960 та СИПАП, 5 537 та кислород концентратори, 1 850 та ИВЛ, 1 564 та кардиомонитор, 150 та ПЗР аппарати ва бошқа зарурий анжомлар билан таъминланди.
Пандемияга қарши курашиш учун 200 мингдан зиёд тиббиёт ходими, жумладан, чет эллик 150 нафар юқори малакали шифокор ва мутахассислар жалб этилди. Юртимизда фаолият кўрсатаётган 36 280 нафар тиббиёт ходимлари коронавирус касаллигини даволашнинг сўнгги усуллари юзасидан ўқитилди.
Шунингдек, ўтган вақт давомида 10 та ҳудудда рентгенэндоваскуляр (ангиография) бўлимлари, 8 та вилоятда кардиохирургик «очиқ юрак» операцияларнинг амалга оширилиши йўлга қўйилиб, республикада илк бор 10 кг вазндан кам бўлган болаларда юракда очиқ жарроҳлик амалиёти бажарилди.
2021 йилда қўшимча равишда 100 та оилавий шифокор пункти ва 24 та оилавий поликлиника, эндокрин касалликларини аниқлаш ва даволаш мақсадида ҳудудий шифохоналарда махсус бўлимлар ташкил этилади.
35 та туманлараро қўшма шикастланишлар ва ўткир қон-томир касалликлари марказлари ташкил этилиб, Наманган, Самарқанд ва Хоразм вилоятларида буйрак трансплантация амалиётини ўтказиш йўлга қўйилади», – дея ССВ вакилининг сўзларини келтирмоқда Kun.uz мухбири.
Маълум қилинишича, 2021 йилда Ўзбекистонда 272 та янги хусусий тиббиёт муассасаси ташкил этилиши режалаштирилган.