LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

10 Feb 2021

   Uchquduq  tumani  “Aytim” MFY hududidan fuqaro Jalolov Asqarjon Xaydarovichga “savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosini qurish uchun  doimiy foydalanishga 600,0 kv.m yer maydoni ajratish to‘g‘risida

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob‘yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi 911-sonli qaroriga asosan, Qizilqum ko‘chasi 12-uy 5-xonadonda yashovchi fuqaro Jalolov Askarjon Xaydarovichning 2021-yil 11-yanvardagi 05G’049-39-son bilan ro‘yxatga olingan murojaatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

 

   Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani  “Aytim” MFY hududidan fuqaro Jalolov Asqarjon Xaydarovichga  “savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 600,0 kv.m yer maydoni ajratilsin. (Yer maydonlarining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  2. Fuqaro Jalolov Askarjon Xaydarovichga quyidagilar tavsiya etilsin:

topotasvir ishlarini bajarish uchun “O‘zGASHKLITI” Navoiy viloyat filialiga buyurtma berish   (1:500 miqyosda);

 tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari korxonalari tomonidan texnik shartlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari (ART-1, ART-2)ni ishlab chiqilishini ta‘minlashini so‘rash;

 loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqish;

“savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilsin.     

  1. Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu “savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosi tasdiqlangan loyiha asosida qurilishini nazorat qilib borish topshirilsin.
  2. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.
  3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

23-Q- son Uchquduq tuman

10 Feb 2021

   Uchquduq  tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasida joylashgan fuqaro J.Xamroyevga tegishli bo‘lgan  “savdo do‘koni” binosi orqa tomonidan vaqtincha foydalanishga  o‘n (10)  yil muddatga 270,0 kv.m yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi

 O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 6, 20-moddalariga asosan, Uchquduq tumani, Navoiy MFY hududi X.Do‘stligi ko‘chasi, 4-uy 29-xonadonda yashovchi fuqaro Xamroyev Jurabek Rizokulovichning 2021-yil 6-yanvardagi murojaatini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

    Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasidan Xamroyev Jurabek Rizokulovichga 270,0 kv.m yer uchastkasiga, 10 (o‘n) yil muddatga vaqtincha foydalanishga “savdo do‘koni” binosini qurishga ruxsat berish  to‘g‘risida Uchquduq tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasidan Xamroyev Jurabek Rizokulovichga 270,0 kv.m yer uchastkasiga, 10 (o‘n) yil muddatga vaqtincha foydalanishga “savdo do‘koni” binosini qurishga ruxsat berilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  3. Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu “savdo do‘koni” binosi qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida nazorat qilib borish topshirilsin.
  4. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan

    tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.

  1. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

22-Q- son Uchquduq tuman

10 Feb 2021

   Uchquduq  tumani  “Do‘stlik” MFY hududidan Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 0.22   ga yer maydoni ajratish to‘g‘risida

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Koronavirus pandimiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub‘ektlarini qullab-quvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4691-sonli qaroriga asosan, Uchquduq tuman SEO va JS bo’liming    2021-yil 29-yanvardagi 01-06/88-sonli murojaatini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

    Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani  “Do‘stlik” MFY hududidan Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 0.22 ga yer maydoni ajratilsin. (Yer maydonlarining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun quyidagilar tavsiya etilsin:

topotasvir ishlarini bajarish uchun “O‘zGASHKLITI” Navoiy viloyat filialiga buyurtma berish   (1:500 miqyosda);

tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari korxonalari tomonidan texnik shartlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda  arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari (ART-1, ART-2)ni ishlab chiqilishini ta‘minlashini so‘rash;

 loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqish;

Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilsin.     

  1. Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosi tasdiqlangan loyiha asosida qurilishini nazorat qilib borish topshirilsin.
  2. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.

     5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin

 

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

18-Q- son Uchquduq tuman

10 Feb 2021

   Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY 

   hududidan  “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish togrisida

 

   “Obod qishloq” davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2021-yil             27-yanvardagi 01-07/185-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

   Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risidagi tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rnatish ishlari amalga oshirilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  3. Tuman qurilish bo‘limi I.Baxromzodaga ushbu “Mahalla” binosini rekonsrtuktsiya qilish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha asosida o‘rnatish ishlarini nazorat qilib borish topshirilsin.
  4. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi A.Qilichovga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
  5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

21-Q- son Uchquduq tuman

10 Feb 2021

    Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY  hududi Buzaubay ovulidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish  to‘grisida

 

   “Obod qishloq” davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2021-yil 27-yanvardagi 01-07/185-sonli xatini inobatga                       olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

 

   Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY hududi Buzaubay ovulidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini qurish to‘g‘risidagi tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY hududi Buzaubay ovulidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rnatish ishlari amalga oshirilsin.  (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  3. Tuman qurilish bo‘limi I.Baxromzodaga “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini tasdiqlangan loyiha asosida o‘rnatish ishlarini nazorat qilib borish topshirilsin.
  4. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi A.Qilichovga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
  5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.

 

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

         

2021-yil 29 –yanvar

19-Q- son Uchquduq tuman

10 Feb 2021

    Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY  hududidan “Workout”, “Streetball”, “Suniy qoplamali sport maydoncha” larini qurish  togrisida

   “Obod qishloq” davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2021-yil 27-yanvardagi 01-07/185-sonli xatini inobatga  olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

 

      Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini qurish to‘g‘risidagi tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tumani “Kukayaz” OFY hududidan “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha” larini qurish to‘g‘risida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rnatish ishlari amalga oshirilsin.  (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  3. Tuman qurilish bo‘limi I.Baxromzodaga “Workout”, “Streetball”, “Sun’iy qoplamali sport maydoncha”larini tasdiqlangan loyiha asosida o‘rnatish ishlarini nazorat qilib borish topshirilsin.
  4. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi A.Qilichovga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
  5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin

 

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

20-Q- son Uchquduq tuman

09 Feb 2021

  Шу кунларда мамлакатимизнинг барча ҳудудларида бўлгани каби Учқудуқ туманида ҳам Низомиддин Мир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган маънавий-маърифий тадбирлар, адабий-бадиий анжуманлар бўлиб ўтмоқда.

  Дарҳақиқат, Алишер Навоий умумбашарият маданий хазинасидан муносиб ўрин олган дурдона асарларини айнан она тилимизда яратган улуғ мутафаккирдир.

  Сана муносабати билан “Учқудуқ” маданият уйида “Алишер Навоий – 580 ёшда” мавзусида маънавий-маърифий тадбир ўтказилди.

  Тадбир аввалида 2020/2021 ўқув йилида умумтаълим фанлари бўйича ўтказилган олимпиаданинг учинчи вилоят босқичида юқори натижаларни қайд этган 9-10 синф ўқувчилари туман ҳокимининг ташаккурномаси билан тақдирланди. Олимпиаданинг республика босқичига йўлланмани қўлга киритган 6 нафар 11-синф ўқувчилари уларнинг ота-оналари ва ўқитувчилар туман ҳокимининг ташаккурномаси ва эсдалик совғалари билан рағбатлантирилди.

  Шунингдек, буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллиги муносабати билан туман ҳокимлиги  томонидан "Алишер Навоий ижоди шайдосиман" видеороликлар танлови ўтказилган. Тадбирда ушбу совридорлар ёш Навоий издошлари ҳам туман ҳокимининг ташаккурномаси ва қимматбаҳо совғалари билан тақдирланди.

  “Алишер Навоий – 580 ёшда” мавзусида ўтказилган маънавий-маърифий тадбирда 7, 20 – умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари томонидан шоир қаламига мансуб ғазал, рубоий ва достонлардан намуналар ифодали ёд айтилди.

  Туманимиздаги 10-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби театр синфи ўқувчилари ижросида намойиш этилган  “Навоий ва султон Ҳусайн Байқаро”, “Навоий ва Гули” саҳна  кўринишларини тадбир иштирокчилари катта қизиқиш билан қарши олдилар.

  Бундан ташқари, “Учқудуқ”  ва “Қизилқум” маданият уйи, 10-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби  бадиий жамоалари томонидан ижро этилган куй-қўшиқлар барчага бердек манзур бўлди.

  Айниқса, Д.Сафаров ижросидаги “Эй, сабо”, С.Эшмаматова ижро этган “Ишқ сели”, Ҳ.Чўлиев ижросидаги  “Гулзорим”, З.Халилова томонидан куйланган “Мустаҳзод” қўшиқлари дилларга қувонч улашди.

Учқудуқ туман ҳокимлиги ахборот хизмати.

09 Feb 2021

Навоий ҳазратлари эр кишининг биринчи галдаги вазифаси -юрт ободлиги тинчлигини асраши даркорлигини ҳар бир асарларида такрорлаганлар. Бугун Алишер Навоий орзу қилган авлод вояга етмоқда.
Шимолий кон бошқармасига қарашли Идоравий ҳарбийлаштиртлган қўриқлаш отрядида Мир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган маънавий маърифий тадбирда ана шулар ҳақида фикр юритилди.

photo 2021 02 09 14 03 05

09 Feb 2021

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида”ги қарори асосида
Шимолий кон бошқармасига қарашли Марказий моддий таъминот базасида Мир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган маънавий маърифий тадбир ўтказилди.

photo 2021 02 09 12 42 07

09 Feb 2021

Шимолий кон бошқармасига қарашли 3-сонли Гидрометаллургия заводида Алишер Навоий ва Захриддин Мухаммад Бобур таваллуд кунига бағишланган маънавий-маърифий тадбир ўтказилди. Тадбирда икки буюк сиймонинг ҳаёт ва ижоди сўзлаб ўтилиб, кўтаринки руҳда бахру-байт уюштирилди ва ажойиб саҳна кўринишлари ҳам намойиш этилди.

photo 2021 02 09 08 34 16

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: