Hokimiyat matbuot xizmati
Бугун 6 сентябрь куни қўйган аҳоли мурожаатига хушхабар олдик. Бу масканда Ободонлаштириш бошқармаси ходимлари томонидан тозалик ва ободонлаштириш ишлари бажарилиб шундай саронжомланибди. ЭНДИ ЭСА АҲОЛИГА МУРОЖААТИМИЗ!
Ўзингиз яшаётган ҳудуддаги озодаликка сиз ҳам масъулсиз‼️ Олиб келаётган маиший чиқиндиларингизни ҳар томонга отиб кетманг, болаларингизга тушунтиринг! Ҳеч бўлмаса бировни меҳнатини қадрлайлик.
Ободонлаштириш бошқармаси ходимлари сизларга алоҳида раҳмат‼️
#БОНГ
Мана қарйиб бир ойдирки Чўл гули кўчасида жойлашган чиқинди йиғиш шаҳобчасидаги ахлат қутиси кўчага олиб чиқиб қўйилган. Шундоғам 10 дан ортиқ кўп қаватли уйда яшовчилар маиший чиқиндилари олиб келинадиган бу маскан бир кундаёқ "ахлатхона" га айланади. Ёнида болалар майдончаси, озиқ-овқат дўконлаои, овқатланиш маскани бўлган ҳудудда бугун эмас ҳар кун шу манзара. Минг афсуски мактабга қатнаётган болаларимизга табиатни асра, гигиенага риоя қил дея бот-бот таъкидлаяпмизу... ҳар кун шу манзарани кўрсатяпмиз‼️
МАСЪУЛЛАР ШУ ТОМОНГА ЙЎЛИНГИЗ ТУШСИН‼️ БУ ЕРДА ОДАМЛАР ЯШАЯПТИ
Xazonrezgi qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga uglerod, azot, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Bu esa nafaqat ekologiya, balki insonlar salomatligi uchun ham jiddiy xavf tugʻdiradi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalar yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yubormaslik toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Qayd etilishicha, bu kabi huquqbuzarliklar “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 4, 24-moddalari buzilishiga olib keladi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming soʻmdan, 1 mln 700 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan, 3 million 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qizim dars paytida telefondan foydalangan ekan. Oʻqituvchisi telefonini olib qoʻyibdi. Oʻqituvchini qilgan ishi toʻgʻrimi?
Qonunchilikka asosan, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini oʻchirib qoʻyishi hamda sumkasiga solib qoʻyishi shart.
Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
- telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;
-telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
telefoni yordamida:
- atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;
oʻquv mashgʻulotlari vaqtida:
-telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;
-telefonni stol ustiga qoʻyish;
-musiqa tinglash;
-surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvir koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
-suratga olish va video tasvirga tushirish;
-telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilarga mashgʻulotlar va tadbirlar oraligʻida faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Ushbu talablar buzilgan taqdirda taʼlim muassasasining har qanday pedagog xodimi taʼlim oluvchidan telefonni olib qoʻyish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga taʼlim muassasasining direktoriga yoki direktor oʻrinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.
Ijodning sehrli dunyosi - rassomlar o‘z asarlari orqali insonning ichki olamini, his-tuyg‘ularini va orzularini tasvirlaydilar. Ularning asarlari go‘yo ruhning chuqurliklarida yashiringan hikoyalarni ochib beradi. Bugun hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimiz ham yoshligidan o‘zining noziktabiati bilan boshqalardan ajralib turgan Ma’mura Sattorova bo‘ladi.
Ma’mura bolaligini eslarkan tengdoshlaridan farqli ravishda xafa qalbini birovga sezdirmasdan ko‘ngil kechinmalarini chizgan naqshlariga ifodalaganini ta’kidlaydi. U 1984 yilda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Oilada besh nafar o‘g‘il ichida yagona qiz farzand bo‘lib, ijodkorlik unga bolalikdan hamroh!. Chekka qishloqda san’atda ustoz ko‘rmagan bo‘lsada, rasm chizishga bo‘lgan muhabbati va qiziqishi uni shu yo‘nalishda ta’lim olishga undadi.
Ma’mura 2001 yilda Jizzax davlat pedagogika institutiga hujjat topshirib, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida tahsil oldi.
-Oilada bitta qiz bo‘lganim uchun uzoq masofaga borib o‘qishiga ruxsat berasanmi, deya ota-onamni fikridan qaytarmoqchi bo‘lganlar ko‘p edi. Xayriyat-ki, mening ichki dunyoyimni bilgan, qalbim taskin topgan sohani tanlashimni chin dildan istagan suyanchlarim ota-onam bu yo‘lda menga ishonch bildirdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi ortidan bugun o‘zim sevgan kasbim bilan shug‘ullanyapman. Oilamga, ro‘zg‘orimga nafim tegayapti. Chekka qishloqda ulg‘aygan oddiy fermer qizi uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak, - deydi suhbat chog‘ida Ma’mura Sattorova.
Ilk mehnat faoliyatini Xatirchi tumanidagi maktabda tasviriy san’at fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan bo‘lsa, 2011 yildan beri Uchquduq tumanidagi musiqa va san’at maktabida faoliyatini davom ettirmoqda.
Bilim maskani u istagan rangtasvirga oshufta qalbli shogirdlar qurshovida bo‘yoqlar hidiga mast bo‘lib ijod qilish imkonini beradigan, o‘sha bolalikdagi orzular ro‘yobi, aslida. E’tiborlisi, Uchquduq tabiati va manzaralari uning ijodida alohida o‘rin egallaydi.
Yaqinda seminar doirasida tashkil etilgan rasmlar ko‘rgazmasini ishtirokchilar iliq kutib olishdi. Unda muassasa tarbiyalanuvchilari va Ma’mura Sattorova ijodiga mansub 100 dan ortiq asarlar namoyish qilindi.
Ma’mura uchun rasm chizish - faqatgina san’at emas, balki ruhning ifoda vositasi, ichki dunyoning yuzaga chiqarilishidir. Uning ijodiy asarlari insonning ichki olamini, his-tuyg‘ularini, orzularini va qayg‘ularini tasvirlaydi. Uning har bir asari o‘ziga xos ma’noga ega, undagi har bir chiziq va rang teran hikoyani ochib beradi.
Uni nafaqat san’atda balki baxt borasida ham omadi chopgan. Turmush o‘rtog‘i rassomchilikdan uzoq sohada faoliyat yuritsada, ayolining ijodini hurmat qiladi uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Oilada uch nafar qiz voyaga yetmoqda. Ularning ham orzusi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bor. Katta qizi onasining kasbiga qiziqish bildirib, qalam ushlagan.
Darvoqe, Ma’muraning shogirdlari bugungi kunda yurtimiz va Markaziy Osiyodagi taniqli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishmoqda.
Ma’mura Sattorova singari qo‘liga qalam olib ijod qilayotgan ustozlarimizga kasbiy barkamollik tilab qolamiz.
Feruza YANDASHOVA, maxsus muxbirimiz.
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor. Bag‘rikengligi tarixga aylangan asrlarning zahmatli sinovlarida sinalgan, sadoqati toblangan. Tili va dinidan qat’iy nazar bu diyorda turli millatlar bir-birlari bilan qarindosh-urug‘ joni-jigar bo‘lib, yaxshiyu yomon kunlarda birga. Mustaqilligimiz 33 yilligining “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh g‘oyasi ham bejiz emas – jamiyat hayotidagi xalqchil islohotlar o‘zaro ahillik millatlararo do‘stlik jipslik ertangi munavvar kunlarga ishora.
Moʻjaz Uchquduqda ham turfa millatlarning ahil-inoqlik bilan hayot va mehnat jarayonlarida uyushqoqlik ila yashayotganlari odamni quvontiradi. Bu beadoq kengliklarda yashayotgan insonlarning o‘zlari ham topayotgan oltinlaridek bebaho, qalblari kengliklardek hadsiz!
Qizilqum saxovatining siri tuprog‘ida. Yerning ranginligi undagi yashirin xazinalardan darak. Yana ne-ne azizlarning sohibi ilmlarning yaxshilarning tavalludiga doyalik qilgan tuproq bu! Bugun, men ta’rifida so‘z yuritayotgan hikoyam qahramoni – zukko va tajribali ustoz, dilbar ayol Tolqыn Djabbarova ham mana shu bepoyon va saxovatli kengliklar farzandi. U 1968 yilda Tomdi tumanining ko‘zga ko‘ringan ziyoli mutaxassislaridan bo‘lgan Maxmut og‘a Serikbayev xonadonida beshinchi farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Maxmut og‘aning eshigi qulfsiz, dasturxoni yig‘ilmas, kuni qo‘noqsiz o‘tmas. Ochiq va samimiy chehrali bu odamning har ovulu har millatdan do‘sti bo‘lib, ularning o‘tar-qaytardagi bosh soladigan manzili og‘aning uyi edi.
Maxmut og‘aning yozuv-chizuv, xat-hujjatdan tashqari uyida moʻjazgina chorvachligi bo‘lib, unda quyondan tortib qo‘y-echki, parrandayu tuya-tumaloqqacha boqilardi. Ro‘zg‘orning suti, moyiyu go‘shtini bozordan sotib olishga zarurat yo‘q, har bir farzandning zimmasida uy va chorva ishlarini bajarish bo‘yicha yozilmagan ammo bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlari qat’iy belgilangandi. Kahramonimiz ham ana shu tartibli muhitda ulg‘ayib, aka-opasidan ibrat oldi.
Ayniqsa, onasining mehnatkashligini shunday ta’riflaydi: “Onamni eslasam, uni faqat mehnat uchun tug‘ilganmi, deb o‘ylab qolaman. Qo‘y - tuya sog‘ar, mehmonlarga qorachoy tayyorlar, beshbarmoq solar, xamir qorar, xullas, uy ishlariga ko‘milib qolgan ro‘zg‘ori ayol edi. Bo‘sh o‘tirganini hech eslolmayman. Qo‘shnilarga sut-qatiq tarqatgani, ovul ayollarini chaqirib, birgalikdaqora uy (o‘tov) uchun bezaklar tikkani yodimda. U meni ham bezaklar tikishga o‘rgatgan.Bahor-kuzda qo‘ylarning junini olish mavsumida jun to‘plab, yuvib – tozalab, savalab so‘ngra yigirib mayin ip hosil qilardi. O‘z qo‘llari bilan qo‘y junidan bizga paypoqlar to‘qib berardi. Biz uning issiq mehri qo‘shib to‘qilgan paypoqlarda qishni, sovuqni his etmasdik ham. Bag‘rikeng, uddaburon nasihatli ayol bo‘lgan. Faqat uningdek onalargina millatning qadriyatlarini avloddan-avlodga olib o‘tishadi...”
Mitti Tolqыn ana shunday odamshavanda, mehnatsevar tegrada o‘sdi. Ota tomondan ham ona tomondan ham ziyoli, madaniyatli qarindoshlar qurshovida bo‘lgani yana ichi to‘la ertak-o‘lan, ma’rifat bo‘lgan Dametken aje (buvi)ning hikmatlari uni ziyraklikka o‘rgatdi. Uning jajji yuragi atrofida bo‘layotgan har bir jarayonga savollar bilan yondoshishga, ajoyibotlarga hayrat ko‘zi bilan qarashga undar, opasining, akalarining qo‘lidagi kitoblariga bo‘lgan qiziquvi, zavqi maktab atalmish muqaddas dargohga borish orzusida dukurlardi.
1974yilning sentyabri unga ana shu orzusining ro‘yobini boshlab keldi. Uchquduq tumanida yangi ochilgan 4-maktabning ilk qaldirg‘ochlaridan bo‘lib 1-sinfga bordi. Maktab uning uchun sehrli dunyoni ochgandi.
Ovuldan shaharga – bolalarning maktabga qatnovi uchun ajratilgan avtobus o‘quv jadvaliga muvofiq harakatlanar, shahardan qaytar chog‘da ovulgacha bo‘lgan15-20 daqiqalik yo‘l, atrof-kengliklar bolalarning qozoqcha o‘lanlariyu quvnoq kulgilaridan jonlanib ketardi.
Bahorda – cho‘llar gul-gul yashnagan mahal bolalar “Shalxar”ga qadar ochilgan ko‘klam gullarining sanog‘ini sanab-chug‘urlashib, avtobusni boshlariga ko‘tarishardi go‘yo! O‘yinlarining turlari ham bolalarning o‘zlaridek turfa va ajoyib: “beshtosh”, “lanka”, “kartoshka”, “mak”. Bolalikda hamma fasl go‘zal edi! Ayniqsa, qishlar ziynati va qorbo‘ronlari bilan Tolqыnning qalbiga xuddi oyinaga ayoz rasm solganidek erimas, qaytmas sog‘inchlarning suratini chizib ketgan.
Tolqыn harflarni qo‘shib o‘qishni o‘rganib olgani hamono maktabi ichidan hayratlar maskanini topdi. Bu – kutubxona edi! Boshlang‘ich sinfni tugallaganda, tafakkuri yuzlab ertaklardan boyib bo‘lgandi. Shu tariqa u kitoblar olamiga bog‘lanib qoldi. Tolqыndagi qat’iyat, intiluvchanlik xarakteri va qiziquvchanlik uni barcha fanlarni tirishqoqlik bilan o‘zlashtirishga undar, ba’zan ijodkorlik qobiliyati jo‘shib she’rlar ham yozardi.
U ona tili bilan bir qatorda rus tili va adabiyotini ham puxta o‘rgandi. 1985 yili maktabni bitirib, Xarkov shahrida ta’lim olayotgan akasi Seylxan hamrohligida Leningradga borib tibbiyot bilim yurtiga hujjat topshirdi. Bir kuni muhtasham shahar ko‘chalarida akasi bilan sayr qilib yurisharkan, uzoqdan ko‘ringan qalampirnusxa o‘zbek do‘ppisi uning yuragiga xayajon soladi, ko‘zlarida bir olam quvonch bilan: “Qara, Seylxan! Qara, bizni o‘zbeklar, biznikilar!”, deya shodlikdan qichqirib yuboradi. Bu shodlik, bu hayrat uning yurak tomirlari O‘zbekiston tuprog‘igachirmashib, ajratib-uzib bo‘lmas darajada botib ketganining ifodasi edi. Balki shu sababdir, qadrdon uyidan, tug‘ilgan tuprog‘idan bir qadam uzoqlashmagan qiz uchun begonadek tuyulgan bu gavjum va sershovqin shaharda uning omadi chopmagani?
1986-1988 yilllari Toshkent yuridik bilim yurtida huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oldi va o‘quv muassasasida olgan saboqlarini1988-1993 yillarda Uchquduq shahar xalq sudidagi mehnat faoliyati davomida xarjladi. 1993 yili Shimoliy kon boshqarmasi kadrlar bo‘limida inspektor sifatida ish boshladi. Boshqarmadagi ikki nafar milliy kadrning biri bo‘lgan nozik va xushbichim qozoq qizi ish jarayonlariga shu qadar sho‘ng‘ib ketganidan unga nisbatan nozik so‘zining qo‘llanilishiga so‘z qoldirmadi – ishiga qat’iyat va mas’uliyat bilan kirishdi. U paytlar, hozirgidek axborot texnologiyalari takomillashmagan, yozuv mashinasi atalmish dastgoh insondan alohida diqqat va zehnni talab etar, birozgina e’tiborsizlik va xato butun boshli hujjat matnini qaytadan yozishni va qog‘oz isrofini keltirib chiqarardi.
Guruh rahbari bu kabi xatolarni kechirmasdi va ana shu qattiqqo‘llik talabchanlik uni tobladi. Izlanishga yetakladi, malakasini oshirdi. Shu ko‘yi u kadrlar bo‘limining faol, tezkor va tashabbuskor xodimlaridan biriga topshiriqlarni sifatli ijro etuvchi ishonchli kadr - mutaxassisiga aylandi.
1993-2007 yillarda Shimoliy kon boshqarmasi kadrlar bo‘limi kadrlarni qabul qilish va butlash guruhi - byurosi inspektori, 2007-2010 yillarda Geotexnologiya koni kadrlarni butlash va hisobga olish guruhi rahbari, 2010-2012 yillarda SHKB kadrlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2012 yildan hozirgi kunga qadar kadrlar bo‘limi xodimlarni qabul qilish va butlash guruhi kadrlar bo‘yicha muhandisi vazifasida ishlaydi.
Kadrlar bo‘limi – tashkilotning ostonasi. Kon boshqarmasi xodimlari yoki boshqa tashkilot ishchilari va endigina ishga qabul qilinayotgan fuqarolar ham turli masalalarda bu ostonaning eshigidan kirmay o‘tmaydi. O‘tgan o‘ttiz uch yillik mehnat faoliyati davomida Tolqыn Djabbarova ishlagan xona eshigi million marta ochilib, bu eshikdan minglab turfa xil xarakterli odamlar kirmagan, qaysi biri
tuzuk-quruq savol bilan, qay biri boshqotirma-murojaati bilan hujjatlar ichiga sho‘ng‘igan xodimni chalg‘itmagan, deysizmi? Biroq, u qay vaziyat bo‘lmasin odamlar bilan nim tabassum va e’tibor orqali suhbatlashishiga kuch topdi. Rayhona Quvandiqova,Dilara Miraliyeva, Sohiba Amonova kabi shogirdlariga ham har bir murojaatchiga hurmat bilan yondoshishni o‘rgatdi.
Arxiv hujjatlari orasida tarixga aylanib ulgurgan qabul buyruqlarini ko‘zdan kechirarkanman Tolqыn Djabbarova ijro imzosi ostida terilgan ism-shariflar e’tiborimni tortadi. Bular – hozirgi kunda sanoatning turli tarmoqlarini olg‘a boshqarayotgan o‘sha paytning umidli yoshlari, bugunning texnik masalalariga tezkorlik bilan yechim topuvchi malakali mutaxassislari. Ularning yutuqlari va muvaffaqiyatlaridan u ham iftixor tuyadi. Umuman olganda ustozning kechinmalari, mehnat faoliyatini mushohada qilarkanman bu nafosatli va temir irodali xonim taqdirning suronli yillarida ham mehnatga hamdamligi va yo‘qotishlarga bardoshliligi, nafis chehra, oltin xotira va go‘zal madaniyatini saqlab qolgani kishini hayratlantiradi.
U bugun mehribon va ma’rifatli buvijon, boshlang‘ich sinfdaligida o‘qib, yodlab olgan yuzlab ertaklari bilan oqshomlari nevaralarini allalaydi. Allalaydiyu bag‘rikeng Qizilqumda o‘tgan olislanib ketgan bolaligini, bolalik uyini sog‘inib bir entikib qo‘yadi. Yuragining tub-tubidan ajib qozoqcha o‘lan yo ona allasi taralgandek bo‘ladi. Shirin uxlayotgan Anel va Janelga, ajib tushlar ko‘rib-mi, jilmayib qo‘ygan Daniyelga termulib orzular qiladi.
Ha, uning orzulari o‘zi yashayotgan olamlardan katta koinotlarga sig‘mas...
Nilufar Muydinova,
SHKB mutaxassisi, gazetaning jamoatchi muxbiri.
Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Tumanimizda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan sayyor qabullar ham xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, bugun Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratovning “Nuroniylar maskani”da tuman aholisi bilan o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabuli ham fuqarolar uchun manfaatli bo‘ldi.
Qabulda fuqarolarning kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid muammoli masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarining ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
Aholi bandligini ta’minlash va kommunal sohada qilingan murojaatlar tuman rahbari, korxona-tashkilot mutasaddilari hamda sektor rahbarlari tomonidan doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman markazidagi Kelajak yoshlar markazi binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.F.Yelmuratov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov, tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Usmonov, mahalla faollari, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida "Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, seminar davomida quyosh panellaridan foydalanish afzalliklari, moliyaviy ustun tomonlari bu mahsulotlarning qulayliklari, narx-navosi, kafolatli xizmati haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.
Sohaga doir ko‘rgazmali vositalar qo‘yilib, asbob-uskuna va jihozlarning ekspluatatsiyasi, ishlash prinsiplari mutasaddilar tomonidan batafsil tushuntirildi. Seminar ishida so‘zga chiqqan tadbirkor Qodirjon Qurbonov bugungi kunda o‘z uyiga o‘rnatgan quyosh paneli orqasidan daromad ko‘rilayotganligi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra “Uchquduq GOLD 888” MCHJ nomidan 20 kvt li tarmoqqa ulangan quyosh panelini va 10 kvt gibrid quyosh paneli hisobiga chiqadigan energiyani aholiga sotish orqali oyiga 15 mln. so‘mdan 20 mln. so‘mgacha sof daromad topayotganligi bundan tashqari, qishloq hududida ham 7 kvt. li quyosh panelidan iste’moldan ortganini sotish hisobiga 400 ming so‘mgacha sof foyda ko‘rayotganligi aytib o‘tdi. Tadbirkor tomonidan quyosh panelini o‘rnatish olib kelish xarajatlari va panellarning arzon va sifatli turlari haqida ham seminar ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berdi.
"Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti har tomonlama foydali bo‘ldi, deyish mumkin.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq:
2025 yil 1 yanvardan boshlab, Malaka oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’limi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kursida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi etiladi.
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
2025 yil 1 yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni o‘qitish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Kamolova Mubina Baxshullayevna tomonidan tumandagi Dòstlik mahalla fuqarolar yiĝini hududida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bòlimiga qarashli 18-maktab atrofidagi yòlga asfalt yotqizish ishlari deputat tomonidan nazoratga olinib kelinmoqda.
Asfalt yotqizish ishlari òz nihoyasiga yetkazilish arafasida.