LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

06 Sep 2024

      Ijodning sehrli dunyosi - rassomlar o‘z asarlari orqali insonning ichki olamini, his-tuyg‘ularini va orzularini tasvirlaydilar. Ularning asarlari go‘yo ruhning chuqurliklarida yashiringan hikoyalarni ochib beradi. Bugun hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimiz ham yoshligidan o‘zining noziktabiati bilan boshqalardan ajralib turgan Ma’mura Sattorova bo‘ladi.

      Ma’mura bolaligini eslarkan tengdoshlaridan farqli ravishda xafa qalbini birovga sezdirmasdan ko‘ngil kechinmalarini chizgan naqshlariga ifodalaganini ta’kidlaydi.  U  1984 yilda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan.  Oilada  besh nafar o‘g‘il ichida yagona qiz farzand bo‘lib, ijodkorlik unga bolalikdan  hamroh!. Chekka qishloqda san’atda ustoz ko‘rmagan bo‘lsada, rasm chizishga bo‘lgan muhabbati va qiziqishi uni shu yo‘nalishda ta’lim olishga undadi.

     Ma’mura 2001 yilda Jizzax davlat pedagogika institutiga hujjat topshirib, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida tahsil oldi.

  -Oilada bitta qiz bo‘lganim uchun uzoq masofaga  borib  o‘qishiga ruxsat berasanmi,  deya ota-onamni  fikridan qaytarmoqchi bo‘lganlar ko‘p edi. Xayriyat-ki, mening ichki dunyoyimni bilgan, qalbim taskin topgan sohani tanlashimni chin dildan istagan suyanchlarim ota-onam bu yo‘lda menga ishonch bildirdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi ortidan bugun o‘zim sevgan kasbim bilan shug‘ullanyapman. Oilamga, ro‘zg‘orimga nafim tegayapti. Chekka qishloqda ulg‘aygan oddiy fermer qizi uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak,  - deydi suhbat chog‘ida Ma’mura  Sattorova.

Ilk mehnat faoliyatini Xatirchi tumanidagi maktabda tasviriy san’at fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan bo‘lsa, 2011 yildan beri Uchquduq tumanidagi  musiqa va san’at maktabida faoliyatini davom ettirmoqda.

    Bilim maskani u  istagan rangtasvirga oshufta qalbli shogirdlar qurshovida bo‘yoqlar hidiga mast bo‘lib ijod qilish imkonini beradigan, o‘sha bolalikdagi orzular ro‘yobi, aslida. E’tiborlisi, Uchquduq tabiati va manzaralari uning ijodida alohida o‘rin egallaydi.

         Yaqinda seminar doirasida tashkil etilgan rasmlar ko‘rgazmasini ishtirokchilar iliq kutib olishdi. Unda muassasa tarbiyalanuvchilari va Ma’mura Sattorova ijodiga mansub 100 dan ortiq asarlar namoyish qilindi.

        Ma’mura uchun rasm chizish - faqatgina san’at emas, balki ruhning ifoda vositasi, ichki dunyoning yuzaga chiqarilishidir. Uning ijodiy asarlari insonning ichki olamini, his-tuyg‘ularini, orzularini va qayg‘ularini tasvirlaydi. Uning har bir asari o‘ziga xos ma’noga ega, undagi har bir chiziq va rang teran hikoyani ochib beradi.

      Uni nafaqat san’atda balki baxt borasida ham omadi chopgan.  Turmush o‘rtog‘i rassomchilikdan uzoq sohada faoliyat yuritsada, ayolining  ijodini hurmat qiladi  uni qo‘llab-quvvatlaydi.

       Oilada uch nafar qiz voyaga yetmoqda. Ularning ham  orzusi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bor. Katta qizi onasining  kasbiga qiziqish bildirib, qalam ushlagan.

       Darvoqe, Ma’muraning shogirdlari  bugungi kunda yurtimiz va Markaziy Osiyodagi taniqli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishmoqda.

      Ma’mura Sattorova singari qo‘liga qalam olib ijod qilayotgan ustozlarimizga kasbiy barkamollik tilab qolamiz.

Feruza YANDASHOVA, maxsus muxbirimiz.

06 Sep 2024

          O‘zbekiston  –  bag‘rikeng diyor. Bag‘rikengligi tarixga aylangan asrlarning zahmatli sinovlarida sinalgan, sadoqati toblangan.  Tili va dinidan qat’iy nazar bu diyorda turli millatlar bir-birlari bilan qarindosh-urug‘ joni-jigar bo‘lib, yaxshiyu yomon kunlarda birga. Mustaqilligimiz 33 yilligining “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh g‘oyasi ham bejiz emas – jamiyat hayotidagi xalqchil islohotlar  o‘zaro ahillik  millatlararo do‘stlik jipslik ertangi munavvar kunlarga ishora.

          Moʻjaz Uchquduqda ham turfa millatlarning ahil-inoqlik bilan hayot va mehnat jarayonlarida uyushqoqlik ila yashayotganlari odamni quvontiradi. Bu beadoq kengliklarda yashayotgan insonlarning o‘zlari ham topayotgan oltinlaridek bebaho, qalblari kengliklardek  hadsiz!

         Qizilqum saxovatining siri tuprog‘ida. Yerning ranginligi undagi yashirin xazinalardan darak.  Yana ne-ne azizlarning sohibi ilmlarning yaxshilarning tavalludiga doyalik qilgan tuproq bu! Bugun, men ta’rifida so‘z yuritayotgan hikoyam qahramoni  –  zukko va tajribali ustoz, dilbar ayol Tolqыn Djabbarova ham mana shu bepoyon va saxovatli kengliklar farzandi. U 1968 yilda Tomdi tumanining ko‘zga ko‘ringan ziyoli mutaxassislaridan bo‘lgan Maxmut og‘a Serikbayev xonadonida beshinchi farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Maxmut og‘aning eshigi qulfsiz, dasturxoni yig‘ilmas, kuni qo‘noqsiz o‘tmas. Ochiq va samimiy chehrali bu odamning har ovulu har millatdan do‘sti bo‘lib, ularning o‘tar-qaytardagi bosh soladigan manzili og‘aning uyi edi.

Maxmut og‘aning yozuv-chizuv, xat-hujjatdan tashqari uyida moʻjazgina chorvachligi bo‘lib, unda  quyondan tortib qo‘y-echki, parrandayu tuya-tumaloqqacha boqilardi. Ro‘zg‘orning suti, moyiyu go‘shtini bozordan sotib olishga zarurat yo‘q, har bir farzandning zimmasida  uy va chorva ishlarini bajarish bo‘yicha yozilmagan ammo bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlari qat’iy belgilangandi. Kahramonimiz ham ana shu tartibli muhitda ulg‘ayib, aka-opasidan ibrat oldi.

Ayniqsa, onasining mehnatkashligini shunday ta’riflaydi:  “Onamni eslasam, uni faqat mehnat uchun tug‘ilganmi, deb o‘ylab qolaman. Qo‘y - tuya sog‘ar, mehmonlarga qorachoy tayyorlar, beshbarmoq solar, xamir qorar, xullas, uy ishlariga ko‘milib qolgan ro‘zg‘ori ayol edi. Bo‘sh o‘tirganini hech eslolmayman. Qo‘shnilarga sut-qatiq tarqatgani, ovul ayollarini chaqirib, birgalikdaqora uy (o‘tov) uchun bezaklar tikkani yodimda. U meni ham bezaklar tikishga o‘rgatgan.Bahor-kuzda qo‘ylarning junini olish mavsumida jun to‘plab, yuvib – tozalab, savalab so‘ngra  yigirib mayin ip hosil qilardi. O‘z qo‘llari bilan qo‘y junidan bizga paypoqlar to‘qib berardi. Biz uning issiq mehri qo‘shib to‘qilgan paypoqlarda qishni, sovuqni his etmasdik ham. Bag‘rikeng, uddaburon nasihatli ayol bo‘lgan. Faqat uningdek onalargina millatning qadriyatlarini avloddan-avlodga olib  o‘tishadi...”

Mitti Tolqыn ana shunday odamshavanda, mehnatsevar tegrada o‘sdi. Ota tomondan ham ona tomondan ham ziyoli, madaniyatli qarindoshlar qurshovida bo‘lgani  yana ichi to‘la ertak-o‘lan, ma’rifat bo‘lgan Dametken aje (buvi)ning hikmatlari uni ziyraklikka o‘rgatdi. Uning jajji yuragi atrofida bo‘layotgan har bir jarayonga savollar bilan yondoshishga, ajoyibotlarga hayrat ko‘zi bilan qarashga undar, opasining, akalarining qo‘lidagi kitoblariga bo‘lgan qiziquvi, zavqi maktab atalmish muqaddas dargohga borish orzusida dukurlardi.

      1974yilning sentyabri unga ana shu orzusining ro‘yobini boshlab keldi. Uchquduq tumanida yangi ochilgan 4-maktabning ilk qaldirg‘ochlaridan bo‘lib  1-sinfga bordi. Maktab uning uchun sehrli dunyoni ochgandi.

       Ovuldan shaharga  –  bolalarning maktabga qatnovi uchun ajratilgan avtobus o‘quv jadvaliga muvofiq harakatlanar, shahardan qaytar chog‘da ovulgacha bo‘lgan15-20 daqiqalik yo‘l, atrof-kengliklar bolalarning qozoqcha o‘lanlariyu quvnoq kulgilaridan jonlanib ketardi.

         Bahorda – cho‘llar gul-gul yashnagan mahal bolalar “Shalxar”ga qadar ochilgan ko‘klam gullarining sanog‘ini sanab-chug‘urlashib, avtobusni boshlariga ko‘tarishardi go‘yo! O‘yinlarining turlari ham bolalarning o‘zlaridek turfa va ajoyib: “beshtosh”, “lanka”, “kartoshka”, “mak”. Bolalikda hamma fasl go‘zal edi! Ayniqsa, qishlar ziynati va qorbo‘ronlari bilan Tolqыnning qalbiga xuddi oyinaga ayoz rasm solganidek  erimas,  qaytmas sog‘inchlarning suratini  chizib ketgan.

         Tolqыn harflarni qo‘shib o‘qishni o‘rganib olgani hamono maktabi ichidan hayratlar maskanini topdi. Bu – kutubxona edi! Boshlang‘ich sinfni tugallaganda, tafakkuri yuzlab ertaklardan boyib bo‘lgandi. Shu tariqa u kitoblar olamiga bog‘lanib qoldi. Tolqыndagi qat’iyat, intiluvchanlik xarakteri va qiziquvchanlik uni barcha fanlarni tirishqoqlik bilan o‘zlashtirishga undar, ba’zan ijodkorlik qobiliyati jo‘shib she’rlar ham yozardi.

      U ona tili bilan bir qatorda rus tili va adabiyotini ham puxta o‘rgandi. 1985 yili maktabni bitirib, Xarkov shahrida ta’lim olayotgan akasi Seylxan hamrohligida Leningradga borib tibbiyot bilim yurtiga hujjat topshirdi. Bir kuni muhtasham shahar ko‘chalarida akasi bilan sayr qilib yurisharkan, uzoqdan ko‘ringan qalampirnusxa o‘zbek do‘ppisi uning yuragiga xayajon soladi, ko‘zlarida bir olam quvonch bilan: “Qara, Seylxan! Qara, bizni o‘zbeklar, biznikilar!”, deya shodlikdan qichqirib yuboradi. Bu shodlik, bu hayrat uning yurak tomirlari O‘zbekiston tuprog‘igachirmashib, ajratib-uzib bo‘lmas darajada botib ketganining ifodasi edi. Balki shu sababdir, qadrdon uyidan, tug‘ilgan tuprog‘idan bir qadam uzoqlashmagan qiz uchun begonadek tuyulgan bu gavjum va sershovqin shaharda uning omadi chopmagani? 

        1986-1988 yilllari Toshkent yuridik bilim yurtida huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oldi va o‘quv muassasasida olgan saboqlarini1988-1993 yillarda Uchquduq shahar xalq sudidagi mehnat faoliyati davomida xarjladi. 1993 yili Shimoliy kon boshqarmasi kadrlar bo‘limida inspektor sifatida ish boshladi. Boshqarmadagi ikki nafar milliy kadrning biri bo‘lgan nozik va xushbichim qozoq qizi ish jarayonlariga shu qadar sho‘ng‘ib ketganidan unga nisbatan nozik so‘zining qo‘llanilishiga so‘z qoldirmadi – ishiga qat’iyat va mas’uliyat bilan kirishdi. U paytlar, hozirgidek axborot texnologiyalari takomillashmagan, yozuv mashinasi atalmish dastgoh insondan alohida diqqat va zehnni talab etar, birozgina e’tiborsizlik va xato butun boshli hujjat matnini qaytadan yozishni va qog‘oz isrofini keltirib chiqarardi.

        Guruh rahbari bu kabi xatolarni kechirmasdi va ana shu qattiqqo‘llik talabchanlik uni tobladi. Izlanishga yetakladi,  malakasini oshirdi. Shu ko‘yi u kadrlar bo‘limining faol, tezkor va tashabbuskor xodimlaridan biriga topshiriqlarni sifatli ijro etuvchi ishonchli kadr - mutaxassisiga aylandi.

1993-2007 yillarda Shimoliy kon boshqarmasi kadrlar bo‘limi kadrlarni qabul qilish va butlash guruhi - byurosi  inspektori,  2007-2010 yillarda Geotexnologiya koni kadrlarni butlash va hisobga olish guruhi rahbari, 2010-2012 yillarda  SHKB kadrlar bo‘limi  boshlig‘i o‘rinbosari, 2012 yildan hozirgi kunga qadar kadrlar bo‘limi xodimlarni qabul qilish va butlash guruhi kadrlar bo‘yicha muhandisi  vazifasida ishlaydi.

    Kadrlar bo‘limi – tashkilotning ostonasi. Kon boshqarmasi xodimlari yoki boshqa tashkilot ishchilari va endigina ishga qabul qilinayotgan fuqarolar ham turli masalalarda bu ostonaning eshigidan kirmay o‘tmaydi. O‘tgan o‘ttiz uch yillik mehnat faoliyati  davomida Tolqыn Djabbarova ishlagan xona eshigi million marta ochilib, bu eshikdan minglab turfa xil xarakterli odamlar kirmagan, qaysi biri
tuzuk-quruq savol bilan, qay biri boshqotirma-murojaati bilan hujjatlar ichiga sho‘ng‘igan xodimni chalg‘itmagan, deysizmi? Biroq, u qay vaziyat bo‘lmasin odamlar bilan nim tabassum va e’tibor orqali suhbatlashishiga kuch topdi.  Rayhona Quvandiqova,Dilara Miraliyeva, Sohiba Amonova  kabi shogirdlariga ham har bir murojaatchiga hurmat bilan yondoshishni o‘rgatdi.

    Arxiv hujjatlari orasida tarixga aylanib ulgurgan qabul buyruqlarini ko‘zdan kechirarkanman Tolqыn Djabbarova ijro imzosi ostida terilgan ism-shariflar e’tiborimni tortadi. Bular – hozirgi kunda sanoatning turli tarmoqlarini olg‘a boshqarayotgan o‘sha paytning umidli yoshlari, bugunning texnik masalalariga tezkorlik bilan yechim topuvchi malakali mutaxassislari. Ularning yutuqlari va muvaffaqiyatlaridan u ham iftixor tuyadi. Umuman olganda ustozning kechinmalari, mehnat faoliyatini mushohada qilarkanman bu nafosatli va temir irodali xonim  taqdirning suronli yillarida ham mehnatga hamdamligi va yo‘qotishlarga bardoshliligi, nafis chehra, oltin xotira va go‘zal madaniyatini saqlab qolgani kishini hayratlantiradi.

    U bugun mehribon va ma’rifatli buvijon, boshlang‘ich sinfdaligida o‘qib, yodlab olgan yuzlab ertaklari bilan oqshomlari nevaralarini allalaydi. Allalaydiyu bag‘rikeng Qizilqumda o‘tgan olislanib ketgan bolaligini, bolalik uyini sog‘inib bir entikib qo‘yadi. Yuragining tub-tubidan ajib qozoqcha o‘lan  yo ona allasi taralgandek bo‘ladi. Shirin uxlayotgan Anel va Janelga, ajib tushlar ko‘rib-mi, jilmayib qo‘ygan Daniyelga termulib orzular qiladi.

     Ha, uning orzulari o‘zi yashayotgan olamlardan katta koinotlarga sig‘mas...                      

               

                Nilufar Muydinova,

SHKB mutaxassisi, gazetaning jamoatchi muxbiri.

06 Sep 2024

      Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Tumanimizda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan sayyor qabullar ham xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.
      Jumladan, bugun Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratovning “Nuroniylar maskani”da tuman aholisi bilan o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabuli ham fuqarolar uchun manfaatli bo‘ldi.
Qabulda fuqarolarning kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid muammoli masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarining ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
      Aholi bandligini ta’minlash va kommunal sohada qilingan murojaatlar tuman rahbari, korxona-tashkilot mutasaddilari hamda sektor rahbarlari tomonidan doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.


UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

06 Sep 2024

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman markazidagi Kelajak yoshlar markazi binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.F.Yelmuratov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov, tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Usmonov, mahalla faollari, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida "Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, seminar davomida quyosh panellaridan foydalanish afzalliklari, moliyaviy ustun tomonlari bu mahsulotlarning qulayliklari, narx-navosi, kafolatli xizmati haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.
     Sohaga doir ko‘rgazmali vositalar qo‘yilib, asbob-uskuna va jihozlarning ekspluatatsiyasi, ishlash prinsiplari mutasaddilar tomonidan batafsil tushuntirildi. Seminar ishida so‘zga chiqqan tadbirkor Qodirjon Qurbonov bugungi kunda o‘z uyiga o‘rnatgan quyosh paneli orqasidan daromad ko‘rilayotganligi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra “Uchquduq GOLD 888” MCHJ nomidan 20 kvt li tarmoqqa ulangan quyosh panelini va 10 kvt gibrid quyosh paneli hisobiga chiqadigan energiyani aholiga sotish orqali oyiga 15 mln. so‘mdan 20 mln. so‘mgacha sof daromad topayotganligi bundan tashqari, qishloq hududida ham 7 kvt. li quyosh panelidan iste’moldan ortganini sotish hisobiga 400 ming so‘mgacha sof foyda ko‘rayotganligi aytib o‘tdi. Tadbirkor tomonidan quyosh panelini o‘rnatish olib kelish xarajatlari va panellarning arzon va sifatli turlari haqida ham seminar ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berdi.
     "Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti har tomonlama foydali bo‘ldi, deyish mumkin.

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

06 Sep 2024

    Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq:

    2025 yil 1 yanvardan boshlab, Malaka oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’limi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kursida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi etiladi.

    2025 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

   2025 yil 1 yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni o‘qitish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

 

05 Sep 2024

    Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Kamolova Mubina Baxshullayevna tomonidan tumandagi Dòstlik mahalla fuqarolar yiĝini hududida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bòlimiga qarashli 18-maktab atrofidagi yòlga asfalt yotqizish ishlari deputat tomonidan nazoratga olinib kelinmoqda.
    Asfalt yotqizish ishlari òz nihoyasiga yetkazilish arafasida.

photo 2024 08 30 09 09 16

05 Sep 2024

Naim AMONOV,
Shimoliy kon boshqarmasi direktori.

     Bugun biz har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun ahamiyati beqiyos bo‘lgan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligini kutib olmoqdamiz. Dunyodagi iqtisodiy inqiroz sababli kelib chiqqan keskinlashgan raqobat, turli qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklarga qaramasdan yangi O‘zbekistonni bunyod etishda biz zalvorli natijalarga erishmoqdamiz.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishiga Navoiy kon-metallurgiya kombinatining boshqa bo‘linmalari qatorida Shimoliy kon boshqarmasi ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Korxonaning ahil mehnat jamoasi o‘z tajriba, bilim va kasbiy mahoratini investisiya dasturlarini amalga oshirish yuzasidan yuklatilgan vazifalarni bajarishga qazib olish va uni qayta ishlash hajmini oshirishga yo‘naltirmoqda.
      Yil boshidan buyon Shimoliy kon boshqarmasi tomonidan yalpi mahsulot ishlab chiqarish 4 trl. 69 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,4 foiz o‘sish sur’atini ta’minlash barobarida korxonaning 4,1mlrd. so‘m foyda bilan chiqishini ta’minladi. Boshqarmamizda joriy davrda 15,6 mlrd. so‘m rejaga nisbatan 114,1% miqdorida tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nibatan 118,6 % ni tashkil etib, o‘sish sur’ati ta’minlandi.
Shimoliy kon boshqarmasida 2024 yil 7 oyda 82 - banddan iborat 155,3 mlrd. so‘m miqdorida mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, amalda yoqilg‘i moylash mahsulotlari, elektr energiyasi, dizel yoqilg‘isining rasionallashtirilishi va ishlab chiqarish hajmining oshirilishi hisobiga 162,1 mlrd. so‘mlik natijaga erishildi. “Sharqiy” va “Daugistau” konlaridan tog‘ jinsini qazib olish hajmi kon ishlarini rivojlantirish rejasiga nisbatan 108,2 foizga bajarildi.
      Yetti oy davomida mahalliylashtirish dasturi doirasida 5 mlrd. 182,7 mln so‘m miqdoridagi 26 turdagi 398 dona, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan 24 loyiha bo‘yicha 1mlrd. 445,1 mln. so‘m miqdoridagi 24 turdagi 371 dona mahsulot ishlab chiqarildi. Bu kabi ko‘rsatkichlar zamirida korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning zahmatli mehnati bo‘lsa yana bir muvafaqqiyat kaliti ishlab chiqarish dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida yil boshidan qator tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘ldi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Kon ishlarini tezkor boshqarishda "Sharqiy" va "Daugistau" konlarida dispetcherlik xonalarida zamon talabiga mos ravishda yangi zamonaviy kompyuterlar va interaktiv displeylar ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Yangi istiqbolli kar’yerlardan biri - “Adjibugut” konida sanoat maydoni infratuzilmasi, xodimlar uchun dam olish xonalari va 5 sonli AYOQSH ishga tushirildi.
“Sharqiy va Daugistau” konlarini texnik va texnologik qayta jixozlash” ishchi loyihasi doirasida kovshin hajmi 7 m3 bo‘lgan zamonaviy 2 dona LIEBHERRR 9100 gidravlik ekskavatori sotib olindi. Konlarni kengaytirish ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtda “Kokpatas”, “Daugistau” va “Djasaul” konlarini qazib olish loyihasining 3-navbati bo‘yicha “Daugistau” konida 17,9 mln. tonna “Kokpatas” konida 39,6 mln. tonna va “Djasaul” konida 26,2 mln. tonna jami 83,7 mln. tonna oltin tarkibli ma’dan zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi Davlat zaxiralar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi 459 - sonli va 2024 yil 22 maydagi 185-sonli qarorlari asosida Kokpatas va Daugistau konlarida ma’dan qazib olish ishlarining uchinchi navbati investisiya loyihasi ustida ish olib borildi. Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida umumiy qiymati 319 mln. 835 ming AQSH dollariga baholangan “Kokpatas va Daugistau oltin ma’dan qazib olish III navbati” investisiya loyihasining texnik – iqtisodiy asoslanishi doirasida boshqarmada intensiv ishlar olib borilmoqda. 3-GMZda 7 - tegirmon ishga tushirilishi barobarida yaqin kunlarda 8 - tegirmonda ham ishlar yakunlanadi. Natijada 3 - gidrometallurgiya zavodining ma’danni qayta ishlash quvvati yilliga 8 mln.
tonnadan 10 mln. tonnaga ya’ni 125 foizga va kon ishlarida tog‘jinsini qazib olish hajmi 70 mln. m3dan istiqbolda 100 mln.m3 ya’ni 142,8 foizga oshirilishi kutilmoqda.
Har bir sohada ana shunday investision loyihalar ahamiyati yaqqol sezilmoqda. Buning natijasida ishlab chiqarish ko‘lami kengayish barobarida yangi ob’yektlarni qurish va ishga tushirish jaddalashmoqda.
      2024 yildagi kombinat rivojiga qaratilgan istiqbolli loyiha sabab Kokpatas va Daugistau konlari karyerlarini kengaytirish bo‘yicha kapital kon ishlari boshlandi. 3-GMZ da 7 va 8-sonli bloklarini ishga tushirilishi zavodning flotatsiya, biooksidlanish, sorbsiya, regeneratsiya va tayyor mahsulotlarni filtrlash, quritish va kuydirish syexlarini kengaytirilishiga sabab bo‘ldi. Elektr ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida “Feruza” podstansiyasida 220/10/10 kV va 10/04 kV kuchlanishli 4 ta podstansiyalarni qurish, suv ta’minotini qayta ishlash ishlari jadallashtirildi.
Muhimi ishchi-xodimlarning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish kombinat rahbariyatining doimiy e’tiborida. Bugun korxona rivojlanishi bilan bir vaqtda Qizilqum sahrosi ham taraqqiy etib, yangi ish o‘rinlari tashkil tashkil etilmoqda. Hudud aholisi korxona ishchi-xodimlari uchun yanada qulay yashash sharoitlari yaratilmoqda.
Eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami oldidan “Sharqiy” koni sanoat maydonida yarim chuqurlashtirilgan ko‘lami 15 tonnagacha portlovchi moddalarni saqlash quvvatiga ega doimiy chiqim ombori ishga tushiriladi. Yaqin kunlarda 3-GMZ hududida markaziy fizika kimyo va biologik laborotoriyasining yangi binosiga foydalanishga topshirildi.
    Quvonarlisi shundaki, “NKMK” AJ da “2023-2025 yillarga mo‘ljallangan operasion samaradorlik dasturi”ga muvofiq 3-GMZ bazasida biolaboratoriya tashkil etish qarori qabul qilindi. Ushbu laboratoriya nafaqat bakteriyalarning kontsentratsiyasi va populyasiyasini o‘rganish, balki bakteriyalarning faolligini oshirish ozuqa moddalarining sarfini optimallashtirish hamda oksidlash jarayonining ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlarni tizimli olib borilishiga yordam beradi. Biolaboratoriya zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
    “To‘yga to‘yona bilan”, deganlaridek “Sharqiy” konida 250 o‘rinli oshxona, “Daugistau” konida zamonaviy ishlab chiqarish o‘quv markazining foydalanishga topshirilayotgani korxonada mehnat qilayotgan minglab ishchi-xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratibgina qo‘ymay yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotning zalvorli ishlarga hamohang ezgu amallardandir.
Albatta, bunday salmoqli natijalarga haqiqiy professionallar tajribali muhandis va malakali mutaxassislar chin ma’noda o‘z kasbining ustalari erishadi. Fidoyilardan tashkil topgan jamoamiz kombinatni tubdan rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan ulkan vazifalarni uddalashiga ishonamiz!
Bu yilgi bayram tantanalari «Bir bo‘lsak - xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!» ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan shior ostida nishonlanmoqda. Albatta bosh shiorimizga shimollik har bir konchi muhandisu metallurg, “labbay” deb javob beradi va elu yurt ravnaqi vatan taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilish yo‘lida birlashadilar.
Ushbu bayram bilan vatanimiz istiqboli yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilayotgan barcha hamkasblarni kombinatimiz jamoasini Shimoliy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari nomidan chin dildan tabriklayman!

05 Sep 2024

     Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan ro‘dapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jur’atsizgina kirib keldilar.
     Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan, deya ensasini qotirdi.
— Biz rektor bilan ko‘rishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
— U kun bo‘yi band bo‘ladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
— Mayli, biz kutamiz, — javob qildi ayol.
Kotiba ularni to‘rt soatcha yolg‘iz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq bo‘lib qaytib ketishlarini istardi. Yo‘q, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
— Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan ko‘rishsangiz, balki qaytib ketishar, — dedi u rektorga.
     Rektor chuqur xo‘rsindi va rozi bo‘lganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qo‘ydi. Muhim shaxs bo‘lganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining ko‘rkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirg‘andi.
Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
— Bizning Garvardda birinchi kursda o‘qiydigan o‘g‘limiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u olamdan o‘tdi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, - dedi ayol.
- Madam, - dedi rektor qo‘rs ohangda, - Biz Garvardda o‘qib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qo‘ya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga o‘xshab qolgan bo‘lar edi.
- Oh, yo‘q, - dedi ayol va tezda tushuntirdi, - Biz haykal qo‘ymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana o‘sha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
- Bino?! Bilasizmi, o‘zi bino qurish uchun qancha pul kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
      Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular. Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
- Universitet qurish uchun bor yo‘g‘i shuncha pul kifoyami? Unda nega o‘z universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
      Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister (temiryo‘l magnati) hamda Missis Jeyn Stenford o‘rinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va o‘sha yerda Garvard qadriga yetmagan o‘g‘illari uchun yodgorlik o‘laroq yangi ilm dargohi - Stenford universitetiga asos soldilar. O‘shanda Leland xotiniga: "Kaliforniyaning bolalari bizning farzandlarimiz bo‘ladi", - degan edi. 15 yoshida bevaqt vafot etgan kichik Leland Stenford nomiga atalgan ushbu ilm maskani bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biriga aylangan. Uning bitiruvchilari Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Microsystems, Nvidia, Yahoo, Cisco Systems, Silicon Graphics, TSMC va Google kabi yirik kompaniyalar asoschisi.

05 Sep 2024

     Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan ro‘dapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jur’atsizgina kirib keldilar.
     Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan, deya ensasini qotirdi.
— Biz rektor bilan ko‘rishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
— U kun bo‘yi band bo‘ladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
— Mayli, biz kutamiz, — javob qildi ayol.
Kotiba ularni to‘rt soatcha yolg‘iz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq bo‘lib qaytib ketishlarini istardi. Yo‘q, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
— Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan ko‘rishsangiz, balki qaytib ketishar, — dedi u rektorga.
     Rektor chuqur xo‘rsindi va rozi bo‘lganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qo‘ydi. Muhim shaxs bo‘lganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining ko‘rkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirg‘andi.
Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
— Bizning Garvardda birinchi kursda o‘qiydigan o‘g‘limiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u olamdan o‘tdi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, - dedi ayol.
- Madam, - dedi rektor qo‘rs ohangda, - Biz Garvardda o‘qib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qo‘ya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga o‘xshab qolgan bo‘lar edi.
- Oh, yo‘q, - dedi ayol va tezda tushuntirdi, - Biz haykal qo‘ymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana o‘sha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
- Bino?! Bilasizmi, o‘zi bino qurish uchun qancha pul kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
      Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular. Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
- Universitet qurish uchun bor yo‘g‘i shuncha pul kifoyami? Unda nega o‘z universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
      Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister (temiryo‘l magnati) hamda Missis Jeyn Stenford o‘rinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va o‘sha yerda Garvard qadriga yetmagan o‘g‘illari uchun yodgorlik o‘laroq yangi ilm dargohi - Stenford universitetiga asos soldilar. O‘shanda Leland xotiniga: "Kaliforniyaning bolalari bizning farzandlarimiz bo‘ladi", - degan edi. 15 yoshida bevaqt vafot etgan kichik Leland Stenford nomiga atalgan ushbu ilm maskani bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biriga aylangan. Uning bitiruvchilari Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Microsystems, Nvidia, Yahoo, Cisco Systems, Silicon Graphics, TSMC va Google kabi yirik kompaniyalar asoschisi.

05 Sep 2024

     Uchquduq respublikaning eng chekka hududi bo‘lsa ham bu yerga  har kuni o‘nlab odamlar turli viloyatlardan tashrif buyurishadi. Birovi ish yuzasidan, yana boshqasi shu yerda ishlab yashayotgan yaqinlarini ko‘rish maqsadida. Shu uchun ko‘pincha  begonalarning kimligi, nima uchun kelganinga unchalik e’tibor qaratmaymiz.

    Toshkent shahrida uchrashib  "do‘stlashgan" farg‘onalik Shamshira, qashqadaryolik  Usmon va Gʻaybulla (barcha ismlar o‘zgartirildi)lar bu gal Uchquduqqa na mehmonga, na ish axtarib kelishdi. Balki g‘arazli rejalarini amalga oshirish uchun qadam qo‘yishdi. O‘zlari bilan 50 dona gugurt qutiga solingan marixuna giyohvandlik vositasini sotishni ko‘zlab kelgan bu og‘ufurushlarning shum niyati amalga oshmadi.
     Uchquduq tumani “Do‘stlik” mahallasi hududidagi “Lochin” sport majmuasi yonida shu kuni amalga oshirilgan tezkor-tadbirda
14 mln so‘m miqdoridagi pullar evaziga 50 dona gugurt qutisiga solingan Navoiy viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra ko‘p miqdorni tashkil qiluvchi sof og‘irligi 221,38 grammga teng “marixuana” giyohvandlik vositasi ular tomonidan "Xaridor"ga sotilayotgan paytda huquq tartibod idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

    Giyohvandlik vositasini olib kelishga boshchilik qilgan Shamshiraga O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 7 (yetti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sheriklardan biri og‘ufurush Usmonga 8 (sakkiz) yil, Gʻaybullga esa 10 (o‘n) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

      Ming afsuski bu yigit-qizlarning 20-22 yoshlarda. Ular uchun mamlakatimizda o‘qishlari, mehnat qilib ishlashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan edi. Ammo ular o‘zlari uchun shu yo‘lni tanlashdi. Shukrki ularning g‘arazli niyatlari qaysidir uchquduqlik ota-onaning hayotini zaharlashgacha yetib bormadi.

 

Akmal Qurbonov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: