LOTIN-КИРИЛЛ

Batafsil tekshiruv

     “Navoiyuran” davlat korxonasiga qarashli  obyektlarning 2025-yilda yong‘in xavfsizligi holatini batafsil  tekshiruv  yillik rejasiga asosan,  Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexida batafsil tekshiruv o‘tkazildi. Ushbu jarayonda ShKB OYXTTEB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Sobirov, bo‘lim inspektorlari leytenant E.I.Xomitov, N.N.Beshimov, O.K.Shukurulloyev, H.R.Yaxyayev hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi boshlig‘i  E.I.Vasiyev, bosh muhandis J.G.Rayimov, sex mexanigi Z.A.Abduraxmonov, sex energetigi M.A.Ostonov, FM, FV va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul  A.S.Abdiyevlar ishtirok etishdi.

 

Tekshiruv davomida aniqlangan bir qator kamchiliklar joyida bartaraf etildi va  ShKB OYXTTE bo‘limining  174-sonli   20 banddan iborat  yozma ko‘rsatma va 173-sonli taqdimnoma obyekt raxbariga taqdim etildi, hamda 82 nafar ishchi xizmatchilar bilan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish tartibi, isitish pechlari, gaz moslamalaridan  foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish hamda boshqa noxush holatlarni kamaytirishga qaratilgan targ’ibot- tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi.

            Soha mutasaddilari tomonidan olib borilayotgan bu kabi tekshiruv tadbirlari ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot hamda muassasalar rahbar va xodimlarini sergaklantirib, ular faoliyatida yo’l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olishda yana bir turtki bo‘ldi.   

E.I.Xomitov 
ShKB OYXTTEB  inspektori leytenant   

H.R.Yaxyayev

  ShKB OYXTTEB  inspektori  kichik serjant 

O'qilgan: 42 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: