LOTIN-КИРИЛЛ

   Учкудук туман мактабгача ва  мактаб таълим бўлимига қарашли ДМТТ тарбияланувчиларига 2024-2025 йиллар учун куз-киш мавсумида картошка, пиёз,сабзи, гуруч, маҳсулотлари сотиб олиш учун эълон берилмоқда

     Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-sentabr 176-son buyrugʻi bilan Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. . Budjet tashkilotlarida moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil etish;

  •      Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi respublikadagi budjet tashkilotlarida (tibbiyot muassasalari, barcha turdagi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalaridan tashqari) mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi. “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlarinining Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi miqdori mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida tashkil etiladi. Mazkur banddagi Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi boʻyicha belgilangan foiz miqdorlari alohida normativ-huquqiy hujjatlarda koʻrsatilgan budjet tashkilotlari uchun tatbiq etilmaydi.
  •      Mehnat haqi fondiga bazaviy tarif stavkasi, lavozim maoshi, mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti, alohida mehnat sharoitlari uchun toʻlov, uzoq yil xizmat qilgani uchun toʻlov, maxsus unvonlar uchun toʻlanadigan ustama, tuman koeffitsiyentlari uchun toʻlanadigan ustama, budjetdan ajratiladigan ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mukofot, bir oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam, shuningdek ijtimoiy soliq hisoblanadigan boshqa toʻlovlar kiradi.
  • Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi budjet mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari, muassasaning xarajatlar smetasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining 41 11 100 “Asosiy ish haqi” moddasiga (toifa, modda, kichik modda va element) kiritish bilan shtatlar jadvalining “Xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi” alohida satrida ajratib koʻrsatilgan holda nazarda tutiladi.
  •        Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va oʻrnatilgan stavkalarda ijtimoiy soliq hisoblanadi. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan amalga oshirilgan toʻlovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanadi, shuningdek qonunchilikka muvofiq tegishli ushlanmalar ushlab qolinadi

     Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan foydalanish;

  • Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari budjet tashkilotlari xodimlari ish haqiga ustamalar belgilash va xodimlarni mukofotlashga yoʻnaltiriladi hamda rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida sarflanadi. Budjet tashkilotlarida shtat birliklari toʻldirilmaganligi hisobiga shakllangan moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondining mablagʻlari boʻshab qolgan mablagʻlar hisoblanmaydi. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan ustamalar belgilash yoki mukofotlash budjet tashkilotlari xodimlarining tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) nisbatan amalga oshiriladi.
  • Budjet tashkilotlarida xizmat vazifalarini tashabbuskorlik va vijdonan bajargan yuqori malakali xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda ishda erishgan yutuqlari uchun tarif stavkasi yoki lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) 50 foizidan oshmagan miqdorlarda shaxsiy ustamalar belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining boshqaruv xodimlari uchun ushbu ustamalarning eng yuqori miqdorlari chegaralanmaydi. Mazkur ustamalar rahbarga yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, boshqa xodimlarga muassasa yoki tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Budjet tashkilotining markaziy apparat xodimlariga ustamalar ushbu organning rahbari tomonidan belgilanadi. Budjet tashkilotlari rahbarini ustamasi yuqori turuvchi organ ruxsati bilan belgilanadi. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda, ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
  • Xodimlarga mukofotlar toʻlash hisobot davri yakuni boʻyicha hamda yubiley va bayramlarda amalga oshiriladi. Mukofotlarning miqdori ishning umumiy natijalariga xodimning shaxsiy ulushiga qarab belgilanadi va mukofotning yuqori miqdorlari chegaralanmaydi. 8. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar barcha hollarda (taʼtil uchun toʻlov, pensiyani tayinlashda, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi va boshqalar) oʻrtacha ish haqini hisoblashda hisobga olinadi.

Hisob-kitob va hisobdorlik;

  •   Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi boʻyicha qilingan xarajatlar budjet tashkilotlarining alohida buxgalteriya hisobi registrlarida yuritiladi. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobotda Moddiy ragʻbatlantirish fondi hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifi boʻyicha asosiy ish haqi xarajatlari tarkibida aks ettiriladi.
  •  Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish budjet tashkilotlari rahbarlariga yuklatiladi.
  •    Mazkur nizomning qabul qilinishi bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.(ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr). 2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 19-martdagi 44-sonli buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-1, 2002-yil 26-mart 3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 20-yanvardagi 22- buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-2, 2004-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 6-son, 77-modda). 4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 30-apreldagi 45-sonli buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-3, 2007-yil 17-maydagi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2007-yil 19-20-son, 209-modda). 5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 20-dekabrdagi 109-sonli buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-4, 2008-yil 11-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 1-2-son, 9-modda) 6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 7-iyuldagi 64-sonli “i buyrugʻi (ro‘yxat raqami 177-5, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2015-yil 27-son, 363-modda). 7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 22-apreldagi 35- buyrugʻi (ro‘yxat raqami 6-16/1-5260/6, 2014-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2014-yil 18-son).

Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Shodiyeva  Nafisa Minboy qizi

 

    Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

– O‘z xohishiga binoan;

– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

– Vafot etganligi sababli.

Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

 

     Uchquduq tumanidagi 7-sonli matematika fanidan chuqurlashtirib o`tiladigan umumiy o`rta ta`lim maktabida KUZ-QISH mavsumida yong`in xavfsizligini ta`minlash maqsadida, yuqori sinf o`quvchilari ishtirokida ShKB OYXTTEB inspektorlari hamda  6-YQQism shaxsiy tarkibi tomonidan “Chorshanba – Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong`inlar profilaktikasi kuni” tadbiri o`tkazildi.

     Tadbirda profilaktika xodimlari o`quvchilarga favqulodda vaziyatlarni va yong`inlarning kelib chiqish sabablari, favqulodda vaziyat kelib chiqqanda harakatlanish tartibi, yong`inni o`chirishning birlamchi vositalari haqida to`liq ma`lumot berildi.

      Shuningdek tadbirda yong`in o`cherish avtomobili va yong`inni o`chirishda foydalaniladigan jihozlarning taktik-texnik xususiyatlari batafsil ko`rgazmali namoish etildi. Tadbir yakunida o`quvchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

                                  ShKBOYXTTEBo’limi P va NB katta inspektori kapitan                

  S.A.Baxodirov va kichik inspektori oddiy askar I.F.Qilichev

      Sessiya kun tartibida quyidagi masalalarko‘rib chiqildi.
      Kun tartibidagi birinchi masala  Sektorlar va tumandagi tashkilotlar rahbarlarining aholi muammolari hamda murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tuman Xalq qabulxonasi mudiri axboroti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi mudiri B.Axmedov Axborot berdi.
       Ikkinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tuman Xalq qabulxonasi mudiri axboroti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi mudiri B.Axmedov Axborot berdi.
        Uchinchi masala bo‘yicha  Tumanda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularnining profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 2024-yil o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Tuman IIB boshlig‘i A.Radjapov hisobot berdi
        Navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari N.Muratov hisobot berdi.

Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

  Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi hamda tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanadi.

Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy- ma’rifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlari, atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlari amalga oshiriladi.

Farmonda joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida:, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi.            Bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkaziladi.

Keyingi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va roli keng yoritiladi.

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilgani ochib beriladi.

Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati keng targ‘ib qilinadi.

Konstitutsiya oyligi doirasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslari o‘tkaziladi.

Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti:     Shodiyeva Nafisa Minboy qizi

Xalqaro tavsiyalarga koʻra, aholini roʻyxatga olish quyidagi muhim tamoyillarga asoslanadi:

  1. Markazlashtirish.Aholini roʻyxatga olishni boshqarishning qatʻiy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli oʻtkazishning asosiy shartlaridan biridir.
  2. Aholini roʻyxatga olishning muntazamligi.BMT tavsiyalariga koʻra, aholini roʻyxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba oʻtkazilishi belgilangan.
  3. Aholini roʻyxatga olish maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan oʻtkazilishi.Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun koʻp miqdorda maxsus xodimlar yollanadi, ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.
  4. Aholini roʻyxatga olishni aniq bir muddatda oʻtkazish.Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini roʻyxatga olish bir necha kun davomida oʻtkazilsa ham, maʻlumotlar aniq bir vaqtda – koʻpincha aholini roʻyxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati boʻyicha qayd etiladi. Bu aholini roʻyxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.

Masalan, chaqaloq aholini roʻyxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tugʻilgan boʻlsa, u aholi roʻyxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot boʻlib, shundan keyin, yaʻni aholini roʻyxatga olish davrida vafot etsa, u aholi roʻyxatiga kiritiladi.

  1. Aholini roʻyxatga olishning belgilab qoʻyilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qatʻiy rioya qilgan holda oʻtkazish.Aholini roʻyxatga olish dasturi – roʻyxatga olishda muayyan talablarni hisobga olgan holda, aholiga murojaat qilinadigan savollar roʻyxatini, maʻlumotlarni qayd etish, toʻplash, qayta ishlash, yakuniy maʻlumotlarni eʻlon qilish tartiblarini oʻz ichiga oladi.
  2. Aholining toʻliq qamrab olinishi.Aholini roʻyxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta roʻyxatga olinishi hollari uchrasa ham, mavjud aholining roʻyxatdan joy olinishini taʻminlash asosiy vazifa hisoblanadi.
  3. Maʻlumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi.Aholini roʻyxatga olishda individual asosda har bir shaxs toʻgʻrisidagi yakka maʻlumotlar toʻplanadi. Shu bilan birga, respondentlardan olingan maʻlumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini roʻyxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
  4. Ixtiyoriylik.Shaxs toʻgʻrisidagi maʻlumotlar soʻralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qoʻyilgan.

Masalan, Buyuk Britaniyada 1920-yilda Qoʻshma Qirollikda aholini roʻyxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini roʻyxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xoʻjaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari roʻyxatga olinishi, aholini roʻyxatga olishni kim oʻtkazishi, soʻrov varaqalari qanday boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, aholini roʻyxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini roʻyxatga olish qoidalari koʻrsatilgan.

Buyuk Britaniyada har galgi aholini roʻyxatga olishdan taxminan bir yil avval bunga doir alohida qonun hujjati qabul qilinadi (bunda albatta 1920-yilgi qonun hujjatiga havola qilinadi). Bu qonunda aholini roʻyxatga olish uslubiga aniqlik kiritiladi, aholini roʻyxatga olish muddati va buning uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori belgilanadi. Buyuk Britaniyada aholini roʻyxatga olish har oʻn yilda, odatda, aprel oyida oʻtkaziladi. Bu sananing tanlanishi mamlakatda aholi oʻrtasida ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishi uchun ob-havo qulay boʻlishi bilan izohlanadi.

   Firibgarlar tomonidan Telegram orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilot rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. 

    Firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan Telegram’da soxta akkaunt ochib, qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Bir ozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi. 

   Firibgarning, ya’ni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi. 

Xabarga ko‘ra, buning oqibatida ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi mablag‘laridan ayrilib qolmoqda. 

   “Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib xabarni qayta tekshirib ko‘ring! Hurmatli fuqarolar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.

Т/Р Ҳудудлар номи Тушган маблағ Жами кўрсатилган
ёрдамлар миқдори (млн.сўм)
Шундан
Эҳтиёжманд оилалар Темир дафтари Аёллар дафтари Ёшлар дафтари
оила сони ажратилган маблағ (млн.сўм) оила сони ажратилган маблағ (млн.сўм) аёл сони ажратилган маблағ (млн.сўм) ёшлар сони ажратилган маблағ (млн.сўм)
Жами:  156,0  36,7  28  36,7  0  0,0  0  0,0  0  0,0
1 Учқудуқ тумани   156,0   36,7  28  36,7  0  0  0  0  0  0
                       
Page 5 of 215

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: