LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

30 Oct 2024

    Mamlakatimiz aholisini  ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash bo‘yicha davlat xizmati sifatini oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari manzilliligini va samaradorligini oshirib borish  va O‘zbekiston Respublikasining  qonunlari  ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan, 13.10.2022 yilda 592-son Qarori qabul qilindi.

    Mazkur qaror asosida  Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanib unda:

davlat pensiyalarini tayinlash uchun murojaat qilish, pensiyalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim qilish tartibi;

davlat pensiyalarini tayinlashda mehnat staji, shu jumladan, ayrim toifa fuqarolar uchun imtiyozli asoslardagi mehnat stajini hisoblash tartibi;

davlat pensiyalarini tayinlashda ustama haqlarni hisoblab chiqish tartibi;

tayinlangan davlat pensiyalari turini o‘zgartirish, qayta hisoblash va tiklash tartibi;

tayinlangan davlat pensiyalarini to‘lash va chegirmalarni amalga oshirish;

 Hususan, fuqarolarga pensiya hisoblashda 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning faqat mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya shaxsning tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan to‘lanishi, tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmasligi;

vafot etgan boquvchining mehnatga layoqatsiz farzandlari uchun 18 yoshga qadar, agar ushbu farzandlar ta’lim tashkilotlarining o‘quvchisi yoki talabasi bo‘lib hisoblansa, o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lanishi, shaxsning bolani parvarishlash bilan band bo‘lgan 6 yillik ta’til vaqti pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati karantin joriy etilgan vaqtda shaxsga pensiya tayinlash muddati shaxsning karantin davrida pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab tayinlanishi;

shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanishi;

shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan kelib chiqib hisoblanishi belgilanganligi va bulardan tashqari Nizom bandlari bir qator boshqa pensiya qonunchiligiga doir tartiblarini nazarda tutuvchi yangilangan qonun-qoidalari bilan tuldirildi.

 

Pensiya jamg‘armasi Uchquduq tuman bo‘limi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sho‘basi bosh mutaxassisi Sh.Ruziqulov

30 Oct 2024

   Учкудук туман мактабгача ва  мактаб таълим бўлимига қарашли ДМТТ тарбияланувчиларига 2024-2025 йиллар учун куз-киш мавсумида картошка, пиёз,сабзи, гуруч, маҳсулотлари сотиб олиш учун эълон берилмоқда

Page 7 of 284

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: