LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

26 Mar 2024

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

    Unga muvofiq, 2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich o‘rnatiladi. Bunda:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi;

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.

Mazkur qaror bilan Yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

2024-2026 yillar davomida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari manzilli ro‘yxat asosida o‘rnatilib, “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qilinadi.

26 Mar 2024

Virusli gepatit A kasalligi-ko’pincha jigarni shikastlovchi virus orqali yuzaga keladi. Kasallik 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda yengil, 14 yoshdan katta bolalarda va homilador ayollarda og’ir kichadi. Bolalarda virusli gepatit A kasalligi asosan notoza qo’llardan, idish-tovoqlardan va o’yinchoqlardan yuqadi. Ushbu kasallik bolalar qo’lini yuvmasdan ovqatlanganida, qaynatilmagan suv ichishlari sababli kasallikka chalinishadi. Shu bilan birgalikda bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida maktablarda o’zaro muloqot jarayonida ham gepatit A kasalligini yuqtirib olishlari mumkin.

Virusli gepatit A kasalligining qanday belgilari bor? Kasallining ilk davrida bemorda sariqlik alomatlari bo’lmaydi, lekin undan oldingi belgilar bo’ladi. Bu nafas yo;llarining yallig’lanishi, ich ketish, gripp va O’RVI (o’tkir resperator virusli infeksiyalar) xastaliklarinining alomatlaridir. Holsizlik, tez charchash, ishtaxasizlik, ko’ngil aynishi, qaid qilish, tana harorati ko’tarilishi, bo’g’imlarda og’riq, qorin o’ng qovurg’a osti soxasida og’irlik va discomfort, siydik rangi to’qlashishi, axlat rangi oqarishi. Virusli gepatit A ning yakuni bolalikda ijobiydir, kasallik asimptomatik (alomatlarsiz) tarzda o’tadi, hayot sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi. O’smirlik davrda kasallik jiddiy shaklda o’tadi va kasallikdan so’ng qat’iy ravishda parhezga rioya qilish kerak.

Gepatit A ning virusi HAV (Hepatitis A virus) deb ham ataladi. Virus quruq va issiq sharoitlarga (60 °C) chidamli, sho’r va chuchuk suvda oylar davomida saqlanadi. Ultrabinafsha nurlanishi ostida 1 daqiqada, 121 °C issiqlikdagi avtoklavda 20 daqiqa davomida, xloramin yoki xlor preparatlari bilan ishlov berilganda 5-7 daqiqada nobud bo’ladi.

Virusli gepatit A kasalligidan qanday himoyalanish kerak? Sog’lom turmush tarziga rioya qilish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqat tayyorlashda ovqatlanishdan oldin, jamoat joylarga va xojatxonaga borgandan so’ng qo’lni yaxshilab sovunli suvda yuvish. Oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilish. Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuvish va so’ngra qaynagan suvda yuvish. Yashash joy gigiyenasiga rioya qilish, xonalarni shamollatish va namli tozalov ishlarini olib borish kerak.

26 Mar 2024

      Suvchechak kasalligidan saqlaning! Suvchechak-havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan kasallik bo’lib, isitmasimon holat, butun tana bo’ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Kasallikning takroran kuzatilishi kamdan-kam hollarda qaid qilinadi. Odatda insonlar hayoti davomida bu kasalikka bir marta duchor bo’lishadi. Suvchechak kasalligiga ta’sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishdan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig’ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo’llari: so’lak, yo’tal, aksa urish. Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir ko’rsatadi.

Bundan tashqari, homilador ayollar kasallanganda homila ham suvchechak bilan kasallanish ehtimoli mavjud bo’ladi. Bu bolada tug’ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalikka. Kasallik shifo topgandan so’ng organizmda barqaror immunitet hosil bo’ladi. Suvchechakning inkubatsion davri 7-21-kun davom etadi, ya’ni infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan shuncha kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Boshqa belgilar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: isitma, bosh og’rig’i, ishtaha yo’qolishi. Tarqalishi: Oldin virusga duchor bo’lmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoyitlarda kasallanish havfi ortadi. Maktabda yoki bolalar muassasalarida vaqt o’tkazish, 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuzatiladi. Suvchechak asosan sovuq vaqtda yuzaga keladi.

Davolash: Suvchechakni davolash ham ambulator sharoitda davolanadi. Gigiyena qoidalariga amal qilish, isitmali davrning butun davomida yotoq tartibiga amal qilish ko’rsatiladi. Isitmani tushirish uchun parasitamol keng qo’llaniladi. Kasallikdan so’ng terida izlar qolmasligi uchun hosil bo’lgan qobiqlarni yulib olmaslik kerak. Bundan tashqari, issiq vannalar qabul qilish, yengil va yumshoq kiyimlar kiyish tavsiya etiladi. Ota-onalarga farzandlarini maktab va maktabgacha ta’lim muassasasiga yubormaslik tavsiya etiladi. Virusning tashqi muhitga chidamsizligi tufayli xonada dezinfeksiya qilish talab etilmaydi. Xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va nam usulda tozalash kerak. Suvchechak kasalligi uyushgan jamoalarda qayd etilsa kasallik qayd etilgan sinf va guruhlar 21 kunga karantinga olinadi, hamshira tomonidan muloqotdagi bolalar 21-kun tibbiy kuzatuvga olinib har kuni bolalar (tana harorati o’lchanadi, teri qoplami ko’riladi, shikoyati so’raladi), patronaj hamshira tomonidan uyidagi muloqotdagilari 21 kunga tibbiy kuzatuvga olinadi.

26 Mar 2024

     Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqib borayotgan, bu sohada o‘z iqtidori va salohiyatini dadil namoyon etayotgan qizlar safi tobora ortib bormoqda. "Raqamli avlod qizlari-2024" respublika tanlovi bu borada o‘quvchi qizlarning bilimlarini yanada oshirish, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirishdek maqsadlarga qaritilgani bilan ahamiyatlidir.

      Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi. Unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olinmoqda. Bu yilgi tadbirda Digital Art, 3D Modelling, sun’iy intellekt, startap loyihalar, grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o‘tkazilmoqda.

      Shuningdek, bu yil ilk bor loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo‘nalishi qo‘shilgan bo‘lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma’lumot berilmoqda.

      Bugun mashg‘ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, "Yangi O‘zbekiston" universiteti professsor-o‘qituvchisi, misrlik Islom Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug‘ullanishi haqida 5 afsona", Tet-a-tet taraqqiyot asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan “Ayol-qizlar uchun chet elda o‘qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

   Respublika tanlovi mashg‘ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar Birlashgan Arab Amirligiga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishlari mumkin.

26 Mar 2024

     Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqib borayotgan, bu sohada o‘z iqtidori va salohiyatini dadil namoyon etayotgan qizlar safi tobora ortib bormoqda. "Raqamli avlod qizlari-2024" respublika tanlovi bu borada o‘quvchi qizlarning bilimlarini yanada oshirish, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirishdek maqsadlarga qaritilgani bilan ahamiyatlidir.

      Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi. Unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olinmoqda. Bu yilgi tadbirda Digital Art, 3D Modelling, sun’iy intellekt, startap loyihalar, grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o‘tkazilmoqda.

      Shuningdek, bu yil ilk bor loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo‘nalishi qo‘shilgan bo‘lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma’lumot berilmoqda.

      Bugun mashg‘ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, "Yangi O‘zbekiston" universiteti professsor-o‘qituvchisi, misrlik Islom Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug‘ullanishi haqida 5 afsona", Tet-a-tet taraqqiyot asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan “Ayol-qizlar uchun chet elda o‘qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

   Respublika tanlovi mashg‘ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar Birlashgan Arab Amirligiga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishlari mumkin.

26 Mar 2024

      O‘zbekiston Bandlik vazirligi 5 ming nafar o‘zbekistonlik Kanadaga ishga yuborilishi haqida e’lon qildi. Avvaliga 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ingliz, fransuz yoki ispan tilini biladigan qurilish sohasi vakillari ishga jalb etiladi. Ish haqi – soatiga 12,5 dollardan 30 dollargacha.
Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonliklar qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

      Ish o‘rinlari soni 5 mingta bo‘lib, dastlabki qabul qurilish sohasidagi quyidagi ishlar uchun bo‘ladi:
duradgor;
payvandchi;
elektrik;
santexnik;
betonchi;
oynachi;
tom yopuvchi;
pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

       Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va zarur hujjatlar:
18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish;
ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilish;
qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom;
xorijga chiqish pasporti nusxasi.

      Ish haqi soatiga 12,5 AQSH dollaridan 30 AQSH dollarigacha to‘lanadi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Har bir nomzod ma’lumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotlarni +998712023355, +998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

26 Mar 2024

      O‘zbekistonda qator shaxslar pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (hozirgi kunda 372 ming so‘m)ning 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi.

      Moliya vazirligining 2010 yil 30 dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, ular quyidagilar:

1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar.
2. Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
3. Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar.
4. 1941 - 1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar.

      Shuningdek, yoshi 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensiya oluvchi shaxslar uchun har oyda - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.

26 Mar 2024

       Sog‘liqni saqlash a’lochisi Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri, terapevt vrach Ra’no Ahmedova onalik va bolalik muhofazasiga qo‘shgan munosib hissasi hamda ibratli faoliyat olib borayotganligi uchun “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.
Mehnatining munosib rag‘bati bilan opani qutladik, doimgiday sog‘ligimdan xavotirlanganlik va mehribonlik qorishiq so‘zlarini eshitarkanman, har bir bemor uchun jonfidolik faqat Ra’no opaning o‘zigagina tan bo‘lgan xislatligiga yana bir bor amin bo‘laman!
      Ha, opaning huzuriga kelgan bemor xoh tuman markazidan bo‘lsin, xoh olis ovuldan: “Kimsan, qayerliksan”, deb so‘rab ham o‘tirmaydi. Hammani birday qabul qiladi. Hatto yashash manzilini o‘zgartirib, boshqa hududlarga ko‘chib ketgan “sobiq bemorlari” ham opa bilan telefon orqali maslahatlashayotganiga ko‘p bora guvohi bo‘lganman. Bizning Ra’no opa shunday! Hammaning dardiga birdek darmon bo‘lishga hech qursa so‘zi bilan jo‘yali maslahati bilan malham bo‘lsam, deydi.
Qum ko‘chib, shamollar uvillab yotgan qizilqum cho‘li bag‘rikeng va saxiy ekan-ki, azim Karmana farzandi Ra’no Ahmedova mana 30 yildirki el ardog‘idagi shifokor! 3 nafar qiz-o‘g‘illar kamolga yetgan Odil Ahmedov va Ra’no Ahmedovalar oilasida farzandlarning biri moliyachi, biri o‘qituvchi bo‘lib, elu-yurt ravnaqiga munosib ulush qo‘shayotir.

26 Mar 2024

       Maqolamiz qahramoni muallima, ijodkor, muhandis singari kasblarni ham puxta egallagan Ozoda opa Ergashova bo‘ladi.
Uning bolaligi Pastdarg‘om tumanida o‘tdi. Maktabda a’lo baholarga o‘qidi, 1989 yilda Samarqand davlat pedagogika institutining til-adabiët fakultetiga o‘qishga kirdi.
1993 yilda turmush o‘rtog‘i Latifboy aka Arziyevning ishi sabab Uchquduqqa ko‘chib kelgan bu oilada Maftuna, Sobirjon, So‘g‘diyona ismli farzandlar voyaga yetdi. Bugun Maftuna onasi izidan borib, Navoiy shahridagi Prezident maktabida o‘qituvchilik qilayapti. O‘g‘li Sobirjon“Olmaliq” KMK injener, kenja qizi So‘g‘diyona esa geotexnologik konida tibbiyot xodimi.
       Avvaliga maktabda, tuman radiosida ishlagan Ozoda opani bilim doirasining kengligi, mehnatsevarligi, hamma bilan bir pasda til topishib ketishi kabi xislatlarini qadrlagan rahbariyat tuman hokimligi kanselyariya bo‘limiga ishga olishdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yangidan tashkil etilgan tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi unga ishonib topshirildi.
      Shundan so‘ng, xizmat pillapoyalarida birma-bir yuqorilab, “Uchquduq” (avvalgi “Dostыq-Drujba”) tuman gazetasi muharriri, tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishladi.Keyinchalik12 yil davomida SHKB uy-joy kommunal xo‘jaligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida korxona tasarrufidagi o‘nlab ijtimoiy soha ob’yektlari faoliyatini muvofiqlashtirgan. Bugun esa "NKMK jamg‘armasi" DM "Uchquduq" hududiy boshqarmasi ijtimoiy obektlar uchastkasida mehnat muhofazasi va xavfsizligi texnikasi muhandisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Xalq deputatlari tuman kengashi deputati.
      Yaxshi xabarning qanoti bo‘ladi, deyishadi. Bayram munosabati bilan jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgani, o‘zining samarali mehnati bilan oila shakllanishiga va farovonligiga munosib ulush qo‘shgan Ozoda opa Ergashova “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangani haqidagi xabar uchquduqlik ko‘plab ayollarni xursand qildi.
      "Inson dunyoning qalbi”, deb yozgan edi Anton Chexov. Ozoda opa Ergashovadagi o‘z yurtiga sodiqlik, o‘z ishiga fidoiylik, o‘zi saylangan hudud aholisining muammolarini hal etishdagi jonkuyarligi bilan u dunyoning qalbini tinglayotganday, go‘yo!

26 Mar 2024

     Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish, ziyoratchilarning haq-huquqlarini taʼminlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va oʻtkazish uchun litsenziya joriy qilinmoqda.

     Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: