LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

27 May 2024

    Abituriyentlar 5 iyundan 25 iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

 

    “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

ia) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. 
  • Bunda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
  • o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;
  • ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi;

v) 2025-2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi;

g) barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

25 May 2024

Assalomu alaykum, muhtaram ustoz va murabbiylar, qadrli do‘stlar, va aziz bitiruvchi yoshlar!

      Mana, bugun yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yili ham nihoyasiga yetib, yana bir yilga ulg‘aydingiz. Kechagina jajji qadamlari bilan otasi yoki onasi hamrohligida maktab ostonasiga kirib kelgan bolajonlarimiz, bugun shaxdam qadam tashlaydigan, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan o‘quvchiga aylandi.  

Bugungi “Ilm – saodat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida, Siz aziz o‘quvchilarni va shu muqaddas dargohda qo‘limizga qog‘oz-qalam tutqazib, yozuv-chizuvni o‘rgatgan, ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etgan, o‘z o‘quvchilariga, haqiqatdan ham, hayot maktabini beradigan mo‘tabar ustozlarimizni va barchangizni o‘zim nomimdan va tuman hokimligi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan kundalik turmush tarzingiz o‘rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko‘pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz va bu yo‘lda barchangizga omad tilab qolaman! Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun oldingizga yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur! 

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt — hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing! 

Mustaqil hayotga qadam qo‘yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!

Aziz o‘quvchi yoshlar!

Siz Vatanimizning ertangi kelajagi, yurtimiz nomini dunyoga tanitguvchi ishonchimizsiz! Shunday ekan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Dunyoda eng katta boylik-yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir”, “Yoshlar – kelajagimiz poydevori” degan so‘zlari va Siz yoshlarga bo‘lgan katta ishonchini oqlab, nafaqat tumanimiz, butun respublikamizni ham dunyoga tanitadigan shijoatli, bilimli, har tomonlama yetuk yoshlar bo‘lib yetishasiz degan umiddaman. 

Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar!

Joriy o‘quv yilida tumanimizdagi 13 ta ta’lim muassasasidan 392 nafar bitiruvchi mustaqil hayotga qadam qo‘ydi. Ularning 15 nafari oltin 1 nafari esa maktabni kumush medal bilan maktabni tamomlagan bo‘lsa, 143 nafari muddatidan oldin talabalikka qabul qilinganligini ta’kidlashni istardim. 

Shuningdek, xorijiy davlatlarning OTM lariga o‘qishga qabul qiligan o‘quvchilar soni 21 nafar, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi filiallariga kirganlar soni 122 nafar, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar soni 19 nafar, milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar soni 120 nafarni tashkil etadi. E’tiroflisi, 9-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Albina Jamaladdinova fan olimpiadasi g‘olibi imtiyoziga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, 11-sinf bitiruvchilarining barchasi qisqa kasbga yo‘naltiruvchi kurslarda tahsil olib, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. 

Bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizning bu kabi yutuqlarida Siz ota-onalar va ustozlarning hissasi beqiyos, albatta!

Ayni damda o‘quvchilarimizning oldida yakuniy imtihonlar va oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari turibdi. Hech shubhasiz, ularning mustaqil hayot bo‘sag‘asida nurli manzillarni katta dovonlarni zabt etishlarida yana Sizning har tomonlama qo‘llb-quvvatlashingiz juda muhim hisoblanadi.

Aziz bitiruvchilar!

Bugun sizlarning hayotingizda eng quvonchli kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi.Qayerda bo‘lmang, maktab partasida olgan bilimlaringiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman. Vatanimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga aminman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ish va o‘qishlaringizda kattadan-katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman!

Maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lingizdagi ilk qo‘ng‘irog‘ingiz muborak bo‘lsin! 

        Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim.

E’tiboringiz uchun raxmat!

24 May 2024

    Tuman markazidan o‘ttiz besh kilometr uzoqlikdagi “Sharqiy” ochiq usulda qazib olish koni. Dunyo e’tirof etgan sof va sifatli oltin shu tuproq ostida uxlamoqda. Ilm sohiblarining sa’y-harakatlari va konchi azamatlarning mashaqqatli mehnatlari ma’danni uyg‘otib, metallurglar qo‘liga tillo bo‘lib tug‘ilmoq uchun yuboriladi.

Ona Vatan iqtisodiyotini mustahkamlash yo‘lidagi fidokorona mehnatni ham va ushbu mehnatlarga yarashiq rag‘batni ham kombinat bo‘linmalaridagi xodimlar yuz-ko‘zidan,
yurish-turishidan, gapni po‘stkallasini aytganda, olayotgan maoshidan anglash  qiyin emas. Tafakkuri va shukri uyg‘oq odamga biydek sahrodami yo zangori vohadami qayerda bo‘lmasin, quyosh bilan boshlangan har bir tong baxt va farovon hayotni xis etish uchun yetarli! Zero, ne’matni anglash uchun insondan ko‘p narsa talab etilmaydi, qalbni shukur bilan ziynatlasak bo‘lgani! Maqolamiz qahramoni ham samimiyat va oddiylik libosi ichra qalbi shukurdan naqsh olgan inson, konchi azamatlar bilan bir safda mehnat qilishdek mas’uliyatli kasbi bilan faxrlanadigan xodima,  ajoyib ona va yaxshi turmush o‘rtoqdir.

                Zuhraxon  Abdurahmonova 1976 yilda gul vodiyning Andijonida tug‘ilgan.  U oiladagi o‘n bir nafar bolaning beshinchisi bo‘lib, Fotimaga ergashib dunyoga kelgan.  Otasi avtobus haydovchisi, onasi uy bekasi, o‘sha davrning kolxoz dalalarida dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oddiy o‘zbek oilasida katta bo‘ldi, biroq, qo‘li rul chambaragida, ko‘zi-e’tibori yo‘lda bo‘lgan shofer otasining qalbi ilm-ma’rifatga, ziyoga chog‘langan edi.  Shu jihatdan ham halol rizq, go‘zal axloq, odamiylik kabi fazilatlar bu nuroniy otaxondan dilbandlariga qoldirilgan eng yaxshi meros bo‘ldi. Bog‘chadan so‘ng, yetaklashib maktabga borishgan Fotima va Zuhrani avval, yoshi yetmaydi, deya birinchi sinfga qabul qilishmagan, ammo ikki qizaloqning yig‘isi maktab direktorining qarorini o‘zgartirib, o‘sha yili o‘quvchi bo‘lishgan ekan. Egizaklar maktab bilan birga zilol dalalarda mehnatda chiniqdilar, uy ishlaridan tashqari, kolxoz dalalarida, suvi mo‘l qishlog‘iga tutash qo‘shni Qirg‘iziston tomonlarda sholi ekishgani, paxta terganlari gashtli mehnat bo‘lganini bugun ular kulib-kulib eslaydilar.  Yoshlikdagi mehnatga chiniquv bugungi  baxt va  rohatga yo‘l ochgan bo‘lsa ajab emas!

                Uchquduqqa,  Rohatoy ismli jiyanini ko‘rgani kelgan Zuhraxonning keyingi taqdiri mana shu bepoyon cho‘llar bilan tutashib ketdi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Ravshanbek Zuhraxondek odobli qizni qo‘ldan chiqarmadi, Andijonga sovchi yubordi. O‘zbekchiligimizda qizni yaxshi joydan qoldirmaslik zarur, kabi yozilmagan qoidalarimizga muvofiq, Uchquduqdan – yaxshi insonlarning farzandidan kelgan sovchi oq ro‘molcha bilan qaytganida vodiy va Qizilqum orasidagi masofalar qisqarib ketdi go‘yo! 1995 yilda turmush qurdilar, birin-ketin qiz-o‘g‘illar dunyoga kelishdi. Zuhraxonning oila va farzandlar bilan o‘ralashib qolgani, bundan tashqari, kombinat tizimida rusiyzabon muhit hukmronligi bois ham ishlab ro‘zg‘orga ko‘maklashish to‘g‘risida orzu qilishga vaqti bo‘lmadi.

Shu o‘rinda, ulug‘larning rahnamo etib tanlanishi ortida Yaratganning bandalariga bo‘lgan beqiyos mehribonligi borligiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. O‘zbekiston Qahramoni, “NKMK” AJ boshqaruv raisi – bosh direktorimiz Quvondiq Sanaqulovning kombinat bosh direktori etib tayinlanishi bu ulkan korxonada shu tuproqda tug‘ilgan minglab qorako‘zlarning ham faoliyat yuritishlari kafolati bo‘ldi, desam haq so‘zni aytgan bo‘laman. Zuhraxon kabi ilmga ixlosi bor, biroq ushbu salohiyatini rivojlantirishga sharoiti bo‘lmagan juda ko‘plab xotin-qizlar bosh direktorimizning xalqchil boshqaruvi ostida Navoiy kon-metallurgiya kombinatidek gigant korxonada ishlash baxtiga muyassar bo‘ldilar. 

Kombinat har bir xodimiga imkoniyatlar eshigini ochadigan manzil. Qulayliklari ham bu qutlug‘ dargohning hududlaridek bepoyon! Ana shunday imkoniyatlardan biri – xodimlarni kasbga o‘qitishdir.  2007 yilda “Sharqiy” koniga ishga qabul qilingan Zuhraxon Abdurahmonova ushbu imkoniyatdan foydalanib, boshqaruv pulti operatori kasbi bo‘yicha ta’lim oldi va hozirga qadar 11-sonli ma’danni maydalash va boyitish uchastkasida mehnat qilmoqda. Qahramonimiz faoliyati davomida hamkasblari bilan xushmuomala va samimiy. Bir qarashda, bu nozikta’b  ayolning  oltinni dunyoga keltirish jarayoniga qanday bog‘liqligi bor,  dersiz?

Shovqindan qulog‘ingiz qomatga keladigan kompleks joylashgan 11-sonli ma’danni maydalash va boyitish uchastkasida bo‘lganimda  uning ishlash jarayonini kuzata turib, ona zamin bag‘ridagi oltinini osonlikcha berib qo‘ymasligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Tasavvur qilyapsizmi, yaydoq cho‘l va bu had-hududsiz kengliklarda tabiatning injiqliklari ham chegara bilmas, yozning jaziramasi, qishning ayovsiz sovuqlari betutqin! Biroq, Yaratganning inoyati bilan insonga berilgan yuksak salohiyat, o‘tkir iste’dod va ilmiy iqtidorning ham oxiri ko‘rinmas! Ana shu iqtidorning in’ikosi o‘laroq, ilm va texnologiya uyg‘unlikda bunyod etilgan uchastkada ish jarayoni zanjir kabi uzviy. Kar’yer hududlaridan qazib olinib, alpqomat texnikalar tashib kelgan toshlar ushbu uchastkaning kompleks texnologiyasi ko‘magida maydalanib, saragi sarakka, puchagi puchakka ajratiladi. Qabul qilish bunkeri undan so‘ng katta-kichik toshlar maydalash qurilmasiga uzatiladi. Qurilmada musht yeb maydalangan toshlar endi konveyer lentasida erkalana-erkalana elakka duch keladilar. Men badiiyat jihatidan mubolag‘a bilan tasvirlayotganim – g‘oyat mas’uliyatli va ilmiy-texnologik jarayon Zuhraxon Abdurahmonova, Ulbosin Igimbekova, Go‘zal Ramazonova va Zina Zarbusinova kabi nozik xilqat vakilalarining nafis barmoqlari orqali avtomatlashtirilgan dastur yordamida boshqariladi. Nazorat qilinadi va kuzatib boriladi.

-Yurt iqtisodi kutayotgan oltinni saralash yo‘lida birgina diqqatning chalg‘ishi yohud soniyacha e’tiborsizlik kechirilmasdir,- deydi  Zuhra opa, ish jarayonidan ko‘zini uzmay.

U shu qadar mas’uliyat va zavq bilan ishga sho‘ng‘ib ketganidan bizning qulog‘imizga yoqmayotgan kompleks shovqinini-da, havoda uchayotgan changlarni-da ko‘zga ilmaydi. Aksincha, ko‘z o‘ngida yuksalayotgan xirmonga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shayotganidan huzur tuyib mehnat qilmoqda.

                Bejiz yuqorida mitti Zuhra va Fotimaning birinchi sinfga qadam qo‘yishlaridagi “yig‘loqiliklarini” keltirmadim. Ko‘nglida ilm olishga rag‘bati,  informatika, axborot texnologiyalariga mayli kuchli bo‘lgan Zuhraxon Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilgan inson qadri siyosati, millat qizlari va ayollarining ma’rifatli,  oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun  yaratilgan  qulay  islohotlar sabab, 2022 yilda 46 yoshida talabalik baxtiga yetdi.

Hartugul, Zuhra opa bir etak nevaralar qurshovida qolganida talaba bo‘lishni yoki ulkan ilm va texnologiya qad rostlagan korxonada ishlashni, qulog‘idagi tillo halqasining shu shaklga yetguniga qadar kechadigan ulkan mehnatni tush ko‘rmagan, hayol qilmagan! Biroq mehnatning rag‘batiga shukur ortidan keladigan moʻjizalarga ishongan. Uning kasbi ortidan topgan baxti  haqiqatan ham moʻjiza!

Bugun, birgina uning misolida kombinatning ko‘plab moʻjizaviy taqdir sohibalari  – baxt egalari haqda birozgina to‘xtaldik xolos. Kompleksning ish jarayoniga singib ketgan Zuhra opani ko‘p bezovta qilmay, xayrlashib yo‘lga chiqdim.

Kondan qaytarkanman, avtobus oynasidan ukpar bulutlarga termulgancha sanoat maydonlarida mehnat qilayotgan To‘marismonand, Zebochehra, Uvaysko‘ngil opa-singillarimiz uchun beg‘ubor tilaklarimni shaffof bulutlardan yasalgan qanotlarga bog‘lab,  Yaratgan huzuriga  yo‘llab  qo‘ydim. Axir, muslim bandaning boshqa bir dindoshi uchun qilgan yaxshi niyati ijobat,  bu – va’da! Va’da ortida esa moʻjizalar bor!

Nilufar Muydinova,

Shimoliy kon boshqarmasi mutaxassisi.

24 May 2024

    Hech kimga sir emas, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan hamda intellektual rivojlangan yoshlargina buyuk kelajakni ta’minlashi mumkin. Bu yoshlarga ta’lim berib ularni kamolga yetkazish esa ustozlardan ikki hissa bilim va tajriba talab qiladi.  Bugun tumanimizda bilimli shogirdlarni kamolga yetkazish bilan bir qatorda o‘zlari ham yuqori natijalarga erishayotgan ustozlarimiz talaygina.

   Kuni-kecha Vazir ustamasini oladigan pedagoglar ro‘yxati tasdiqlandi, quvonarlisi ular orasida tumanimizning 4 nafar fidoyi ustozlari ham bor. 10-maktab o‘qituvchilari Laziz Temirov va Moʻtaram Idiyeva, 20-maktab o‘qituvchilari Shahlo Otayeva va Dilshod Xudoyberdiyevlarga bugun ko‘pchilik ustozlar havas qilishadi.

    Ularga 2024 yil may oyidan 2025 yil yanvar oyiga qadar 9 oy mobaynida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori  ya’ni 5 775 000 so‘mda har oylik ustama to‘lab boriladi.

Maktab ta’limi tizimida faol mehnat qilib, o‘quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘z o‘qitish uslubiga ega malakali pedagoglar sifatida ular ikki bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Tarix fanidan Laziz Temirov va Shahlo Otayeva, ona tili va adabiyot fanidan Moʻtaram Idiyeva, matematika fanidan Dilshod Xudoyberdiyevlar qo‘lga kiritgan yutuq nafaqat maktab balki tuman ta’lim tizimining ham erishgan natijasi, deyish mumkin.

    Albatta, o‘qituvchi va murabbiy kasbini e’zozlash, uning mehnatini qadrlash va rag‘batlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lgan ushbu ustamaning joriy etilishi, salohiyati yuqori bilimli ustozlarimizning faoliyatiga qanot bo‘lishi shubhasiz!.

Biz esa o‘z o‘rnida farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazish yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatlarida ustozlarimizga omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

23 May 2024

HUNARLI INSON XOR BO‘LMAS ‼️‼️
xalqimizning o‘lmas naqlining isboti yana bir bora isbotlandi

❇️ Yaqinda Buxoroda bo‘lib o‘tgan "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali"da qatnashgan va 63 davlat ishtirokchilari o‘rtasida 2- o‘rinni egallab 900 AQSH DOLLARI pul mukofoti bilan taqdirlangan Uchquduqlik zargar-hunarmand Lola Xayriyeva haqida xabar bergan edik.
Tuman hokimi Soli Hamroyev zargar qiz bilan uchrashib unga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tuman hokimi hunarmandning ishlari bilan tanishar ekan, uning muvafaqqiyatlari bilan birga muammolari bilan ham qiziqdi.
2 nafar farzandni voyaga yetqazayotgan Lola Xayriyeva turmush o‘rtog‘i bilan bugungi kunda ijarada yashaydi. Bozordagi kichkina do‘koni ham ijaraga olingan. Ammo u yana o‘z hunarini rivojlantirmoqchi .
- Bunday shijoatli hunarmandlarimizni nafaqat taqdirlash balki ularga imkoniyat yaratish kerak deyar ekan tuman hokimi mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.
✅ Tuman hokimi bilan uchrashganidan keyin:

1. Lola Xayriyevaning endilikda Uchquduqda zargarlik maktabi tashkil etilib shogirdlar tayyorlaydi. Va tuman hokimligi uning har bir shogirdi uchun pul to‘laydi.

2. Unga Abay mahallasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidan joylashgan "Hunarmandlar do‘koni"dan bitta do‘kon ijara to‘lovisiz beriladi.

3. Aynan o‘zining do‘koni joylashgan ko‘p qavatli uydan uning oilasi uchun boshlang‘ich to‘lov to‘lamasdan oylik to‘lov evaziga xonadon olishga imkon yaratiladi.

Ana sizga hunardan kelgan boylik!

23 May 2024

• Мерейтой

Әйтеке би рухын асқақтатты

Үстіміздегі жылдың 16-18 мамырында Науаи облысының Науаи және Нұрата қалаларында, Кенимех ауданында қазақтың көрнекті мемлекет қайраткері Әйтеке бидің туылғанына 380 жыл толуына арналған салтанатты іс-шаралар өтті. Мереке Нұрата қаласындағы әйгілі ата-баба кесенесіндегі дәстүрлі зияраттан басталды.
Науаи облысы әкімдігі және облыстық Туризм басқармасы қолдауымен өткен іс-шара Әйтеке бидің ұрпақтарын, соның ішінде Өзбекстан қазақ ұлттық мәдени орталығы Науаи облыстық бөлімі, Қазақстанның бірқатар аймақтарынан, соның ішінде Ақтөбе, Алматы, Жамбыл, Қызылорда, Түркістан облыстары мен Алматы, Шымкент қалаларынан келген қонақтарды жинады. Сонымен қатар, Ресей мен Германиядан ұрпақтар мемлекет қайраткерін еске алуға келді.
Іс-шараға Қазақстанның Өзбекстандағы Төтенше және Өкілетті Елшісі Бейбіт Атамқұлов пен қазақстандық дипломаттар қатысты.
Осыған орай, Науаи облысының әкімі Нормат Турсунов іс-шараға қатысушылармен арнайы кездесу ұйымдастырды, онда дипломатиялық миссия басшысы Б.Атамқұлов екі халықтың ортақ тарихы мен қазіргі кезеңде Қазақстан-өзбек қатынастарының нығаюы туралы айтып, ризашылығын білдірді.
Мерекеге орай 16 мамыр күні сағат 17-00 Қызылорда облыстық филармониясының шығармашылық ұжымының Науаи қаласындағы «Фархад» мәдениет сарайында, ал 18-30да үш мыңнан астам адамды жинаған қазақстандық эстрада өкілдері Ернар Айдар мен Наркенже Серікбаеваның қатысуымен гала-концерт ұйымдастырылды.
Сонымен қатар, Науаи облысының әкімдігінің қолдауымен күрес, волейбол спорттық іс-шарасынан ашық турнир өтті.
17 мамыр күні халықаралық айтыста Өзбекстан, Қазақстан, Қырғызстан және Қарақалпақстаннан келген ақындар сайысқа түсті. Онда Сыр елінен келген Нұрмат Мансұров пен қырғыз ақыны Тұрат Жұбаев, қызылордалық, алтын домбыраның «үш дүркін жүлдегері», «Айтыстың Ақтангері» атанғыан Мұхтар Ниязов пен Науаи облысының тумасы Мұхтар Қонарбаев, Абай облысынан Әсем Ережеқызы мен Монғаолия елінің тумасы Сезімхан Шұғаев, қарақалпақстандық Еркебұлан Қолқанатов пен Тараз шәһарынан келген балқар қызы Алина Айдаралы, соң Арқалықтың азулы ақыны Айбек Қалиев пен ташкенттік Талғат Орынбековтер өзара бақ сынасты.
Халықаралық айтысты Лев Гумелев атындағы Еуразия ұлттық университеті телерадио мен қоғамммен байланыс кафедрасы меңгерушісі, айтыскер ақын, филология ғылымдарының кандидаты, доцент Серікзат Махсұтұлы Дүйсенғазы жүргізссе, белгілі фольклортанушы, жазушы Берік Жүсіп, Қазақстан Республикасы “Мемлекет және қоғам қайраткері”, композитор, әнші, Қазақстан және Қырғызыстан Республикасының халық әртісі Алтынбек Қоразбаев, «Түркістан» газетінің редакторы, ақын Бауыржан Бабажанұлы, өзбекстандық айтыскер ақын Құлмахан Дүйсеновтер қазылық етіп, әділ бағасын берді.
Нәтижеге орай, ІІІ - орынды Әсем Ережеқызы мен Сезімхан Шұғаев иемденді. Ал ІІ - орынға Мұхтар Қонарбаев қол жеткізсе, І - орынды Айбек Қалиев қанжығасына байлады. Сондай-ақ көптің көзайымына айналған Мұхтар Ниязов бас жүлдені алып, «Кобальт» темір тұлпарын тізгіндеді. Басқа да айтыс қатысушылары ынтыландыру сыйлығын алды.
Бабаның 380 жылдық мерейтойына арналған дүбірлі шарада «Әділ сөздің алдаспаны – Әйтеке би» атты көлемді жинақтың таныстырылымы мен тұсаукесері өтті. Шарада «Сейітқұл әулие – Әйтеке би» қорының төрағасы Ербол Жалғасұлы Еркебаев арнайы естеліктерін, мерейтойға арналған арнайы кітапті, сый-сияпаттарды тарту етті.
18 мамыр күні Әйтеке бидің туылғанына 380 жыл толуына арналған салтанатты іс-шара Науаи облысы Кенимех ауданында жалғасын тауып, көкпар ойнына ұласты. Көкпар ойынына арнайы келген қонақтарға Кенимех ауданы әкімшілігі тарапынан Шараф ата мейрамханасында ас беріліп, баба рухына құран бағышталды. Бұл дүбірлі жиынға жиналған қауымға Кенимех аудандық мәдениет бөлімі тарапынан жергілікті өнерпаз домбырашылардың дайындаған ән-күйі тарту етілді.
Көкпарының қызықты да сәтті өтуіне жергілікті кәсіпкерлер, Әйтеке бидің ұрпақтары, аудан әкімдігі жауапты тұлғалары ұйытқы болып, өз септігін тигізді.

Гүлдана НАРЫНБЕТОВА,
Жарасхан МЫРЗАМҰРАТОВ.
Суретте шарадан көріністер.

23 May 2024

   Тауелбай аймағында аты аңызға айналған Ақберді Исаевтың туғанына 100 жыл толуына орай ас берілді.  Ақтау ресторан айналасына топтасқан халық екеу ара,үшеу ара топтасып, Ақаң жайлы әңгіме өрбітті. Осы күні марқұм атамыз жатқан орнынан бір аунап тұрған шығар. Ас беру рәсімі өте жарасымды тартымды да қызықты өтті. Көл көсір дастархан, сый-сияпат, келген қонақты қуана күткен  ұл-қыздары, келіндері, күйеу балалары,ұрпақ жалғасы немере-шөберелер, жақын-жуық туысқандары аяқта жүгіріп қызмет етті. Айтылған марапат, ыстық сағынышты ықылас , жылы лебіздер, біз Ақаңның ұл-қызымыз, ұрпағымыз туысқанымыз, жақынымыз деген мақтаныш сезімдер байқалғандай. Аңыз адам Ақберді Исаев салтанатқа  қатысқандардың бірінің ұстазы, тәлмгері, бірінің тіреуіші, қолдаушысы арқа тұтар азаматы, қамқоршысы болғаны анық.  
Толғантқан ойдың тоқ етерін айтсам, ол кісі бәріміздің Ақаңымыз, тауелбайдың Ақберді Исаевы. Халқының бағына біткен өз заманының жұлдызы, Бүкіл тауелбайдың мақтанышы болатын. Аудан, облыс көлемінде түрлі басшылық жұмыста болған   өз, дәуіріндегі туелбайдың біртуар-бірегей азаматын әңгімеге  қосқан үлкен-кіші тауелбайлықтар  оның адамгершілігі, іскер талапшаң басшылығы, көпшіліке істеген жақсылығын айтып, өздерінің Ақаңмен ұшрасып, жолығысқан, бірге болған сәттерінен әңгіме шертті.
          Сөз алғандардың бірі Орталық кен басқармасының қосымша шаруашылығының  бастығы Ахметұлы Рүстем Ақаң туралы алдағы ағалардан есіткен ой пікірлерді баяндай келе, «Ақберді атам адаммен адамша шопанмен шопанша, кез келген маман иесімен маманша сөйлесе білетін» дей келе, есіткен бір қызықты оқиғаны тартымды  баяндап берді. 
Қазақстанның белгілі жазушысы Асқар Тоқамғанбетов ілгеріде ауданымызда болып, Ақаңмен көңілі жақын таныс болған екен. Бірде Алматыда үлкен форуым (мәжіліс өтіп) сол жерде екеуі тағы кездескен екен. Ақаң Тоқмағамбетовтен, үйдегі әйелінің хал-жайын тәптештеп сұрап мазалаған көрнеді.  Айнала толы үлкен атақты ақын жазушылар болса керек.
Асқар сасқалақтап «Иә, неғылмақ едің,- деп ауызға сөз салып бергендей болыпты.  Сонда Ақаң: “Сіз пәнилік болған соң әмеңгерлік жолмен қатын етіп алмақшы едім, -деген екен. Сол кезде А.Тоқмағанбетовтің Мәскеуге дейін сөзі өтетін, дәуірлеп тұрған ақын-жазушылардың бірі болған. Сөз тапқанға қолқа жоқ, деген екен.  Ақаңның осындай тапқырлығы мен қатар, ауыз батырлығы бар болатынын Тауелі жақсы білетін.
Керекті сәттерді қалт жібермейтін Ақаң, облыстық үлкен жиындар да да ешкімнен айбынбай өзекті мәселелерді көтеріп отыратын болған. Ақберді Исаев Тауелбайдың қайталанбас жарық жұлдызы. Ел бағына жаралған біртуар, тұлғалы асыл азаматы болатын, деп еске алды.
         Келген қонақтарға ас беріліп, еске алуға арналған спорттық шарарлар өтті.

Сүлеймен ЖҮСІПХАНОВ,
Өзбекстан журналистер одағының мүшесі.

23 May 2024

      Biz har kuni baxt bilan to‘qnashamizu uni payqamay o‘tib ketamiz. Ruhiyatimizdagi noqisliklar, tafakkurimizdagi kemtiklar bu xokisor ne’matni anglashga imkon bermaydi.
Aslida, tongda uyqudan ko‘zimizni ochganimiz hamono baxtning yuzi yuzimizga uriladi. Bolalarimiz bag‘rimizda, to‘rt muchamiz salomat, yana bir yangi tongni tinchlik-xotirjamlikda kutib olishdan ortiqroq huzur bormikin? Ha, baxtni his etmog‘i uchun insonga con-sanoqsiz bebaho ne’matlar hadya etilgan.
      Yaqinda protez qo‘lning narxini ko‘rib kapalagim uchdi. Hech qanday savdo narx-navoyu dallolsiz tuhfa etilgan qo‘llarimizning borligi qanday yaxshi! Texnika naqadar zamonaviy bo‘lmasin, Yaratganning qudrati oldida ojizligi milliardlarga xarid qilingan protez qo‘lni har besh yilda alishtirib turilishi zarurligida yaqqol ko‘rinib turibdi. Beminnat xizmatchimiz bo‘lgan, rizq manbaimizning bir qismini yig‘adigan qo‘llarimiz esa mehnatdan toblansa toblanadiki alishtirishimizni kutmaydi.
       Inson tabiati o‘zi shunaqa: bizda go‘yoki hammasi to‘kis va muhayyo bo‘lishi kerakdek, hayot bizni baxtli qilish uchun qarzdordek! Aslida, berilgan ne’matlardan foydalanib, baxt yaratiladi. Biroq, oramizda shunday insonlar borki, boshidagi baxt qushini anglamaydi. Noshukurlik, oxirini o‘ylamaslik evaziga boridan ham ayriladi. O‘zining, otasining ism sharifi ustidan qora chiziq tortadi.
2024 yilning 13 yanvar kuni tungi soat 01:30 larda Navoiy viloyati IIB “NKMK” IIB Uchquduq maydoni va “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi xodimlari bilan hamkorlikda kon jihozlarini taьmirlash syexida o‘tkazilgan tadbir davomida chiqish postida ushbu syexning keng profillar taьmirlash ustasi R.Uga tegishli sumkasi tekshirilganida uning sumkasida korxona mulki bo‘lgan umumiy og‘irligi 4 kg qo‘rg‘oshin bo‘laklarini hech qanday hujjatlarsiz olib chiqishga uringan vaqtida ushlangan. Ashyoviy dalillar va xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
        Mazkur holat yuzasidan 2024 yilning 14 fevral kuni huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 61-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Inkor etib bo‘lmas dalillarga asosan huquqbuzarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
       Shimoliy kon boshqarmasi korxonalariga obi-hayot issiqlik, suv-gaz ta’minoti va oqova suvlar syexi faoliyati bilan kirib keladi. Syexning bir nechta uchastkalari ma’muriy binodan uzoqda – sanoat maydonlarida yoki cho‘l hududlarida joylashgan. Halol rizq topishga bo‘yni yor bermagan ayrim kimsalar korxona mulkiga ko‘z olaytirib, o‘g‘irlik sodir etish rejasini tuzganligi achinarli albatta. Vaholangki, korxonaga tegishli har qanday buyum jihoz anjom qat’iy nazar nazorat ostida!
        Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 14:30 larda fuqaro E.N. sheriklari Z.B va S.A.lar bilan Uchquduq tumani Shalxar OFY hududida Shimoliy kon boshqarmasi issiqlik suv - gaz taьminoti va oqova suvlar syexining zaxiradagi mulki bo‘lgan o‘lchami 2 metr 35 sm bo‘lgan 1000 diametrli, o‘lchami 1 metr 90 sm bo‘lgan 630 diametrli, o‘lchami 1 metr 62 sm bo‘lgan 426 diametrli, o‘lchami 52 sm bo‘lgan 219 diametrli metall quvurlarni hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan noqonuniy kesib olayotgan vaqtida ushlangan. Ular o‘zaro til biriktrib, 1 268 kg metall quvurlarni talon-taroj qilib, kon boshqarmasiga 2 216 464 so‘m moddiy zarar yetkazgan.
       Qilmish-qidirmish, deganlaridek mazkur holat yuzasidan ham huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga sud adolatli hukm chiqardi. Zero, shahar bedarvoza emas, jinoyatni sodir etgan har bir shaxs qilmishi uchun qat’iy javobgarlik belgilanganini unutmasligi zarur.

Umid XAZRATOV,
Navoiy viloyati IIB “NKMK”
IIB TQX tezkor vakili kapitan.

23 May 2024

     Sud zalidan

      Hayotda shunday insonlar borki, ularning olijanobligini oddiy so‘zlar bilan ta’riflashga ojizlik qilasan kishi. Ularning oila va jamoat joylari hamda ishdagi va bugunni emas, ertani o‘ylab qilayotgan har bir ishi ibratga loyiqligi bilan ajralib turadi. Ha, azizlar ana shunday insonlarning ko‘pligi bois ham hayotimiz go‘zaldir.
Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, "Sholi kurmaksiz bo‘lmaydi" deganlariday, oramizda yana shunday insonlar borki, ularni tilga olib bo‘lmas darajada qilayotgan nopok ishlarini eshitib: "Hayf, sendaqa insonga!" deb yuborging keladi. Quyida biz ism sharifini tilga olayotgan Asilbek (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) ham ana shunday aytish joiz bo‘lsa, jirkanch insonlardan biridir. Nega deysizmi? Yo‘qsa u o‘z do‘stining xotiniga ko‘z olaytirarmidi?...
      Biz bugun razil do‘st Asilbek haqida gapirar ekanmiz, "Mashriq zamin hikmat bo‘stoni" nomli kitobdagi nopok do‘stlar haqida yozilgan quyidagi jumlalarni keltirib o‘tishni joi, deb topdik.
"Uch toifa odamlar borki, ular bilan do‘st tutinishdan ehtiyot bo‘lmoq kerak. Birinchisi, fisqu fasodli odamlar bo‘lib, ularning himmati nafsi ammorasining ostida bekilgan bo‘ladi. Ikkinchisi axmoq kishilar bo‘lib, boshga tushgan zararni daf qilishda ham, biror foydaga yetishishda ham ularga ishonmaslik lozim. Ko‘p hollarda ularning nafi zarar. Xayrli ishi esa sharoradan battar bo‘lib chiqadi. Uchinchisi yolg‘onchilar bo‘lib, ular bilan bo‘lgan suhbat jonga azob, ulfatchiligi esa dil uyini vayron etadi..."
Ha, azizlar, dil uyini vayron etadigan do‘stlardan uzoqroq yurish kerak.
      Amangeldi ham do‘sti Asilbekka ishonib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Aslida jirkanch voqea quyidagicha bo‘lib o‘tgandi.
Hammasi Amangeldining otarga borib, cho‘ponlik qilishni maqsad qilganidan boshlandi. Do‘sti Asilbekka bu haqda dil yordi:-Do‘stim men senga tug‘ishganlarimdek ishonaman. Chunki, bizning do‘stligimiz bir yil, ikki yillik emas. Esimni taniganimdan beri sen bilan do‘stman. Men yaqinda ovulga uzoqroq otarga ishga ketayapman. Farzandim bilan xotinimni esa senga ishonib topshiraman. Men yo‘g‘imda ular oziq-ovqatdan qiynalib, qolishmasin. Harna boridan qarashib tur. Hisob-kitobniesa men u yoqdankelgandanso‘ngkelishibolamiz...
Amangeldi har tomonlama go‘zal xotini va hali endigina atak-chechak qilayotgan farzandini "och bo‘ri" ni oldiga o‘z qo‘llari bilan tashlab ketayotganini afsuski, bilmadi...
Asilbek kunda kunora Guljamoldan xabarolibturdi. Mehribonlikqilibdo‘stiningfarzandinierkalatib, ulardanholso‘rab,so‘nguyigaketardi. Asilbekning ko‘z qarashlarini yoqtirmagan Guljamol bir kuni unga tanbeh ohangida:
-Asilbek biz yaxshimiz. Uyda hamma narsamiz yetarli. Mabodo biror narsa kerak bo‘lsa o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman,-dedi.
-Sizlarga olib kelgan yeguliklarim mashinada qoldi,-deya allamahalda Guljamolning qarshisida paydo bo‘ldi.
Guljamol Asilbekka jon holatda o‘shqirdi:-Tezroq uydan chiqib ket!. Bo‘lmasa hozirning o‘zidayoq qo‘ni-qo‘shnini yordamga chaqiraman, sharmada qilaman,-dedi.
-Bugundodingnifaqat men tinglayman. Faryodingnito‘rtdevordanboshqahech kim eshitmaydi,-deyako‘zlariqongato‘lib,ojizayolnibag‘rigatortdi...
Afsus, shu kech ko‘p yillik do‘stlikka putr yetdi.
Yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolmadi. Bu isnodga Guljamol chidab turolmadi. Tongda u tuman IIB tomon yo‘l oldi...
Yaqinda bo‘lib o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida sudlanuvchi Asilbekga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va sud tomonidan razil do‘st qilmishiga yarasha jazoga tortildi.
Darvoqe, donolarimizdan biri "Eng yomon xislat-dunyoda do‘stlarga qilinadigan makr bilan xiyonatdir",-deydi.
Ha, Asilbek o‘z do‘stiga xiyonat qildi. Endi ana shu xiyonat uning qalbida bir umrlik armonga aylanishi turgan gap.

Nuriya PO‘LATOVA,
gazetaning jamoatchi muxbiri.

22 May 2024

20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 1,5-2 kW·h quvvatga ega quyosh panellari bepul o‘rnatib beriladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar uchun quyosh panellarni bepul o‘rnatib berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov UzReport telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz hozir dastur tayyorlayapmiz. Yozda uy xo‘jaliklarining iste’moli ortadi. Agar bitta yoki ikkita konditsionerga ega kam ta’minlangan oila bo‘lsa, ularga 1,5-2 kW·h quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Bu borada hamkorlarimiz bilan ish boshladik», – dedi u.

 

Energetika vazirining qo‘shimcha qilishicha, Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan birgalikda ijtimoiy muassasalarda quyosh batareyalari o‘rnatilyapti. Endi bu amaliyot kam ta’minlangan oilalar uchun ham joriy qilinadi.

Bunda 20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalar ro‘yxati «mahalla yettiligi» hamda Ijtimoiy himoya agentligining restri asosida shakllantiriladi. Panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: