LOTIN-КИРИЛЛ

Yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi

Joriy oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul qilish ikki bosqichda – “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilmoqda.

— Abituriyentlar my.uzbmb.uz portali orqali10 avgustga qadar(shu kuni ham) oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

— Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashi lozim.

— Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi asosida toʻplagan bali boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

— Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib boʻyicha toʻlov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Yaʼni, abituriyentning bali avval davlat granti boʻyicha koʻrib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, toʻlov-kontrakt boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

— Agar abituriyent “Taʼlim yoʻnalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi asosida toʻplagan bali boʻyicha davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud boʻlsa, unga rozi yoki yoʻqligi hamda taʼlim shakllarini tanlashi lozim. Bunda kamida 1 ta taʼlim yoʻnalishini tanlash majburiy, qolgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir. Shu oʻrinda 10 avgustga qadar abituriyentlar my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinetlarida kiritgan tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ham ega.

Talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun muhim omillardan biri ularni turar joy bilan taʼminlash masalasidir. 2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonalarga onlayn ariza yuborish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara toʻlovining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart. Bunda talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlanadi.

Soʻnggi yillarda respublikada yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Hozirda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 127 ming 792 oʻrinni tashkil etmoqda. 2024 yil davomida talabalar turar joylarini qurish hisobiga 27 mingta oʻrin yaratish topshirigʻi berilgan. Ayni paytda 34 ming 320 oʻrinli 67 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Davlat dasturida belgilangan talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshiriladi.

O'qilgan: 193 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: