Kasallikni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Ushbu mikroorganizmlar iliq-issiq sharoitlarda tez koʻpayishi sababli kasalliklar asosan kech bahor, yoz va kuz mavsumlarida koʻproq uchraydi.
Kasallikning yuqish yoʻllari va keltirib. chiqaruvchi omillari:
- havo harorati yuqori boʻlgan vaqtlarda insonlarning qaynatilmagan suvni ichish;
- yaxshi saqlanmagan va uzoq muddat turib qolgan ovqatlarni isteʼmol qilish;
-hoʻl mevalar va qovun-tarvuzlarni yuvmasdan isteʼmol qilish;
- ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemor bilan muloqotda boʻlganda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik;
- belgilanmagan ochiq suv havzalarida (ariqlar, favvoralar, kanallar, daryolar va h.k.) choʻmilgan paytlarda suv bilan mikroblarning organizmga tushishi;
-bolalarga beriladigan qoʻshimcha ovqatlarni tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiena qoidalari hamda saqlash sharoitlariga rioya qilmaslik;
- kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tashuvchi pashshalarning koʻpayishi.
Kasallik alomatlari:
• umumiy holsizlik, • qayt qilish,• qorin sohasida ogʻriq boʻlishi, • ich ketishi,• ishtaxasizlik, • tananing suvsizlanishi,• koʻngil aynishi, • talvasalanish.
Koʻriladigan choralar:
kasallikning ilk belgilari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Profilaktik tadbirlar:
suvni qaynatilgan holda ichish; ozodalikka rioya qilish, ayniqsa qoʻllarni ovqatdan oldin va hojatdan keyin sovunlab yuvish;
uyda va jamoat joylarda shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
barcha turdagi hoʻl mevalar va poliz mahsulotlarini yuvib isteʼmol qilish; yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar hamda har xil turdagi salatlarni isteʼmol qilmaslik;
suv havzalarida choʻmilganda suvlarni tozaligiga va choʻmilish jarayonida suv yutmaslikka eʼtibor berish; sovutgichlarni toza tutish, undagi mahsulatlarni oʻz vaqtida isteʼmol qilinishi va yangilab turilishiga eʼtiborli boʻlish;
hoʻl mevalar hamda poliz mahsulotlarini isteʼmol qilinganidan soʻng qaynatilmagan suv ichmaslik, yogʻli ovqatlar bilan birga isteʼmol qilmaslik;
Ismoilova Durdona Iqbol qizi