LOTIN-КИРИЛЛ

Po'lat izlarda o'tgan 30 yil

Ona Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, qo‘shayotgan barcha mehnatkash insonlar bugun - e’zozda. Ularni qadrlab, mazmunli suhbatlaridan bahramand bo‘lish yoshlar uchun sharaf, aslida!.

Buxorolik Islom aka Aslonov umrining 30 bahorini temiryo‘l sohasi rivojiga bag‘ishlagan inson. Dastlab, temiryo‘l stansiyasida yo‘l ustasi  sifatida ish faoliyatini boshlagan bo‘lsa, keyinchalik stansiya boshlig‘i, foydalanish xizmati boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda ham mehnat qildi.

 – Faoliyatim davomida ish tanlamadim, erta yoki kech demadim, menga yuklatilgan vazifani o‘z vaqtida bajarishga harakat qildim. Bu ishimni yaxshi ko‘rganimdan, qiziqqanimdan. Bizning ishda e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi. Qo‘l uchida qilingan har bir ish baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Butun ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolishi mumkin, chunki asosiy xomashyo yetkazib berish bizning zimmamizda. Shu boisdan ishimiz kasbga mehrni talab etsa kerak. Bunga o‘zim qattiq amal qilib, yosh hamkasblar va shogirdlarimga ham zarur bo‘lganda tushuntirishdan erinmaganman, - deydi Islom Usmonovich.

Samarqandda temiryo‘l stansiyasi yo‘nalishida texnikumda tahsil olgan Islom aka, Po‘lat Minaydarov va Umar Axadovlardan sohaning sir asrorlarini mukammal o‘rganganini ta’kidlaydi. “Bergan bilim va ko‘nikmalari uchun ulardan butun umr minnatdorman! Yaxshiliklari javobi esa shogirdlarimga ham yaxshi ustoz bo‘lishga intilishimdir”, deydi qahramonimiz.

Darhaqiqat, shogirdlar erishgan har yutuqda ustozning haqqi bo‘ladi. Shavkat Omonturdiyev va Kamoliddin Xoliqulovlar kabi shogirdlari bugun mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritmoqda. Ular erishgan natijadan quvongan Islom Aslonov,  ular haqida bildirilgan iliq fikrlar u uchun ham aytilgandek, ko‘nglini tog‘dek yuksaltiradi.

Daugiztau va Amantaydan qazib olingan ma’danlar hamda korxonaning xo‘jalik mollarini  o‘z vaqtida manziliga beshikast yetkazish bilan ishlab chiqarish zanjiri davom ettiriladi.

 Korxonadagi uzoq va samarali mehnati kombinat tomonidan bir necha bor e’tirof etilgan Islom Usmonovich “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonining 2 va 3 darajalari bilan taqdirlangan.

20 dan ortiq xodim faoliyat olib boradigan stansiyada talabchan rahbar bo‘lgan Islom  Aslonov oilada mehribon ota. 4 nafar farzandni ayoli  Gulnoza To‘xtamishova bilan tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Inson shaxsini shakllantirish avvalo oiladan boshlanadi, deganlari ayni haqiqat!. Oila muhiti sababmi qizi Yulduz ota kasbini tanlagan. U temiryo‘l stansiyasida yuk  qabul qiluvchi va topshiruvchi vazifasida ishlab kelmoqda. Otasi bilan bir sohada faoliyat olib borishini o‘zi uchun yuksak sharaf, deb biladi.  

Faoliyat olib boradigan korxonasida mehnati singan har bir inson albatta qadr topishga hurmatga munosib sanaladi.

O'qilgan: 198 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: