LOTIN-КИРИЛЛ

OQ XALATDAGI DOGʻ!

 

Hayotda har kim o‘z mehnati, intilishi va salohiyati bilan kelajakni yaratadi. "Harakatda barakat", degan hikmatning ma’nosi ham shunda! Faqat ana shu harakatgina ezgulik, qonuniylik va xayrli maqsadni o‘zida mujassam etmog‘i darkor. Taassufki, ayrimlar farovonlikni, to‘kin hayotni halol mehnat va harakatdan izlamas ekan. Qing‘ir yo‘llarga qadam tashlab, maqsadiga qonunga xilof ravishda bo‘lsa-da, yetmoqqa uringanlar pushaymonlikdan o‘zga narsaga erishmaydi.

Ha, hech banda “nafs”, degan baloning nag‘masiga uchmasin ekan. Bir bor uning so‘ziga kirdimi nag‘masiga o‘ynamay iloji yo‘q. Nafsi izmidan borgan ya’ni uch farzandning onasi aytish joiz bo‘lsa egnidagi oq xalatga dog‘ tushirgan Manzura Halimova (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) ning bugun yuzi shuvut. Sudning “qora kursisi”da o‘tirar ekan: “Nega ham shu ishni qildim?”, deya nadomat chekayotgan bo‘lsa ajab emas?!. Afsuski, bundan hech bir naf yo‘q. Sababi, u jinoyat ustida qo‘lga tushdi. Jinoyatga esa albatta jazo muqarrar.

Joriy yilning 10 iyulida jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining sayyor sud majlisi Uchquduq tuman “Yo‘lchilar” MFY binosida bo‘lib, tegishli mas’ullar ishtirokida sudlanuvchi Manzura Halimovaning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi. U Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mast xolatda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punkti (hushyorxona) da katta hamshira lavozimida ishlagan. U o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qiladi.

G.To‘xtayevaning turmush o‘rtog‘i ya’ni Manzura Halimovaning hamkasbi Jalil Saidov va Uchquduq tuman “Qo‘riqlash” bo‘limi nazoratchisi Mansur Majitovlarga nisbatan Uchquduq tuman IIB tergov guruhi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv materialini tuman IIB tergovchilari orqali ijobiy hal qilib berishi mumkinligiga G.To‘xtayevani ishontiradi.

  “Mo‘may daromad”ni firibgarlik yo‘li bilan 200 AQSH dollari va 6 mln.  so‘mni qurtday sanab olayotganda “oq xalat sohibasi”ni tegishli tashkilot xodimlari jinoyat ustida ushladi.

Darvoqe ota-bobolarimiz: “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir!” yoki “Mening nafsim balodur, yonar o‘tga soladur”,  deb bejizga aytishmaganda. Sudlanuvchi M.Halimova sodir etgan jinoyatiga yarasha qonun asosida jazoga tortildi.

Ha, “oq xalat” sohibi bo‘lish naqadar baxt!. Chunki, bu soha vakillari egnidagi oq xalatdan oqlik olib bemorlarga ulashadi. Ularning qalbi ham, qilayotgan har bir ishi ham oqlikdan iborat bo‘lishi kerak.

O'qilgan: 222 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: