“Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasi Ta’mirlash mexanika sexida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 30- oktabrdagi 364-sonli buyrug’iga asosan 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar respublikamiz hududida “Yong’in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan tadbir o’tkazildi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad korxonalarda hamda fuqarolarning yashash xonadonlarida, favqulodda vaziyatlar va yong’inlarni oldini olish va bunday vaziyatlarda harakatlanish tartibi, isitish pechlari, gaz moslamalaridan foydalanish hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish va boshqa noxush holatlarni kamaytirishga qaratilgan 4 turdagi eslatma, plakatlar va yo’riqnomalar tarqatildi.
Sexning 25 nafar ishchi xizmatchilariga yong’in qutqaruv texnikasi va asbob anjomlarining ko’rgazmali namoyishi va yong’in sodir bo’lganda birlamchi yong’in o’chirish vositalarini ishlatish tartibi to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday tadbirlardan ko’zlangan maqsad kuz-qish mavsumida aholi va fuqarolar o’rtasida hamda davlat idoralari, sanoat korxonalarida kelib chiqadigan noxush voqea-hodisalarni oldini olish va bunday holatlar kuzatilgan tadqirda ko’riladigan choralarni o’rgatishdan iboratdir.
ShKB OYXTTEBo’lim inspektori leytenant: Elyor Xomitov
ShKB OYXTTEBo’lim inspektori oddiy askar : Farrux Ulugov