LOTIN-КИРИЛЛ

YANGI YIL ARCHASINI O’RNATISHDA  XAVFSIZLIK TALABLARIGA RIOYA QILING

    Yurtimizda kunlar o`tgan sayin  yangi yil yaqinlashib kelmoqda jamiyatimizda yashayotgan har bir inson o`z xonadonida oila davrasida nishonlaydilar, ozgina etiborsizlik bayram kayfiyatini buzishi mumkin, ko’chada hamda xonadonlarda yangi yil archani o`rnatishda bezatishda  xavfsizlik talablariga rioya  qiling.

. Archani o`rnatishda xonadagi isitish qurulmalari, pechlar, radiatorlar va ochiq olov manbalaridan kamida 1-1,5 metr uzoqlikda o’rnatish kerak.

. Archani barqaror joyga qo’ying, yiqilish xavfini oldini olish uchun uni polga yoki mustahkan o’rindiqqa  o’rnatish kerak.

.  Archani bezatishda quyidagilarga amal qilishimiz lozim.

. Faqat sertifikatga ega va sifatli elektr chiroqlarini ishlating. Chiroqlarning simlari yaroqli va shikastlanmagan bo’lishi lozim.

. Elektr chiroqlarini uzoq vaqt davomida  yoqib qo’ymang, ayniqsa xonani tark etganingizda.

. Bolalarni archaning simlari va elektr jihozlaridan uzoqda ushlang.

Qoidalarga qa’tiy rioya qilish bayramni xavfsiz va xotirjam o’tkazishga yordam beradi!

Elyor Dilmurodov  ShKB OYXTTEB inspektori oddiy askar    

Ismoil Qilichev ShKB OYXTTEB inspektori oddiy askar    

O'qilgan: 75 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 13 Dec 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: