LOTIN-КИРИЛЛ

Farzand koʻrgan otalar ham taʼtil olishi mumkinligi belgilanmoqda

 

Ish joylarida tazyiq va zoʻravonliklarni aniqlash, ularni sodir etgan shaxslarga tegishli choralar qoʻllash, jabrlangan shaxslarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish boʻyicha huquqiy asoslar mavjud emasligi, tabiiyki, bu koʻzda  tutilgan salbiy holatlarning oldini olishga ham toʻsqinlik qiladi.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis  Qonunchilik palatasida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, endilikda fuqaro muhofazasiga qaratilgan «mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitish, tazyiq va zoʻravonlikni taqiqlash» prinsipi oʻzgartirilishi taklif etilyapti. Shuningdek, kamsitish sifatida baholanadigan holatlar roʻyxatiga «terisining rangi, oilaviy ahvoli, siyosiy qarashlari» bilan bogʻliq holatlar ham kiritilmoqda.

Mehnat jarayonida boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki tahdid qilgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa ishga oʻtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish amaliyoti qoʻllanilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, loyihada ishlayotgan erkaklar farzandli boʻlganda, turmush oʻrtogʻiga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli taʼtilga chiqishi bilan bogʻliq meʼyorlar taklif etilmoqda. Shu kunga qadar milliy qonunchiligimizda bunday taʼtil nazarda tutilmagan edi. Shu sababli erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uygʻun tarzda amalga oshirishga qiynalgan yoki oʻz hisobidan taʼtil olishga majbur boʻlgan. Bu esa oilaning iqtisodiy holatiga salbiy taʼsir qiladi.

Loyihaga koʻra, yangi farzand koʻrgan otalarning turmush oʻrtogʻiga yordam berishi uning iqtisodiy ahvoliga taʼsir qilmaydi. Yaʼni, ota ixtiyoriy ravishda oʻz arizasi bilan belgilangan muddatlarga taʼtil olishi va ish haqini oʻrtacha oylik miqdorida saqlab qolishi mumkin.

O'qilgan: 14 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: