LOTIN-КИРИЛЛ

“Odamlar to‘rtburchak, dumaloq va mehribon” – dunyoni boshqacha “ko‘radigan” bolalar

Toshkent shahridagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘rishga qiynaladigan bolalar tahsil oladi. Ularning orzulari ko‘p. 10 yoshli Azamat prezident bo‘lishni istasa, Munisa ko‘z shifokori, Azizbek esa uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi.

3 dekabr Xalqaro nogironligi bor shaxslar kuni Toshkent shahridagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun alohida nishonlanadi. Maktabda tahsil oladigan 350 ga yaqin o‘quvchining har biri dunyoni turlicha tasavvur qiladi. Ularning o‘ziga xos iqtidor va kelajak bilan bog‘liq rejalari bor. Masalan, 10 yoshli Azamat ulg‘ayib prezident bo‘lishni istaydi. Bu bilan u odamlarga yordam berishga ko‘proq imkoni bo‘lishini aytadi. “Odamlarga uylar qurib beraman. Kambag‘allarga sharoit yaratib beraman. Odamlarning yashash sharoiti yaxshi bo‘lishi kerak. Buning uchun yaxshi ishlash kerak”, – deydi Azamat.

3-sinf o‘quvchisi Muslima esa ko‘z shifokori bo‘lishni orzu qilishini aytadi.

Saidkamol esa uchuvchi bo‘lib, samolyotida ota-onasini sayohatga olib borishni xayol qilishini aytadi.

Men dizayner bo‘lishni istayman. Tabiat va turli gullarni chizishni xohlayman”, – dedi 10 yoshli Munisa.

Yana bir 3-sinf o‘quvchisi Mubina boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lishni istashini aytdi. “Chunki ustozlar bilim beradi. Boshqalar katta bo‘lganda musobaqalarga borganda, kasblarni egallasa, ustoz yuzi yarqirab turadi. Shu o‘quvchini ustoz o‘qitgan deb aytib yurishadi”, – dedi u.

10-sinf o‘quvchisi Shahriyor bastakor bo‘lish istagida turli to‘garaklarga qatnashayotganini aytdi.

O‘quvchilarning tabiat va odamlar haqidagi tasavvurlari ham turlicha. Azamat odamlarni dumaloq yuzli, tanasi to‘rtburchak deb tasavvur qiladi. “Odamlar xuddi o‘zimga o‘xshaydi. Har xil yuzli, ba’zilarining yuzi uchburchakka o‘xshaydi. Ba’zilarining yuzi dumaloq. Mening yuzim ham dumaloq. Tanam to‘rtburchakka o‘xshaydi”, – dedi u.

Muslima esa buni tasavvur qilib ko‘rmaganini aytdi. Shahriyor odamlarni bir-biriga mehribon, oqibatli deb hisoblaydi.

Bolalarning tabiat haqidagi tasavvurlari esa bir-biriga o‘xshaydi. Ular tabiatni barg, daraxt va gullar shaklida ko‘z oldilarida gavdalantirishadi.

Daraxtlar bor. Yozda yam-yashil, gullar bor. Shularni ko‘z oldimga keltirsam, kayfiyatim ko‘tariladi. Bahorda gullar ochilganda, yomg‘ir tagida aylanib yurishni yaxshi ko‘raman”, – deydi Shahriyor. 

O'qilgan: 83 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: