
Hokimiyat matbuot xizmati
Юртимизда қулай инвестиция муҳитини яратиш, хорижий инвесторларга тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиши учун имкониятларни кенгайтириш масаласига алоҳида эътибор қаратиб келинмоқда. Натижада хорижий сармоядорларнинг мамлакатимизга бўлган қизиқиши ортиб, ҳамкорликдаги йирик лойиҳаларни амалга ошириш бўйича саъй-ҳаракатлар кўлами тобора кенгайиб бормоқда.
Бугун Учқудуқ туманида хорижий инвесторлар билан ҳамкорликда 5 та қўшма корхона фаолият олиб бормоқда. Жорий йилда улар сонининг ортиши кутилмоқда. Ҳа, Учқудуқ тумани ер ости бойликларга кон ҳудуд ҳисобланади. Бу ерда Менделеев даврий системасидаги барча элементларни учратиш мумкин. Шу боис хорижий инвесторларнинг қизиқиши кундан-кунга ортмоқда.
Хитой халқ республикаси Хуби провинциясидан ташриф буюрган инвесторлар билан Учқудуқ туман ҳокими в.в.б Д.Шакаров инвестицион лойиҳаларни амалиётга татбиқ этиш борасида музокаралар олиб борди. Қиймати 1 млн. АҚШ долларни ташкил этадиган ушбу лойиҳа амалга ошириладиган бўлса дастлаб, 20 та янги иш ўрни яратилади.
Муҳокамалар чоғида асосий эътибор нафақат қимматбаҳо фируза (бирюза) тошини қазиб олиш балки қайта ишлашни шу ернинг ўзида амалга оширишга қаратилди.
Ушбу лойиҳаси юзасидан 25-26 август кунлари кенг миқёсда музокаралар олиб борилади.
УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ
САВОЛ;
Менинг мулкимга бошқа бир шахс томонидан атайлаб зарар етказилди. Энди ўша шахсга қонун бўйича қандай жавобгарлик бор ?
ЖАВОБ;
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 61 прим 2-моддасига кўра, ўзганинг мулкини қасддан нобуд қилиш ёки унга зарар етказиш, оз миқдорни ташкил этса, - базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
Ўзганинг мулкини қасддан нобуд қилиш ёки унга зарар етказиш кўп бўлмаган миқдорни ташкил этса, - базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан ўн бараваригача (3 400 000 сўм) миқдорда жарима солишга ёки ўн беш суткагача муддатга маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.
Оз миқдор деганда базавий ҳисоблаш миқдорининг ўттиз баравари (10 200 000 сўм)гача бўлган миқдор,
Кўп бўлмаган миқдор деганда эса, базавий ҳисоблаш миқдорининг ўттиз бараваридан юз баравари (34 000 000 сўм)гача бўлган миқдор тушунилади.
Учқудуқ туман Адлия бўлими
Учқудуқ халқининг кўпгина миллатлар ҳавас қилса арзийдиган гўзал урф-одатлари бисёр. Ана шундай азалий анъаналаримизнинг баъзилари ҳақида маълумотлар бериб ўтамиз!
БЎСАҒАДАН ЎНГ ОЁҚ БИЛАН КИРИЛАДИ
...Энди марҳамат ўтов ичига разм соламиз. Ҳамма буюм ва жиҳозлар ички бир тартиб билан жойлаштирилган. Ўтовнинг энг азиз жойи бу уйнинг тўри ҳисобланади. Уй эгаси меҳмонни “тўрга чиқинг”, “юқорига ўтинг”, дея мулозамат билан қаршилайди. Шуни унутмангки, чап томонга аёллар ўнг томонга эса эркаклар ўрин олишади. Ўртада қозон ва ўчоқ жойлаштирилади.
Олис отарларда кўчиб-қўниб юрган қозоқ халқи жуда меҳмондўст бўлишади. Улар энг яхши нарсаларини меҳмонга атаб сақлаб қўйишади. Агар олис отарларга меҳмон бўлиб боргудек бўлсангиз улар ҳали ҳануз амал қилладиган ноёб ўзига хос удумларни билиб қўйсангиз яхши бўлади.
Бунда уй соҳибининг муносабати сизнинг бўсағадан уйга қандай қадам қўйишингизга боғлиқ, десам ишонаверинг!. Бордию сиз уйга бошингизни бироз эгиб, ўнг оёғингиз билан кирсангиз сиз ҳурмат ва эҳтиромга лойиқсиз. Агарда қаддингизни ғоз тутиб, чап оёқ билан кирсангиз хонадон эгаларининг шаънини ҳақоратлаган бўласиз! Шу боис, ўтовнинг бўсағаси сал баландроқ қилиб қурилади.
Ҳа, ўтов – муқаддас қўрғон, ҳаёт абадийлиги ва авлодлар давомийлигини таъминловчи қадриятлар бешигидир. Истагимиз ўтов – қора уй чинакам бахт қасри, фароғат қўрғони бўлсин! Қизилқумда ўтовда яшовчи бахтли оилалар сони, бахтиёр оила эгалари кўпайсин, деймиз!
Райҳон ҚОДИРОВА, журналист
Uchquduq xalqining ko‘pgina millatlar havas qilsa arziydigan go‘zal urf-odatlari bisyor. Ana shunday azaliy an’analarimizning ba’zilari haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz!
O‘TOV – MILLIY BOYLIGIMIZ
Qizilqumda keng tarqalgan milliy meros bu – o‘tov bo‘lib, o‘rta Osiyodagi mol chorvachiligi bilan shug‘ullanadigan aholining asosiy boshpanasi. Uy tez tikilishi va yig‘ilishi bilan ko‘chib-qo‘nib yurishga juda qulay. Tarixiy manbalarda aytilishicha o‘tovning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi 3 ming yillikka to‘g‘ri kelarkan. Kigiz uyning o‘sha paytlardan buyon iste’molda bo‘lib kelayotganligini toshlarga o‘yib chizilgan suratlardan ham bilish mumkin.
O‘tovning “suyagi” ataylab o‘stirilgan daraxt yog‘ochidan yasaladi. Hozirda ushbu daraxtlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida yetishtiriladi. Kigiz uy “suyagi”ning asosini “kerege” tashkil qiladi. Bir-biriga tikilgan yo bo‘lmasa ulangan “kerege” bo‘laklari esa “qanat” deb ataladi. 6-12 “qanat”li uylar bo‘lib, “kerege”ning boshlanishi va oxirgi qismlari bo‘ladi.
“Uыq” o‘tovning “kerege”si bilan “shanыraq” ga gumbaz shaklini berib turish maqsadida yarim oy shaklidagi yog‘och “shыbыq”lar egilgan holda tutashtiriladi. Bu “kuldireush” deb nomlanadi. U orqali uyga yorug‘lik tushadi, tutun chiqadi. “Sыqыrlauыq” kigiz uyga kirib-chiqish ya’ni eshik vazifasini o‘taydi. O‘tov qayerda va qaysi paytda qurilmasin albatta eshigi janub tomonga qaragan bo‘ladi.
Kigiz uyning hamon iste’molda bo‘lib kelayotganligiga sabab tashqi jihozlari quyosh nurini yomg‘ir suvini o‘tkazmay issiqlikni saqlashida bo‘lsa kerak. Jihozlari obdon pishirilgan oq jundan tayyorlanadi. Oppoq kigiz uyning ichi milliy naqsh (oyu)lar bilan chevarlar tomonidan bezatiladi.
O‘tovning “suyagi”ni bir-biri bilan mahkam tutashtirish va tashqi kigiz jihozlarini bosib turish maqsadida bog‘lar (bau-basqurlar)dan foydalaniladi. Kigiz uyni tikish hammaning ham qo‘lidan keravermaydi, tajribasiz odam tikkan uy bir tomonga qarab qiyshayib ketishi mumkin. Avvallari ot ustida “shanыraq” ko‘tarib ko‘tarib, “uыq” sanchiladigan o‘tovlar ham bo‘lgan. Eng ulkan “kigiz uy” 30 “qanat”gacha borgan.
O‘tov ko‘rinishining chiroyli chiqishi unga hashamat va dabdabali tus berish har bir bo‘lagini bir-biriga moslab bezatish xalq hunarmandlarining chevarligidan dalolat beradi.
Uy jihozlari “ыrg‘aq”, “tis”, “qoshqar muyiz” kabi naqsh (oyu)lar bilan bezatiladi. Chevarlar tikkan to‘qigan uy jihozlarining har birida azaldan onadan qizga o‘tib kelayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan mehr, ko‘z nuri mujassam!
E’tiborlisi, bu kabi qadim-qadimdan avloddan – avlodga o‘tib kelayotgan qozoq milliy hunarmandchilik sirlari bizning Qizilqum hududida yaxshi saqlanib qolingan.Bejizga dono xalqimiz: “Hunar, hunardan unar!” demagan. Hunar chindan ham xazinaga o‘xshay-di. Ana shunday boy takrorlanmas xazina – o‘tov jihozlarini tikish to‘qish va yaratish sir – asrorlarini ovul yoshlari momolardan o‘rganayotligi olqishga sazovor, albatta!
Rayhon QODIROVA, jurnalist
Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:
Yer ostki suvlarining fizik-kimiyoviy tarkibining oʻzgarishi (laboratoriyada aniqlanadi);
Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda chaqmoq chaqishi va yorugʻlik paydo boʻlishi;
Bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shuʼlalar paydo boʻlishi va lyuminitsent lampalarining oʻz-oʻzidan yonishi.
Mana shu belgilarni bilgan xar bir fuqaro yoki zilzila haqida xabar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila haqida oldindan xabar berilsa, ayni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitkich asboblarini oʻchirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib, koʻchaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u xolda deraza va eshik oraliqlariga yoki koʻtaruvchi ustunlar tagiga turib olish zarur. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, koʻp qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.
Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish toʻxtatiladi. Elektr toki suv, gaz va bugʻlar toʻxtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qoʻyilagan joyga toʻplanadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda boʻladilar. Zilzila vaqtida uyda boʻlmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, chunki oʻsha joy rahbarlarining koʻrsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya etgan holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining toʻla toʻxtatilishini kutib bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur boʻlgan xollarda aholining ham yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
ShKB OYoXTTEB profilaktika va nazorat boʻlinmasi inspektorlari
Sanjar Baxodirov va Davron Asadov
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Uchquduq tumani Qizilqum ko‘chasi 4-uy 15-xonadon yashovchi Cho‘liyeva Nigora Ravshan qizining 2024 yil 4 avgustdagi “Davlat tashkilotlariga ishlash istagini bildirib” qilgan murojaati Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Cho‘liyeva Nigora Ravshan qizi 2022 yildan buyon tumandagi "Kichkina xo‘jayin" nomli DXSH asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 stavkada tarbiyachi bo‘lib ishlab kelmoqda. 2024 yil 19 avgust sanasida Uchquduq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish hamda Cho‘liyeva Nigora Ravshan qizi bilan o‘tkazilgan suhbatdan so‘ng u mutaxassisligi bo‘yicha tumandagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilingan. Murojaatchining masalasi ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.
Uchquduq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni joylarda amalga oshirishda faollik ko‘rsatayotgan mahallalarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, shuningdek ijtimoiy tashabbus orqali aholining ijtimoy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamotchilik e’tiborini keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-214-IV -sonli qarori bilan “Ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan. “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga joriy yilning 22-iyul kuni Uchquduq tuman hokimligi rasmiy saytida e’lon berildi. Mana bugaunga qadar ishtirokchilarni saralash bosqichi o‘tkazildi. Ishchi guruhining xulosasiga ko‘ra Bugun “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlab olamiz.
-“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” nominatsiyasi bo‘yicha Uchquduq tuman hokimligi;
-“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi” nominatsiyasi bo‘yicha tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 18-maktab direktori Allanova Gulbahor Yeskabulovna;
-“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha Hunarmandlar uyushmasi tuman bo‘linmasi rahbari Sharipova Zebiniso Muzafarovna;
-“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub’yekti” nominatsiyasi bo‘yicha “Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan taqinchoqlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Xayriyeva Lola Davron qizi;
-“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi “Eng yaxshi tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 18-maktab o‘qituvchisi Kamolova Mubina Baxshullayevnalar g‘olib deb topildi.
Yurtimizdagi barcha sohalarning rivoji aynan quruvchilar ishidan boshlanadi, desak mubolag‘a emas. Chunki ular qurayotgan inshootlar chinakam bunyodkorlik namunasi bo‘lib, yurt taraqqiyoti millat ravnaqi xalq farovonligiga xizmat qilmoqda.
Uchquduqning faxri bo‘lgan Shimoliy kon boshqarmasi keyingi yillarda erishayotgan har bir yutug‘ida ishchi-xodimlar uchun yaratayotgan shart-sharoitlarda shubhasiz kapital qurilish bo‘limi, qurilish ta’mirlash uchastkasi xodimlarining mehnatlari beqiyos. Bugungi kunda soha fidoiylari tomonidan Investisiya dasturi va kapital qurilish doirasida olib borilayotgan ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari tahsinga sazovor, albatta!.
Birgina joriy yilda bino va inshootlarni mukammal va joriy ta’mirlashga 33 188.0 mln. so‘m mablag‘ ajratilganligi bu borada ishlar ko‘lamining nafadar kengligini anglatadi.
Jumladan, 3-gidrometallurgiya zavodida 900 o‘rinli maishiy binoni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan bo‘lsa nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika vositalari markaziy laboratoriyasi va “Daugiztau” koni hududida o‘quv sinf xonalarining qurilishi olib borilmoqda. Shuningdek, 11 810, 6 mln so‘m mablag‘ hisobidan “Sharqiy” konida 250 o‘rinli oshxona Zarafshon qurilish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan bunyod etilmoqda. Ushbu ob’yektlar eng ulug‘ va eng aziz bayram O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ bosh direktori tomonidan tasdiqlangan manzilli qurilishlar dasturiga asosan 1 790 377, 3 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish rejaga kiritilgan. Shu jumladan, “Kokpatas” va “Daugiztau” oltin konlarida ma’dan qazib olish uchinchi bosqich loyihasiga 782 280,0 mln. so‘m, korxona ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish loyihasi bo‘yicha 618 367,4 mlrd. so‘m, 3-sonli GMZ ga qarashli chiqindi poligonining uchinchi navbat uchinchi bosqich qurilish ishlari uchun 15 000,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirda 6000,0 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirildi.
Muxtasar aytganda, yuqorida qayd etilgan bino va inshootlarning zamonaviy qiyofasida shuningdek, ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarda siz soha xodimlarining beqiyos kuch-g‘ayratingiz, yuksak salohiyat va mahoratingiz mujassam ekanini e’tirof etgan holda fidokorona mehnatingiz uchun chin dildan tashakkur bildiramiz.
Laylo KARIMOVA, SHKB axborot xizmati rahbari.
Har bir sohada bo‘lgani kabi tibbiyot sohasida ham jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz shifoxonalaridagi moddiy-texnik baza dunyoning yetakchi klinikalari bilan bellashishga qodir, buni birgina Uchquduq tumani misolida ham aytish mumkin.
Tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi 10 o‘rinli bo‘lib, barcha zaruriy va zamonaviy asbob – uskunalar bilan jihozlangan. Yilida o‘rtacha malakali jarrohlar tomonidan 500-550 nafar bemorlarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, sog‘lom hayotga qaytarilmoqda. E’tiborlisi, yaqinda jarrohlik bo‘limiga keltirilgan yangi tibbiy jihozlar aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
«Tashabbusli byudjet» loyihasining joriy yil birinchi mavsumi g‘oliblari safida bo‘lgan loyihalaridan biri, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi moddiy texnik ba’zasini yaxshilash taklifi edi. Taklif uchquduqliklar tomonidan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanib, loyiha doirasida ajratilgan mablag‘ hisobidan bipolyar uchlik va pinsetli elektrokoagulyator to‘plami, katta jarrohlik to‘plami, jarrohlik stoli, amaliyotxona yoritgich reflektorlari, kardiomonitorlar hamda respublikamiz shifoxonalarida sanoqli hisoblangan laparoskop apparati xarid qilindi.
Ushbu tibbiy jihozlarning yo‘qligi bois har yili 150-200 nafarga yaqin bemor shifo istab viloyat respublika markazlariga borishiga to‘g‘ri kelardi. Endilikda viloyatning olis hududi bo‘lmish Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida ham yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini amalga oshirish imkoni yaratildi.
Hozirda viloyatda malaka oshirib qaytgan jarrohlar tibbiyot xodimlari mazkur yo‘nalishdagi jarrohlik amaliyotini mustaqil ravishda o‘tkazmoqdalar. Ya’ni, bemorlarda o‘t qopi va tuxumdon kistasini olish, appendisit, jigar, qorin bo‘shlig‘i a’zolarida o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari, ixtiyoriy jarrohlik kontrasepsiya amaliyotlarini kosmetik jihatdan tanada iz qoldirmasdan ortiqcha qon yo‘qotishlarni oldini olgan holda o‘tkazish mumkin. E’tiborlisi, operatsiyadan bir kun o‘tib bemorda sog‘lom harakatlanish ko‘nikmasi ham shakllanadi.
Bu kabi tibbiyot sohasida qo‘llanilayotgan yangiliklar birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash, shoshilinch holatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish imkoniyatlarini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.
Yuqori texnologiyali ilk operatsiya respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali mutaxassislari A.Davronov va K.Mamatovlar hamkorligida jarrohlik bo‘limi mudiri F.Nurimov rahbarligida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Umid qilamizki aholi salomatligini yanada yaxshilash yo‘lida qo‘yilgan bu kabi ezgu qadamlar ortidan ko‘plab bemorlarimiz sog‘lom hayotga qaytadi. Bu borada biz tibbiyot xodimlari bor bilim va ko‘nikmalarimizni ishga solamiz!.
Xurshid SHUKUROV,
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i.
Saylov jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq raqamlashtirish saylov tartibotlaridagi byurokratiya, ortiqcha vaqt sarfi va hujjatlar harakatini qisqartirish manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish saylovlarga oid ma’lumotlarning yanada ochiqligini ta’minlash maqsadida “E-Saylov” axborot tizimi ishlab chiqildi.
“E-saylov” axborot tizimi orqali saylov komissiyalarining siyosiy partiyalar, nomzodlar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari bilan deyarli 60 turdagi munosabatlari to‘liq elektron tarzda amalga oshiriladi.
Axborot tizimi boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilingan bo‘lib, saylovdagi ko‘pgina tartib-taomillar inson omilisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Mazkur tizimda 400 mingga yaqin saylov jarayoni ishtirokchilari jumladan saylov komissiyalari a’zolari deputatlikka nomzodlar kuzatuvchilarga oid katta ma’lumotlar bazasi shakllanadi.
Axborot tizimidan 32 ming nafar saylov jarayoni ishtirokchilari professional tarzda foydalanishadi. Foydalanuvchilar bilan 40 turdagi SMS-xabarnomalar orqali muloqot o‘rnatiladi.
“E-saylov” axborot tizimida fuqarolar uchun ham saylovga oid axborotlarni olishda bir qator qulayliklar joriy etilgan. Xususan, axborot tizimi saylovchilar va saylov uchastkalariga oid statistik ma’lumotlarni olish barcha turdagi saylovlar bo‘yicha deputatlikka nomzodlar haqida axborotga ega bo‘lish interaktiv xaritalarda deputatlikka nomzodlar va ularning tarjimai holi bilan tanishish imkonini beradi.
Dildora Rustamova,
tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.