Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:
Yer ostki suvlarining fizik-kimiyoviy tarkibining oʻzgarishi (laboratoriyada aniqlanadi);
Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda chaqmoq chaqishi va yorugʻlik paydo boʻlishi;
Bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shuʼlalar paydo boʻlishi va lyuminitsent lampalarining oʻz-oʻzidan yonishi.
Mana shu belgilarni bilgan xar bir fuqaro yoki zilzila haqida xabar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila haqida oldindan xabar berilsa, ayni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitkich asboblarini oʻchirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib, koʻchaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u xolda deraza va eshik oraliqlariga yoki koʻtaruvchi ustunlar tagiga turib olish zarur. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, koʻp qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.
Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish toʻxtatiladi. Elektr toki suv, gaz va bugʻlar toʻxtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qoʻyilagan joyga toʻplanadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda boʻladilar. Zilzila vaqtida uyda boʻlmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, chunki oʻsha joy rahbarlarining koʻrsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya etgan holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining toʻla toʻxtatilishini kutib bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur boʻlgan xollarda aholining ham yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
ShKB OYoXTTEB profilaktika va nazorat boʻlinmasi inspektorlari
Sanjar Baxodirov va Davron Asadov