LOTIN-КИРИЛЛ

QADRIYATLARI E’ZOZLANGAN YURT!

     Uchquduq xalqining ko‘pgina millatlar havas qilsa arziydigan go‘zal urf-odatlari bisyor. Ana shunday azaliy an’analarimizning ba’zilari haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz!

    O‘TOV – MILLIY BOYLIGIMIZ

    Qizilqumda keng tarqalgan milliy meros  bu – o‘tov bo‘lib, o‘rta Osiyodagi mol chorvachiligi bilan shug‘ullanadigan aholining asosiy boshpanasi. Uy tez tikilishi va yig‘ilishi bilan ko‘chib-qo‘nib yurishga juda qulay. Tarixiy manbalarda aytilishicha o‘tovning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi 3 ming yillikka to‘g‘ri kelarkan. Kigiz uyning o‘sha paytlardan buyon iste’molda bo‘lib kelayotganligini toshlarga o‘yib chizilgan suratlardan ham bilish mumkin.

    O‘tovning “suyagi” ataylab o‘stirilgan daraxt yog‘ochidan yasaladi. Hozirda ushbu daraxtlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida yetishtiriladi.  Kigiz uy “suyagi”ning asosini “kerege”  tashkil qiladi. Bir-biriga  tikilgan yo bo‘lmasa ulangan “kerege” bo‘laklari esa “qanat” deb ataladi. 6-12 “qanat”li uylar bo‘lib, “kerege”ning boshlanishi va oxirgi qismlari bo‘ladi.

   “Uыq” o‘tovning “kerege”si bilan “shanыraq” ga gumbaz shaklini berib turish maqsadida yarim oy shaklidagi yog‘och “shыbыq”lar egilgan holda tutashtiriladi. Bu “kuldireush” deb nomlanadi.  U orqali  uyga yorug‘lik tushadi, tutun chiqadi. “Sыqыrlauыq” kigiz uyga kirib-chiqish ya’ni eshik vazifasini o‘taydi. O‘tov qayerda va qaysi paytda qurilmasin albatta eshigi janub tomonga qaragan bo‘ladi.

Kigiz uyning hamon iste’molda bo‘lib kelayotganligiga sabab tashqi jihozlari quyosh nurini yomg‘ir suvini o‘tkazmay  issiqlikni saqlashida bo‘lsa kerak. Jihozlari obdon pishirilgan oq jundan tayyorlanadi. Oppoq kigiz uyning ichi milliy naqsh (oyu)lar bilan chevarlar tomonidan bezatiladi.

O‘tovning “suyagi”ni bir-biri bilan mahkam tutashtirish va tashqi kigiz jihozlarini bosib turish maqsadida bog‘lar (bau-basqurlar)dan foydalaniladi. Kigiz uyni tikish hammaning ham qo‘lidan keravermaydi, tajribasiz odam tikkan uy bir tomonga qarab qiyshayib ketishi mumkin. Avvallari ot ustida “shanыraq” ko‘tarib ko‘tarib, “uыq” sanchiladigan o‘tovlar ham bo‘lgan. Eng ulkan “kigiz uy” 30 “qanat”gacha borgan.

   O‘tov ko‘rinishining chiroyli chiqishi unga hashamat va dabdabali tus berish har bir bo‘lagini bir-biriga moslab bezatish xalq hunarmandlarining chevarligidan dalolat beradi.

   Uy jihozlari “ыrg‘aq”, “tis”, “qoshqar muyiz” kabi naqsh (oyu)lar bilan bezatiladi. Chevarlar tikkan  to‘qigan uy jihozlarining har birida  azaldan onadan qizga o‘tib kelayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan mehr, ko‘z nuri mujassam!

    E’tiborlisi, bu kabi qadim-qadimdan avloddan – avlodga o‘tib kelayotgan qozoq milliy hunarmandchilik sirlari bizning Qizilqum hududida yaxshi saqlanib qolingan.Bejizga dono xalqimiz:  “Hunar, hunardan unar!” demagan. Hunar chindan ham xazinaga o‘xshay-di.  Ana shunday boy takrorlanmas xazina – o‘tov jihozlarini tikish to‘qish va yaratish sir – asrorlarini ovul yoshlari momolardan o‘rganayotligi olqishga sazovor, albatta!

Rayhon QODIROVA, jurnalist

O'qilgan: 144 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: