Hokimiyat matbuot xizmati
Учқудуқ халқининг кўпгина миллатлар ҳавас қилса арзийдиган гўзал урф-одатлари бисёр. Ана шундай азалий анъаналаримизнинг баъзилари ҳақида маълумотлар бериб ўтамиз!
КЕНЖА ЎҒИЛ – ШАНЫРАҚ ЭГАСИ
Одатда қозоқ халқининг кундалик турмуш тарзи дашт ҳаёти қонунларига асосланади бунда ўзига хос таълимот ва тарбия мавжуд. “Қора шанырақ” – бу кўп йиллар ҳатто асрлар давомида авлоддан авлодга мерос бўлиб ўтганўчоғидан тутун чиқиб турганмаъносини ҳам англатади.
Ўтовга кирганингиздан сўнг яна бир эътибор берадиган жиҳатни айтиб ўтмасам бўлмас. Унинг “шанырағи” яъни томи қисми муқаддас ҳисобланиб, ҳаётнинг давомийлигини ифодалайди. Қадимдан сақланиб келинаётган урф-одатларга кўра, кичик ўғил ота-онаси билан бирга яшайди. У отасининг мол-мулкигагина эмас балки ўтовининг ҳам меросхўри ҳисобланади.
Ҳа, кенжа ўғилни “шанырақ эгаси”, деб аталиши шундан. Ҳар бир оила кенжаларига жуда ёшлигидан: “Сен бу қора шанырақнинг эгасисан, шунга муносиб бўл!”, тарзида тарбия берилади. Ўзига катта масъулият юклатилганлигини ҳис қилиб ўсган бола яқин қариндошлик ришталарини давом эттиришга ҳарақат қилади.
“Шанырақ эгаси” нафақат битта уй учун балки бутун сулола учун ҳам жавобгардир. Бобоси ва отаси ўтирган катта уйда тез-тез йиғиладиган ака-опаларидан ташқари қариндошлари бутун оғайнилар, авлоднинг нуфузли одамлари вақти-вақти билан жам бўлишади. Улар бу уйга униб-ўсган одамларнинг қариндош-уруғчилик, меҳр-оқибат, таълим-тарбия сингари сўзлари сингдирилган муқаддас “шанырақ”нинг таъмини яна бир марта ҳис қилиш учун келишади. Эътирофлиси, ана шундай йиғинларда кичкина болаларнинг иштироки келажакда яқин қариндошлик муносабатларини сақланишида давом эттирилишида муҳим аҳамият касб этади.
Беш ёшли неварам шаҳар марказида ўтовни кўриб қолгудек бўлса: “Аже (бувижон) қаранг, тўй бўлаяпти! Тўйга борайлик”, дея хархаша қилади. У мурғақ қалби билан ўтов фақат тўй бўлсагина тикилади, деб тушунади.
Азиз дилбандим, кўзимнинг оқу-қораси! Илоҳим, мурғақ ва пок қалбингнинг тўрида ўтов тўй жарчиси бўлиб гавдаланаверсин. Халқимнинг ўтови тўйларга фақат яхши кунларга хизмат қилсин!
Райҳон ҚОДИРОВА, журналист
Мамлакатимизда Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳамда 2024 йилдаги устувор вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида Учқудуқ туман ҳокимлиги мажлислар залида ҳисобот учрашув бўлиб ўтди. Унда ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш, жиноятчиликни олдини олиш борасида амалга оширилиши лозим бўлган вазифалар юзасидан маҳаллларда фаолият олиб бораётган етакчилар ва ҳоким ёрдамчиларига кўрсатма ва тавсиялар бериб ўтилди.
Шунингдек, учрашувда туманда Пробация ҳисобида турган ёшлар хам иштирок этишди. Ва сектор раҳбарлари томонидан уларнинг муаммолари ўрганилиб ҳисобда турувчи икки нафар ёш иш билан бандлиги таъминланди.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-611 son Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 –yil 21-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda maʼqullangan. Mazkur Qonunning maqsadi aholini roʻyxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Axolini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Aholini roʻyxatga olish — Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida oʻtkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni;
Aholini roʻyxatga olish sanasi — aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va hisobga olish amalga oshiriladigan aniq payt (yil, oy, kun va soat);
Respondentlar — aholini roʻyxatga olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʻyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Roʻyxatga olish varagʻi — koʻrsatilgan savollar boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blanka;
Roʻyxatga olish hujjatlari — aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayoniga taalluqli hujjatlar majmui;
Roʻyxatga oluvchi xodimlar — Oʻzbekiston Respublikasining aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrishga va uni oʻtkazishga jalb etilgan, maxsus oʻquvdan oʻtgan voyaga yetgan fuqarolari;
Uy xoʻjaligi — bitta turar joyda yoki uning bir qismida birgalikda yashaydigan, oʻzini yashash uchun barcha zarur narsalar bilan taʼminlaydigan, umumiy xoʻjalik yuritadigan, pul mablagʻlarini toʻliq yoki qisman birlashtiradigan va sarflaydigan shaxslar yigʻindisi. Bu shaxslar qarindoshlik munosabatlarida boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin. Uy xoʻjaligi bitta shaxsdan iborat boʻlishi mumkin.
Aholini roʻyxatga olishning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
Aholini roʻyxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholining sogʻligʻini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi oʻzgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish; shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, oʻrta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash; aholini roʻyxatga olishlar oraligʻidagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.
Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davriylik; umumiylik va bir paytdalik; roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi; shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi; aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.
Davriylik prinsipi - Aholini roʻyxatga olish oʻn yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sanasi va muddati koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoida tariqasida, roʻyxatga olishni oʻtkazish moʻljallangan sanadan kamida uch yil oldin kiritiladi.
Umumiylik va bir paytdalik prinsipi-Aholini roʻyxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir maʼlumotlarni barcha respondentlardan yigʻish Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning oʻzida amalga oshiriladi.
Roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi prinsipi Shaxsga doir maʼlumotlar yigʻilayotganda roʻyxatga olish varagʻi har bir respondent uchun yakka tartibda toʻldiriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi prinsipi Aholini roʻyxatga olishning shaxsga doir maʼlumotlari maxfiy boʻlib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
Aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish aholini roʻyxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Sunʼiy toʻsiqlar deganda harakat tezligini kamaytirishga majburlash uchun yoʻlning qatnov qismida maxsus tashkil etilgan balandliklar tushuniladi.
Koʻp qavatli uylar atrofi, mahallalarda, ayniqsa maktablar va bolalar bogʻchalari yaqinida sunʼiy toʻsiqlarni ruxsatsiz oʻrnatish (beton, asfalt yoki plastmassadan yasalgan tezlikni pasaytirish uchun foydalaniladi) keng tarqalgan. Aholi piyodalar, bolalarni mashina urib yuborish xavfi boʻlgan joylarda avtomobillar tezligini pasaytirish maqsadida oʻzlari ravon yoʻllar ustiga sunʼiy toʻsiqlar oʻrnatadi va muhofaza choralarini koʻrishga urinadi.
Aslida mavjud qonunchilikka asosan, avtomobil yoʻl qismiga ruxsatsiz, oʻzboshimchalik bilan sunʼiy toʻsiqlar oʻrnatish taqiqlanadi.
– Toshkent shahar IIBB va Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda poytaxtdagi mahallalarda mahallabay tizimida oʻrganishlar olib borilmoqda, – deydi Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Qahramon Xudayberganov. – Ayrim holatlarda mahalla aholisi yashash manzillarini sunʼiy toʻsiqlar yoki betonlar bilan toʻsib tashlaganiga guvoh boʻlyapmiz. Avtomobillar harakatlanishi uchun maktablar va bolalar bogʻchalarida tezlik 30 km/soat, aholi turar joylarida 20 km/soat etib belgilangan.
Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida masʼul tashkilotlar bilan birgalikda reyd tadbirlari tashkil qilinmoqda. Bu toʻsiqlar favqulodda sodir boʻladigan vaziyatlarda, tez yordam mashinalari va yongʻinni oʻchiruvchi texnikalar harakatlanishiga xalal berishini unutmaslik kerak. Mavjud qonunchilikka koʻra, yashash manzillarda sunʼiy toʻsiqlar oʻrnatish qatʼiyan man etiladi. Bundan tashqari avtomobillarni oʻtish yoʻlaklarining ustiga yoki yon qismiga qoldirish holatlari ham koʻp uchramoqda. Bu shu hududda istiqomat qiluvchilarning harakatlanishiga xalal beradi. Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzish boʻyicha ham choralar mavjudligini eslatib oʻtmoqchiman.
Hozirda joylarda yosh bolalar va piyodalar bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalarining oldini olish maqsadida piyodalar yoʻlaklari va velosiped yoʻlaklari barpo qilinmoqda. Shuningdek, uch oyoqli radar moslamalarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborilgan.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida 2024 yilning 7 oyi davomida poytaxt koʻcha va yoʻllariga 2 ming 88 ta yangi yoʻl belgisi oʻrnatilgan. 900 ta yaroqsiz holga kelgan yoʻl belgisi almashtirilgan, 966 ta yoʻl belgisi qayta tiklangan. 208 ta svetofor oʻrnatilgan, 584220.7 kv.m yoʻllarga maxsus chiziqlari chizilgan, 29218 kv.m yoʻl qatnov qismi taʼmirlangan, 1 ming 84 ta piyodalar oʻtish joyi qayta tiklangan.
Bu haqda Milliy paralimpiya qoʻmitasi Ijroqoʻm yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan.
Shahnoza Mirziyoyeva Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Ijroqoʻm yigʻilishining tegishli qarori bilan Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi.
Shahnoza Mirziyoyeva hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Gijja insonning eng ashaddiy dushmani hisoblanadi. Ularning 200dan ortiq turlari mavjud.
Gijjalarning aksariyat turlari odamning oshqozon-ichak yo‘lida parazitlik qiladi. Oshqozon-ichak yo‘lida parazitlik qiluvchi gijjalarning uzunligi turiga qarab 6 mm dan 4-6 metr, hatto undan ham uzun bo‘lishi mumkin. Gijjalarning ba ‘zi turlari esa, odamning jigari, o‘t qopi, o‘pka, miya yoki mushak to‘qimalarida parazitlik qilib yashaydi, ular yillar davomida kattalashib, a’zo va to‘qimalarning faoliyatini buzilishiga olib keladi. Gijjalar organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin, oqsil, kalsiy, uglevod hamda yod kabi boshqa kerakli elementlarni o‘zlashtiradi. SHuning uchun gijja kasalligiga chalingan odam quvvatsiz, rangsiz bo‘lib qoladi. Organizmni o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur oziq modalar, elementlarning etishmasligi oqibatida bolalar jismoniy o‘sishdan orqada qoladilar. Aqliy rivojlanishi susayadi. Intellektual o‘zlashtirish, eslab qolish qiyinlashadi. Organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligi (immuniteti) pasayib, har xil turdagi yuqumli kasalliklarga chalinish moyilligi ortadi. Suyaklar mo‘rtlashib, umurtqa pog‘onasi qiyshayishi, shuningdek, terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin.
Gijjalar tirik organizmlardir. Hayoti davomida ajratadigan chiqindilari va ularning o‘limi natijasida hosil bo‘ladigan qoldiq mahsulotlar qonga so‘rilib, bir tomondan odam organizmini zaharlasa, ikkinchi tomondan allergik ta’sir ko‘rsatadi.
Gijjalar turiga qarab inson organizmida bir necha haftadan 40 yilgacha, ba’zida esa undan ham uzoq yashashi mumkin.
Agar bola;
- ovqatlanishidan qatiy nazar, ozib ketsa;
- ranglari oqarib, nimjon bo‘lib qolsa; -
- asabiylashadigan bo‘lib qolsa, injiqlansa;
- uxlaganda tishlarini g‘ijirlatsa va og‘zidan ko‘p so‘lak oqsa;
- qorni og‘risa, ko‘ngli aynisa zudlik bilan vrachga murojaat etish zarur.
Kasallikdan sog‘ayish uchun, albatta kaysi gijja kasalligini yuqtirganligini aniqlash hamda davolanishni to‘g‘ri tashkil etish juda muhimdir. Bir kishida bir vaqtning o‘zida bir necha gijja kasalligi bo‘lishi mumkin.
Gijja kasalligi sog‘lom odamga, gijja kasalligiga chalingan bemorlardan yuqadi. Bemorlar najasi bilan gijjalarni tashqi muhitga ajratadi. Gijjalarning aksariyat qismi oshqozon-ichak yo‘li orqali, «iflos qo‘l» bilan ovqatlanganda, qaynatilmagan suvni ichganda, meva va sabzavotlarni yuvmay iste’mol qilish oqibatida yuqadi. Kasallikni yuqtirishda pashshalar ham katta rol o‘ynaydi.Ba’zi gijja kasalliklari esa, kasallikka chalingan chorva mollarining go‘sht yoki jigarini iste’mol qilish oqibatida o‘tishi mumkin. It yoki mushuk kabi uy hayvonlari kasallikni tarqatuvchi manba bo‘lib hisoblanadi.
Odamlarda, ayniqsa maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan gijja kasalliklaridan biri - enterobioz kasalligidir. Kasallikni uzunligi 1sm bo‘lgan mayda oq gijjalar ostritsalar qo‘zg‘atadi. Bu gijja ingichka ichakning yo‘g‘on ichak bilan birikkan joyida yashaydi, Kechasi, bola uxlaganda gijjalar orqa chiqaruv teshigidan chiqib, oraliq soha, qiz bolaning jinsiy a’zosiga tuxum qo‘yadi. Har bir urg‘ochi ostritsa 12000 dan -17000 gacha tuxum qo‘yishi mumkin. Tuxum qo‘yilgan sohalar qattiq qichib, bolani juda bezovta qiladi. Bola orqa chiqaruv yo‘li va uning atrofini qo‘llari bilan qashishi natijasida tirnoqlari tagiga ko‘p miqdorda ostritsa tuxumlari yig‘iladi. Bola qo‘lini og‘ziga solganda, barmoqlarini so‘rganda, tirnoqlarini tishlaganda kasallikni o‘zlariga takroriy ravishda yuqtiradilar.
Ko‘pchilik hollarda yuqish jarayoni uzluksiz bo‘lgani uchun kasallik surunkali kechadi. SHu bilan birga bola kasallikni o‘z oila a’zolariga, o‘rtoqlariga yuqtiradi. Qo‘yilgan tuxumlardan 4-6 soatdan keyin lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ichakda etuk ostritsalarga aylanadi. Agar bola enterobioz kasaliga chalingan bo‘lsa, ularni ichki kiyimlari, choyshablarini qaynating, so‘ngra yuvib, dazmollang. Ertalab va yotishdan oldin orqa chiqaruv sohasini iliq suvda sovunlab yuving, shundan keyin ichki kiyim va choyshablarni almashtiring.
Gijja kasalligiga chalinmaslik uchun:
- Hojatdan so‘ng, yumushlardan keyin va ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunlab yuving.
- Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling.
- Faqat qaynatilgan suvni iste’mol qilishga odatlaning.
- Bolalarni bir-birilarning ichki kiyimlaridan foydalanmaslikka o‘rgating. Ularda qo‘lni, o‘yinchoqlarni va boshqa predmetlarni og‘izga solish, tirnoqlarni tishlash kabi yaramas odatlarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymang.
- doimo olib yuring.
- Bolalar tuvagi, eshik ushlagichlari, qo‘l yuvish jo‘mraklarini va umuman qo‘llar bilan tez-tez ushlanadigan joylarni kuniga 5-6 marta yuvib turing.
- Go‘sht, jigar va boshqa ichki a’zolarni xarid qilayotganingizda ularning sifatiga ahamiyat bering.
- Taomlarni etarli darajadagi issiqlik ishlovidan o‘tishiga ahamiyat bering.
- Xom qiymani va boshqa go‘shtli mahsulotlarni xomligida tatib ko‘rmang.
- Pashshalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang.
- Iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ustini ochiq qoldirmang. Pashshalarni qo‘nishini oldini olish uchun, ustini doka bilan yopib qo‘ying. Birgina pashsha tanasi va qanotida minglab gijja va uning tuxumlari hamda boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni tashiydi.
Diareya xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.
Kelib chiqish sabablari
Diareya ichaklarda suyuqlik va elektrolitlarning so'rilishi bilan bog`liq buzilishlar tufayli rivojlanishi mumkin. Mazkur kasallik quyidagi sabablarga ko'ra yuzaga keladi:
Sekretor shakli: surgi vositalardan tez-tez yoki ko`p miqdorda foydalanilganda kelib chiqadi. Shuningdek, turli xil zaharlar yoki vabo vibrionlari (bakteriyalari) ham diareyaning ushbu turini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday diareya och rangli suyuq axlat bilan xarakterlanadi, u hidsiz bo`ladi va tarkibida qon, yiring bo`lmaydi.
Ekssudativ shakli: ichak infeksiyalari, masalan, dizenteriya va salmonellyoz, gijjalar, Kron kasalligi, oshqozon yarasi koliti, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari sabab bo'ladi. Axlat miqdori ko`p bo`lmaydi, rangi och sariq yoki yashil bo'lib, tarkibida qon va yiring ham mavjud bo`ladi.
Osmolyar shakli: oshqozon osti bezining fermentativ funksiyasi buzilganda, shuningdek, organizmga rotavirus infeksiyasi tushganda yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning bu shakli bolalar orasida eng keng tarqalgan.
Ichak faoliyatini buzadigan stressdan kelib chiqqan diareya shakli ham mavjud.
Diareya belgilari
Suyuq axlat – diareyaning eng asosiy belgisidir. Shuningdek, kasallikka quyidagi belgilar ham xos:
- qorin og'rig'i, sanchiqlar;
-ko'ngil aynishi, qusish;
-defekatsiya bo'lgan soxta intilish.
Profilaktika
Diareyaning oldini olish uchun quyidagi, aytarli qiyin bo‘lmagan tavsiyalarga amal qilish talab etiladi:
-shaxsiy gigiyena qoidalariga riouya qilish, xususan, ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab tozalab yuvish;
-qaynatilmagan suvni ichmaslik;
-eski va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
-sabzavot va mevalarni iste’mol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab yuvish.
Uchquduq tuman SEO va JS bo ‘limi
"Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoniqabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.
Bunda:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilandi.
Shuningdek, 2024-yil 1-oktabrdan:
?byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;
?byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;
?mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;
?bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilandi.
Ozarboyjonlik jurnalist Hamid Hamidov Olimpiadada oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovning qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbekka sekundantlik qilgani haqida Facebook sahifasida shunday yozib qoldirdi:
“Olimpiada tugadi, endi keling sizga Gollivudda osongina zoʻr kino suratga olsa boʻladigan voqeani aytib beraman.
Qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek oʻgʻli Parijga murabbiysiz va sekundantsiz keldi. Gap shundaki, u musobaqaga soʻnggi lahzada – Olimpiadaga atigi ikki oy qolganida yoʻllanma oldi va murabbiylarni akkreditatsiyadan oʻtkazish bahorda yakunlandi. Natijada, u murabbiysiz Parijga borishga majbur boʻldi. U, aytmoqchi, Oʻsh shahridan yetti kilometr uzoqlikda joylashgan yotoqxonada yashaydi va qishda kvartiraga koʻchib, ijarada yashaydi, chunki yotoqxona Qirgʻizistonning sovugʻiga bardosh bera olmaydi.
Shunday qilib, Munarbek bir oʻzi yetib keladi.
U tushgan raqiblar jadvali juda jiddiy boʻlib chiqdi. Qirgʻiziston federatsiyasi unga ishonmadi va darhol chorak final oʻyinidan keyingi sanaga qaytish chiptasini sotib olib qoʻyishadi. Biroq kutilmaganda endi bu chiptani oʻzgartirish kerak edi — chunki Munarbek finalga chiqadi va butun Qirgʻizistonni lol qoldirdi!
Uning janglariga tayyorgarlikda olijanob doʻstlari qoʻllaydi, Munarbekni ikki davlat qoʻshma yigʻinlardan tanigan, uni yolgʻiz qoldirmagan oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov va oʻzbekistonlik bokschi Abdulmalik Xaloqov Olimpiadada Munarbekka koʻngilli boʻlib yordam berdilar.
Ular oʻzlarining janglaridan chalgʻigan holda, unga finalga chiqishga yordam berishdi.
Finalda ikki doʻst yigitlar bir-birlari bilan uchrashishdi. Jangda oʻzbekistonlik bokschi gʻalaba qozondi, biroq Munarbek umuman xafa boʻlmadi, chunki u finalga chiqdi va qirgʻiz boksi tarixiga allaqachon kirib boʻlgan, ilk tarixiy kumush medalni qoʻlga kiritgan edi!”.