LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

09 Jan 2024

      Ayolning homiladorlik vaqtidan bola bir yoshga kirgunicha nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilmaydi

      O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasiga ko'ra, erning nikohdan ajratish to'g'risida talab qo'yishini man etadigan hollar; xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to'g'risida ish qo'zg'atishga haqli emasligi belgilangan.

       Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi 06-sonli "Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo'yicha qonunchilikni qo'llash amaliyoti to'g'risida"gi qarorining 6-bandiga ko'ra, garchi u tug'ilish to'g'risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo'lsa ham, haqli emasligi, mazkur qoida bola o'lik tug'ilgan yoki bir yoshga to'lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etilishi belgilangan.

     Xotinning nikohdan ajratish to'g'risida ish qo'zg'atishga roziligi bo'lmagan hollarda, sudya da'vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bo'lsa, sud FPK 122-moddasining 8-bandiga asosan arizani ko'rmasdan qoldiradi. Nikohdan ajratish to'g'risidagi ariza xotinning roziligi bilan qo'zg'atilgan ishni sud majlisida ko'rish vaqtida u nikohdan ajratishga e'tiroz bildirganda, shuningdek javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yo'qligi ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasida ko'rish vaqtida ma'lum bo'lganda ko'rmasdan qoldirilishi lozim.

 Nikohdan ajratish haqidagi da'vo arizasining ko'rmasdan qoldirilishi, agar Oila kodeksining 39-moddasida ko'rsatilgan holatlar barham topgan bo'lsa, takroriy ravishda sudga nikohdan ajratish haqida da'vo arizasi bilan murojaat qilishga to'sqinlik qilmaydi.

Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasida ko'rsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish to'g'risidagi da'vo xotin tomonidan qo'zg'atilishiga to'sqinlik qilmaydi.

 

Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Shodiyeva  Nafisa Minboy qizi

08 Jan 2024

    О'zbekiston Respublikasi Prezidentning 21.12.2023 yildagi «Oila va хotin qizlar  qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-208-son Farmoni qabul qilindi. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vazirlik va idoralar hamda nodavlat tashkilotlari oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritishlariga koʻmaklashish, Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi quyi tashkilotlarining joylarda ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkaziladi. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash;

erkaklar va хotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, хotin-qizlar va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat хizmati, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iqtidorli хotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

хotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga koʻmaklashish va boshqalar.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida mavjud Bosh vazir oʻrinbosari shtati negizida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etiladi.

Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari - tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritiladi.

    Qoʻmita tuzilmasida Oila va хotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

 Uning asosiy vazifalari:

Qoʻmita tizimi хodimlari, shuningdek, mahalladagi хotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash;

oila, хotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish;

oila, хotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik soʻrov, ilmiy konferensiyalar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.

  Shuningdek, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi ham Qoʻmita tuzilmasigaoʻtkaziladi.

Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi 

bosh yuriskonsulti Shodiyeva Nafisa Minboy qizi

06 Jan 2024

     Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirilmoqda. Mehnat kodeksining 96-moddasiga ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga kiradi va davlat ularni ishga joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi. Lekin ming afsuslar bo`lsinki belgilangan imtiyoz va kafolatlardan barcha birday foydalanolmayotganligi, ish beruvchilarning bu imtiyoz va kafolatlardan xabarsiz ekanligi to`g`risida ko`p sonli murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur maqolani mana shu ko`p sonli murojaatchilar va ish beruvchilar uchun tayyorladik.

    Nogironligi bo'lgan shaxslarga “Aholi bandligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish o'rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o'rinlariga mahalliy mehnat organlari yo'llanmasiga ko'ra ishga joylashish kafolatlanadi.(Mehnat kodeksi 423-modda).

    Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xodimlarining soni 20 nafardan ortiq bo'lgan tashkilotlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlar umumiy sonining kamida 3 foizi miqdorida ish o'rinlarining eng kam soni belgilanadi. Masalan, 100 nafar xodim ishlaydigan tashkilotda (mulkchilik shaklidan qat'i nazar) kamida 3 ta ish o'rni nogironligi bo'lgan shaxslar uchun band qilib qo'yiladi.

    Mehnat kodeksining 427-moddasiga ko`ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o'ttiz daqiqadan ortibketmasligi kerak.

Mehnat kodeksining 431-moddasiga ko`ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to'lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to'liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

  I va II guruh nogironligi bo'lgan18 yoshga to`lmagan xodimlarniki qanday tartibda belgilanadi?

 I va II guruh nogironligi bo'lgan xodim 18 yoshga to'lmagan bo'lsa o'quv ta'tili vaqtida ish vaqtining muddati:

16 dan 18 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 36 soatdan ;

15 dan 16 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi (Mehnat kodeksi 415-moddasi 1-qismi).

Ta'til vaqtida 18 sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to'liq bo'lgan chog'da tegishli toifadagi xodimlargaberiladigan miqdorda to'lanadi (Mehnat kodeksi  420-moddasi 1-qismi).

O'qishdan so'ng ishlayotgan o'quvchilarning o'quv yili davomidagi ish vaqti muddati esa:

16 dan 18 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 18 soatdan ;

15 dan 16 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 12 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi (Mehnat kodeksi  415-moddasi 2-qismi).

Korxonalarda o'qishdan bo'sh vaqtida ishlayotgan o'quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga

mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to'lanadi (Mehnat kodeksi420-moddasi 4-qismi).

Nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatidan ularga sog'lig'ining holatiga ko'ra qarshi ko'rsatma

bo'lgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi bo'lgan shaxslarning to'liqsiz ish vaqti

rejimi to'g'risidagi, yuklamani kamaytirish haqidagi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari

to'g'risidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi majburiydir (Mehnat kodeksi 424-moddasi).

 I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga davomiyligi kamida 30 kalendar  kundan iborat yillik mehnat ta'tili beriladi va ular bu ta'tildan yilning o'zlari uchun qulay bo'lgan vaqtida foydalanishi mumkin va ta’tildan chaqirib olishga yo`l qo`yilmaydi. (Mehnat kodeksi 218 va 429-moddalari).

         Mehnat kodeksi 428-moddasiga ko`ra,nogironligi bo'lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidantashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishgafaqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.

Mehnat kodeksi 227-moddasiga ko`ra,   I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun ularning xohishi bo'yicha 6 oy o'tmasdan oldin beriladi.

Mehnat kodeksi 242 va 430-moddasiga ko`ra,  I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga ularning arizasiga ko'ra, har yili 14 kalendar kunga qadar ish haqi saqlanmagan holda ta'til (“bezsoderjanie”) beriladi.

Mehnat kodeksi 234-moddasiga ko`ra, o'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta'tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta'tillaridan shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo'shimcha ta'tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan

almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

Mehnat kodeksining 426-moddasiga asosan, nogironligi bo'lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko'riklar ish beruvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, sog'lig'ining yomonlashuvi, shuningdek nogironlik

berilishi, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab bo'lib hisoblanmaydi. Xodim bajarishi lozim bo'lgan ishni uddalashdan qat'i nazar, agar tibbiy xulosaga ko'ra xodimushbu ishni bajarishi to'g'ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a'zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug'dirsagina, mehnat shartnomasining sog'lig'i holatiga ko'ra bekor qilinishiga yo'l qo'yiladi.

 Soliq kodeksining 380-moddasiga ko'ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlaridan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha) soliq solishdan ozod etiladi. Masalan, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar 3 million so'm maosh olsa, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdori (2 million 940 ming so'm) dan 12% daromad solig'i ushlanmaydi qolgan summadan esa soliq ushlanadi. Ya'ni 3 million so'm - 2 million 940 ming so'm=60 ming so'mdan daromad solig'i to'lashadi.Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi.

 

Uchquduq tuman adliya bo`limi

 Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig’i

Rustamova Dildora Botirovna

06 Jan 2024

    Suv yer yuzidagi har bir tirik jonzot uchun eng muhim hayot manba hisoblanadi. Yer — xazina, suv — gavhar, deb bejiz aytishmagan dono xalqmiz. Yer ham, suv ham odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari, noz-neʼmatlar bilan taʼminlaydi, salomatlikni asraydi. Shu bois ham azal-azaldan xalqmizda suv manbalaridan oqilona foydalanishga va uni asrashga jiddiy eʼtibor qaratishgan.

     Suvsiz hayotni hech qachon tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yer yuzasining deyarli 71 foizi suvdan iborat bo‘lsada, ichishga yaroqli suv zaxirasi juda oz. Dengiz va ummonlar suvi sho‘r. Chuchuk suvlar asosan tog‘dagi muzliklarda jamlangan. Undan keyin daryo va ko‘llarning suvlari ham chuchukdir. Daryo va ko‘l suvlari qayta ishlanib, aholiga yetkaziladi.

     Ammo dunyoning hamma davlatlarida ham bunday emas. Ichimlik suvi tanqisligidan qiynalayotgan ko‘plab mamlakatlar bor. Bularning asosiy qismi Afrika qitʼasi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Yog‘ingarchilikning kamligi, suv havzalarining mavjud emasligi va boshqa omillar shunday holga sabab bo‘lgan.

   Jahon suv resurslari instituti (World Water Resource Institute) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyoda taxminan 3,5 mlrd. aholi suv tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy resurslarni boshqarishning mukammal strategiyasi va siyosatining amalda ishlamasligi hisobiga bu ko‘rsatkich 1,2-1,8 mln. kishiga yetadi. 2080-yilga borib esa ekinlarni sug‘orish samaradorligi oshirilishiga qaramasdan, global iqlim, ob-havo, yog‘ingarchilik va o‘simliklar vegetatsiya davrining o‘zgarib ketishi sababli chuchuk suvga bo‘lgan talab 25 foizga ortishi prognoz qilinmoqda.

Qurg‘oqchilik va unumdor yerlarning kamayishi BMTni ham tashvishga solayotgan muammolardan biridir. 2020-yilning oktabr oyi boshida xalqaro iqlim tashabbusi ostida o‘tkazilgan forumda nutq so‘zlagan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish global iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik masalalariga alohida etibor qaratish zarurligi haqida shunday degan: “Agar biz hozir harakat qilmasak, bu asr insoniyat uchun so‘nggi asr bo‘lishi mumkin. Global iqlim o‘zgarishi misli ko‘rilmagan o‘rmon yong‘inlari, kuchli va tez-tez uchraydigan siklonlar, tosh¬qinlar, qurg‘oqchilik va bosh¬qa ekstremal ob-havo hodisalarini keltirib chiqarmoqda”, degan BMT rahbari.

Suvning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, uni tejab-tergab ishlataylik. Farzandlarimizga ham suvni isrof qilmaslikni o‘rgataylik. Suvni isrof qilmaslik barchamizning burch va vazifamiz ekanligini aslo unutmaylik. Hozir jahonda ichimlik suvi muammosi birinchi darajali muammolardan bo‘lib turibdi. Ayni paytda dunyoda bir milliarddan ortiq kishi toza ichimlik suviga muhtoj.

Afsuski, suvni isrof qilish hollariga tez-tez guvoh bo‘lib qolyapmiz. Jo‘mragi buzilgan suv quvurlaridan toza ichimlik suvi sharillab oqib yotadi. O‘sha suvdan ichadigan aholi vakillaridan birortasi: “Kel, shu jo‘mrakni tuzattirib qo‘yay! Axir bu suvdan o‘zimiz ichamiz-ku! Shuncha suv isrof bo‘lib oqib yotmasin. Bu isrofning ham so‘rog‘i bor” deb o‘ylab ko‘rmay, o‘sha quvur yonidan beparvolarcha o‘tib ketaveradi.

   Suvdan samarali foydalanish va taqsimlashning barqaror amaliyotlarini ishlab chiqish barcha mamlakatlarning kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Ayniqsa, murakkab iqlim sharoitida joylashgan O‘zbekiston uchun suvni tejab ishlatish masalasi doimo dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabridagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qabul qilingan Strategiya 2030 ning alohida, uchinchi yo‘nalishi — Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ekanligi ham bejiz emas.

   Hozirda respublikada suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash hamda tiklash, rekonstruksiya qilish, sug‘oriladigan yerlarning suv taʼminotini oshirish va meliorativ holatini yaxshilash, sohaga raqamli texnologlarni joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi besh yil davomida respublika bo‘yicha suv tejaydigan texnologiyalar 618,2 ming gektar maydonlarda joriy etilishi taʼminlanib, sug‘oriladigan maydonlarning ushbu texnologiyalar bilan qamrovi 15 foizga yetkazildi.

Butun dunyo eʼtiborini tortayotgan suv muammosiga biz ham befarq bo‘lmasligimiz lozim. Suvsizlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga nazar tashlash va xulosa qilishning o‘zi kifoya. So‘nggi yillarda tevarak atrof, yer, suv va havoda sezilarli ifloslanish holatlari kuzatilmoqda. Buning oldini olish, tabiatni muhofaza qilib, sog‘lom avlod uchun kurashish esa barchamizning burchimizdir.

 

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini

muhofaza qilish sho‘basi boshlig‘i K.Jalilov

06 Jan 2024

     Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023 yildagi 687-sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.

     Prezidentning 01.06.2023 yildagi PQ-82-son  qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.

     Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  •      «Muruvvat» va «Saхovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish;
  • aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;
  • nogironligi boʻlgan shaхsarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
  • yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
  • bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
  • voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam хizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.

    Hujjatda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Aхborot teхnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • aхborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
  • serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga teхnik хizmat koʻrsatish;
  • Agentlik tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;
  • «Sall-markaz» faoliyatini tashkil etish.

    Mazkur hujjat bilan quyidagilar  tasdiqlangan:

  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom;
  • jamgʻarma ijroiya direksiyasining tuzilishi.

  Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.12 2023 yildan kuchga kirgan. 


Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi 

bosh yuriskonsulti Shodiyeva  Nafisa Minboy qizi

05 Jan 2024

 

       Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023 yildagi «Davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 681-son qarori qabul qilindi.

     Mazkur qarorga asosan     2024 yil 1 yanvardan boshlab A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida oʻrta ta’lim muassasasi direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi.

     2024 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan rahbar хodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi:

  • maktab direktorlariga - 50%;
  • maktab direktori oʻrinbosarlariga - 30%.

     Ushbu hujjat bilan Davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra:

  • maktablarda faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
  • menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan direktorlar olgan yildan boshlab 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi;
  • nomzodlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maхsus portalida roʻyхatdan oʻtib tegishli ariza berishlari kerak. Bunda nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda maktab direktorlari uchun belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishlari lozim;
  • ta’limda menejment mutaхassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar oʻquv kursida oʻqimasdan sertifikat olish boʻyicha test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin;
  • ta’limda menejment iхtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlar uchun sertifikat ularning arizasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.

     Ariza har oyning 5 sanasigacha (iyul-avgust oylaridan tashqari). Oʻquv kurs 144 soatni tashkil etib, oʻqish bir oy davom etadi.

     Nomzodlarning tanlovi boʻyicha oʻquv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda (masofaviy, onlayn) oʻtkaziladi.

     Oʻqish yakuni boʻyicha yakuniy imtihon oʻtkaziladi (25 ta test, keyslar va amaliy topshiriq shaklida). Test uchun eng yuqori baho – 50 ball, keys uchun – 10 ball va amaliy topshiriq uchun – 40 ball (jami 100 ball). 

 70 va undan yuqori ball toʻplanganda nomzodga sertifikat taqdim etiladi.

    Yetarli ball toʻplamagan direktorlar egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.

 

Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Shodiyeva  Nafisa Minboy qizi



05 Jan 2024

        Учқудуқ туман  телекоммуникация боғламаси ходимлари томонидан 2023 йил давомида Шалхар овулига 15 км кабел тортилди.
Кончилар қўрғони аҳоли пунктига 2,230 км кабел.
Юзқудуқ овулига 64,310 км кабел тортиб овул аҳолиси интернет хизмати билан таминланди.

         Учқудуқ шахрининг ўзида GPON технологияси билан таъминлаш ишлари ҳам олиб борилмоқда.  2023 йил давомида Учқудуқ телекоммуникация боғламаси томонидан интернет тезлигини ошириш мақсадида 111,162 км кабел тортилиб интернет сифатини яхшилашга эришилмоқда.

04 Jan 2024

Ўзбекистон Республикасининг “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонуни 12-моддаси 3-бандига кўра, болаликдан ногиронлиги бўлган фарзандларнинг оналари уларни 8 ёшгача тарбиялаган бўлса ва иш стажи камида 20 йил бўлган тақдирда 5 йил олдин яшга доир пенсияга чиқиш ҳуқуқига эга.

Яъни, бундай ҳолатда аёллар умумий белгиланган 55 ёшдан эмас, бошқаларга қараганда имтиёзлироқ яъни, 50 ёшдан пенсияга чиқиши мумкин.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: