Volkswagen kompaniyasi premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va intererni yig‘ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishida ishga taklif qiladi. Kompaniya 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 240 nafar mutaxassisni ishga oladi.
Ish uch smenadan iborat. Nomzodlardan rus tilini kommunikativ darajada bilish talab etiladi. Ish haqi oyiga 1200−1600 yevro orasida.
Rus tilini bilishdan tashqari, C va E toifali haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi, maosh oyiga 1700−2400 yevro.
Bandlik vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tez orada ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha e’lon beradi.
2023-yil fevral oyida Volkswagen Slovakia O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bilan respublika fuqarolarini ishga qabul qilish rejasini muhokama qilgandi. Kompaniya ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ishchilarga bo‘lgan talabni 1500 kishiga baholagan.
Prezident farmoni bilan, mehnat migrantlariga kasbiy va til bo‘yicha sertifikatlar olish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi. Chet elda qiyinchilikka uchraganlarga yordam beriladi.