Bundan tashqari, aholining tabiiy koʻpayishi ham 1,8 foizga pasaygan.
Oʻzbekistonda tugʻilish darajasi asta-sekin pasaymoqda. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.
2024 yil 1 aprel holatiga koʻra, yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni 205 713 nafarni tashkil etdi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga kam.
Shu bilan birga, oʻlim holatlari koʻpaymoqda. 2024 yil boshidan buyon bu koʻrsatkich 3,1 foizga oshdi.
Aholining tabiiy oʻsishi ham 1,8 foizga kamayib, 165 ming 516 nafarni tashkil qildi.
2024 yil 22 aprel holatiga koʻra Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni ilk bor 37 million kishidan oshgani haqida avval xabar berilgan edi.
Ularning 18,6 milliondan ortigʻi erkaklar, 18,34 milliondan ortigʻi ayollardir.