LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

05 Apr 2024

      O‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni viruslar yuzaga keltiradi. Viruslar mayda qon tomirlar kapillyarlarni shikastlaydi.

      Oqibatda hujayra to‘qima va tana a’zolarida qon aylanish jarayoni,ularning oziqlanishi hamda kislorod bilan ta’minlanishi ishdan chiqadi. Ta’na a’zolari, ayniqsa hayotiy muhim a’zolar faoliyatining buzilishi esa inson hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

       Virusning asosiy manbai kanalar hisoblanadi, ular viruslarni umri davomida tashiydi. Voyaga etgan kanalarning asosiy hujayinlari turli xil qishloq xo‘jalik hayvonlari bo‘lsa yosh lichinka davridagi xo‘jayinlari-sichqon, kalamush, yumronqoziq, tipratikan, quyon va boshqalar hisoblanadi. Qo‘y, echki, sigir, kalamush, sichqon, quyon kabi issiq qonli hayvonlar kasallikni tabiiy o‘chog‘i hisoblanadi. KASALLIK QANDAY YUQADI. Kasallik kanalar chaqishi yoki ularni qo‘l bilan ezib o‘ldirish orqali yuqadi.

       Kanalar hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi. Hayvonlar bu kasallik bilan og‘rimaydi, biroq ularning qonida virus klinik belgilarsiz, yashirin holda ko‘payadi, shuning uchun kasallik odamga so‘yilgan uy hayvonlarining qoni orqali ham yuqishi mumkin. Virus past haroratga o‘ta chidamli, biroq yuqori haroratga o‘ta chidamli, biroq yuqori haroratda (qaynatilganda va qovurilganda) nobud bo‘ladi. Ehtiyotkorlik choralari ko‘rilmasa, bemor qoni orqali, virus tibbiy xodimlarga yuqishi mumkin.

       Virus mol, qo‘y,echki,ot,tuyalarda ko‘proq uchraydi. Negaki ular erta bahordan to kech kuzgacha dalalarda boqiladi. Uy sharoitida boqiladigan hayvonlar kunduzi dalalarda, kechalari zah, tozalanmagan og‘ilxona, molxonalarda tunaydi, bu esa ularda kananing ko‘payishiga sharoit tug‘diradi. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, may-avgust oylarida kanalarning faollashishi hisobiga ko‘proq kuzatiladi. Gemorragik isitmaning yuqish xavfi qishloq aholisi –dehqonlar, cho‘ponlar, veterinarlar, qo‘y va echkilarni junini oluvchilarda, shuningdek qassoblarda yuqori bo‘ladi. Kasallikka kattalar va bolalar birdek chalinadilar.

       KASALLIKNI KECHISHI Virus organizmga tushishi bilan kasallikning yashirin davri boshlanadi. Bu davr bir necha soatdan boshlab 2-7 kungacha davom etadi. Kasallik:-haroratning ko‘tarilishi (39-40s)-badanning sovuq kotib, qaltirashi;-mushaklarning og‘rishi;-ko‘rish qobilyatining buzilishi va ko‘zdagi qon tomirlarining yorilishi oqibatida ko‘zning qizarishi;-badanga mayda qizil toshmalar toshishi;-qon tupurish, qorinda og‘riq, ba’zida esa qon qusish, najasning qorayishi; -burundan qon ketish kabi holatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holatlar kuzatilsa zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur. Shifokorga qanchalik erta murojaat etilsa, davolanish shunchalik samarali bo‘lishini unutmaslik lozim.

     KASALLIKNI OLDINI OLISH UCHUN: Uy hayvonlarini boqish, molxona va og‘ilxonalarni tozalashda maxsus himoya kiyimlari va qo‘lqoplardan foydalaning; Uy hayvonlarini kanalarga muntazam tekshirib turing. Zinhor kanalarga qo‘l bilan tegmang va ezib o‘ldirmang. Ularning pinset yordamida ajratib oling va yoqib tashlang; Hayvon boqiladigan og‘ilxona kanalarning ko‘payishiga qarshi vositalar yordamida zararsizlantirib turing. Kalamush va sichqonlarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang. Maxsus dezinfeksiya markazlariga murojaat qiling. Hayvonlarni so‘yishda engi uzun ust bosh va qo‘lqop kiying. Kanalar aniqlangan mollarni boqish,molxonalarni tozalash ishlariga bolalarni va homiladorlarni jalb qilmang. Qo‘lingizda juda kichik jarohat bo‘lsa ham,xom go‘shtlarni ushlamang. Bemorlarni biologik ajratmalari: qoni, najasi va siydigi bilan muloqotda bo‘luvchi tibbiy xodimlar, albatta qo‘lqoplarda ishlashi zarur. Bunday holatda veterinariya xizmatiga murojaat qilib, mollaringizni va ular saqlanayotgan joylarni dezinfeksiya qildiring.

05 Apr 2024

Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni «Hayit kuni aniq bo‘ldi» deb talqin qilinmasligini so‘rayman.

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

? 10 aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

? 11 aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

? 12 aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

? 13 aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

? 14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

? Sharh:

Ramazon oyining 30-kuni 9 aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Prezident farmoniga ko‘ra, 11 aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12 aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13 aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

Demak, 13 aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

? Izoh: qo‘shimcha dam olish kunlari 2023 yil 22 dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

04 Apr 2024

Xalk Bank sodir bo‘lgan voqeaning sababini tushuntirdi va har bir kishining pensiyasi 5 aprelgacha hisoblanishini bildirdi.

Unga ko‘ra, Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ba’zi pensionerlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan

02 Apr 2024

       Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.

        Xalq ta’limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida»gi nizomnga ko‘ra, bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.

        Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldirilishi mumkin.

01 Apr 2024

ERR UNICEF bilan birgalikda Oʻzbekistondagi bolalarning monetar kambagʻalligi darajasini baholadi, deb xabar berdi “Iqtisodiy sharh” jurnali.

Mazkur tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambagʻallik darajasiga taʼsiri tahlil qilingan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda uch yil ichida bolalar kambagʻalligi 7,8 foizga kamaygan. Yaʼni, natijalar bolalar kambagʻalligi darajasi 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizgacha kamayganini koʻrsatmoqda.

Taqsimlanganda, qishloq joylarda bolalarning kambagʻallik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizga, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizga pasaygan.

Shuningdek, tadqiqotda respublika kesimida qaysi hududlarda bolalar kambagʻalligi darajasi past yoki yuqoriligi ochiqlangan. Jumladan, bu boʻyicha eng past koʻrsatgich Navoiy viloyati va Toshkent shahrida kuzatilgan. Boshqa joylarga qaraganda foizi nisbatan yuqori hududlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ekanligi aniqlandi.

Taʼkidlanishicha, agar ijtimoiy nafaqalar boʻlmasa, mamlakatda bolalar kambagʻalligi darajasi 1,6 baravar oshar ekan.

Xulosaga koʻra, daromad yetarli boʻlmagan taqdirda, daromadlar kambagʻallik chegarasidan past boʻlsa, ijtimoiy oʻtkazmalarning yetishmasligi kambagʻallik darajasini 11 foizdan 20,8 foizgacha, bolalar kambagʻalligini – 13,7 foizdan 21,8 foizgacha va kambagʻal pensionerlar ulushini – 7,3 foizdan 31,4 foizgacha oshiradi.

01 Apr 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

01 Apr 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

01 Apr 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

31 Mar 2024

Turkman qoraqulog'i-Caracal caracal spp. michaelis- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog'i hududining Kupit bo'limiga o'rnatilgan fotoqopqonlardan birining o'ljasiga aylangan. Qoraquloq-mushuksimonlar oilasiga mansub bo'lib, mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Uning yungi bir xilda qizgʻish yoki sargʻish, qorin boʻshligʻida kichik qizgʻish dogʻlari bor. Qoraquloqlarning ogʻirligi taxmin 8 kgdan 21 kg ni tashkil qiladi. Tanasining oʻlchami esa 65 sm dan 82 sm gacha yetadi. Odatda tunda, qoraquloqni kuzatish qiyin. Qoraquloqlar hududlarini boʻlib olishadi va asosan yolgʻiz yoki juft boʻlib yashaydi. Qoraquloqning erkagi ham urgʻochisi ham bir yoshga toʻlganida balogʻatga yetadi, yil davomida koʻpayadi. Homiladorlik ikki oydan uch oygacha davom etadi, ular bittadan oltitagacha mushukchalar bolalashi mumkin.

29 Mar 2024

 

      Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qildi.

2023-yil yakuni bo‘yicha natijalarda 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” (81−100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” (55−80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) deya ajratildi.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

“Natijalarning xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining baholash natijalari mustaqil va xolis ko‘rib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi. Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmagani, jumladan, faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanmagani, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va xaridlar jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash bilan bog‘liq choralar amalga oshirilmagani, korrupsiya haqida xabar berish bo‘yicha aloqa kanallarining yo‘lga qo‘yilmagani, ushbu yo‘nalishdagi hujjatlar ijro etilmagani va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmagani sabab bo‘lgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

Masalan, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholandi. Andijon viloyati hokimligi tomonidan esa korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi shtat birligi xodim bilan jamlanmagan.

 

Baholash natijalariga ko‘ra, “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qaralgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlar to‘g‘ri baholanmagani oqibatida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari manzilli ishlab chiqilmagan va ijrosi to‘g‘ri tashkil etilmagan, xodimlarni korrupsiyaga qarshi o‘qitish va ularda murosasiz munosabatni shakllantirishda yetarli ishlar amalga oshirilmagani, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligi kuzatilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

Baholash natijalariga ko‘ra “yaxshi” deb topilgan 42 ta davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular samarali amalga oshirib kelingan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omilini istisno qilish, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar ko‘rilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiMarkaziy bank„O‘zkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyatida birinchi rahbarlarning irodasi namoyon qilinib, xodimlar va keng jamoatchilik bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan”, — deya qayd etgan agentlik.

Reyting baholash tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarni samarali monitoring qilish bilan birga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish imkonini bergani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, baholash yakunlari bo‘yicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi. “Qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi.

“Qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil yakunlari bo‘yicha reytingda Suv xo‘jaligi hamda Energetika vazirliklari, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini “qoniqarsiz” deb baholangandi. Eng yaxshi natijani Davlat soliq qo‘mitasi qayd etgan.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: