Oshqozon ichak kasalligi ko‘proq yilning issiq paytlarida uchraydi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar ta’sirida rivojlanadi. Mikroblar og‘iz orqali tushib, ichak yo‘lida ko‘payadi va devorini yallig‘lantiradi. Shuning uchun najasda shilliq modda va qon bo‘lishi mumkin ba’zi mikroblar o‘zidan toksin ya’ni zaxar ajratish xususiyatiga ega. Ushbu toksin qonga so‘rilib, butun tanani zaxarlaydi.
Kasallikning yuqish yo‘llari.
Kasallik asosan bemordan yuqadi. Mikroblar bemorning najasi, so‘lagi, siydigi, qusug‘i bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi. Yuqumli oshqozon ichaklarining tarqalishida pashsha, suvarak va shu kabi boshqa hashoratlaning ham o‘rni katta. Ular iflos joylarda tuxum qo‘yib, ko‘payib kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni o‘ziga ilashtirib oladi hamda oziq-ovqat maxsulotlari, suv va idish-tovoqqa qo‘nib, ularga mikroblarni tarqatadi.
Yuqumli oshqozon ichak kasalligi quyidagicha namoyon bo‘ladi
Ichning odatdagidan ko‘ra tez-tez va suyuq ketishi, ba’zi hollarda najasda qon bo‘lishi, ko‘ngil aynish, qusish, darmon qurishi.
Shifokor kelgunga qadar uy sharoitida bemorga qanday yordam berish kerak
Bemorga odatdagidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichirishga harakat qiling. Bemorga shifokor bilan maslaxatlashmasdan turib, turli xil dori vositalari, jumladan antibiotik berish mumkin emas. Ko‘proq qaynatilgan suv ichish tavsiya etiladi. Xo‘l mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish zarur. Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlarni yoki salatlarni iste’mol qilishdan cheklaning. Sovutgichlarni toza tutish, undagi maxsulotlarni o‘z vaqtida iste’mol qilish, tez-tez yangilap turmoq darkor. Idish-tovoqlarni yuvgandan so‘ng qaynagan suvga botirish yoki chayish kerak. Kasalxonaga borganda bemor yaqin kishingiz bo‘lsada masofa saqlang.
Chaqaloqlarni ovqatlantirishda sun’iy ovqatlarni bolaga yetarli qilib tayyorlab bering hamda uzoq salamaslikka e’tibor qarating.
Atrof-muhit, xonadonlar va aholi umumiy foydalanadigan joylarni doimo ozoda bo‘lishini ta’minlash kerak. Har birimizning sog‘ligimiz yuqorida aytilgan qoidalarni qanday bajarishimizga bog‘liq.
Agarda yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarga amal qilsangiz, o‘tkir yuqumli oshqozon ichak kasalliklari va uning og‘ir asoratlaridan yiroq bo‘lasiz. Asosiysi esa oilangiz a’zolarning salomatligini mustahkamlashda o‘z hissangizni qo‘shasiz.
Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limi