Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi
baynalminal jangchilarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga;
pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).
Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: Shodiyeva Nafisa Minboy qizi