Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida o‘zi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yo‘riqlar sizu bizga ham katta foyda berishi aniq.
• Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
• Har kun zaifroq biladigan tilingda she’r yodla.
• Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.
• O‘n barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni o‘zgartirma.
• Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r.
• O‘zing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
• Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
• Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.
• Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
• O‘zing uchun iloji boricha ko‘p mashg‘ulot o‘ylab top.
• Bir o‘zing yakunlashing mumkin bo‘lgan ishga yordamchi talab qilma.
• Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
• Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.
• Iloji boricha kam uxla.
• Har tun kunduzi o‘rganganlaringni takrorla.
• Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
• Yaxshilik qilishga imkon izla.
• Yaxshi bo‘l va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
• Hammani birday yaxshi ko‘r, bu muhabbatdan o‘zing ham chetda qolma.
• Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.
• Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.
• Bor narsalarga qanoat qil.
• Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
• ☀️Yaqinlaringning hayoti shirin bo‘lishiga hissa qo‘sh.