Sud huquq islohotlarining davomi sifatida 10 iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tezkor qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-89-sonli farmoni bilan 2025 yilning 1 yanvaridan Tergov sudyasi lavozimi joriy etilishi belgilandi.
Farmonga ko‘ra tergov sudyasi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi JPKda ko‘rsatilgan ishni sudga qadar yuritish jarayonida sudning qarori (ajrimi) talab qilinadigan prosessual harakatlar bo‘yicha sud vakolatlarining barchasi o‘tkazilishi, shuningdek tergov sudyalari ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqishi belgilanmoqda.
Farmonga muvofiq, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:
-Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;
-Qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma;
-Pasportning (harakatlanish hujjatning) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
-murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
-pochta telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
-tintuv o‘tkazish haqidagiiltimosnoma;
-telefonlar va boshqa telekomunikatsiya qurilmalari orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma
-mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
Bundan tashqari bir nechta majburlov choralari bilan bog‘liq iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi.
“Tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo‘ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ar qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” – deyiladi farmonda.
Ularni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi, tashkiliy faoliyatlariga Qoraqalpog‘iston sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari rahbarlik qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Uchquduq tuman sudi raisi Kurbonov Akmal Abdishukurovich