LOTIN-КИРИЛЛ

Yoʻl obʼektlarini qurilish va taʼmirlash ishlari alohida ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi

     “Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

      Qarorga koʻra, 2024 yil 1 sentabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obʼektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obʼektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi;
  • ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YaIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda koʻrsatiladi;
  • ruxsatnoma yoʻl obʼektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;
  • ruxsatnomada yoʻl obʼektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yoʻl obʼektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish koʻrsatiladi;
  • yoʻl obʼektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun koʻrinadigan joyga ilib qoʻyilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga koʻra taqdim etilishi shart hisoblanadi;
  • ruxsatnoma olmasdan turib yoʻl obʼektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va taʼmirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qoʻymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini koʻrmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng yoʻl obʼektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
O'qilgan: 198 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: