Hokimiyat matbuot xizmati
Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning 2023 yil 10 avgustdagi 396-son buyrug‘i asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish, yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilganlari o‘rniga yangi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.
Mazkur buyruqqa asosan, 2023 yil 1 noyabrdan quyidagi miqdordagi to‘lovlar kuchga kiradi:
- Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun va tir- bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
- Mototransport vositalari, motorollerlar kamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida;
- Tranzit RO‘DRB uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida;
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida.
Ayni paytda davlat raqami belgilarini berish uchun to’lov miqdorlari 2011-yildan buyon stavkalar o’zgarmagan edi. Ichki ishlar vazirligi bu sohada ma’lum vaqt davomida hech qanday o’zgarishlar amalga oshirilmagan. IIVning 396-sonli buyrug’i asosan faqatgina stavka miqdorlari oshirilmasdan ma’lum toifadagi shaxslar uchun imtiyozlar ham belgilandi. Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mehnat organlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga RO‘DRB berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Uchquduq tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Holiqov Nurbek Qo’ldosh o’g’li
Yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktyabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi mazkur qarorida quyidagi oʻzgarishlarni nazarda tutilgan:
2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning oʻzida “avtomatik” tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.
2024-yil 1-yanvardan:
- a) fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha ravishda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish imkoniyati yaratilmoqda;
- b) fuqarolarga pensiya tayinlanganidan soʻng AT “Xalq banki”da jamgʻargan pensiya pulini olish uchun Pensiya jamgʻarmasidan qogʻoz shaklidagi sertifikat berish tartibi bekor qilinmoqda.
Bunda, fuqaro Xalq bankida mehnat faoliyati davomida har oylik ajratmalari asosida jamgʻargan mablagʻlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki bankning mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratilmoqda.
2025-yil 1-martdan boshlab esa 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning oʻzida “avtomatik” tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.
Bunda, shaxsga oid maʼlumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (toʻlangan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush oʻrtogʻi va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining elektron bazalaridan olinadi.
Natijada esa fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish hamda oʻzi istiqomat qiluvchi Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
Pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning oʻzida pensiya “avtomatik” tarzda tayinlangandan soʻng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga maʼlumot yuboriladi.
Maʼlumki, pensiyalarni “avtomatik” tarzda tayinlash tartibi Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon va Estoniyada yoʻlga qoʻyilgan.
Pensiyalarni “avtomatik” tarzda tayinlash tartibini amaliyotga joriy etish boʻyicha 10 ta banddan iborat “yoʻl xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Bunda, 14 ta vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasi 2025-yil 1-martga qadar inventarizatsiya qilinadi va pensiya tayinlash uchun zaruriy hujjatlar toʻliq raqamlashtiriladi.
Pensiya yoshiga yetgan, ammo pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi berilmoqda.
Qonunchilikka muvofiq pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga, pensiya miqdoriga taʼsir etuvchi koʻshimcha xujjatlarni istalgan vaqtda taqdim etish huquqi berilgan.
Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Shodiyeva Nafisa Minboy qizi
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozoridateng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2024-yilda ishgajoylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28- aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan “Aholi bandligi to‘g‘risida” 642-sonli Qonunning 38-39-moddalari, O‘zbekistonRespublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-yil 15-oktabr, O‘RQ-641-son), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son Qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi 965-sonli qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-yil, 09/17/965/0393-son) bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2024-yil uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-, 25-moddalariga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
1.Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnatbozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda -ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi) ishga joylashtirish uchun isho‘rinlarining eng kam sonini belgilashi va zaxiraga qo‘yishi lozim bo‘lgan korxonalarva tashkilotlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi“Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida tengshartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun isho‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtojshaxslar uchun zaxiralangan ish o‘rinlari, xodimlarining o‘rtacha soni 20 nafar vaundan ko‘pni tashkil etadigan 38 ta korxona, tashkilot va muassasalarda 2024-yiluchun 7 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda - jami 356 ta ish o‘rinlarini, shu jumladan:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘izotaga yoki onaga, shuningdek, ko‘p bolali oilalarning ota-onalar toifasi uchun 7,87foiz 28 (nafar);
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunarmaktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga egabo‘lgan yoshlar, “Mehribonlik uyi”ning bitiruvchilari, shuningdek, oliy ta’limmuassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari toifasi uchun56,46 foiz 201 (nafar);
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining,Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning, Davlat xavfsizlikxizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar toifasiuchun 5,93 foiz 22 (nafar);
nogironlar bo‘lgan shaxslar toifasi uchun 4,49 foiz 16 (nafar);
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar toifasi uchun 1,97 foiz 7 (nafar);
jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ratibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar toifasi uchun 5,90 foiz 21(nafar);
odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslar toifasi uchun 2,25 foiz 8 nafar;
og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar toifasi uchun 14,89 foiz 53 (nafar)nitashkil etadi.
3.Ushbu toifaga mansub shaxslar uchun ish o‘rinlari sanitariya-gigiyename’yorlariga va xodim o‘z mehnat majburiyatlarini to‘siqsiz bajarishinita’minlaydigan mehnat sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq bo‘lishikerak:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘izotaga yoki onaga, shuningdek, ko‘p bolali oilalarning ota-onalar toifasi uchunbolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilishinibirga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga egabo‘lganligini hisobga olgan holda ularning kasbiy tayyorgarligiga mos bo‘lgan yokimaxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunarmaktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga egabo‘lgan yoshlar, “Mehribonlik uyi”ining bitiruvchilari, shuningdek, oliy ta’limmuassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari toifasi uchunularning kasbiy tayyorgarligiga mos bo‘lgan yoki maxsus malakani talab etmaydiganish o‘rinlari;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining,Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning, Davlat xavfsizlikxizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar toifasiuchun - ularning professional tayyorgarligiga mos bo‘lgan ish o‘rinlari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar toifasi uchun - o‘tkazilgan va xodimga ularningsog‘ligi holatini va mehnat faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan belgilangan zidliklarhisobga olgan holda mehnat operatsiyalarini to‘siqsiz bajarish imkonini beradigan isho‘rinlari;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar toifasi uchun - ularning kasbiytayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;
jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ratibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar toifasi uchun – ularningkasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydiganish o‘rinlari;
odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslar toifasi uchun - ularning kasbiytayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan isho‘rinlari;
og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar uchun - ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan isho‘rinlari.
4.Ish o‘rinlarini band qiluvchi korxona va tashkilotlar rahbarlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Aholi bandligi to‘g‘risidagi 642-sonli Qonun vaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonqarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan vamehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishgajoylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yishtartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizomga (keyingo‘rinlarda - Nizom deb yuritiladi) muvofiq ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan isho‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ish bilan ta’minlash uchun tashkilotva korxonalar 2023-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish o‘rinlariumumiy miqdorining kamida 25 foizi https://my.mehnat.uz/ web sayti orqalizaxiralanib qo‘yilishini ta’minlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlanguniga qadartuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazini tumandagi tashkilot va korxonalarhttps://my.mehnat.uz/ web sayti orqali belgilangan ish o‘rinlarini zaxiralanganligito‘g‘risida xabardor qilsin.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish o‘rinlarining qolgan qisminihttps://my.mehnat.uz/ web sayti orqali zaxiraga qo‘yish tashkilot (ish beruvchi)tomonidan kalendar, ya’ni 2024-yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlansin, buhaqda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazini birinchi chorak tamombo‘lganidan keyin 10 kundan kechikmay https://my.mehnat.uz/ web sayti orqali isho‘rinlari zaxiralanganligi to‘g‘risida xabardor qilsin.
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman aholibandligiga ko‘maklashish markaziga Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yichamuhtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
Tashkilot tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishgajoylashtirish uchun ish o‘rinlari https://my.mehnat.uz/ web sayti orqali tayyorligito‘g‘risida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qo‘yiladigan isho‘rinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlariningamalda tayyor emasligi tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidantuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
5.Tuman hokimining muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam soninibelgilash bo‘yicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilishasossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilot va korxonalarning mansabdorshaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik belgilanishiqayd etilsin.
6.O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining“O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larihisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gibuyrug‘iga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-maydaro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3163) asosan ijtimoiy ehtiyojmand aholiqatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishgaqabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun
12 oy davomida har oyda bazaviyhisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida subsidiya ajratilishi tumankambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (keyingi o‘rinlardaKQ va BKB deb yuritiladi) boshlig‘i v.b (I.Rasulov) zimmasiga yuklatilsin.
7.Tuman KQ va BKB boshlig‘i v.b (I.Rasulov) mazkur qarorni o‘n kunmuddatda qarorning ilovasida ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlariga yetkazsin vaushbu qaror bajarilishi ustidan o‘z nazoratni ta’minlasin.
8.Mazkur qaror “UCHQUDUQ” gazetasida rasman e’lon qilinsin hamdahokimlikning rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
9.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchio‘rinbosari (D.Shakarov) zimmasiga yuklatilsin.
10.Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi
642-sonli Qonun talablariga asosanUchquduq tumani bo‘yicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydiganshaxslarni ishga joylashtirish uchun 2024-yilda band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari to‘g‘risida
MА’LUMOT
№ |
Zaxiralangan ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan korxona nomi |
Korxona tashkilot STIR (INN) |
Shtat birligi bo‘yicha xodimlarning o‘rtacha umumiy soni |
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtrish uchun ish o‘rinlarining eng kam soni |
Shundan |
|||||||
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari |
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar; “Mehribonlik uyi”ning bitiruvchilari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari |
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar |
nogironligi bo‘lgan shaxslar |
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar |
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar |
odam savdosidan jabrlanganlar |
Og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar |
|||||
1 |
NKMK AJ Shimoliy kon boshqarmasi |
308425864 |
7929 |
120 |
6 |
80 |
4 |
5 |
5 |
20 |
||
2 |
NKMK DM Uchquduq hududiy boshqarmasi |
308450922 |
1219 |
60 |
7 |
35 |
4 |
1 |
1 |
1 |
4 |
7 |
3 |
“Navoiyuran” davlat korxonasi Uchquduq ishlab chiqarish maydoni |
201204514 |
1150 |
50 |
5 |
30 |
4 |
3 |
3 |
5 |
||
4 |
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi |
200011108 |
35 |
1 |
1 |
|||||||
5 |
1-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206888468 |
33 |
1 |
1 |
|||||||
6 |
2-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206886770 |
21 |
1 |
1 |
|||||||
7 |
3-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
200011123 |
106 |
5 |
1 |
2 |
1 |
1 |
||||
8 |
4-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
203481297 |
44 |
1 |
2 |
|||||||
9 |
6-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206888357 |
31 |
2 |
1 |
|||||||
10 |
7-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
203168566 |
126 |
6 |
4 |
2 |
||||||
11 |
9-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
203583716 |
76 |
4 |
3 |
1 |
||||||
12 |
10-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
203491103 |
119 |
8 |
1 |
2 |
1 |
2 |
2 |
|||
13 |
11-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206888372 |
35 |
1 |
1 |
|||||||
14 |
13-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206886763 |
50 |
1 |
1 |
|||||||
15 |
15-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206888436 |
27 |
1 |
1 |
|||||||
16 |
18-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
203686033 |
106 |
5 |
1 |
3 |
1 |
|||||
17 |
20-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi |
206916653 |
128 |
6 |
4 |
1 |
1 |
|||||
18 |
10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi |
200011029 |
70 |
2 |
2 |
|||||||
19 |
Barkamol avlod bolalar maktabi |
207108605 |
56 |
2 |
1 |
1 |
||||||
20 |
Uchquduq tuman sport maktabi |
207231192 |
30 |
1 |
1 |
|||||||
21 |
1-sonli “Kaptarcha” DMTT |
207015319 |
56 |
3 |
2 |
1 |
||||||
22 |
2-sonli “Quyoshjon” DMTT |
207015302 |
91 |
4 |
2 |
1 |
1 |
|||||
23 |
5-sonli “Yulduzcha” DMTT |
207314627 |
54 |
1 |
1 |
|||||||
24 |
8-sonli “Quyoncha” DMTT |
305517371 |
20 |
1 |
1 |
|||||||
25 |
10-sonli “Baxtli bolalik” DMTT |
306116499 |
43 |
2 |
2 |
|||||||
26 |
11-sonli Kelajak yulduzlari DMTT |
306579872 |
44 |
1 |
1 |
|||||||
27 |
13-sonli “Laylakcha” DMTT |
207314642 |
64 |
3 |
2 |
1 |
||||||
28 |
14-sonli ”Ertak” DMTT |
207314659 |
70 |
2 |
2 |
|||||||
29 |
15-sonli “Kamalak” DMTT |
207314666 |
48 |
2 |
1 |
1 |
||||||
30 |
Uchquduq tuman “Issiqlik manbai” DUK |
307122468 |
273 |
5 |
2 |
2 |
1 |
|||||
31 |
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi |
200010994 |
648 |
17 |
2 |
5 |
1 |
2 |
2 |
1 |
4 |
|
32 |
Uchquduq tuman SEO va JS |
200010970 |
32 |
1 |
1 |
|||||||
33 |
Uchquduq tuman o‘rmon xo‘jaligi |
200011004 |
43 |
2 |
1 |
1 |
||||||
34 |
Uchquduq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi |
200011280 |
123 |
8 |
2 |
2 |
4 |
|||||
35 |
Uchquduq tuman sanoat texnikumi |
207139314 |
66 |
3 |
3 |
|||||||
36 |
Uchquduq tuman axborot-kutubxona markazi |
306700058 |
24 |
1 |
1 |
|||||||
37 |
Uchquduq tuman obodonlashtirish boshqarmasi |
206908433 |
160 |
11 |
1 |
2 |
3 |
3 |
2 |
|||
38 |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK Uchquduq tuman temir yo‘l masofasi |
204837681 |
700 |
11 |
2 |
2 |
3 |
3 |
1 |
|||
Jami |
14248 |
356 |
28 |
201 |
22 |
16 |
7 |
21 |
8 |
53 |
*Izoh: Kvotalangan ish o‘rinlariga tuman sektor rahbarlari, hokim yordamchilari hamda oila va xotin qizlar bo‘limining tavsiyasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin.
Ауыл әйелдерінің бүкіләлемдік күнін атап өту идеясы 1995 жылы Бейжіңде өткен Біріккен Ұлттар Ұйымының 4-ші әйелдер конференциясында ұсынылды және сол жылдан бастап атап өтіледі.
Ауыл әйелдері жер шары тұрғындарының төрттен бір бөлігінің астамын құрайды. Олардың азық-түлік өнімдерін өндіруде, ауылдық жерлердің тұрақты дамуында рөлі жоғары. Олар көп жағдайда өздерінің жерге деген құқықтарын қорғай алмайды, медициналық қызмет, несиелер және білім сынды өмірлік маңызды қызметтерге қол жеткізу мүмкіндіктері жоқ. Әлемде ауылдық жерлерде тұратын 500 миллион әйел кедейшілікте өмір сүреді. Олардың қоғамға салып жатқан өмірлік үлестері көптеген елдерде елеусіз қалып келеді.
Жыл сайын 15 қазан күні атап өтілетін Ауыл әйелдерінің бүкіләлемдік күні ауыл әйелдеріне шексіз қарыздар екендігімізді және олардың еңбектері қажетті екендігін қоғамның есіне салуға үндейді.
Әйелдерқауымыбарлықсаладабелсенді. Ел дамуында өзіндікқолтаңбасынайшықтап, жақсынәтижелергеқолжеткізіпкеледі. Әсіресеауыләйелдерікәсіпашып, барлықсаланыңкөсегесінкөгертіпжүр. ҚазірҮшқұдық ауданындағы ауылдардыңжағдайыжақсы. Жұмысістеймін, кәсіпашып, ісіндөңгелетемдегендерге қолдау бар.
Жәмила Жаманшаева – бір отбасының жұмысын дөңгелетіп отырған іскер келіншек. Таң ата салысымен мал қораға асығатын ол күніне бірнеше сиыр сауады. Төрт түліктің тілін тауып, ауыл тірлігін үйіріп әкетуді енесі үйреткен. Шалқар ауылы Бірлік көшесі 31 үйде тұратын жәмила 3 перзенттің анасы. Қазіргі күнде зейнеткер, төрт немеренің әжесі. Кейіпкеріміз малға жемшөп беріп, қой бағатын көмекшілері перзенттері мен немерелері бар екенін айтады. Ал өзінің міндеті – сиыр сауу. Күнделікті үй тірлігімен айналыстын Жәмила Жаманшаева нан пісіру мен егіске қарауды да әдетке айналдырған. Бүгінде төрт түліктің тілін түсінетін ол қазіргі өмірі өзіне ұнайтынын айтады. Тіпті, қорадағы мал ауырып қалса, қажетті ем-дом жасай береді екен.
Сырмақ сыру, құрақ құрап, ою ойып, текеметке түр салу, орамалдың шетін кестелеп, жабуға тор тоқу — мұның барлығы аналар мектебінің тәлімі мен тәжірибесі арқылы кешеден бүгінге жеткен өнер түрлері. Жас қыздар аналарының жанында жүріп, инесін сабақтап отырып-ақ біраз жәйтті көкейлеріне түйген. Солардың бірі — Инабат Айдарқызы. Үш баланың аяулы анасы Инабат Санақұлова Шалқар ауылы Бірлік көшесі 57 үйде жасайды. Зейнеткер апамыз қолөнерден бөлек дүкен ашып, кәсіпкерлікпен айналысуға сол арқылы отбасын қосымша табыспен қамтамасыз етуде. Оның тікен оюлы, құрақ көрпеше-жастықтары көздің жауын алады. Бос уақытында Ианабат Айдарқызы қой жүнін сабап, ұршық иірумен айналысады. Көпке үлгі, отбасының ұйытқысы бола білген Инабат Санақұлова Шалқар ауылдық азаматтар жиынындағы қоғамдық жұмыстарға белсене қатысады.
Тағы бір кейіпкеріміз Әсем Сыбаева өз анасынан тор тоқу, қыздарына қонымды етіп көйлек пішу, құрақ құрап, сырмақ сырғанын көріп өсті. Үйдегі қыздардың үлкені болған соң, жастайынан бауырларына бас-көз, анасына қолғанат болды. Шалқар ауылы Көркем көшесі 18үйде жасайтын Әсем Таспенбайқызы үш перзенттің анасы. “Әйелдер дәптеріне” енген Әсем Сыбаеваға жуырда субсидия қаражатына тігін машинасы және мата торлауға арналған торлағыш машина – оверлок алып берілді. Қазіргі күнде тапсырыс арқылы киім-кешек пен тұрмыстық бұйымдар тоқып, тігетін от отбасына қосымша қаржы кіріуіне өз үлесін қосуда.
Гулдана НАРИНБЕТОВА
Жиноят ишлари бўйича Зарафшон шаҳар судининг очиқ суд мажлиси биносида 1994 йилда Самарқанд вилояти, Пахтачи туманида туғилган ва Марказий кон бошқармасининг 7-гидрометаллургия заводида гидрометаллург-аппатарчи вазифасида ишлаган шахсга оид жиноят иши кўриб чиқилди.
Инсон ўзининг ақл-заковати билан ҳаётга онгли муносабатда қараб, ҳалол меҳнат қилиб, оиласининг моддий таъминотини таъминлаб, эҳтиёжларини қондирса, аста-секин ишлари бароридан келиб, унга бир умр ҳузур-ҳаловат, хотиржамлик йўлдош бўлади. Аксинча, қинғир йўл билан мўмай даромад топиш илинжида нафс балосига гирифтор бўлганларнинг охири вой бўлишини ҳаётда кўп бора гувоҳи бўлганмиз.
Афсуски, шоли курмаксиз бўлмаганидек, Марказий кон бошқармаси жамоаси орасида ҳам охирини ўйламай иш тутадиганлар баъзида учраб, нафақат ўзи ва оиласи балки корхонаси номига ҳам қора доғ туширмоқда.
Жорий йилнинг 21 август санасида жиноят ишлари бўйича Зарафшон шаҳар суди раиси Д.Хонбўтаева рислигида Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 25, 169-моддаси 4-қисмининг “а” банди билан айбдор, деб топилган шахсга нисбатан кўриб чиқилган жиноят иши мени узоқ ўйга чўмдирди. Очиғи, касбимдан қатъий назар, аввало оила бекаси, она бўлганлигим учун бир онаизорнинг фарзанди қилмиши олдида изза бўлиб ўтирганига ачиндим.
Аёлнинг нозик қўллари дир-дир титрарди. Ҳа, у ҳам фарзандининг тилларидан пушаймонлик, афсус ноласини эмас, бахтидан хурсанд бўлишини чин кўнгилдан кутган бўлса ажабмас. Аслида она учун қаерда бўлса ҳам фарзанди тинч яшаса, соғ-саломат бўлса бас. Пешонаси қора терга ботиб кетган отага қарайман. Унинг ҳам нигоҳи бир нуқтага қараган, гўё фарзандининг тарбиясида қаерда адашдим деган ўй-хаёлларга берилгандек эди.
Оила бошлиғи оддий ишчи бўлиб оиласига ҳалол луқма едиргани, она эса ҳеч бир давлат ишига жойлаша олмай, шу даврга қадар ҳеч қаерда ишламагани учун ўғли комбинат тизимига ишга қабул қилинганида бу оиланинг хурсандчилиги чексиз бўлгани айни ҳақиқат. Келин тушуриб, эндигина невара кўрган онахон агар боласи қамалиб қолса, неварасига отаси қаердалигини қандай тушунтирар экан. Фарзандининг илк қадам ташлаши-ю, чучук тилчасида “дада” дейишини қаерларда эшитар экан бу йигит. Ҳар куни ишдан келишига тансиқ таомлар тайёрлаб кутиб турадиган рафиқаси-чи, қанча муддат ёлғизликда яшар экан, унинг тақдиричи?. Одамларнинг гап-сўзига нима деб жавоб берар экан?!. Зарафшонга тилла заводига ўғлим ишга жойлашди, деб қувониб юрган отанинг аҳволи не кечади, қўни-қўшни, қариндош-уруғ олдида боши эгилиб қолмайдими? Шу хаёллар билан ўтирар эканман, судь раисининг ўқиб-эшиттирган ҳукми диққатимни тортди: Юқоридагиларга асосан, Ўзбекистон Республикаси ЖПКнинг 454,457,463, 465...моддаларига мувофиқ суд ҳукм қилади.
Ҳа, ҳукм ўқилди. Судланувчига нисбатан 4 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди. Мен эса барчани огоҳликка чорлаш мақсадида мақола тайёрлаш учун масъуллар қўлидан бир даста қоғозларни олдим. Воқеа асли қандай бўлганлиги аниқ исбот ва далиллар билан келтирилган суд ҳукми билан танишдим.
2023 йилнинг 18 март куни 7-гидрометаллургия заводи “Десорбция, электролиз ва кўмирни қайта тиклаш” бўлими гидрометаллург-аппаратчиси анализ ванналарининг биринчисидан таркибида олтин бўлган қумни яъни 1 кг 800 грамм бўлган ярим тайёр маҳсулотни целофан пакетига солиб, яширин равишда газ ниқоби қопи орасида олиб чиқаётган вақтида завод ҳудудида ашёвий далиллар билан қимматбаҳо металларни сақлаш ва тартибот бюроси назоратчиси томонидан қўлга олинади. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирлиги ҳузуридаги Х.Сулаймонова номидаги республика суд экспертиза марказининг хулосасига кўра, ушбу қумнинг таркибида 24,2 грамм кумуш ва 596,3 грамм олтин борлиги аниқланган. Шундай қилиб, аппаратчи “шоввоз”нинг жами 422 миллион 893минг 124 сўмлик қум зарраларини яширин равишда талон-тарож қилганлиги аниқланган.
Хуллас, ўзича завод ҳудудидан қум зарраларини олиб чиқишнинг “янги формаси”ни ўйлаб топдим, деб ўйлаган шахснинг қувончи узоққа чўзилмаган. Бугун техника ва технология ривожланган даврда ҳар бир ҳаракат видео кузатув остига олингани, биридан яширинса, иккинчисининг тасвирига тушиб қолишини, қинғир ишда ҳеч қачон дўст топилмаслигини унутган “шоввоз” нинг қилган иши шармандалик билан якун топди.
Инсонга берилган ҳаётнинг ўзи Яратганнинг улуғ инъомидир.
Баъзи кимсаларнинг жиноят кўчасига кириб кетишларига сабаб юртимиз тинчлигининг, фаровон турмушимизнинг, соғлиқ ва ҳаёт аталмиш саодатнинг, фарзанд ва оила бахтининг қадрига етмаётганликларидир балки. Энг ачинарлиси, мустақил ҳаётга энди кириб келаётган, ўткинчи хаёлларга берилиб тезда бойиб кетишни орзу қилаётган аппаратчи йигит каби ҳуқуқий маданияти паст даражада, ўзи ва ўзгалар ҳуқуқларини билмасликлари туфайли жиноятчига айланиб қолаётганларнинг ҳам борлигидир.
Нафосат ЗИЁЕВА, журналист.
Кичик Томаснинг ўқитувчиси унинг уқувсиз ва эпсизлигидан келажакда ҳеч ким бўлмаслигига шамъа қилиб унинг онасига ёзган мактуби ҳақида кўпчилигимиз ўқиганмиз. Гарчи, таълимни мактабда эмас уйида онасидан олган бўлса-да, Томас Эдисон чироқни ихтиро қилган олим сифатида башарият тарихида қолди.
Имом Бухорий,Заҳириддин Муҳаммад Бобур, Чингиз Айтматов, Ўткир Хошимов, шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари каби барча даҳоларга тегишли бир сабаб боисидан улар улуғлик мақомига етганлар. Бу - оналик маърифати! Жамият маънавий-маърифий жиҳатдан бой оналарнинг ҳиссалари ортидан бой бўлади, гуллайди, фаровонликка эришади. Ҳикоямиз қаҳрамони, кўп йиллардан бери транспорт соҳасида фаолият юритаётган Камолиддин Эргашевнинг ҳам бугуни аслида олис болаликда, маърифатли онанинг қатъий тарбияси асосида шаклланган.
1979 йилда Нурота туманида туғилган Камолиддиннинг болалиги азим тоғлар ва бепоён кенгликлар бағридаги Қизилчада ўтди. Салобатли қирлар елкаларида унинг шўхликларию эркаликларини кўтарди. Барча бахтли болалар каби бобо-бувининг меҳри панд-насиҳатларидан чанқоғини қондириб ўсди. Айниқса, Эргаш бобонинг ўгитларини эшитиш мароқли эди! Болалигида бобоси уни меҳнатсеварлик одамларга яхшилик қилишга чорловчи ҳикматлар билан обдон сийлади.
Тақдир шамоли отасининг меҳнат фаолиятига боғлиқ сабаб билан уларни Учқудуққа олиб келганида, у олти ярим, етти ёшлардаги болакай эди. Муаззам тоғлар ва адоғи кўринмас қирлар теграсида ўсган Камолиддин яйдоқ чўл ва жуда кам сонли ўзбеклар истиқомат қиладиган Учқудуққа зийрак ва синчков характери боис ҳам тез мослашди. Фурсат ўтмай ўзи тенги олтинсоч болалар билан ўртоқ бўлишга уларнинг тилида гаплашишга ҳам улгурди. Мактаб ва сабоқлар масъулиятини ҳис этди, бунда онаси Гулбуви холанинг ўрни беқиёс. Отаси саноат ва ишлаб чиқариш соҳасида меҳнат қилаётган икки ўғил ва икки қиз вояга етаётган оилада болаларнинг таълим ва тарбиясидек машаққатли ва ўта масъулиятли вазифа онанинг елкасида эди. Онаси фарзандларининг тарбиясида ҳар бирига алоҳида эътибор қаратар, уларнинг таълими бўйича қатъий жадвал шакллантирилганди. Болаларнинг барчаси меҳнатга, уй ишлари ва тозаликка бирдек масъул эдилар. Камолиддин ана шундай масъулиятли, дилбандлари келажагига лоқайд бўлмаган маърифатли она тарбиясини олди шаклланди. Мактабни битирмаёқ, келажакдаги касбини танлади. Ўзининг қатъий фикрига эга бўлиб улғайди.
2001 йилда Тошкент автомобил йўллари институтини “Транспорт воситаларини ишлатиш” мутахассислиги бўйича тамомлаб, яна қадрдон Учқудуққа қайтди. Техник ва технологик билимлари билан республика иқтисодиётига хисса қўшиш учун Навоий КМК Шимолий кон бошқармасига ишга кирди. 2001 йилдан ҳозирги кунга қадар 1-сонли Автокорхона ходими, 2-сонли колонна бошлиғи ўринбосари ва бошлиғи, 1-сонли Автокорхона бошлиғи, Автомобил транспорти бошқармаси бошлиғи вазифаларида самарали фаолият кўрсатди. Айни кунларда ШКБ транспорт бўлими бошлиғи лавозимида ишлайди.
Камолиддин Холбоевич янгиликка интилувчан мутахассис. У йиллар давомида анъанага айланиб қолган эски тизимни босқичма-босқич янгилашга интилар, шиддат билан ўтаётган вақт замонавий техникалар даври бошланганини таъкидлаб шошаётганини қалбан ҳис этарди. 1-сонли Автокорхона бошлиғи этиб тайинланиши унга бунёдкорлик ишларига эътибор қаратишга имкон берди. Аввало, корхона кириш қисмида ташкилот фаолиятини ифодоловчи рамзий символ ўрнатилди. Атрофидаги бир неча йиллар давомида яйдоқ ҳолатда турган бўш ерлар ободонлаштирилди. Муҳандис ва ишчи-ходимларнинг бўш вақтларида соғлом турмуш тарзига амал қилишлари ва спорт билан шуғулланишлари учун бўлинма ҳудудида футбол майдончаси ва спорт зали ташкил қилинди. Қувонарлиси, спорт зал учун бўлинманинг ертўла қисмидан унумли фойдаланилгани бўлди! Бу ерда ходимлар спортнинг тош кўтариш, воллейбол, стол тенниси, шахмат каби турлари билан шуғулланадилар. Ўйиндан завқ олиб эртанги кун режалари билан ўртоқлашадилар.
Камолиддин Эргашевнинг замон билан ҳамнафас раҳбар экани ярим аср яшаган корхонанинг моддий-техник базаси мутлақ янгиланганида айниқса, намоён бўлди. ШКБ ишчи-ходимларини саноат майдонлари ва турли ҳудудларга ташувчи автомобиллар янгиланди, замонавий юк кўтариш механизмлари келтирилди. “Шарқий” ва “Даугизтау” конлари ҳудудларида участкалар ташкил этилиб, ерлар ободонлаштирилди. Турфа гуллар парваришланиб, ажойиб пейзаж яралди!
Бундан ташқари, республикамизнинг тарихий шаҳарларига, қадимий ва муқаддас зиёратгоҳларига саёҳатлар давомида ходимларга қулай ва шинам бўлиши учун 40 ўринли автобуслар келтирилди.
1960 йилда қурилган бирор марта таъмирланмаган бинода жойлашганфойдаланиш бўлими биноси мутлақ янгидан қурилди. Замонавий кўриниш касб этган янги бинода мебель жиҳозлари оргтехникалар янгисига алмаштирилди. Авваллари қоғозлар қалашиб турадиган столларда бугун сўнгги русумдаги компьютер жамланмалари қўйилган. Тўлиқ рақамлаштириш технологияси жорий этилган. Бажарилган ана шундай эзгу ишлар самарасидан кексайиб қолган Автокорхона яшаргандек гўё!
Бунёдкорлик руҳи билан суғорилган эзгу ишлар ортида одамларга яхшилик улашишдек савобли мақсадлар бор, албатта. Бу мақсадлар транспорт соҳасининг ўта мулоҳазали мутахассиси Камолиддин Эргашевнинг кундалик ўй-режаларида ёзилмаган қонундек сақланади, уни янгиликлар яратишга ундайди.
Ён дафтарим бор. Бирор нимадан таъсирлансам, янгича файласуфона фикрлар туғилса тиркаб қўяман. Мен юқорида бир инсоннинг жамиятда ўз ўрнини топиб, шахс сифатида камолотга етишида, эл ичра ҳурмат қозонишида “Она”, деб аталмиш улуғ зотнинг ҳиссаси нақадар беадоқ эканини айтиб ўтдим. Райҳон Қодированинг “Учқудуқ – Қизилқум жавоҳири” номли китоб-албомини варақларканман, Камолиддин Эргашевга ва у бошқарган ташкилотга таъриф сифатида “Жасорат майдони” (Арена мужства) дея изоҳ қолдирилганини ўқидиму ён дафтаримнинг бир четига янги фалсафа қўшиб қўйдим: “Жасур ўғлонларни жасоратли оналар дунёга келтирадилар...”
Бугун, Камолиддин Эргашевнинг оиласида онаси Гулбуви Эргашевадек жамиятнинг бўлажак тарбияловчилари – маънавиятли-маърифатли қизлар вояга етишмоқда. Камолиддин Холбоевич дилбандларидан бирининг сўзида, бирининг кўзларида онасини кўраркан, исмига монанд тарзда янги-янги мақсадлар сари, замон билан ҳамнафас тарзда юксалишда давом этаверади.
Нилуфар Муйдинова,
Шимолий кон бошқармаси мутахассиси.
Yoshlar tarbiyasida o‘zbek milliy qadriyatlarining tutgan o‘rnini oshirish, mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lgan, bebaho, asl qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida Uchquduq sanoat texnikumida “Milliy qadriyatlar kuni” o‘tkazildi. Xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf—odat va an’analari, qo‘shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruxi, ota—bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari bugungi tadbirda yana bir bor targ‘ib qilindi. Bugungi tadbirda milliy anʼanalarni oʻzida mujassam etgan milliy kiyimlar, milliy taomlari va qadim-qadimdan bizgacha yetib kelayotgan arqon tortish, tosh koʻtarish kabi milliy oʻyinlarimiz oʻynaldi. Shuningdek o‘zbek milliy laparlari kuylalanib, qozonlarda milliy taomimiz boʻlmish osh damlandi.
Hozirda mamlakatimizda 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tiliga va konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat ko’rsatmoqda. “Milliy qadriyatlar kuni” tadbiri ham turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazmalari, bir tomondan ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi – O’zbekiston fuqarosi ekanligini namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizning o’rni beqiyos, ularni asrab-avaylab, amal qilib yashash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi tadbir ham o‘quvchi-yoshlarni yurt tarixi, milliy anʼana va qadriyatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda keng targ‘ib qilish bilan birga ularda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy-maʼnaviy bilimlarini yanada oshirish, vatanparvarlik, ona Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Юртимизда сўнгги йилларда асосан куз-қиш мавсуми бошланиши билан махсус кийим-бошдаги шахслар ўзларини давлат ёнғин назорати органи ходими сифатида таништириб, фуқаролардан «йиллик тўлов» қабилида турли миқдордаги пул маблағларини мажбурий тарзда йиғиш ҳолатлари кузатилмоқда.
Юқорида айтиб ўтилган шахсларнинг ФВВ давлат ёнғин назорати органи фаолиятига ҳеч қандай алоқаси йўқ. Ёнғин ва унинг олдини олиш билан боғлиқ тадбирлар учун ФВВ тизими ходимлари томонидан ҳеч қандай пул йиғимлари ва бошқа турдаги тўловлар ундирилмайди.
Ҳозирда Ўзбекистоннинг турли ҳудудларида фавқулодда вазиятлар, ёнғинларнинг олдини олишга қаратилган тадбиркорлик субъектлари фаолият юритади. Уларнинг асосий мақсади аҳолининг кенг табақаларини ёнғиннинг олдини олиш ва унга қарши курашиш тадбирларини ўтказишда фаол қатнашишга жалб қилиш йўли билан давлатни халқ хўжалиги, саноат–ишлаб чиқариш, маиший хизмат кўрсатиш секторлари ва аҳоли турар жойларида ёнғин хавфсизлигини таъминлашга ёрдам бериб, ёнғинни олдини олишда кенг қамровли профилактик тадбирларни амалга ошириш ҳамда аҳолига хизмат кўрсатиш яъни, мўриларни тозалаш эвазига пул маблағи олиши мумкинлиги белгиланган.
Шу муносабат билан Сиздан бу борада қуйидагиларга эътибор қаратишингизни сўраймиз:
- хонадонга келиб, ўзини ФВВнинг қуйи тизимларига ўхшаш ташкилотлар номлари билан таништирган шахслардан, биринчи навбатда, ўз шахсини тасдиқловчи ҳужжатини тақдим этишини сўраш;
- уларнинг фаолият тури ҳамда қандай хизматлар кўрсатиши ва ишларни бажаришига аниқлик киритиш;
- улар томонидан таклиф қилинадиган хизматларни бажариш фақат фуқаронинг розилиги асосида амалга оширилиши мумкинлигини унутмаслик.
Агар хизмат кўрсатмасдан ёки фавқулодда вазиятлардан муҳофаза қилиш юзасидан бирор ишларни бажармасдан, мажбурий тартибда тўлов талаб қилинса, ўз ҳуқуқларингизни ҳимоя қилиш учун ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат этишингиз мумкин.
ШКБ ОЁХТТЭБ ходими
И.И.Собиров
Қариндошга қиз берманг!
Онамнинг исми Руқия эди. Маҳаллада Руқия янга, дея ҳурмат билан тилга олишарди. Отам раҳматли саккиз ўғил-қизни ўқитувчилик яна боғдорчиликнинг орқасидан ҳалол ризқ бериб боқди. Асли касби биология фани ўқитувчиси эмасми турли вилоятлардан келтирилган кўчатларни парваришлар, камига дарахтларни бир-бирига чатиштириб, янги – янги мевалар кашф қиларди.
Ҳар якшанба тонгда кўк рангли “Жигули” юкхонасига сарҳил меваларни тўлдириб, халқ тилида “критий бозор” деб аталадиган ёпиқ бозорга борардик. У пайтларда ҳовли этагигача пахтазор бўлганидан кўпчилик кафтдекгина томорқасидан орттириб бозорга мева-чева олиб чиқолмасди. Машинамиз юкхонасини бирпасда бўшатиб, кабобхўрлик қилиб кейин уйга қайтардик.
Биз яшаб турган ҳудуд ота-онам томонидан чўлдан ўзлаштирилган бўлиб, ер майдонимиз жуда катта эди. Саккиз ака-ука томорқадаги полиз ва сабзавот маҳсулотларини парвариши билан шуғулланардик. Айниқса, боғимизни айтмайсизми?! Меҳмонга келган бор-ки, соатлаб айланиб ҳам чиққиси келмасди, бу ердан. Отам сурхондарёлик курсдош дўстиникидан олиб келган ширин гилос, хурмо, наманганлик ҳамкасбидан олган писта-бодом кўчатлари нафақат қишлоғимизда балки Бухоро вилоятида ҳам камдан-кам учрарди. Хуллас, жуда ёшлигимдан боғдорчиликнинг машаққатини кўриб улғайдим.
Ана шундай машаққатли меҳнат орқасидан жуда яхши яшардик. Уйимиз дабдабали бўлмаса-да, ўша даврнинг мезонлари билан ўлчаб айтадиган бўлсак, қўша-қўша айвонли уйларимиз бўлгучи эди. Ҳаммамиз ҳам олий маълумотли бўлдик, ҳунар ҳам эгалладик.
Амаким билан девормаён қўшни турардик. Гуласал янгам касалманд бўлгани учун уйига кунда-кунора бориб қарашиб турардим. Тўрт ўғли бўлгани билан супур-сидирига доим мен асқатардим. Ҳали университетнинг 4 курсидаёқ, мени амакимнинг ўғлига узатишди. Оғзимни тўлдириб ака деганимга никоҳ ўқилган кун менга бахт кечаси эмас, бахтсизлик кечаси бўлди.
Тўй куни юрагим музлади, ариққа кулча ташласам югуриб олиб келиб берадиган, мактабда ўғил болаларнинг қарашидан ҳам ҳимоя қилиб, тергаб юрадиган Элбек акам куёвлик чопонини кийиб ёнимда турганида катталар хатосини англадим. Гуласал янгам: “Мени энди янга дема, ойижон ё аяжон, дегин. Эрни ака деб бўлмайди”, деган пайт юрагим қинидан чиққудек уриб, бўғзимга нимадир қадалди. Авваллари бу хонадонга келиб юрганимда: “Кўзи мунчоғим”, деб эркалайдиган қайнота бўлмиш амаким ҳам энди совуққина қилиб: “келин” деб чақирарди.
Ҳаёт экан, йўқ ҳаёт эмас чоҳ экан! Тушиб кетдим. Зорлансам ҳам қўл узатадиган одам йўқ. Бир гал хафа бўлиб борсам онам: “Ўша уйдан ўлигинг чиқса ҳам аразлаб келмайсан. Ахир, отангни укаси билан ораси бузилади”, деб ҳаЙдаб солди. Уйга борсам қайнонам: “Ўзингники ўзагингни узади. Битта бегонани келин қилиб, қайноналик қилсам бўлмасмиди”, дея ҳоли-жонимга қўймайди.
Хуллас, шундай дилсиёҳликлар билан фарзандим дунёга келди. Қиз экан, ҳаётимга мазмун файз киргандек бўлди. Чақалоғим ювошгина экан бешикка эрталаб боғласам, куни билан миқ этмай ухлайди, деб чопқиллаб юмушимни қилиб юраверибман. Ёшига етганда билдикки, болам гунг, соқов экан. Орадан уч йил ўтиб туққан иккинчи болам ҳам юрагида нуқсон билан туғилди. Таъна, дашномлар юрагимни қиймалаб турган паллада уни ерга бердик. Уч ойгина яшади, холос. Ҳар куни жанжал ва ур-сурлардан чарчадим.
Турмушга чиқиб, бир йил яшамай ажрашган синфдош дугонам Ситорани яширинча никоҳига олган эрим уйга келмай қўйди.
Мустақилликнинг илк оғир йиллари. Баъзилар ишлаш учун хорижга чиқиб кетиб, кўпчилиги ўша юртларда қолиб кетишган. Бир куни оиласи билан хорижда ишлайдиган синфдош дугонам беш йилда юртга қайтгани учун меҳмонга чақирди. Оиласига, меҳрибон эрига, болаларига бахтига ҳавасим келди. Мени ҳам олиб кет, чарчадим, деб зорландим.
Зебу зийнатларимни сотиб, беш ёшли тилсиз боламни бағримга босиб хорижга кетдим. Ота-онамга ҳам келинлик уйимдагиларга ҳам айтмадим. Аслида у хонадонда менинг ўрним ҳам керагим ҳам йўқ эди. Эрим ичиб келиб: “Уйни бўшат Ситор билан яшайман”, деб калтаклаган кунлар жонимдан ўтганди.
Қизимни дарди бедаво бўлса ҳам ўзига ўхшаган тенгдошлари билан махсус мактабда ўқиди, ҳунар ўрганди. Секин-аста ҳаётим изга тушди.
Отам оламдан ўтди, бордик. Топган пулимдан онамга жўнатиб тураман. Ҳар йили Мустақиллик, Наврўз байрамларида кўнглим ўксийди, Ўзбекистонга боргим келади. Одамларни соғинаман. Ҳайит арафасида қўшинисига ош, ширинлик илинадиган одамларимизни, қадриятларимизни соғинаман. Отам боғида парваришланган ширин гилос, хурмою писта-бодомларни соғинаман! Бу ерда ҳам бор улар. Лекин отам қўли теккан, онам меҳридан бўз чўзган, акам парваришидан ғиж-ғиж ҳосил туккан меваларнинг таъми барибир бошқача!
Умр йўлларимни газета саҳифаларига олиб чиқишдан мақсадим қариндошга қиз берманглар, дегим келади. Ўз холаси ёки аммасига, тоғаси ёки амакисига келин бўлган қизлар мендек бахтсиз бўлмасин. Ер юзида менинг болам каби ногирон болалар кўпаймасин.
30 йилдирки қизим тилидан: “Она”, деган сўзни эшитишни орзу қиламан. Истагим ҳеч қачон рўё бўлмасада умид қилишдан бир зум тўхтаганим йўқ. Фарзанднинг “Она”, деган бир оғир сўзини эшитиш нафақар улуғ бахт эканини сиз мендан сўранг!?.
Райҳон ҚОДИРОВА
“НКМК” АЖда инсон ҳаёти, соғлиги билан боғлиқ бўлган меҳнат муҳофазаси ва хавфсизлик техникасини таъминлаш муҳим аҳамият касб этади.
Комбинат ишчи-ходимларининг меҳнат муҳофазаси ва хавфсизлик техникаси талабларига риоя қилишдаги масъулиятини ошириш, бўлинма ва корхоналар жамоаларида меҳнат муҳофазаси муҳитини яхшилаш ҳамда ишлаб чиқаришда юзага келиши мумкин бўлган бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш мақсадида тизимли ишлар олиб борилмоқда.
Хусусан, жорий йилнинг март ойидан бошлаб комбинат бўлинмаларида ҳар чорак якуни бўйича бу борада юқори натижага эришган ҳамда белгиланган ишлаб чиқариш режаларини 100 фоиздан кам бўлмаган миқдорда бажарган меҳнат жамоаларини рағбатлантириш тартиби йўлга қўйилди. Ушбу тартибга мувофиқ, “НКМК” АЖ Меҳнат муҳофазаси ва хавфсизлик техникаси бош бошқармасининг тавсияси асосида энг намунали меҳнат жамоаларини 11 та номинация бўйича мукофотлаш амалга оширилмоқда.
Яқинда 2023-йилнинг 3-чораги якунлари бўйича натижалар эълон қилинди. Унга кўра, энг юқори натижаларни кўрсатган Шимолий кон бошқармасига қарашли “Шарқий” кони бурғилаш ускунаси бригадасида меҳнат фаолиятини олиб бораётган ишчи-ходимлар рағбатлантиришга лойиқ топилди.
Бундан асосий мақсад иш жойида меҳнат муҳофазаси ва хавфсизлик техникасининг муҳим талабларига риоя қилиш, ишлаб чиқаришда юзага келиши мумкин бўлган бахтсиз ҳодисалар олди олинишини таъминлашга қаратилган.
Суратда: “Шарқий” кони бурғилаш ускунаси бригадаси.