LOTIN-КИРИЛЛ

Hisobot yig'ilishida muhim savollarga javoblar olindi

   2024-yilning 25- yanvar kuni Uchquduq tuman 18-maktabning faollar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchquduq tuman bo‘linmasi kengashi hamda Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan 2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa kelishuvining 2023- yilgi ijrosi bo‘yicha hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi . Yig‘ilishda MMTB mudiri J.Xalilov, Uchquduq tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Rustamova Dildora Botirovna , O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchquduq tuman bo‘linmasi kengashi raisi G.Qurbonova ,umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari, barcha boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mita raislari va kadrlar ishtirok etdilar. Kun tartibida 1. Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchquduq tuman bo‘linmasi kengashi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa kelishuvining 2023 yildagi ijrosi yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchquduq tuman bo‘linmasi kengashining hisobotlari to‘g‘risida. 2. Jamoa kelishuvining 2023- yildagi ijrosi yuzasidan dalolatnoma-ma’lumotnomani tasdiqlash to‘g‘risida. 3. Ta’lim muassasalarida mehnat muhofazasi va jamoat xavfsizligi to‘g‘risida. 4. Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uchquduq tuman bo‘linmasi kengashi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa kelishuvini tuzish haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

   Yig‘ilishda Uchquduq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig'i Rustamova Dildora Botirovna so‘zga chiqib ta’lim muassasalarida ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish bo‘yicha ish beruvchilarga tavsiyalari hamda ishchi-xodimlarga ta’tillarni berilishi tartibi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Jumladan, yangi tahriridagi mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil etishi, bundan tashqari jamoa shartnomasi va kelishuvlari, shuningdek, ichki hujjatlar va mehnat shartnomasi bilan ko‘paytirilgan muddatlar belgilanishi mumkin ekanligi, mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan yoki bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga qo‘shimcha ta’tillar berilishi, xususan, bir tashkilotda ishlagan har 5 yil uchun xodim ta’tiliga 2 kalendar kun qo‘shilishi, ammo qo‘shiladigan kunlar soni 8 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emasligi alohida ta’kidlandi.

         Kun tartibidagi masalalar yakunlanib, savol-javoblar, fikr va mulohazalar bildirilib, yig‘ilish ishtirokchilariga savollar bo‘yicha batafsil javoblar berildi. Yig‘ilish qatnashchilari jamoa shartnomasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi .

O'qilgan: 313 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: