LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

18 Oct 2023

Ona tilida fikrlashga toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo‘lmasin, ona tili kamsitilishiga yo‘l qo’ymasin. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa, Onaizor, Vatan, millat har biri bittadan, Ona tili ham bitta. Agar o‘z xalqingiz orasida gungalak-soqov va yot bo‘lishni istamasangiz, ona tilini puxta o‘rganing. Boshingizga ko‘taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo‘la oladi, ammo faqat o‘z tilida bekamu-ko‘st bo‘lishi mumkin.

G‘aybulla as-Salom

 

   Bizga ma’lumki, til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

    Yuqori rivojlangan davlatlar darajasiga erishish va raqobatdosh bo‘lish uchun O‘zbekiston fuqarolari xalqaro tillarni bilishlari muhim, albatta. Chunki biz global rivojlanish tendensiyalaridan orqada qola olmaymiz, lekin shuni unutmaslik kerakki, o‘zbek tili dunyodagi barcha rasmiy tillar qatori suveren til maqomini olgan ekan, har bir O‘zbekiston fuqarosi davlat tilini bilishi zarur.

    Hech kim hech qachon o‘z ona tiliga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmasligi kerak. O‘z ona tiliga ega bo‘lmagan xalq mamlakat bo‘lolmaydi. Tilning egasi xalq, ammo xalqning bitta vakili loqayd bo‘lsa ham milliy til sofligiga putur yetadi. Shu sababli, bu ulkan hodisaning tub mohiyatini kelajak avlod ongiga singdirish, ona tiliga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yil sayin kengaytirish zarur.

    Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o’zlarining “Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch”asarida til haqida alohida to'xtalib, shunday fikrlarni bayon qiladi: “0'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatningruhidir” .

    Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. Lekin tilimiz sofligini saqlash borasida hali qiladigan ishlarimiz koʻp.

 “Davlat tili haqida”gi Qonunning 8-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi”,- deb belgilangan bo‘lsada, ayrim sohalardagi davlat idoralarida hujjatlarni davlat tilida qabul qilish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, Qonunning 20-moddasida lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin deb belgilangan bo‘lsada, mazkur qoidaga har doim ham amal qilinmayapti.

Xususan, ayrim savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohalari tomonidan bevosita yoki internet tarmoqlari orqali berilgan lavhalar va e’lonlarda davlat tili talablariga rioya qilmaslik holatlarini kuzatish mumkin.

Mazkur sohada xorij tajribasiga to’xtalar ekanmiz, “Ozarbayjon Respublikasida davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunda Ozarbayjon Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilishga majburligi, ozarbayjon tili mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotining barcha jabhalarida davlat tili sifatida qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

Qozog‘iston Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchiligiga ko‘ra, davlat tili qozoq tili bo‘lib, davlat tili – davlat boshqaruvi, qonunlar, sud ishlarini yuritish, ish yuritish tili bo‘lib, butun davlat hududida ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida amal qilishi, davlat tilini bilish har bir Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining burchi va vazifasi ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Meni nazarimda O’zbekiston xalqi ko’p millatli xalq ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi xorij tajribalarni mamlakat qonunchiligiga birdaniga tatbiq etish maqsadga muvofiq emas.

Yuqorida sanab o’tilgan muammolarga qarshi kurashish orqali ham til mustaqilligiga erishish mumkin.

Shuningdek, fuqarolik sudlari, balki, jinoyat va iqtisodiy sudlarida javobgarlikka tortilayotgan shaxs o’z majburiyatlari, lavozim yo’riqnomalari bilan davlat tilida tanishtirilmagan bo’lsa javobgarlikdan ozod etilishi, mehnat nizolari bo’yicha davlat tilida ishlab chiqilmagan nizom yoki ustav bilan intizomiy jazo chorasi qo’llanilgan buyruq bekor qilinishi haqidagi normani joriy qilish maqsadga muvofiq.

Shunda o’z-o’zidan korxona, muassasa va tashkilotlar o’z mulklari uchun javobgarlikni belgilash maqsadida ish yurituvdagi hujjatlarni davlat tilida yuritishga majbur bo’ladi.

Bundan tashqari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda atamalarning o‘zbekcha muqobili turganda, boshqa tildagisini ishlatish ta’qiqlanishini qat’iy belgilab qo‘yish ham maqsadga muvofiqdir.

    Yuqoridagilardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, o’z tilini yo’qotgan xalqda milliy tarbiya va madaniyat o’z-o’zidan tanazullaga yuz tutadi.Hazrati Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz” degan hikmati necha asr oʻtsa ham oʻzining maʼno-mohiyatini yoʻqotgani yoʻq. Aksincha, tarixiy jarayonlar bu hikmatning naqadar haqqoniyligini isbotlab bergan. Shuningdek, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov, “Tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik, qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo”, —   degan so'zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga va tilning jamiyat hayotida naqadar dolzarb o’rin egallashiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

 

Uchquduq tuman prokuraturasi

tergovchisi
3-darajali yurist                                                           Sh.N.Barnoxo’jayev

 

18 Oct 2023


    “Ёнғиндан огоҳлик” умуммиллий компанияси доирасида Учқудуқ ҳудудий бошқармасига қарашли 1-сонли ётоқхонада 2023-2024 йил куз-қиш мавсумига тайёргарлик кўриш мавсумни беталофат ўтказиш мақсадида ётоқхона ишчи хизматчилари ва яшавчи фуқаролар билан профилактик тадбир ташкил этилди. Тадбир давомида ётоқхонада яшовчи фуқароларга фавқулодда вазиятларда ва ёнғин содир бўлганда бинода қай тартибда ҳаракат қилиш, фуқароларни хавфсиз жойга олиб чиқиш тартиби борасида соҳа ҳодимлари томонидан керакли тавсия ва тушунчалар берилди.
Тадбир қатнашчиларига куз-қиш мавсумида хоналарни иситиш мақсадида ностандарт (қўлбола) усулда ясалган электр иситиш қурилмаларидан фойдаланишга йўл қўймасликлари яна бир бор эслатиб ўтилди ва ёнғин хавфсизлиги қоидалари тўғрисида тарқатма материаллар тарқатилди.
     Йиғилиш якунида ётоқхонанинг масьул ходимлари билан мавсум давомида бажарилиши лозим бўлган вазифалар белгилаб олинди.

ШКБ ОЁХТТЕБ инспекторлари Исмоил Қиличев ва Даврон Асадов

17 Oct 2023

    Туманимизда ҳам овул ҳудудида яшаб келаётган аёллар талайгина.
    Халқаро қишлоқ аёллари куни муносабати билан тумандаги SHEF кафесида 50 га яқин овул аёллари бир пиёла чой устига таклиф этилди.
    Юзида самимийлик ва соддалик уфуриб турган мамлакатимизнинг меҳнаткаш онахонлар-у, опа-сингилларига байрам табриги ўқиб эшиттирилди.
    Учқудуқлик бир гуруҳ қишлоқ аёлларини тақдирлаш маросимида уларнинг давлат ва жамият ривожидаги меҳнатлари алоҳида эътироф этилди.

17 Oct 2023

Бугун Учқудуқ туман мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли 9-10-11-синф ўқувчилари ўртасида Фан олимпиадасининг II-босқичи бўлиб ўтди. Тумандаги 10-сонли мактаб базасида ташкил этилган олимпиадада умумтаълим мактабларидан жами 599 нафар ўқувчилар иштирок этиши кўзда тутилган.

Тарих, география ва қозоқ тили фанларидан ташкил этилган фан олимпиадасининг биринчи кунини адолатли, шаффоф ва ҳаққоний ўтказиш бўйича барча зарурий чоралар кўрилган бўлиб, ўқувчилар билими синовдан ўтказилди. Жараёнлар фанлар кесимида қилинган тақсимот асосида 5 кун давом этади.

13 Oct 2023

Uchquduq tumanida korrupsiya holatlariga duch kelganingizda quyidagi manbalar murojaat qilishingiz mumkin.  

Ishonch telefon: +998934639040

ELEKTRON MANZIL

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SAHIFALAR

telegram: https://t.me/Uchquduq_antikorrupsiya_bot

facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61552032494252

12 Oct 2023

      Инсон дунёга келар экан, соғлом турмуш кечиришга, ҳар дам соғлом бўлишга ҳаракат қилади. Саломатлиги яхши инсонга атрофидаги бахт, омад татийди албатта. Айни кунларда юртимизда аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш борасида ҳам қатор хайрли ишлар амалга оширилиб келинмоқда. Жумладан туманимизда “Опен бюджет” портали орқали 500 млн сўм маблағ эвазига капитал таъмирланган янги шифохона биноси ҳам шу ислоҳотлар самараси албатта.
Учқудуқ туман тиббиёт бирлашмасининг юқумли касалликлар бўлими биносининг эскилиги, даволанаётган фуқароларга қатор ноқулайликлар келтириб чиқараётган эди. Бугун фойдаланишга топширилган бино эса замон талабларига мос равишда реконструкция қилиниб, зарур жиҳозлар билан таъминланди.  Шу муносабат билан бўлиб ўтган тадбирда туман ҳокими С.Ф,Хамроев бошчилигида, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари, тиббиёт муассасалари ходимлари иштирок этди.

     Қурилиш ва таъмирлаш ишлари якунига кўра бўлимда беморлар учун зарур шароитлар яратилди. 10 ўринга мўлжалланган шифохонада муолажа, лаборатория, диагностика ва даволаш хоналари беморлар учун хизмат қилмоқда.

    – Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш сифатини ошириш – бизнинг энг асосий вазифамиз, мазкур шифохонада беморларни малакали даволашни йўлга қўйишни  замонавий технологиялар асосида ташкил этишга алоҳида эътибор қаратамиз - деди туман тиббиёт бирлашмаси бош шифокори Хуршид Шукуров.
     Бино қурилишида иштирок этган қурувчиларнинг меҳнатига тасанно  айтиш баробарида, туман ҳокими томонидан қурувчи усталарга тўн кийдирилди.

     Машаққатли меҳнат эвазига бунёд этилган бино узоқ йиллар давомида аҳолига хизмат қилишини истаб қоламиз.

 

УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: