Hokimiyat matbuot xizmati
ERR UNICEF bilan birgalikda Oʻzbekistondagi bolalarning monetar kambagʻalligi darajasini baholadi, deb xabar berdi “Iqtisodiy sharh” jurnali.
Mazkur tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambagʻallik darajasiga taʼsiri tahlil qilingan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda uch yil ichida bolalar kambagʻalligi 7,8 foizga kamaygan. Yaʼni, natijalar bolalar kambagʻalligi darajasi 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizgacha kamayganini koʻrsatmoqda.
Taqsimlanganda, qishloq joylarda bolalarning kambagʻallik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizga, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizga pasaygan.
Shuningdek, tadqiqotda respublika kesimida qaysi hududlarda bolalar kambagʻalligi darajasi past yoki yuqoriligi ochiqlangan. Jumladan, bu boʻyicha eng past koʻrsatgich Navoiy viloyati va Toshkent shahrida kuzatilgan. Boshqa joylarga qaraganda foizi nisbatan yuqori hududlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ekanligi aniqlandi.
Taʼkidlanishicha, agar ijtimoiy nafaqalar boʻlmasa, mamlakatda bolalar kambagʻalligi darajasi 1,6 baravar oshar ekan.
Xulosaga koʻra, daromad yetarli boʻlmagan taqdirda, daromadlar kambagʻallik chegarasidan past boʻlsa, ijtimoiy oʻtkazmalarning yetishmasligi kambagʻallik darajasini 11 foizdan 20,8 foizgacha, bolalar kambagʻalligini – 13,7 foizdan 21,8 foizgacha va kambagʻal pensionerlar ulushini – 7,3 foizdan 31,4 foizgacha oshiradi.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.
Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga aprel oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.
Turkman qoraqulog'i-Caracal caracal spp. michaelis- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog'i hududining Kupit bo'limiga o'rnatilgan fotoqopqonlardan birining o'ljasiga aylangan. Qoraquloq-mushuksimonlar oilasiga mansub bo'lib, mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Uning yungi bir xilda qizgʻish yoki sargʻish, qorin boʻshligʻida kichik qizgʻish dogʻlari bor. Qoraquloqlarning ogʻirligi taxmin 8 kgdan 21 kg ni tashkil qiladi. Tanasining oʻlchami esa 65 sm dan 82 sm gacha yetadi. Odatda tunda, qoraquloqni kuzatish qiyin. Qoraquloqlar hududlarini boʻlib olishadi va asosan yolgʻiz yoki juft boʻlib yashaydi. Qoraquloqning erkagi ham urgʻochisi ham bir yoshga toʻlganida balogʻatga yetadi, yil davomida koʻpayadi. Homiladorlik ikki oydan uch oygacha davom etadi, ular bittadan oltitagacha mushukchalar bolalashi mumkin.
Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qildi.
2023-yil yakuni bo‘yicha natijalarda 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” (81−100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” (55−80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) deya ajratildi.
“Natijalarning xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining baholash natijalari mustaqil va xolis ko‘rib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi. Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmagani, jumladan, faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanmagani, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va xaridlar jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash bilan bog‘liq choralar amalga oshirilmagani, korrupsiya haqida xabar berish bo‘yicha aloqa kanallarining yo‘lga qo‘yilmagani, ushbu yo‘nalishdagi hujjatlar ijro etilmagani va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmagani sabab bo‘lgan.
Masalan, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholandi. Andijon viloyati hokimligi tomonidan esa korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi shtat birligi xodim bilan jamlanmagan.
Baholash natijalariga ko‘ra, “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qaralgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlar to‘g‘ri baholanmagani oqibatida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari manzilli ishlab chiqilmagan va ijrosi to‘g‘ri tashkil etilmagan, xodimlarni korrupsiyaga qarshi o‘qitish va ularda murosasiz munosabatni shakllantirishda yetarli ishlar amalga oshirilmagani, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligi kuzatilgan.
Baholash natijalariga ko‘ra “yaxshi” deb topilgan 42 ta davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular samarali amalga oshirib kelingan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omilini istisno qilish, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar ko‘rilgan.
“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Markaziy bank, „O‘zkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyatida birinchi rahbarlarning irodasi namoyon qilinib, xodimlar va keng jamoatchilik bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan”, — deya qayd etgan agentlik.
Reyting baholash tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarni samarali monitoring qilish bilan birga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish imkonini bergani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, baholash yakunlari bo‘yicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi. “Qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi.
“Qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil yakunlari bo‘yicha reytingda Suv xo‘jaligi hamda Energetika vazirliklari, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini “qoniqarsiz” deb baholangandi. Eng yaxshi natijani Davlat soliq qo‘mitasi qayd etgan.
Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni viloyat aholisiga yetkazish, ularning bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining subsidiya mablag‘lari asosida faoliyat olib boruvchi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan,
Bugun Uchquduq tumanida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Navoiy viloyat bo‘linmasi tashabbusi bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda “Islohotlar – inson qadri uchun” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatidan asosiy maqsad – mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni aholining keng qatlamiga tushuntirish va «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy sherikligi masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Navoiy viloyatining davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari Kotibiyati mudirlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, DJTQM Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari, mahalliy kengash deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda OAVlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Ma’ruzachilar tomonidan xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston -2030 strategiyasi” ning bandlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.
Tadbirda Strategiyada barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ikkinchi yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarini yangi bosqichga olib chiqish borasida ilgari surilgan tashabbuslar haqida muzokaralar olib borildi.
Tadbir yakunida ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, viloyatimizda inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kredit ajratiladi. OTMda oʻqishi, kontraktini toʻlashi uchun ham qator yengilliklar berilgan. Quyida qonunchilikda xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyozlar haqida maʼlumot beriladi.
1. Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit beriladi
Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan 3-yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha kreditlar ajratiladi.
2. OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.
3. “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarga 10 dan ortiq yordam koʻrsatiladi
Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha miqdorda kredit ajratiladi.
4. Kasb-hunar oʻqish xarajatlari qoplab beriladi
Xotin-qizlar nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqiganda qilgan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.
5. Faol xotin-qizlarga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni beriladi
Qonunchilikka koʻra, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan boʻlib, mazkur koʻkrak nishoni bilan:
– jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan;
– oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan;
– sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi.
6. Davlat xizmatiga kirishda xotin-qizlar uchun teng sharoit yaratiladi
Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi taʼminlanishi kerak.
Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning maʼlumoti va kasbiy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.
7. Homiladorligi sababli ishga qabul qilmaslik javobgarlikka sabab boʻladi
Homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bogʻliq sabablarga koʻra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq toʻlash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.
Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bundan tashqari xotin-qizlarga mehnat qilish bilan bogʻliq 10 dan ortiq imtiyozlar belgilangan.
8. Gender tenglikka oid ishlarda ayollar bepul advokat bilan taʼminladi
Erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi.
9. Bakalavr bosqichida oʻqiyotgan ayrim xotin-qizlar kontraktini toʻlab beriladi
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan xotin-qizlar davlat OTMlari bakalavr bosqichida kontrakt asosida oʻqiganida ularning kontrakt toʻlovlari hokimliklar tomonidan toʻlab beriladi.
10. Magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlar kontrakti toʻlab beriladi
Davlat OTMlarida oʻqiyotgan xotin-qizlar uchun magistratura bosqichiga kontraktning toʻliq summasi byudjetdan qoplab beriladi. Buning uchun har yili xotin-qizlar rektor nomiga 15-sentyabrgacha ariza berishi kerak.
2024 yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlar eslatib o‘tiladi.
“Tashabbusli budjet”da nazorat kuchayadi
Prezidentning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida 2024 yil 1 apreldan ayrim soha va tizimlarda yangi tartiblar joriy etilishi belgilab berilgan.
Jumladan, 2024 yil 1 apreldan boshlab “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, 1 apreldan chegara bojxona postlarida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini rasmiylashtirish bo‘yicha karantin, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va veterinariya sohalaridagi nazorat funksiyalari bojxona xizmati organlariga o‘tkaziladi.
Davlat dasturida 2024 yil 1 apreldan boshlab iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, davlat investitsiya dasturlari doirasida markazlashgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yirik loyihalarga sanoat kooperatsiyasi talablari joriy etilishi ham nazarda tutilgan.
Xudoyorxon o‘rdasida “Xon qabuli”
2024 yil 1 apreldan boshlab “Madaniyat to‘lqinlari” media loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.
Media loyiha doirasida tanlov o‘tkaziladigan yo‘nalishlar va ularning konsepsiyasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan belgilab beriladi. Tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qarorga ko‘ra, turistik obektlarda milliy va tarixiy sahnalarni yaratish orqali sayyohlar uchun ularning jozibadorligini yanada oshirish maqsadida turizm obektlarida ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etiladi. Jumladan, 2024 yil 1 apreldan boshlab namuna sifatida Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasida “Xon qabuli” teatrlashtirilgan tarixiy tantanali rasmiy qabul marosimi tashkil etiladi. Uning ijobiy natijalari bosqichma-bosqich Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida qo‘llanadi.
Bundan tashqari, qarorda 1 apreldan boshlab aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan mahalliy va xorijiy shaxslar ishtirokida “Yulduz bilan sayohat” hamda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihalarini amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.
“Suyunchi puli” berish tartibi o‘zgaradi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan bola tug‘ilganida bir martalik nafaqa (“suyunchi”) pulini berish tartibi o‘zgartirilmoqda.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.
Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga ham to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi (hozirda 738 150 so‘m)ga teng.
Yo‘l varaqalari elektron shaklga o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2024 yil 1 apreldan 2024 yil 1 oktyabrga qadar Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish davrida elektron yo‘l varaqalari Transport vazirligining «Uztrans» yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo‘l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi. Elektron yo‘l varaqalari tashkiliy-huquqiy shakli va mansubligidan qat’i nazar, avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, yo‘l varaqalarining qog‘oz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron ko‘rinishiga bosqichma-bosqich o‘tish ta’minlanadi. Elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi. Elektron yo‘l varaqalari tizimidan foydalanganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Boshqa o‘zgarishlar
2024 yil 1 apreldan boshlab:
- huquqiy eksperiment doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti bo‘yicha xalqaro platformalarda elektron shaklda rasmiylashtirilgan qiymati 100 ming AQSh dollarigacha (yoki ushbu ekvivalentga teng miqdorgacha) bo‘lgan shartnomalar (kelishuv, hisobvaraq-faktura, invoys) elektron hujjat sifatida tan olinadi hamda ularning qog‘oz shaklidagi nusxasi talab etilmaydi;
- ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida ta’minlashni to‘xtatmagan holda, 2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati beriladi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi bo‘limlari tashkil etiladi;
- tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilgan obektlarni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlarini to‘xtatadi;
- yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etiladi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
- maxsus axborot platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari va xodimlari raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablari bo‘yicha “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida o‘qitiladi;
- ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi orqali onlayn rejimda tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin notarial harakat amalga oshiriladi;
- kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy etgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, YTH o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
“Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
Bunda:
- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi;
- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.
Yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Transport vazirligi ikki oy muddatda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan temiryo‘l kesishmalarini xatlovdan o‘tkazib, manzilli ro‘yxatni shakllantiradi hamda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Ichki ishlar vazirligi 2024-2026 yillar davomida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli ro‘yxat asosida o‘rnatish hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qilish choralarini ko‘radi.