Uchquduq tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman hokimligi axborot xizmati bo‘limi bilan hamkorlikda "Uchquduq tumanida ijtimoiy himoga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ayniqsa ayollarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘tkazilgan matbuot anjumanida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, reproduktiv yoshdagi ayollarni kontrasepsiya vositalari bilan qamrab olish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish va istalmagan homiladorliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ayniqsa xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikka keng jalb etish, ayollarni onkoskrining nazoratidan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash, bu borada doimiy ravishda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish kabi mavzularda so‘z borib, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda ishlarni tizimli amalga oshirish rejalashtirib olindi.
Tumanda 2024 yilda 5-bosqich "Ayollar daftari" shakllantirilib, 3-toifa boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga 161 nafar, 4-toifa ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga 100 nafar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga 72 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda ularga "Ayollar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir matalik moddiy yordam, sog‘ligini tiklash uchun dori-darmonlar, davolanish va jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ ajratilib kelinmoqda.