LOTIN-КИРИЛЛ

Mamlakatimizda ilk bor aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yilmoqda

 

    Bugungi kunda chiqindi muammosi nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyo ahlini tashvishga solmoqda. Ko‘chada ketayotgan odamning qo‘lidagi plastik idish yoki boshqa chiqindi biz uchun muammo bo‘lib ko‘rinadi. Vaholanki, mazkur chiqindini nafaqat to‘g‘ri tarzda yig‘ib yo‘q qilish, balki undan yaxshigina moddiy foyda qilish mumkin.

    Prezidentimizning 2024 yil 4 yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2024–2026 yillarda – Toshkent, Angren va Buxoro shaharlari hamda Toshkent tumanida chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga saralagan holda yig‘ish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi hamda ushbu turdagi chiqindilarni yig‘ish uchun alohida paketlar aholiga bepul berilishi, shuningdek, ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda chiqindi yig‘ish maydonlarida “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari aholidan sotib olinishi belgilangan.   

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan Toshkent viloyati Angren shahriga press-tur tashkil etildi.   

Press-tur davomida Angren shahri “Nurchi” MFYda joylashgan “Zero waste” davlat-xususiy sheriklik bitimi asosidagi sanitar tozalash korxonasi bosh direktori Habibullo Husanov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.   

– So‘nggi yillarda tabiiy resurslardan foydalanish hajmi va sur’atining o‘sib borishi tufayli insoniyatning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri tobora kuchaymoqda, – deydi Habibullo Husanov. – Zamonaviy chiqindixona faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida hududdagi eng og‘ir sharoitli chiqindi yig‘ish maydonchasi tanlab olindi va mazkur maydoncha mutlaqo noodatiy ko‘rinishda qayta tiklandi. Chiqindixonani barpo etishda asosan ikkilamchi mahsulotlardan, chiqindilardan foydalanildi. Misol uchun, tashlab yuborilgan turli ko‘rinishdagi  shisha buyumlar, qurigan daraxt tanasi kabi chiqindilardan ajoyib dizayn yaratishga urindik. Saralangan chiqindilarni joylashtirish uchun alohida konteynerlar joylandi. Chiqindilarni saralash sayyoramizni chiqindilardan tozalashning birinchi qadamidir. Targ‘ibotni kuchaytirish uchun ekologiyaga taalluqli shiorlarni chiqindixona devorlariga joyladik. Bajarilgan ishlardan aholi juda mamnun. Mahallada istiqomat qiluvchilarning ko‘pchiligi allaqachon chiqindilarni saralab topshirishga ko‘nikdi.   

Shu o‘rinda qiziq ma’lumotlarni aytib o‘tsam. Qayta ishlangan shisha idishlarning 92 foizi yuqori sifatli material beradiki, uni yana ichimlik idishlarida ishlatish mumkin. Plastik idishlarni qayta ishlab, yana foydalanishdan tashqari, ulardan elektr energiyasi olish mumkin. Butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilgan plastmassaning 91 foizi qayta ishlanmaydi. Har yili 8 million tonna plastmassa okeanlarni ifloslantiradi.   

    Sekinlik bilan aholining o‘zi chiqindilarni saralab tashlashga odatlana boshladi. Xususan, qora paket qayta ishlanmaydigan chiqindilar uchun, oq paket qayta ishlanadigan chiqindilar uchun hamda jigarrang paket oziq-ovqat chiqindilari (bio chiqindi) uchun ishlatilishiga ahamiyat berilmoqda.   

    Eng bosh maqsad chiqindilarga ikkinchi “hayot” berish. Oldinlari respublika bo‘ylab yig‘ilgan chiqindilar poligonlarga jo‘natilgan, yer ostiga ko‘mib yuborilgan. Shu bilan birga, poligonlar soni tobora ko‘payib borgan. Chiqindi poligonlarida chiqindilarning yer ostidagi kimyoviy parchalanishi natijasida atrof-muhitga karbonad angidrid va metan gazini chiqaradi. Bu esa atmosferadagi issiqlikni ushlab, sayyoramizga tahdid soladigan issiqxona effektini yaratadi. Chiqindilarga nisbatan noto‘g‘ri munosabat sababli mana shu ulkan  xavfga hissa qo‘shyapmiz.   

    Endilikda poligonga boradigan chiqindini qayta ishlash uchun zavodlarga yuborish yo‘lga qo‘yildi. Chiqindilarni qayta ishlashda eng avvalo chiqindini saralab olish muhim. Bunda aholining ko‘magiga ehtiyoj seziladi. Agar aholi belgilangan paketlarga chiqindilarni saralangan tarzda joylasa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Saralangan chiqindilarga talab bo‘lgani bois, hatto Rossiyadan import qilinadi. Oziq-ovqat chiqindilari ham alohida tashlansa, chiqindining bu turidan kerakli o‘g‘it tayyorlanadi. Qayta ishlash uchun to‘rtta asosiy turdagi chiqindilar mos keladi: plastmassa, shisha, metall, qog‘oz. Shu bilan birga, xavfli chiqindi turlari ham bor.   

    Bu borada aholini rag‘batlantirish ko‘pgina rivojlangan davlatlarda o‘zini oqlagan tajriba. Mamlakatimizda ham ilk bor aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yilmoqda.   

   Yangi tartibga ko‘ra, (QR-kod — matritsali shtrix kodli) chiqindi paketlari bilan fuqarolar bepul ta’minlanadi. Shuningdek, aholini rag‘batlantirish maqsadida maxsus dastur ham yaratilgan. Buning uchun  “tozauz.uz” ilovasi yuklab olinadi, telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.  

   Aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi. Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.  

O'qilgan: 241 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: